Özbekiston televideniyesi 70 yoşda: ilk efirdan raqamli media makonigaça
Televideniye faqat axborot uzatiş vositasi emas, balki millatning tarixi, maʼnaviyati, madaniyati va tafakkurini aks ettiruvçi muhim ijtimoiy institutdir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, milliy jurnalistika va ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotida beqiyos örin tutib, xalq bilan davlat örtasidagi oçiq muloqotni taʼminlaş, jamoatçilik fikrini şakllantiriş hamda islohotlarning mazmun-mohiyatini keng yoritişda alohida ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston televideniyesining uzoq yillik tarixiga nazar taşlar ekanmiz, uning nafaqat axborot va maʼrifat tarqatiş, balki milliy özligimizni anglaş, madaniy merosimizni asraş hamda jamiyatning maʼnaviy yuksalişiga xizmat qiliş borasidagi salmoqli örnini eʼtirof etiş lozim.
Şu yilning 5 noyabr kuni Özbekiston televideniyesi faoliyat boşlaganiga roppa-rosa 70 yil töladi. Ortda qolgan yetmiş yil texnik taraqqiyot, ijodiy izlanişlar, kasbiy mahorat va milliy jurnalistika şakllanişining öziga xos solnomasidir. Unda mamlakatimizning turli davrlardagi hayoti, jamiyatda keçgan özgarişlar, xalqimizning orzu-intilişlari, madaniy qadriyatlari va ilmiy-texnikaviy yutuqlari öz ifodasini topgan.
Yetmiş yil davomida Özbekiston televideniyesi ilk oq-qora tasvirli körsatuvlardan tortib zamonaviy raqamli texnologiyalargaça, oddiy studiya efirlaridan millionlab tomoşabinlarni qamrab oluvçi köp tarmoqli media tizimigaça bölgan ulkan taraqqiyot yölini bosib ötdi. Biroq bu tarixning eng muhim jihati faqat texnika takomili bilan emas, balki zahmatkaş insonlar mehnati, ijodiy izlanişlar, kasbiy maktablar şakllanişi va milliy tafakkur rivojiga qöşilgan bebaho hissa bilan belgilanadi.
Oynai jahon bir neça avlod hayotiga çuqur kirib bordi, oilalarni yagona ekran qarşisida birlaştirdi, mamlakatimiz va dunyoda yuz bergan muhim voqea-hodisalarni xalqimizga yetkazdi. Şu maʼnoda, özbek televideniyesining yetmiş yilligi milliy axborot makonimiz tarixidagi muhim bosqiçni sarhisob qiliş uçun qulay imkoniyatdir.
Toşkent – televideniye vatani
Özbek televideniyesining tarixiy ildizlari rasmiy efir boşlangan 1956 yildan ança ilgarigi davrga borib taqaladi. 1928 yil 30 noyabr kuni Toşkentda ixtiroçilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy harakatdagi tasvirni masofaga uzatişga möljallangan “Telefot” elektron televizion tizimini sinovdan ötkazdilar. Bu tajriba harakatdagi tasvirni elektron usulda uzatiş ğoyasini amaliyotda sinab köriş yölidagi dastlabki urinişlardan biri sifatida jahon texnika tarixidan mustahkam örin oldi.
Toşkent telemarkazining qurilişi esa 1954 yilda boşlangan edi. 1956 yilning aprel oyida şaharda televizion studiya taşkil etiş böyiça qaror qabul qilinib, şu yilning kuzida telestudiya faoliyati yölga qöyildi. Nihoyat, 1956 yil 5 noyabr kuni Toşkentda ilk rasmiy televizion körsatuv namoyiş etildi.
Bu kun nafaqat milliy televizion efir tarixining boşlaniş nuqtasi, balki butun Markaziy Osiyoda soha taraqqiyoti uçun tamal toşi qöyilgan tarixiy sanaga aylandi. Özbekiston mintaqa respublikalari orasida muntazam körsatuvlarni yölga qöygan birinçi hudud böldi.
Dastlabki efirlarni taşkil etiş oson keçmagani tabiiy. Öşa davrda soha texnikasi öta murakkab, uskunalar imkoniyati çeklangan, mutaxassislar tayyorlaş tizimi esa endigina şakllanayotgan edi. Har bir körsatuvni tayyorlaş va ommaga uzatiş jurnalist, rejissyor, suxandon, operator, muhandis va boşqa soha vakillaridan yuksak masʼuliyat hamda jipslikni talab qilardi. Boşida dasturlar oq-qora tasvirda namoyiş etilgan, efir vaqti va texnik şaroit çeklangan edi. Şunga qaramay, aynan ana şu murakkab şaroitda televizion ijodning öziga xos qonun-qoidalari, jurnalistika uslublari, rejissyorlik va operatorlik mahorati maktabi vujudga keldi.
Toşkentning bu boradagi peşqadamligi qöşni respublikalarda sohaning paydo böliş davrlari qiyoslanganda yanada yaqqol namoyon böladi. Xususan, Qozoğistonda muntazam körsatuvlar 1958 yil mart oyida Olmaotada yölga qöyilgan. Şu yilning yozida Frunzeda (hozirgi Bişkek şahrida) ilk körsatuvlar efirga berilgan. 1959 yilda Aşxobod telestudiyasi iş boşlagan bölsa, şu yilning oktyabrida Duşanbe şahrida dastlabki televizion signallar uzatildi.
1958 yilda köçma televizion stansiyaning foydalanişga topşirilişi studiyadan taşqarida ham körsatuvlar tayyorlaş va uzatiş imkonini berdi. Bu esa oynai jahonning voqelikka yanada yaqinlaşişiga, çekka hududlardagi hayotni bevosita ekran orqali jonli aks ettirişga zamin yaratdi.
Köp ötmay, hududlarda ham telemarkazlar qad rostlay boşladi: 1961 yilda Urgançda, 1964 yilda Nukusda mahalliy studiyalar faoliyati yölga qöyildi. Keyinçalik boşqa viloyatlarda ham televizion infratuzilma jadal rivojlanib, hududiy hayot tarzi, milliy urf-odatlar va mahalliy yangiliklarni yoritiş kölami kengaydi.
1960-1980 yillar özbek televideniyesi uçun ijodiy barkamollik va professional maktab qaror topgan oltin davr böldi. Efirlarda axborot va ijtimoiy-siyosiy dasturlar, adabiy-badiiy körsatuvlar, musiqiy çiqişlar, teleteatr sahnalari, hujjatli filmlar hamda bolalar va yoşlarga möljallangan loyihalar köpaydi. Milliy musiqa, adabiyot, tarix, sanʼat va milliy qadriyatlar ekran orqali faol tarğib qilindi.
“Otalar sözi — aqlning közi”, “Olamda nima gap?”, “TV-almanax” kabi dasturlar bir neça avlod tomoşabinlari qalbidan çuqur joy oldi. Ular öz davrining ijtimoiy-madaniy muhitini aks ettirgan, tomoşabinni fikrlaşga, teran muşohada yuritişga çorlagan ijodiy durdonalar edi. Tajribali suxandonlarning muloyim ovozi, dasturlarning öziga xos musiqiy bezaklari va yetuk ijodkorlar siymosi tomoşabin xotirasida öçmas iz qoldirdi.
1969 yilda “Özbektelefilm” kinostudiyasining taşkil etilişi televizion kinoijod sohasida yangi bosqiçni boşlab berdi. Mazkur studiyada mamlakatimiz tarixi, madaniyati, betakror tabiati va zamondoşlarimiz qiyofasini oçib beruvçi köplab hujjatli hamda badiiy asarlar dunyo yuzini kördi.
1980 yildan rangli tasvirdagi körsatuvlarning yölga qöyilişi ekran imkoniyatlarini beqiyos darajada oşirdi. 1984 yilda foydalanişga topşirilgan, balandligi 375 metr bölgan Toşkent teleminorasi esa teleradioeşittirişlar infratuzilmasida muhim tayanç inşootga aylandi. U nafaqat poytaxtimizning meʼmoriy ramzlaridan biri, balki mamlakat böylab radio va televizion signallarni keng tarqatuvçi qudratli texnik markaz sifatida xizmat qila boşladi.
Milliy televideniye taraqqiyotining yangi bosqiçi
Özbekiston davlat mustaqilligiga erişgaç, soha oldida ulkan tarixiy vazifalar köndalang böldi. Milliy axborot makonini yaratiş, yurtimizning mustaqil taraqqiyot yöli, boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va xalqaro maydondagi nufuzini keng tarğib qiliş zarurati tuğildi. Şu tariqa televideniye jamiyatni islohotlar ruhi bilan taniştiriş, milliy özlikni anglaş va mamlakatning yangi qiyofasini şakllantirişda hal qiluvçi vositaga aylandi.
Bu davrda telekanallar faoliyatini yanada takomillaştiriş, moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, yangi formatlarni yaratiş va ilğor mediatexnologiyalarni joriy etişga ustuvor ahamiyat qaratildi. Sunʼiy yöldoş orqali körsatuvlar uzatiş tizimining kengayişi milliy televideniyening geografik çegaralarini özgartirdi. 2007 yildan boşlab “Özbekiston” telekanali dasturlarining sunʼiy yöldoş orqali dunyo böylab tarqatila boşlanişi milliy mediamahsulotlarimizni xorijda ham namoyiş etiş, çet elda yaşayotgan vatandoşlarimiz bilan axborot va maʼnaviy aloqalarni mustahkamlaş imkonini berdi.
Soha rivojida texnik infratuzilmani modernizatsiya qiliş ham hal qiluvçi omilga aylandi. 2011 yilda yuqori aniqlikda işlovçi ilğor raqamli uskunalar bilan jihozlangan Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mediamarkazining işga tuşirilişi bu yöldagi muhim yutuq böldi. Markaz imkoniyatlari körsatuvlar, filmlar, milliy seriallar va boşqa audiovizual mahsulotlarni zamon talablari asosida tayyorlaş, tasvir va ovoz sifatini yuqori darajaga kötarişga xizmat qildi.
Şuningdek, uşbu davrda ixtisoslaşgan telekanallar tarmoği jadal rivojlandi. Jumladan, “O‘zbekiston 24” tezkor axborot va tahliliy dasturlarga, “Sport” jismoniy tarbiya va sport tarğibotiga, “Bolajon” bolalar auditoriyasiga, “Madaniyat va ma’rifat” ilmiy-maʼrifiy sohaga, keyinroq taşkil etilgan “O‘zbekiston tarixi” telekanali esa ajdodlarimizning boy merosini yoritişga ixtisoslaştirildi.
Bunday mavzuviy ixtisoslaşuv turli qatlamdagi tomoşabinlarning ehtiyojlarini kengroq qamrab oliş, muayyan yönalişlar böyiça sifatli va tizimli kontent yaratişga yöl oçdi. Natijada milliy moviy ekran çinakam köp tarmoqli mediatizimga aylandi.
Raqamli texnologiyalar va yangi media makoni
XXI asr raqamli texnologiyalari milliy televideniye taraqqiyoti oldiga mutlaqo yangi talablarni qöydi. Axborotni tayyorlaş, saqlaş, qayta işlaş va tomoşabinga yetkaziş mexanizmlari tubdan özgardi. Raqamli uzatiş tizimiga ötiş tasvir hamda ovoz tiniqligini taʼminlabgina qolmay, efir resurslaridan unumli foydalaniş, kanallar sonini köpaytiriş va texnik jarayonlarni avtomatlaştiriş imkoniyatini tubdan kengaytirdi.
Anʼanaviy televideniye bosqiçma-bosqiç transformatsiyalanib, yangi media muhitiga moslaşa boşladi. Bugungi kunda telekörsatuv faqat belgilangan vaqtda oynai jahonda namoyiş etiladigan dastur bölib qolmasdan, internet platformalari, mobil qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli videotekalar orqali ham tomoşabinlarga yetib bormoqda.
2021 yilda “UzTV” internet platformasining işga tuşirilişi Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli xizmatlarini taraqqiy ettirişdagi salmoqli qadamlaridan biri böldi. Bu loyiha anʼanaviy efir mahsulotlarini internet tarmoğida keng ommalaştiriş, kanallar dasturlarini raqamli şaklda taqdim etiş va boy audiovizual fonddan erkin foydalaniş kölamini kengaytirdi.
Bugungi tomoşabin körsatuvni qayerda, qaçon va qaysi qurilmada körişni özi hal qiladi. Ayniqsa, yoşlar auditoriyasi qisqa metrajli videolarga, interaktiv formatlarga, onlayn translyatsiyalarga hamda ijtimoiy tarmoqlardagi tezkor axborotga köproq ehtiyoj sezmoqda.
Bunday şaroitda milliy televideniye oldida efirning köp yillik boy anʼanalarini zamonaviy platformalar bilan uyğunlaştiriş vazifasi turibdi. Raqobatbardoş badiiy filmlar va seriallar yaratiş, milliy hujjatli kinoni yangi bosqiçga olib çiqiş, noyob tarixiy fond materiallarini töliq raqamlaştiriş hamda milliy madaniyat va sanʼatni xalqaro miqyosda tarğib qiliş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Şu nuqtai nazardan, televizion arxiv merosini asrab-avaylaş muhim vazifadir. Önlab yillar davomida efirga uzatilgan körsatuvlar, tarixiy suhbatlar, hujjatli lavhalar va reportajlar xalqimizning bebaho vizual xazinasi hisoblanadi. Uşbu durdonalarni zamonaviy raqamli formatlarga ötkaziş, tizimli ravişda saralaş va kelajak avlodlarga bekamu köst yetkaziş mediatuzilmalarimiz oldidagi eng masʼuliyatli vazifalardan biridir.
Inson omili – televideniye taraqqiyotining asosiy mezoni
Texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, sohaning haqiqiy qiymati va ruhini belgilaydigan boş mezon — bu inson omili, uning bilim va salohiyati, tajribasi, dunyoqaraşi hamda yuksak kasbiy masʼuliyatidir.
Televideniye tarixining har bir yutuği ortida öz işiga çin dildan mehr qöygan, yangilikka intilgan va har qanday murakkab şaroitda ham ijod qilişdan çarçamagan insonlarning maşaqqatli mehnati yotibdi. Jurnalistlar voqealarni xolis yoritişga, rejissyorlar ğoyalarni taʼsirçan va badiiy yetkazişga, tasvirçilar hayot manzaralarini jonlantirişga, muhandislar esa efirning uzluksizligini taʼminlaşga fidokorona kuç sarfladilar. Suxandonlar, muharrirlar, ovoz rejissyorlari, montaj ustalari va texnik xodimlarning ham bu boradagi xizmati beqiyosdir.
Bu fidoyilarning köpçiligi ekran ortida mehnat qiladi. Biroq ularning saʼy-harakatlarisiz heç bir körsatuv ekran yuzini körmaydi, heç qaysi muhim xabar öz vaqtida tomoşabinga yetib bormaydi.
Şu sababli özbek televideniyesining yetmiş yillik şonli töyi, eng avvalo, soha faxriylariga, uning ilk poydevorini qurgan fidoyilarga, milliy telejurnalistika maktabini şakllantirgan ustozlarga hamda bugungi kunda ham tinim bilmay mehnat qilayotgan zahmatkaşlarga körsatiladigan çeksiz ehtirom ramzidir.
Bugungi avlodning asosiy burçi ana şu boy tajribani eʼzozlab, ustozlar meros qoldirgan anʼanalarni zamonaviy talablar bilan uyğunlaştirişdir. Zero, texnik uskunalar va efir formatlarini har doim yangilaş mumkin, ammo tomoşabin işonçini qozoniş va uni saqlab qoliş oson iş emas. Bunday yuksak işonç faqatgina axborotning haqqoniyligi, jurnalistning xolisligi, tahlilning teranligi va körsatuvning yuksak mazmuni bilan qölga kiritiladi.
Yetmiş yillik tajriba va kelajak oldidagi vazifalar
Bugun milliy televideniyemiz öz taraqqiyotining yangi sifat bosqiçiga qadam qöymoqda. Global axborot maydonida raqobat keskinlaşib, xalqaro mediaplatformalar auditoriyasi kengayib borayotgan bir şaroitda yaşayapmiz. Sunʼiy intellekt, avtomatlaştirilgan media işlab çiqariş tizimlari, virtual studiyalar, öta yuqori aniqlikdagi tasvir hamda interaktiv texnologiyalar sohaga tobora çuqur kirib kelmoqda.
Uşbu sohadagi köp yillik tajribamdan kelib çiqib, bugungi televideniye oldida turgan quyidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratiş zarur, deb hisoblayman:
Birinçidan, milliy mazmun va professional sifatni taʼminlaydigan raqobatbardoş kontent yaratiş lozim. Zamonaviy tomoşabin nafaqat axborotni, balki işonçli maʼlumot, çuqur tahlil va yuqori saviyadagi ijodiy mahsulotni ham kutadi.
Ikkinçidan, yoş jurnalistlar, rejissyorlar, operatorlar, ssenariynavislar va texnik mutaxassislarni tayyorlaş, ular zamonaviy texnologiyalarni özlaştirişi uçun zarur şaroitlar yaratiş muhim.
Uçinçidan, milliy televizion arxivni raqamlaştiriş, tarixiy körsatuvlar va hujjatli materiallarni saqlaş, ulardan ilmiy, maʼrifiy va ijodiy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş zarur.
Törtinçidan, özbek tilidagi sifatli audiovizual mahsulotlarni xalqaro auditoriyaga yetkaziş, mamlakatimizning tarixi, madaniyati, ilm-fani va zamonaviy taraqqiyotini jahonga tanitiş böyiça tizimli iş olib boriş kerak.
Beşinçidan, raqamli media makonida tezkorlik bilan birga masʼuliyat, xolislik va axborot xavfsizligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni amalga oşirişda televideniyening yetmiş yillik tajribasi mustahkam tayanç bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Televideniye – millat qiyofasini aks ettiruvçi minbar
1956 yil 5 noyabrda Toşkentda ilk televizion efirning uzatilişi bilan boşlangan tarix bugun butun bir milliy media makonining taraqqiyot yöliga aylandi. Sanoqli muhandis, jurnalist va ijodkorlarning taşabbusi bilan boşlangan saʼy-harakatlar bugun önlab telekanallar, zamonaviy studiyalar, mediamarkazlar, raqamli platformalar va minglab mutaxassislarni birlaştirgan qudratli sohaga aylandi.
Bu davrda ne-ne avlodlar almaşdi, texnologiyalar yangilandi, efir formatlari tubdan özgardi, axborot tarqatiş imkoniyatlari kengaydi. Ammo televideniyening asosiy vazifasi mamlakat hayotini yoritiş, xalqqa işonçli axborot yetkaziş, tarixiy xotirani asraş hamda milliy qadriyatlarni tarğib etişdan iborat bölib qolmoqda.
Özbek televideniyesining yetmiş yillik tarixini doimiy izlaniş, yangilaniş va olğa intiliş solnomasi, deb atasak, xato bölmaydi. Ilk ijodkorlarimiz tomoşabinlarga harakatdagi tasvirning möʼjizaviy olamini oçgan bölsalar, bugungi avlod zimmasida uşbu merosni raqamli texnologiyalar bilan boyitiş va milliy mediani xalqaro darajada raqobatbardoş qilişdek masʼuliyatli vazifa turibdi.
Şu maʼnoda, uşbu qutluğ yetmiş yillik yubiley nafaqat ötmişga nazar taşlaş, balki kelajak oldidagi masʼuliyatni teran anglaş va yangi maqsad va marralarni belgilaş imkoniyatidir. Çunki sohaning istiqboli faqat zamonaviy texnika va platformalar bilan emas, birinçi galda insonlarning bilim-salohiyati, yuksak tafakkuri va kasbiy mahorati bilan belgilanadi.
Yangi Özbekiston va zamonaviy oynai jahon: yangi mazmun, yuksak masʼuliyat va ijodiy izlanişlar
Bugun milliy televideniyemiz öz taraqqiyotining mutlaqo yangi davrini boşdan keçirmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev boşçiligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy yangilanişlar, “Inson qadri uçun” tamoyili, oçiqlik va faol fuqarolik jamiyatini barpo etiş jarayonlari soha xodimlari zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklamoqda.
Yangi Özbekiston ğoyasi inson manfaatlari, uning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, farovon turmuşi hamda zamonaviy bilim va kasblarni egallaşidek ezgu maqsadlarni özida mujassam etadi. Bu ezgu ğoyalarning asl mohiyatini xalqqa yetkaziş, yangilanişlar samarasini xolis yoritiş va insonlar turmuşidagi aniq özgarişlarni körsatişda oynai jahonning örni beqiyosdir.
Zero, Yangi Özbekiston haqidagi tasavvur faqat rasmiy tadbirlar va erişilgan körsatkiçlar bilan emas, balki oddiy insonlarning hayoti, halol mehnati, orzu-umidlari, muammolari va muvaffaqiyatlari orqali töliq şakllanadi. Şu nuqtai nazardan, bugungi televideniye islohotlarning şunçaki tarğibotçisi bölib qolmay, ularning mazmunini jamiyatga teran tuşuntiruvçi, natijalarni inson taqdiri bilan uzviy boğlab körsatuvçi faol ijtimoiy institut bölişi lozim.
Hozirgi kunda milliy axborot makonimizda davlat va nodavlat teleradiokanallari yonma-yon, soğlom raqobat şaroitida faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “Yoshlar”, “Sport”, “Toshkent”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab”, “Bolajon”, “Navo”, “Kinoteatr”, “O‘zbekiston tarixi” kabi markaziy telekanallar, barça hududiy teleradiokanallar va nodavlat telekanallar milliy axborot makonining ajralmas qismidir. Ular öz yönalişlari va auditoriyalariga mos kontentlari orqali mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini har tomonlama yoritib kelmoqda.
Ayniqsa, tahliliy dasturlar, ijtimoiy loyihalar, badiiy va hujjatli filmlar, tok-şoular, madaniy-maʼrifiy körsatuvlar hamda töğridan-töğri efirlar bugungi televideniye faoliyatining ustuvor yönalişiga aylandi. Davlat rahbari iştirokidagi muhim tadbirlar, hukumat majlislari, yirik xalqaro anjumanlar va siyosiy jarayonlarning jonli efirda uzatilişi axborotning tezkorligi va oçiqligini taʼminlamoqda.
Biroq jonli efirning haqiqiy qiymati faqat voqeani öz vaqtida körsatiş bilan çeklanmaydi. U muammoning tub mohiyatini oçiş, soha mutaxassislari va masʼullarning fikrini jamoatçilikka yetkaziş, muqobil qaraşlarni taqqoslaş va yurtdoşlarimizni öylantirayotgan savollarga oçiq javob topiş maydoniga aylanişi kerak. Şu bois erkin muloqotlar, bahs-munozaralar va tahliliy studiya dasturlarining saviyasini yanada kötariş zarur.
Zamonaviy telekanallar voqealarning sabab va oqibatlarini ilmiy asosda tuşuntirişi, mavjud muammolarning yeçimini topişda kömak berişi hamda ijtimoiy muloqot maydoniga aylanişi darkor. Bu borada Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning insonlar hayotidagi aniq ifodasini körsatiş alohida ahamiyatga ega. Qad kötarayotgan yangi korxonalar, barpo etilayotgan zamonaviy taʼlim va tibbiyot maskanlari bilan birga, bularning barçasi fuqarolar turmuş sifatiga qanday taʼsir körsatayotgani oçib berilişi lozim. Zahmatkaş olim, oddiy tadbirkor, dehqon, muallim, şifokor va quruvçi kabi mehnatkaş insonlarning hayotiy tajribasi orqali islohotlar mazmunini körsatiş televideniye taʼsirçanligini karrasiga oşiradi.
Şuningdek, ilm-fan, taʼlim, innovatsion ğoyalar, raqamli texnologiyalar, yoşlar va xotin-qizlarning jamiyatdagi örni, milliy madaniyat va ekologiya kabi ustuvor yönalişlar doimiy diqqat markazida bölişi kerak. Bu mavzularda tayyorlanadigan puxta loyihalar faqat bugungi tomoşabinga emas, balki kelajak avlod tarbiyasiga ham ulkan hissa bölib qöşiladi.
Axborot oqimi şiddat bilan tezlaşayotgan, ijtimoiy tarmoqlar auditoriya diqqatini tortiş uçun keskin kuraşayotgan hozirgi şaroitda telemahsulotning mazmuni, sifati va taʼsirçanligi hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Şu bois telekanallar faoliyatida axborotning tezkorligi bilan birga haqqoniyligi va xolisligini taʼminlaş, rasmiy axborotni hayotiy voqelik bilan boğlaş, odamlarning kundalik muammolarini olib çiqiş va ularning yeçimi yuzasidan jamoatçilik nazoratini şakllantiriş muhimdir. Şuningdek, takroriylikdan qoçib, yangi ğoyalar, zamonaviy janrlar va original formatlarni rivojlantiriş lozim.
Bugungi ijodkordan nafaqat jurnalistik mahorat, balki teran dunyoqaraş, tahliliy fikrlaş, zamonaviy texnologiyalarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni biliş va jahon tajribasini muntazam örganiş talab qilinmoqda. Yoş jurnalistlar, rejissyorlar, ssenariynavislar va mediamutaxassislarga keng ijodiy imkoniyatlar yaratilişi milliy medianing kelajagini taʼminlaydi.
Yana bir muhim yönaliş — mahalliy mediamahsulotlarning raqobatbardoşligini taʼminlaşdir. Ona tilimizdagi sifatli hujjatli filmlar, tarixiy va ijtimoiy seriallar, maʼrifiy dasturlar hamda bolalar uçun milliy animatsiya mahsulotlarini yaratişga ehtiyoj yuqori. Bu jarayonda son ortidan quvmasdan, balki puxta ssenariy, yuksak rejissyorlik mahorati, aktyorlik iqtidori, tasvir va ovoz madaniyati hamda ğoyaviy mazmunga ustuvorlik beriş zarur.
Milliy qadriyatlarimizni zamonaviy ifoda vositalari bilan uyğunlaştiriş, yoşlar dunyoqaraşiga mos, maʼnaviy va intellektual jihatdan boy kontent yaratiş ham dolzarb vazifalardan biridir. Milliy tarixni faqat ötmiş voqealari sifatida emas, balki bugungi taraqqiyotimiz uçun ibrat va tafakkur maktabi sifatida talqin etişimiz kerak.
Eng asosiysi, zamonaviy televideniye tomoşabin işonçini asraşi lozim. Axborotning tezligi emas — işonçliligi, körsatuvning taşqi bezagi emas — çuqur mazmuni, efirning davomiyligi emas — uning jamiyatga körsatgan ijobiy va maʼnaviy taʼsiri oynai jahonning asl nufuzini belgilab beradi.
Şunday ekan, Yangi Özbekiston televideniyesi oldidagi eng masʼuliyatli vazifa — islohotlarni biryoqlama tarğib qiliş emas, balki erişilgan natijalar bilan birga mavjud muammolar va ularning oqilona yeçimlarini mahorat bilan yoritişdir. Oçiq muloqot, tanqidiy tahlil, jamoatçilik fikriga tayaniş va xolis jurnalistika islohotlar samaradorligiga xizmat qilişi darkor. Zero, haqiqiy axborot makoni faqat yutuqlar haqida hikoya qiliş bilan çeklanmay, jamiyatni öylantiradigan muhim savollarni ham örtaga taşlaydi.
Barçamizga Özbekiston televideniyesining yetmiş yillik şonli töyi muborak bölsin!
Alişer XADJAYEV,
fizika-matematika fanlari
nomzodi, faxriy professor.
