Taʼlim va sanoat: Hamkorlikni nima muvaffaqiyatli qiladi?
Oliy taʼlim muassasalari va korxonalarning hamkorligi haqida köp gapiriladi, köplab memorandumlar ham imzolanadi. Biroq ularning bir qismigina real natija — yangi texnologiya, patent, malakali kadr va tijorat mahsulotiga aylanadi. Nega şunday? Xalqaro tadqiqotlar bu savolga aniq javob beradi: hamkorlikning taqdirini köpinça pul yoki uskuna emas, balki taşkiliy omillar — aloqa, işonç, masʼuliyat, nizolarni boşqariş va yetakçilik hal qiladi.
Ikki xil madaniyat — bitta maqsad
Universitet va korxona tabiatan ikki xil “madaniyat”ga ega. Olim uçun ilmiy maqola, kaşfiyot va uzoq muddatli izlaniş muhim bölsa, korxona uçun aniq muddat, xarajat, sifat va bozorga tezroq çiqiş birlamçidir. Olimning “tajriba yana ikki yil davom etişi kerak” degan sözi işlab çiqariş rahbariga tuşunarsiz tuyuladi. Korxonaning “natija uç oyda kerak” degan talabi esa kafedra uçun köpinça bajarib bölmaydigan vazifadek körinadi.
Ammo bugungi raqobat şaroitida heç bir tomon barça zarur resurs va kompetensiyalarni yolğiz özida jamlay olmaydi. Texnologiyalarning tez almaşişi, mahsulot hayotiy davrining qisqarişi va global raqobat korxonalarni taşqi bilim manbalariga, universitetlarni esa real iqtisodiyotga yaqinlaşişga majbur qilmoqda. Amerikalik tadqiqotçi Barbara Grey hamkorlikni “muammoning turli jihatlarini köradigan tomonlar farqlar ustida konstruktiv işlab, har birining yolğiz özi erişa olmaydigan yeçimini izlaydigan jarayon” deb taʼriflagan. Bu taʼrifdagi asosiy söz — jarayon. Hamkorlik bir kunlik tadbir yoki imzolangan hujjat emas, balki vaqt, sabr va puxta boşqaruvni talab qiladigan uzoq yöldir.
TKTI tajribasi nimani körsatdi?
Toşkent kimyo-texnologiya instituti olimlari universitet-sanoat hamkorligiga taʼsir etuvçi taşkiliy omillarning konseptual modelini eʼlon qildilar. Tadqiqot bizning şaroitimiz uçun ham juda ibratli. Çunki öşa paytda Özbekistonda ham hamkorlik nisbatan yangi hodisa bölib, davlat tadqiqot va innovatsiya madaniyatini faol qöllab-quvvatlayotgan edi; biroq milliy sörovnoma natijalariga köra, korxonalar hamon universitetlar bilan hamkorlik qiliş örniga öz içki tadqiqotlariga tayanişni afzal körardi. Taniş manzara, şunday emasmi?
Mualliflar hamkorlikni bosqiçma-bosqiç rivojlanadigan jarayon sifatida körib çiqqanlar.
Xalqaro adabiyotlarda bu jarayon turliça tasvirlanadi: kimdir uni tört bosqiçga (hamkorlik tabiatini belgilaş, hamkor tanlaş va kelişiş, hamkorlikni boşqariş, munosabatlarning yetukligi), kimdir esa uç yoki beş bosqiçga ajratadi. Lekin barça modellarda umumiy xulosa mavjud: muvaffaqiyatli hamkorlik tizimli va bosqiçma-bosqiç yondaşuvni talab qiladi. Tadqiqotçilar esa bosqiçlardan köra ularning har biriga taʼsir qiluvçi beşta taşkiliy omilga eʼtibor qaratganlar.
Hamkorlik muvaffaqiyatining beş taşkiliy omili
Aloqa. Axborot, ğoya va rejalarning oçiq hamda muntazam almaşinuvi. Rasmiy va norasmiy aloqa kanallari hamkorlarni doimo xabardor va jarayonga jalb etilgan holda saqlaydi.
Masʼuliyat (sodiqlik). Qimmatli munosabatlarni saqlab qolişga bölgan barqaror intiliş. U ajratilgan moliyaviy mablağ, kadrlar, vaqt va, eng muhimi, rahbariyatning qöllab-quvvatlaşida namoyon böladi.
Işonç. Hamkor öz majburiyatini bajarişiga, uning xatti-harakatlarini oldindan taxmin qiliş mumkinligiga va vaziyat qulay kelganda ham adolat mezonlariga sodiq qolişiga işoniş.
Nizo darajasi. Nizoni butunlay yöq qilib bölmaydi, ammo uni boşqariş mumkin. Töğri boşqarilgan bahs-munozara yangi ğoyalarni tuğdiradi, boşqarilmagani esa munosabatlarga putur yetkazadi.
Yetakçilik. Taşkilotçilik va muloqot qobiliyatiga ega, adolatli hamda hamkorlar hurmatini qozongan rahbar. Qolgan tört omilning barçasi uning taʼsiri ostida böladi.
Aloqa: “vakuumda hamkorlik bölmaydi”
Xalqaro tadqiqotlarda eng köp tilga olinadigan muvaffaqiyat omili — oçiq va tizimli muloqot. Hamkorlar maqsadlar va texnik maʼlumotlarni özaro bölişganda nizolar tezroq bartaraf etiladi, özgaruvçan vaziyatga moslaşiş osonlaşadi va, eng muhimi, özaro işonç mustahkamlanadi.
Amaliyotda bu nimani anglatadi? Har bir qöşma loyihada ikkala tomondan masʼul şaxs tayinlanişi, muntazam (masalan, oylik) uçraşuvlar jadvali tasdiqlanişi, natijalar va muammolar oçiq muhokama qilinişi kerak. Olimning laboratoriyada nima qilayotganini korxona muhandisi, korxonadagi texnologik muammoni esa olim öz közi bilan körişi lozim. Norasmiy aloqalar — birgalikdagi seminarlar, korxonada taşkil etiladigan amaliyotlar, muhandislarning maʼruza öqişi rasmiy hujjatlardan aslo kam ahamiyatga ega emas.
Masʼuliyat: imzo emas, resurs
Hamkorlikni amalga oşirişni yetarli resurs: mablağ, malakali xodimlar, zarur materiallar va vaqt ajratişdan boşlaş kerak. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, resurs yetişmasligi hamkorlik yölidagi eng jiddiy tösiqlardan biridir. Ammo bundan ham muhimi — oliy rahbariyatning şaxsiy iştirokidir. Rektor va korxona rahbari hamkorlikni şaxsiy nazoratida tutsa, quyi böğinlardagi xodimlar ham unga masʼuliyat bilan yondaşadi.
Masʼuliyatning yana bir körsatkiçi — har ikki tomon hamkorlikka hayotiy zarurat borligiga va yuzaga keladigan qiyinçiliklarni birgalikda yengib ötiş mumkinligiga çin dildan işonişidir. “Qoğozdagi hamkorlik” aynan şu nuqtada “haqiqiy hamkorlik”dan ajralib turadi.
Işonç: kelajakdagi hamkorlikning kafolati
Işonç joriy loyiha muvaffaqiyati uçun qançalik zarur bölsa, kelgusi istiqbolli hamkorlik uçun undan-da muhimroqdir. Işonç sust bölsa, hamkorlar zarur axborot va bilimlarni bir-biridan yaşiradi, natijada loyiha samarasiz yakun topadi. Işonç yuqori bölganda esa axborot erkin almaşinadi, tomonlar eng qimmatli tajribalarini özaro bölişişga tayyor böladi.
Tadqiqotlarda qayd etilişiça, sanoat nuqtai nazaridan olib qaraganda universitetlar işonçli va xolis bilim manbai hisoblanadi. Bu — oliy taʼlim maskanlarining ulkan kapitalidir. Uni saqlab qoliş uçun olim vaʼdasining ustidan çiqişi, natijalarni börttirmasligi, tijorat sirini qatʼiy himoya qilişi va kelişilgan muddatlarga izçil rioya etişi zarur. Şuni ham unutmaslik lozimki, işonç, ayniqsa, hamkorlikning boşlanğiç bosqiçida hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi: u boşidanoq mavjud bölişi va jarayon davomida tobora mustahkamlanib borişi lozim.
Nizo: yöqotiş emas, boşqariş
Uzoq muddatli har qanday hamkorlikda muayyan ziddiyatlarning kelib çiqişi tabiiydir. Xalqaro tajriba şuni körsatadiki, nizolarning uçta asosiy manbai bor: rollar va kutilmalarning noaniqligi, kuçlar muvozanatining buzilişi hamda işning oldinga siljimasligi. Uçalasi ham bizning amaliyotimiz uçun begona emas.
Nizoning oldini olişning eng samarali yöli — loyiha boşidayoq kim nimaga javobgar ekanini, natijalar va intellektual mulk qaysi tomonga tegişli bölişini, muddatlar hamda moliyalaştiriş tartibini şartnomada aniq belgilab qöyişdir. Nizo paydo bölganda esa uni xaspöşlaş emas, balki har ikki tomon manfaatlari va qaraşlarini hurmat qilgan holda birgalikda maqbul yeçim izlaş zarur. Töğri yönaltirilgan munozara köpinça eng ilğor texnologik yeçimlarga yöl oçadi.
Özbekistonlik tadqiqotçilarning eng muhim xulosalaridan biri şuki, qolgan barça taşkiliy omillar yetakçilik taʼsirida şakllanadi. Hamkorlikka boş-qoş böladigan şaxs yuksak taşkilotçilik va muloqot könikmalariga ega bölişi, adolatparvar bölişi va har ikki tomonning hurmatini qozonişi lozim. Bunday yetakçi vakolatlarni taqsimlaş va nazorat, jarayon va natija, şaxsiy işonç va rasmiy tartib-qoidalar örtasidagi muvozanatni taʼminlay oladi.
Zamonaviy yondaşuvga köra, yetakçilik faqat bir şaxsga emas, balki bir neça iştirokçiga taqsimlanadi: loyiha doirasida har bir tomonning öz yetakçisi böladi va ular özaro kelişgan holda qaror qabul qiladi. Bu jamoa aʼzolarining öz salohiyatiga bölgan işonçini oşiradi hamda hamkorlikning muayyan şaxslargagina qaram bölib qolişining oldini oladi.
Omillar bir-biriga çambarças boğliq
Beşta taşkiliy omil alohida-alohida emas, balki özaro uyğun holda taʼsir körsatadi. Işonç ortsa, masʼuliyat ham ortadi. Işonç mustahkam bölsa, muloqot oçiqroq keçadi. Muloqot yetişmasa, nizo yuzaga keladi. Yetakçilik esa uşbu zanjirning har bir böğiniga bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois qaysidir bitta omilni yaxşilaş bilan kifoyalanmasdan, ularni tizimli ravişda boşqariş talab etiladi.
* * *
Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida oliy taʼlim, fan va işlab çiqariş integratsiyasi ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Bugungi kunda köplab oliy taʼlim muassasalari sanoat korxonalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. Endigi asosiy vazifa — ularni amaliy natijalarga aylantirişdir. Xalqaro tajriba va öz amaliyotimizdan kelib çiqib, quyidagi takliflarni ilgari suriş mumkin:
- Hamkorlikni loyiha sifatida boşqariş. Har bir yirik taşabbus uçun ikkala tomondan masʼul şaxslar, maqsadli körsatkiçlar, muddatlar va muntazam hisobot tizimi qatʼiy belgilanişi kerak.
- Resurslarni oldindan ajratiş. Memorandum tuzilganidan keyin darhol qöşma loyiha uçun moliyaviy mablağ, zarur mutaxassislar va laboratoriya vaqti ajratilişi, imkon qadar korxona va universitetning qöşma innovatsiya jamğarmasi taşkil etilişi lozim.
- Intellektual mulk va nizolarni hal etiş qoidalari. Tadqiqot natijalari, patentlar va olinadigan daromadlar taqsimoti kelişuvning dastlabki bosqiçidayoq aniq belgilab qöyilişi şart. Bu özaro işonçning mustahkam huquqiy asosidir.
- Kadrlar almaşinuvi. Korxona muhandislarini amaliyotçi-öqituvçi sifatida taʼlim jarayoniga jalb etiş, olimlarni korxonalarda stajirovka ötaşga yuboriş hamda dual taʼlimni kengaytiriş har ikkala muhitni bir-biriga yaqinlaştiradi.
- Yetakçilarni tayyorlaş. Universitetlarda texnologiyalar transferi va hamkorlik loyihalarini samarali boşqaradigan malakali mutaxassislar — “hamkorlik menejerlari” tayyorlanişi va munosib rağbatlantirilişi zarur.
Toşkent kimyo-texnologiya instituti amaliyotidan
Institutimizda uşbu omillarni amalda muvaffaqiyatli sinab körmoqdamiz. Jumladan, “Navoiyazot”, “Qönğirot soda zavodi”, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Farğonaazot”, “Indorama Kokand Fertilizers” kabi yetakçi sanoat korxonalari bilan samarali hamkorlik yölga qöyilgan. “Navoiyazot” AJ bilan işlar hamkorlik memorandumi, harakatlar rejasi, qöşma ilmiy-tadqiqot şartnomalari va kadrlar tayyorlaş dasturi asosida tizimli ravişda olib borilmoqda. “3+3” modelidagi dual taʼlim talabalarni öqiş davridayoq bevosita işlab çiqariş jarayoniga jalb etadi. Institutimizning startaplar bölinmasi esa innovatsion ğoyadan to mustaqil “spin-off” kompaniyagaça bölgan yölni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi. 2024-2026 yillarda institut olimlari tomonidan 12 ta ixtiro ixtisoslaştirilgan tartibda patentlandi. Ular orasida boyitilgan kaolin oliş texnologiyasi, xlorsiz kaliyli öğitlar va sunʼiy intellektga asoslangan zamonaviy suğoriş tizimi mavjud.
Tajribamiz xalqaro tadqiqot xulosalarini töliq tasdiqlamoqda: hamkorlik rahbariyat tomonidan şaxsan nazorat qilinadigan, masʼul şaxslar aniq tayinlangan va olingan natijalar oçiq-oşkora muhokama qilinadigan loyihalardagina yuqori samaradorlikka erişilmoqda.
Yakuniy söz örnida
Universitet va sanoat hamkorligi — bu ikki xil madaniyat va qaraşning tutaş nuqtasidir. Uni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun faqatgina hujjat imzolaş yoki mablağ ajratişning özi kifoya qilmaydi. Oçiq muloqot, yuqori masʼuliyat, mustahkam işonç, nizolarni oqilona boşqariş va kuçli yetakçilik — mana şu beşta taşkiliy omil hamkorlikni qoğozdan amaliyotga, amaliyotdan esa aniq natijaga olib çiqadi. Bu yölda jiddiy sabr va vaqt talab etiladi, lekin uning samarasi: raqobatbardoş kadrlar, mahalliylaştirilgan ilğor texnologiyalar hamda ilm-fanga asoslangan barqaror iqtisodiyot — qilingan barça sarf-xarajatlarni töla oqlaydi.
Botir USMONOV,
Toşkent kimyo-texnologiya instituti
rektori, professor.
