Zilzilani örganmasa ham bölaveradimi?

yoki Özbekiston Milliy universiteti tadqiqotçi olimlari nimadan norozi bölişmoqda?

Butun bir şahar, hatto butun bir mamlakat(lar) aholisini doğda qoldiradigan tabiiy ofatlardan biri zilziladir. Uning qaçon, qayerda, qay vaqtda, qanday kuçlaniş bilan röy berişini oldindan aniq aytiş ustida köplab mamlakatlarda ilmiy-tadqiqotlar izçil olib borilayotgan bölsa-da, hali bu borada bir töxtamga kelinganiça yöq. Dunyoning u yoki bu joyida yer silkinib, minglab odamlar hayotdan köz yumganini, qançadan-qança binolar vayron bölgan mudhiş xabarni eşitganimizda,  dahşatga tuşamiz.

Zilzila ofati nimalarga qodirligini, odamlar boşiga ne-ne kulfatu jabru jafolar solişini bilamiz. 1966 yilgi Toşkent zilzilasi nuroniylar yodida. Bu ham ogoh bölişga daʼvat etib turadi. Mamlakatimizda seysmologiya sohasiga eʼtibor qaratiş, uning har jihatdan bugungi kun talablariga mos kelişiga erişiş ahamiyati muhim. Fan yutuqlarini amaliyotda joriy etiş, salohiyatli kadrlar tayyorlaş zamon talabi. 1966 yilning avgust oyida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida taşkil etilgan Seysmologiya ilmiy-tadqiqot instituti ötgan salkam oltmiş yil mobaynida boy tajriba töpladi. Dunyoning yirik markazlaridan biriga aylandi. Institut olim va mutaxassislarining uzluksiz saʼy-harakatlari bilan respublikamiz hududlarining seysmik xavfsizligi muammolarini ilmiy tadqiq etiş borasida amalga oşirilgan samarali işlar yangi-yangi yönalişlarda davom ettirilmoqda.

1976 yilgi Gazli, 1977 yilgi Tovoqsoy, 1980 yilgi Nazarbek hududlaridagi zilzilalar mazkur sohani yanada rivojlantirişni, yuklatilgan vazifalarni aniq-tiniq bajarişda zamonaviy ilmiy yondaşuvlarni keng qöllaşni, izlaniş va yangilikka intilişni kun tartibiga olib çiqdi. Institut olimlari jahonning yirik seysmik ilmiy markazlari bilan tajriba almaşiş yölida hamkorlik riştalarini mustahkamlaşga undadi.

Seysmologiya fanidagi har bir kaşfiyot respublikamiz seysmik xavfsizligini taʼminlaşga qöşilgan munosib hissa bölsa-da, bu — zilzila muammolari yengillaştirildi degani emas. Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning 13 sentyabrida “Özbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlaş töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. 2022 yil 30 mayda esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining 144-sonli Farmoni, 2023 yil 16 mayda esa “Özbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Respublikamiz va xalqimiz seysmik xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan bu muhim hujjatlar sohani nafaqat yanada rivojlantiriş, takomillaştiriş, balki unga amaliy yordam beriş va qöllab-quvvatlaş lozimligiga çorlaşi bilan ham ğoyatda qimmatlidir. Ayniqsa, ularda aks etgan:

— zilzilalarning vujudga keliş mexanizmi va tabiatning hamda bu ofat darakçilarining turli geodinamik jarayonlarda namoyon bölişini tadqiq qilişni takomillaştiriş;

— bino va inşootlar, suv omborlari, töğonlarining zilzilabardoşlik darajasini doimiy kosmik monitoring qiliş tizimini joriy etiş;

— avtomatlaştirilgan majmuaviy-prognostik stansiyalarni köpaytiriş hisobiga respublika hududini töliq monitoring qiliş imkoniyatini yaratiş;

— milliy seysmik kuzatuvlar tarmoğining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini taʼminlaş.

Bu izlaniş va tadqiqotlarni rivojlantiriş davlat siyosati.

Bundan qariyb qirq yil avval Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi “Ugom-Çotqol davlat milliy tabiat boği” hududidan oqib ötadigan Çotqol daryosining Çorvoq suv omboriga quyiliş joyiga yaqin qirğoq hukumat tomonidan seysmik holatni örganiş maqsadida (tektonik yoriqlar kesişadigan hudud) tanlab olinib, ilmiy-amaliy tadqiqotlar uçun mahalliy hokimiyatning qarori bilan 3,1 gektar yer maydoni Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ga foydalaniş uçun berilgan. Universitet şu maydonda radiofizika poligoni taşkil etib, Çorvoq suv ombori hududida yer qobiğining deformatsiyalarini yuqori aniqlikda ölçaş, yer qobiğining siljişi va tebranişlarini qayd etiş, ilmiy xulosalar asosida yuz berişi mumkin bölgan zilzilaning joyi, quvvati va vaqtini prognozlaş tadqiqotlarini boşlagandi. (bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda faol davom etmoqda).

Universitet radiofizika poligonining tektonik yoriqlar kesişadigan hududdagi şaxta zilzilani qayd etadigan va ölçovni yuqori darajada taʼminlaydigan Markaziy Osiyoda noyob geomanzil obʼyekt hisoblanadi.

Seysmik xavfliligi sakkiz ballni taşkil etadigan hududda oliydargoh ilmiy xodim va talabalari Özbekiston Fanlar akademiyasining Seysmologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognoz markazi, mutasaddi taşkilotlar hamda xorijlik hamkorlar bilan birgalikda seysmik xavfni aniqlaş va baholaş, zilzilani prognozlaş, yerning çuqur yoriqlarini örganiş borasida uzoq yillardan beri ilmiy izlanişlar olib borişmoqda. Hamkorlik doirasi rivojlangan davlatlarning mazkur yönalişdagi ilmiy markazlari hisobiga yildan-yilga kengayib, samarali natijalarga erişilmoqda. AQŞning “Michegan state” universiteti bilan birgalikda Oqsoq-ota dala poligonida örnatilgan zamonaviy seysmik stansiya ilmiy xodim va talabalar uçun yangi zamonaviy imkoniyatlar ufqlarini oçdi. Çorvoq suv omboriga tutaş bölgan Burçmulla öquv-dala poligonida ham seysmik harakatlarni oldindan köra biliş, holatini baholaş, zilzila xavfini prognoz qiliş uçun kerakli stansiyalarni örnatiş, şuningdek, bu yerda ilmiy işlarni muntazam olib boriş barobarida universitetda Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan oçilgan seysmologiya va seysmometriya taʼlim yönalişi talabalarining öquv amaliyotini ötaşi rejalaştirilganligi sohani istiqbolli yoşlar bilan mustahkamlaşga bölgan eʼtibordan dalolatdir.

Şuningdek, poligonda öquv va ilmiy xodimlar laboratoriyalari, muhandislik va yaşaş binolarini joylaştiriş imkoniyati ham bor.

Çorvoq suv omborida har yili katta hajmdagi “obi hayot” ikki marta yiğilib, sarf qilinişi yer qobiği yuqori qismining tabiiy kuçlanganlik — deformatsiya holatiga sezilarli taʼsir körsatadi. Tabiiyki, bu geodinamik jarayonlarning faollaşişiga olib keladi. Geodinamik faollaşuvning namoyon bölişi toğ-tektonik taʼsiri (köçkilar), texnogen va induksiyalangan seysmiklik, şuningdek, boşqa dinamik hodisalar bölişi ham mumkin. Ularni prognoz qiliş dolzarb va murakkab. Keyingi yillar izlanişlari şuni körsatadiki, 1977 yil 6 dekabrdagi Tovoqsoy (M-5,3), 1980 yil 11 dekabrdagi Nazarbek (M-5,5), 2008 yil 22 avgustdagi Toşkent (M-5,5) zilzilalari, şu hududlarda qayd etilgan boşqa köplab magnitudasi past zilzilalarning hosil bölişi Çorvoq suv ombori suv sathi özgarişi bilan ham boğliqligi örganilgan. Radiofizika poligoni Burçmulla nadvigi (çuqur yer yoriği) mavjudligi bu hududda yuz berişi mumkin bölgan kuçli zilzila öçoği hosil böliş ehtimoli kattaligidan darak beradi.

Xalq deputatlari Toşkent viloyati Böstonliq tumani ijroiya komiteti raisining 1984 yil 25 maydagi 195/10-sonli qaroriga asosan bugungi Özbekiston Milliy universitetiga geofizik tadqiqotlar olib boriş uçun qurilmalarni joylaştirişga 0,30 gektar yer maydoni ajratilgan. Uning 1986 yil 16 yanvarda qabul qilingan “Davlat aktini beriş töğrisida”gi 11/1-sonli qaroriga asosan universitetga B № 005717-raqamli “Yerdan doimiy foydalaniş huquqini beruvçi davlat akti” ham berilgan. Şuningdek, universitetga 3,1 gektar yer ajratiş böyiça 1993 yilning 27 iyulida Böstonliq tuman hokimiyati va uning tarkibiga kiruvçi barça taşkilotlar, jumladan, “Burçmulla” örmon xöjaligi  rahbarlari roziligi va iştirokida “Toşkent viloyati Böstonliq tumani Burçmulla örmon xöjaligi hududidan radiofizika ölçov poligoni quriş uçun yer tanlaş va ajratiş töğrisida”gi özaro dalolatnoma imzolangan.

Radiofizikaviy ilmiy tadqiqotlarni olib boriş, talabalar va doktorantlarning amaliyot ötaşini taşkil etiş maqsadida 1984 yilda Toşkent viloyati Böstonliq tumani Burçmulla qişloğida “Burçmulla” radiofizika poligoni taşkil etilgan. Poligon 2 qismdan iborat bölib, ğor tomondan 1,1 gektar (“Burçmulla” örmon xöjaligi yerlari) va daryo yoqasidan 2 gektar yer ajratilgan edi. Uşbu 2 gektar yer maydon atrofi universitet hisobidan temir panjara bilan örab olinib, professor-öqituvçilar tomonidan yuzlab mevali va manzarali daraxtlar ekilib, boğ ham barpo etildi.

Poligonning sobiq mudiri bu yerdagi imkoniyatlardan öz şaxsiy maqsadlarida foydalanişni közlab, yaqin qarindoşlarini yoniga olib, asta-sekin qinğir işlarga qöl ura boşlagan. Hatto örmon xöjaligi va boşqa mahalliy taşkilotlar rahbarlarining turli yöllar bilan roziligini olişga erişib, poligon yerlarini, bino va vagonlarini talon-toroj qiladi. Dam oluvçilar uçun uylardan tortib, çoyxonalar qurib vaziyat şu darajaga borib yetadiki, universitet professor-öqituvçilari-yu talabalarining poligondagi vazifalarni bajarişlariga xalaqit qila boşlaşadi. Noqonuniy xatti-harakatlar zöravonlik kayfiyatida kuçaygani tufayli universitet doimiy faoliyat körsatuvçi seysmik, geomagnit maydon variatsiyalarini ölçaş va “GPS-GNSS” stansiyalarini örnata olmayapti. Seysmik xavfni jahon andozalari böyiça zamonaviy usullar bilan örganişda mazkur stansiyalarning yozuvlari uzluksiz davom etişi zarur. Radiofizika poligoni joylaşgan hudud aholi yaşaşi uçun xavfli, seysmik faolligi 8 ballik hududga kiritilgan. Suv ombori qirğoqlarida katta qiyalikda yotgan böşoq jismlardan iborat. Köçki hosil bölganda (bu ehtimol doim bor) jismlarning minglab kubometr hajmda öçirilib tuşişi qirğoqdagi uy-joy va boşqa inşootlarga jiddiy zarar yetkazadi-ku! Nahotki, ilmiy izlanişlar olib boriladigan, hayot uçun seysmik xavf-xatarli “tadbirkor”ga berib yuborsa? Bu holatda korrupsiya alomatlari sezilayotganday tuyilmoqda. Özbekiston Milliy universitetiga tegişli bölgan radiofizika poligonini öziniki qilib olganlar faoliyati qonuniymi? Universitet vakillari mazkur masala böyiça tuman va viloyatning tegişli idoralariga murojaat qilib, adolatli yeçim söraşmoqda.

Nuriddin OÇILOV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan