Algoritm va til: kim ğolib?

Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga biror şarh yoki izoh yozmagan, kimningdir postiga javob qaytarmagan odam kamdan-kam topilsa kerak. Betakror va betartib axborot oqimi iştirokçisi bölmaganlar esa juda noyob. Çunki allaqaçon hammamiz — kattayu kiçik uşbu talatöpning bir zarrasiga aylanib ulgurdik. “Telegram”-kanallar, “Instagram”-izohlar, “TikTok”-şarhlar endi şunçaki “internet” emas. Bu millionlab odamlarning kundalik muloqot tili şakllanayotgan yangi maydondir. Va u tilimizni özgartirmoqda. Sekin, lekin işonçli.

Bundan bir asr muqaddam maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bong urgan haqiqat bugun yanada dolzarb. Til millatning şunçaki aloqa vositasi emas, uning borliğini körsatuvçi hayot közgusidir. Şunday ekan, raqamli dunyo globallaşuvi girdobida milliy tilning ruhini yöqotiş — millatning özligidan, öz mustaqil ovozidan mahrum bölişi demakdir.

Moşkiçiri metaforasi

Avloniy öşa paytda tilga şunçaki yot unsurlar kirib kelayotganidan xavotir olib: “Ziğir yoği solib, moşkiçiri kabi qilib aralaş-quralaş qilmak tilning ruhini buzadur”, — degan edi. Afsuski, bugun biz öşa “moşkiçiri”ni birdaniga xorijiy va “raqamli tillar” bilan pişirmoqdamiz. Ijtimoiy tarmoqlar va kundalik muloqotimiz gibrid tilga aylanib ulgurdi. Sözimizni özbek tilida boşlab, rus tilida davom ettiramiz va inglizça termin bilan yakunlaymiz. Endi bu ham kamlik qilganday, turli hissiyotlarni ifodalovçi belgilar bilan fikr bayon etişga örgandik — 2010 yildan boşlab ana şunday maxsus belgilar telefonlarimizni töla egalladi.

Lekin muammo faqat tillar qorişib ketganida emas. Uning özagi çuqurroq: tafakkur strukturasining özgarişidadir. Qisqa post — qisqa fikr. Hissiyotlarni ifoda etuvçi rasmli belgilar kengaytirilgan tuşunçalar örnini egalladi. Bir jumlali, murakkab masalaning töliq ifodasiga daʼvo qiluvçi hukmlar paydo böldi. Til aralaşsa, fikr ham aralaşadi. Avloniyning “moşkiçiri” metaforasi bugun yanada örinli: endi biz uçta tilni bir qozonga solib, ustiga algoritmik tezlatkiç qöşib pişirmoqdamiz.

Bu şunçaki sözlar qorişuvi emas, balki milliy tafakkurning parçalanişidir.

Kulgili yöqotiş

Hazrat Navoiy beş yuz yil muqaddam şunday yozgan edi: “Köngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin söz bil!” Bu fikr ham bugun yangiça yangramoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda söz köngil xazinasining kaliti böliş örniga, köpinça qulfga aylanmoqda. U odamlarni jim qiliş, qadr-qimmatini toptaş va masxara qiliş uçun işlatilmoqda.

Navoiy yana şunday degan edi: “Katta kişilar yoşlarni masxara va kulgi qilsa, ular qoşida özi şunça obrösiz va baçkana tuyuladi; yoşlar ham kattalarga nisbatan hazil va yengiltaklik qilsa, uning qoşida uyatsiz va eʼtiborsiz böladi”. Bu sözlar xuddi bugungi ijtimoiy tarmoqlardagi söz maydoniga qarata aytilgandek tuyuladi.

Darhaqiqat, bugun “mem” formatidagi kontentlar orqali kimnidir ommaviy masxara qiliş, kulgiga oliş avjiga çiqdi. Ayniqsa, oilaviy munosabatlar mavzusi qizigandan-qizidi. Ilgari köziga tik qaray olmay, gapimizni onalarimiz orqali otamizga yetkazar edik: insoniy uyat, hurmat va noziklik bu muloqotda öz örnini bilardi.

Bugun esa xuddi öşa munosabatlar bemaʼnilarça ommaga namoyiş etilib, auditoriya töplaş vositasiga aylandi. Bunday kontentlar qançalik kulgili tuyulmasin, şunçalik açinarli va ayançlidir. Sababi unda nafaqat tarbiya va qadriyatlar, balki tilimiz — özligimiz yöqolmoqda.

Tanganing ikki tomoni

Jozibali va maftunkor nutqlar, samimiy muloqotlar faqatgina ilmiy davralarda yangrayapti, xolos. Sir emaski, madaniy suhbat iştirokçilari ijtimoiy tarmoq auditoriyasining juda kam qismini taşkil etadi. Muammo mana şu yerda. Til buzilgan, qadriyatlar toptalayotgan internet dengizidan yoş avlod ham, kattalar ham birdek “suv içmoqda”.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda söz kimnidir masxara qiliş, obrösini tökiş, auditoriya yiğiş va raqibni yerga uriş uçun işlatilmoqda. Bundan foydalanişning bir tomoni algoritmik jihatdan manfaatli, ijtimoiy jihatdan “samarali”, lekin madaniy jihatdan halokatlidir.

Ikkinçi tomonda esa söz va til qalqon vazifasini ötaydi. U milliy özlikni himoya qiliş, adabiy tilni saqlaş, madaniy xotirani, Amir Temur, Alişer Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Çölponni yangi formatda yangi avlodga tuşuntiriş uçun xizmat qiladi.

Bu imkoniyatdan hali töliq foydalanilmayapti. Çunki raqamli maydon öz-özidan bir közgudir: unda nima körsatilsa, öşa köpayadi. Agar milliy tilda çuqur, mazmunli va gözal kontent yaratilsa, algoritm uni ham tarqatadi. Çunki algoritm mazmunga emas, eʼtiborga qaraydi. Eʼtiborni esa qiziqarli, jonli va hissiyotga boy kontent tortadi. Demak, savol şunda: milliy tilni, milliy tafakkurni internetda qiziqarli qila olamizmi?

Navoiy öz davrida ham xuddi şunday muammoga duç kelgan: fors tili nufuzli, özbek tili esa “oddiy” hisoblangan. U şunçaki quruq daʼvo bilan emas, buyuk asarlari bilan javob berdi; şu tilning qudratini körsatib qöydi. Bugun bizda ham öşa imkoniyat bor: faqat sahna özgardi. Sahna endi kitob emas, ekrandir.

Tilga hurmat — avvalo, özingga hurmat

Muammo şundaki, bu ikki yöl örtasidagi tanlov har doim ham ongli ravişda amalga oşirilmaydi. Platformaning “hiyla”larini tuşunmay turib, odamlar özlarini “şunçaki hazil qilyapman” yoki “rost gapni aytyapman” deb öylaşadi. Holbuki, ular, aslida, ulkan bir maşinaning kiçkina ğildiragi sifatida xizmat qilmoqda: öz tillari va muloqot madaniyatini yemiruvçi maşinaning. Tuşunarliroq aytganda, kimdir aytgan har qanday nojoiz, notöğri söz, baçkana jumla va haqoratomuz gaplar ortidan ana şunday behayo muloqotlar lentasi oqib kelaveradi. Unga berilgan eʼtibor va bildirilgan izoh esa uning yanada köpayişini taʼminlaydi.

Muammoning ildizini faqat texnikaga boğlaş ham notöğri: uning bir uçi özimizga borib taqaladi. Aniqroği, tilga bölgan hurmatning yöqolişiga. Öz ona tilida yozayotganda jumlani töğri ifodalaşga uriniş — sözning mantiği va qiymatini his qiliş, birgina hissiyotni ifodalovçi rasmli belgi (emoji) bilan çeklanib qolmaslik demakdir. Bu — tarbiya masalasi, maktab masalasi, oila masalasi. Lekin, avvalo, şaxsiy örnak masalasidir.

Millat ziyolilari bölgan jurnalistlar, olimlar, yoşlar yetakçilari va taniqli şaxslar qanday sözlaşsa, auditoriyaning katta qismi ham şunday gapiradi. Bu masʼuliyat heç qaysi qonunda yozib qöyilmagan bölsa-da, juda aniq va tabiiy jarayondir. Hazrat Navoiy özi yozdi, özi namuna körsatdi: neça asrlar ötib ham öşa til tirik. Avloniy maktab oçdi, gazeta çiqardi: uning tili bugun ham öqiladi.

Raqamli maydonda ham xuddi şunday zanjir işlaydi. Bir million kuzatuvçisi bor kanal egasi milliy tilda töğri, mazmunli çiqişlar qilsa, buning taʼsiri önlab maktab darsliklaridan kuçliroq bölişi mumkin. Çunki u ixtiyoriy köriladi. Çunki u qiziqarli. Çunki uni yoş avlodning özi tanlaydi.

Tilini yöqotgan xalqning özligi ham, kelajagi ham bölmaydi. Til faqat muloqot vositasi emas, balki xotira hamdir. Usiz avlodlar örtasida köprik bölmaydi. Usiz kimligimizni boşqalar tugul, hatto özimizga ham tuşuntirib berolmaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlar bu jarayonni tezlaştirişi ham, sekinlaştirişi ham mumkin. U bir vaqtning özida milliy til uçun eng katta tahdid va eng katta imkoniyatdir. Bu imkoniyatdan foydalaniş yoki uni bemaʼni oqimga topşirib qöyiş aynan bizning qölimizda.

Şohista YUNUSALIYEVA,

Respublika Maʼnaviyat va

maʼrifat markazi xodimi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan