Islom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk maʼnaviy va ilmiy merosi hamda maʼrifat ufqlari
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jenevadagi qarorgohida 2026 yil 22 oktyabrda xuddi şu mavzuda xalqaro ilmiy konferensiya böldi. Movarounnahrning buyuk maʼnaviy va ilmiy merosi hamda uning zamonaviy dunyo uçun boqiy ahamiyatiga bağişlangan uşbu nufuzli xalqaro anjumanda iştirok etiş hamda sözga çiqiş şarafi kaminaga nasib etdi.
Fursatdan foydalanib, avvalambor, islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, taʼlimi, madaniyati va axloqiy tafakkuri rivojiga qöşgan hissasi borasidagi xalqaro muloqotni mustahkamlaşga qaratilgan muhim taşabbus uçun konferensiya taşkilotçilariga samimiy minnatdorlik bildiraman. Binobarin, şu asnoda biz Jenevada — xalqaro hamkorlik va köp tomonlama diplomatiyaning eng muhim markazlaridan birida töplaniş hamda özaro qizğin fikrlaşiş imkoniga ega böldik.
Aynan şu yerda xalqlarning maʼnaviy va intellektual merosi insoniyatni bir-biridan ajratmasligi lozimligini taʼkidlaş, ayniqsa, örinlidir. Aksinça, bu olamşumul meros madaniyatlar, sivilizatsiyalar va avlodlar örtasida mustahkam köprik böla oladi.
Movarounnahr şunçaki tarixiy-geografik makon emas. U insoniyatning ilmiy izlaniş, dunyoni falsafiy anglaş va maʼnaviy-maʼrifiy yuksaliş anʼanalari şakllangan buyuk tafakkur beşiklaridan biridir.
Asrlar davomida mintaqamiz mutafakkirlari jahon ilm-fanini boyitib, falsafa, matematika, tibbiyot, astronomiya, ilohiyot va axloqiy tafakkurni rivojlantirib keldilar. Ularning merosi sivilizatsiyaning çinakam uluğvorligi faqat moddiy yutuqlar bilan emas, balki, eng avvalo, insonning haqiqatni anglaş, aqlni çarxlaş va jamiyat manfaati yölida xizmat qiliş qobiliyati bilan belgilanişidan dalolat beradi.
Uşbu merosda asarlari insoniyat maʼnaviy va intellektual tarixining ajralmas qismiga aylangan buyuk allomalar — Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy alohida örin tutadi.
Imom Buxoriy ilmni yetkazişda işonçlilik, ilmiy xolislik va masʼuliyatning yuksak mezonlarini özida mujassam etgan. U zotning merosi bizga manbalarni tekşiriş, ilmiy halollik va haqiqatga ehtirom körsatiş naqadar muhimligini eslatib turadi.
Imom Moturidiy esa aql va eʼtiqod uyğunligini, möʼtadillik tamoyillarini hamda ratsional tafakkur örnini anglaşda alohida ahamiyatga ega bölgan teran intellektual meros qoldirgan. Allomaning ğoyalari vazmin yondaşuv, özaro hurmat va muloqotning ahamiyatini yangiça baholaş imkonini beradi.
Imom Termiziy hadisşunoslik rivoji va islom olami maʼnaviy anʼanalarining şakllanişiga ulkan hissa qöşgan. Uning ilmiy faoliyati bilimlarni tizimlaştiriş, tadqiqot madaniyati va intellektual anʼanalar vorisiyligi neçoğliq muhim ekanini körsatib beradi.
Uşbu uluğ allomalarning merosiga murojaat qilar ekanmiz, biz nafaqat tarixga yuzlanamiz, balki bugungi kunda ham öz dolzarbligini yöqotmagan mana bu savollarga javob topamiz: bilimning işonçliligini qanday saqlab qoliş, jamiyatning axloqiy asoslarini qanday mustahkamlaş, insonlarni bir-biriga yaqinlaştiriş yölida ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan qanday foydalaniş mumkin?
Şu nuqtai nazardan, Movarounnahr va Markaziy Osiyoning boşqa buyuk mutafakkirlari ilgari surgan ğoyalar alohida eʼtiborga molikdir. Jumladan, Abu Nasr Forobiy fozil jamiyat haqidagi taʼlimotida özaro yordam va umumiy farovonlikka intilişni jamiyat kamolotining eng muhim şartlari sifatida körgan.
Forobiyning bu boradagi fikriga köra: “Agar xalqlar saodatga erişiş yölida bir-biriga kömaklaşsa, butun dunyo fozil bölajak”.
Köp asrlar muqaddam ilgari surilgan uşbu ğoya zamonaviy xalqaro hamkorlik tamoyillariga hayratlanarli darajada hamohangdir. U bizga barqaror tinçlik va insoniyat farovonligiga faqat özaro hurmat, hamjihatlik va umumiy masʼuliyat asosidagina erişiş mumkinligini eslatadi.
Ilmiy qiziqişlarining kengligi hamda boşqa xalqlar va madaniyatlarni xolisona örganişga intilişi bilan şuhrat qozongan buyuk qomusiy olim, tarixçi va tadqiqotçi Abu Rayhon Beruniy merosi ham bundan kam ahamiyatga ega emas. Beruniy özining “Hindiston” asarida şunday yozgan: “Yolğondan saqlanib, doimo haqiqatni mahkam tutgan insongina maqtovga sazovordir”.
Uşbu sözlar ilmiy faoliyatning tub tamoyillarini — dalillarga hurmat, xolislik va intellektual halollikni özida aks ettiradi. Insoniyat yolğon maʼlumotlar tarqalişi hamda jamoatçilik fikridagi ziddiyatlarning kuçayişi bilan yuzma-yuz kelayotgan bugungi davrda mazkur tamoyil alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Yevropa anʼanasida Avitsenna nomi bilan tanilgan buyuk mutafakkir va tabib ibn Sino ham inson kamolotini haqiqatni anglaş va ezgulikka intiliş bilan boğlagan. Ilmiy tarjimada uning bu falsafiy fikri quyidagiça ifodalangan:
“Oqil mavjudot sifatida insonning kamoloti haqiqatni haqiqatning özi uçun, ezgulikni esa uni röyobga çiqariş va unga erişiş uçun anglaşdan iboratdir”.
Uşbu fikrda teran insonparvarlik maʼnosi mujassam. Yaʼni bilim nafaqat öz-özidan, balki insonning kamol topişiga, masʼuliyatli qarorlar qabul qilişiga va jamiyatga naf keltirişiga kömaklaşişi tufayli ham boqiy qimmatga ega.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, ziddiyatlar, işonçsizlik, toqatsizlik hamda madaniyatlar va dinlarni bir-biriga qarama-qarşi qöyişga urinişlar bilan töqnaş kelayotgan zamonaviy dunyoda maʼrifat, möʼtadillik va özaro hurmat ğoyalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Zero, bilim insonlarni birlaştirişi, taʼlim özaro hamjihatlik ufqlarini kengaytirişi, madaniy meros esa sivilizatsiyalar örtasida köprik vazifasini ötaşi lozim.
Şuning uçun ham Movarounnahr merosini örganiş bitta mintaqa yoki alohida bir ilmiy anʼana doirasi bilan çeklanib qolmaydi. Bu jarayon insoniyatning muştarak intellektual ildizlarini yanada çuqur anglaş hamda turli madaniyatlar örtasidagi muloqotni mustahkamlaş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Şu nuqtai nazardan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025 yilda BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro maydonlarda keng namoyiş etiş taşabbusi alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur taşabbus Özbekistonning xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş, öz tarixiy merosini yanada keng örganişni taʼminlaş hamda uning butun insoniyat uçun boqiy ahamiyatini oçib berişga bölgan intilişini aks ettiradi.
Uşbu uluğvor vazifani amalga oşirişda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tobora muhim örin tutmoqda. Binobarin, uning vazifasi faqat tarixiy yodgorliklar va qölyozmalarni saqlaş bilangina çeklanib qolmaydi. Markaz ilmiy tadqiqotlar, taʼlim, madaniy almaşinuv va xalqaro hamkorlikning zamonaviy maskaniga aylanişi közda tutilgan.
Tabiiyki, bu muhim jarayonda merosni asrab-avaylaş faqat moddiy yodgorliklarni muhofaza qiliş bilan çeklanmasligi kerak. Qölyozmalarni ilmiy tadqiq etiş, akademik almaşinuvlarni rivojlantiriş, tarixiy manbalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda yoş tadqiqotçilarni ötmişning intellektual anʼanalarini örganişga jalb etişni ham izçil taʼminlaş zarur.
Işonçimiz komilki, bu sohadagi xalqaro hamkorlik ilm-fan va taʼlimni rivojlantiriş, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlaş hamda umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surişga salmoqli hissa qöşişga qodir. Biz esa şu örinda 3 ta ustuvor yönalişga alohida eʼtibor qaratişni lozim topdik.
Birinçidan, akademik xolislik, fanlararo yondaşuv va özaro oçiq bilim almaşiş asosida Movarounnahr merosiga oid xalqaro ilmiy tadqiqotlar kölamini kengaytiriş taqozo etiladi.
Ikkinçidan, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş, örganiş va ommalaştiriş maqsadida universitetlar, ilmiy markazlar, muzeylar, kutubxonalar hamda xalqaro taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş ayni muddaodir.
Uçinçidan, yoşlarni tanqidiy fikrlaş, bağrikenglik va masʼuliyat hissini rivojlantirişga xizmat qiladigan ilm-fan tarixi, falsafa, maʼnaviy madaniyat hamda intellektual anʼanalarni örganişga faol jalb etiş lozim böladi.
Aminmizki, aynan taʼlim, ilmiy muloqot va madaniy xilma-xillikka bölgan hurmat orqali biz jamiyatlar örtasida özaro işonçni mustahkamlaşimiz hamda tinçlik va barqaror taraqqiyot uçun yanada mustahkam poydevor yaratişimiz mumkin.
Muxtasar aytganda, Movarounnahrning buyuk merosi Özbekiston tarixiga mansub bölişi bilan birga, umumbaşariy boylikning ajralmas qismi hamdir. Uni örganiş va asrab-avaylaş — umumiy masʼuliyatimiz, uning insonparvarlik salohiyatini tölaqonli namoyon etiş esa hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi eng muhim vazifadir.
Şu jihatdan Jenevada ötkazilgan maʼrifiy anjuman xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, madaniyatlar örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaş hamda fan, taʼlim va madaniy merosni asrab-avaylaş sohasida yangi qöşma loyihalarni rivojlantiriş yölida yana bir muhim qadam bölgani tahsinga loyiq. Tilagimiz şuki, ötmişning buyuk mutafakkirlari donişmandligi bundan buyon ham bizni bunyodkorlikka, hamkorlikka va umumiy ezgulik yölida xizmat qilişga hamişa ilhomlantirib tursin.
Akmal SAIDOV,
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazi direktori,
BMTning Inson huquqlari
böyiça qömitasi aʼzosi,
akademik.
