“Jurnalistikaga sunʼiy intellekt davri”
Beruniy ALIMOVning şu nomli kitobi sohaga oid köplab savollarga
javob beradi
Bugungi dunyo keçagi dunyo emas. Ötmişda afsona, rivoyat deb bilingan narsalar bugun köz öngimizda haqiqatga aylanmoqda. Hayotning har bir jabhasida insoniyat yaratayotgan şunday möʼjizalar borki, ularning oldida baʼzi hollarda odamzodning ham aqli, tafakkuri lol qolayotgani qançalik ğayritabiiy bölsa, şu qadar tabiiy holdek körinadi.
Hozirgi zamonda internet va robotlardan foydalaniş oddiy holga aylanib borayotgani sir emas. Jamiyatning har bir körinişida, şu jumladan, jurnalistika sohasida ham sunʼiy idrok mahsuli bölmiş zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanişni davrning özi taqozo etmoqda. Zero, Yangi Özbekistonning barqaror taraqqiyotida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş dolzarb masala hisoblanadi. SI texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantiriş strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, sunʼiy intellektni keng joriy qiliş uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, bu yönalişga qöşimça investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida qator işlar belgilab olingan. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni hamda şu sohani rivojlantirişga möljallangan qarori qabul qilindi.
Demak, sunʼiy iqtidor imkoniyatlaridan öz örnida foydalaniş har tomonlama rivojlanişning muhim imkoniyatlaridan biriga aylanmoqda. Bu borada kadrlar tayyorlaş masalasi ham katta ahamiyatga ega.
Kuni keça Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va “Yoşlar ovozi” gazetasi tahririyati hamkorligida taniqli ijodkor, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Beruniy Alimovning “Jurnalistikada sunʼiy intellekt davri” deb nomlangan kitobi taqdimoti bölib ötdi. Yoşlar işlari agentligi press-klubida taşkil etilgan mazkur anjumanda dastlab Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi rahbari Şuhrat Oripov sözga çiqdi. U mazkur kitobning ahamiyati, bugun ommaviy axborot vositalarida, jurnalistikada SI imkoniyatlaridan foydalaniş qulayliklari va öziga xos jihatlari xususida atrofliça fikr yuritdi. Muallifning mazkur kitobi har tomonlama pişiq, puxta tayyorlangani, ayniqsa, bölajak jurnalistlar uçun katta dastur, qöllanma vazifasini ötay olişi muhim ekanligini alohida taʼkidladi.
Şuningdek, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori Şerzodxon Qudratxöja, taniqli yozuvçi Xurşid Döstmuhammad, filologiya fanlari doktori, professor Amrillo Karimov, pedagogika fanlari doktori, professor Fayzulla Möminov, “Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari boş muharriri Salim Doniyorov, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi boş direktori Umida Teşaboyeva, taniqli telejurnalist Hamza Jumayev singari ziyolilar mazkur kitobning örni, SI imkoniyatlaridan jurnalistikada foydalaniş istiqbollari, qulayliklar va çegaralari xususida öz fikrlari bilan örtoqlaşdilar.
Mazkur kitob muallifi B.Alimov uşbu izlaniş mahsulini yaratişdagi mehnati, tajribalari haqida sözlab berdi. Muallif fikriça, sunʼiy intellektni oddiy texnologik yangilik sifatida emas, balki jurnalistika mohiyatini özgartirayotgan omil sifatida körib çiqiş mumkin. Yaʼni kitobda axborotni yiğiş, qayta işlaş va tarqatiş jarayonlaridagi transformatsiyalar bosqiçma-bosqiç tahlil qilingan. Texnologik imkoniyatlar qanday qilib jurnalistning kundalik işiga kirib borayotgani va bu jarayonda kasbning özi qanday özgarayotganini oçib beradi.
Taqdimot davomida soha vakillari bugungi media makonidagi asosiy muammolardan biriga eʼtibor qaratdi: xususan, tezkorlik ortidan quviş sifat va işonçlilik masalasini ikkinçi darajaga surib qöyişi mumkin. Şu nuqtai nazardan sunʼiy intellekt ikki tomonlama baholandi. Bir tomondan, u katta hajmdagi maʼlumotni tez tahlil qiliş imkonini bersa, ikkinçi tomondan esa, notöğri yoki tekşirilmagan axborot tarqaliş xavfini ham oşiradi.
Kitobda aynan şu qarama-qarşilik markaziy örinni egallaydi. Unda sunʼiy intellekt yordamida yaratilayotgan kontent, avtomatlaştirilgan yangiliklar, algoritmlar orqali şakllanayotgan axborot oqimi kabi masalalar keng yoritilgan. Şu bilan birga, muallif bu jarayonlar ortida paydo bölayotgan yangi savollarni ham oçiq qoldirmaydi: mualliflik huquqi kimga tegişli, axborotning asl manbasi qanday aniqlanadi, jurnalistning roli qançalik özgaradi?
Taqdimot marosimida yana bir jihat alohida qayd etildi: bugungi kunda jurnalist uçun asosiy ustunlik faqat yoziş yoki axborot topiş emas, balki texnologiyalar bilan işlay oliş könikmasiga boğliq bölib bormoqda. Yaʼni sunʼiy intellektni bilgan va undan töğri foydalana olgan mutaxassislar yangi media muhitiga tezroq moslaşmoqda.
Taqdimotda kitobning amaliy ahamiyati ham keng muhokama qilindi. Mutaxassislar uni jurnalistika sohasi uçun yönaliş beruvçi manba sifatida baholab, ayniqsa, yoşlar uçun muhimligini taʼkidladi. Çunki bugungi talaba ertangi jurnalist sifatida nafaqat anʼanaviy bilimlarga, balki zamonaviy texnologiyalarni tuşunişga ham ega bölişi kerak.
Uçraşuv davomida iştirokçilar tomonidan berilgan savollar sunʼiy intellektning real qöllanilişi, uning çegaralari va kelajakdagi örni haqida böldi. Bu esa mavzuning nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham qiziqiş uyğotayotganini körsatdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mazkur kitob Özbekiston Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va “Yoşlar ovozi” gazetasi tahririyati hamkorligida tayyorlangan. Uni ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va jurnalistika yönalişidagi oliy taʼlim muassasalariga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu esa kitobning faqat muhokama darajasida qolmay, amaliy qöllanilişini ham taʼminlaşini körsatadi.
Mutaxassislar fikriça, jurnalistika bugun yangi davrga kirib boryapti. Bu davrda ustunlik axborotni birinçi bölib yetkazişda emas, balki uni töğri, işonçli va masʼuliyat bilan talqin qila olişda namoyon böladi. Sunʼiy intellekt esa bu jarayonda vosita sifatida qoladi. Hal qiluvçi omil esa baribir insonning fikrlaşi va yondaşuvi böladi.
Muhammadsodiq TÖRAYEV,
“Hurriyat” muxbiri.
