Yangi Özbekistonga yangi muhandislar kerak

Yangi sanoat va raqamli iqtisodiyotning taqdiri zamonaviy muhandis kadrlar salohiyatiga boğliq

Bugun Özbekistonda oliy taʼlimni yangilaş, sanoatni modernizatsiya qiliş va raqamli iqtisodiyotga ötiş jarayonlari bir-biri bilan çambarças boğlanib bormoqda. Bu jarayonlar markazida esa zamonaviy fikrlaydigan, texnologiyani tuşunadigan va amaliyotda aniq natija körsata oladigan muhandis kadrlar tayyorlaş masalasi turibdi.

Muhandislik taʼlimi bugun faqat diplom beriş yoki nazariy bilim örgatiş tizimi emas. U mamlakatning sanoat salohiyatini oşiriş, yangi işlab çiqarişlarni yölga qöyiş, mahalliy xomaşyoni yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotga aylantiriş hamda raqobatbardoş iqtisodiyotni şakllantirişning muhim şartidir.

Sönggi yillarda oliy taʼlim qamrovi kengaydi, yangi universitetlar va taʼlim yönalişlari oçildi, akademik mustaqillik, kredit-modul tizimi, raqamlaştiriş hamda “Universitet 3.0” konsepsiyasi kun tartibiga çiqdi. Endigi asosiy vazifa miqdoriy ösişni sifat körsatkiçlariga aylantirişdir.

Bugun mamlakat taraqqiyotini bilimli va taşabbuskor muhandislarsiz tasavvur etib bölmaydi. Çunki har bir yangi zavod, har bir raqamli yeçim va har bir innovatsion mahsulot ortida zamonaviy bilimga ega mutaxassislar mehnati yotibdi.

Şu bois muhandislik taʼlimini yangilaş faqatgina sohaga oid lokal vazifa emas, bu — sanoatni modernizatsiya qiliş, hududlarda yangi iş örinlari yaratiş, eksportbop mahsulotlar tayyorlaş va mamlakatning texnologik mustaqilligini taʼminlaş bilan çambarças umummilliy masaladir.

Muhandis kadrlarga talab nega ortmoqda?

Özbekiston iqtisodiyoti yangi bosqiçga kötarilmoqda. Energetika, kimyo, toğ-kon sanoati, quriliş, transport, agrosanoat va axborot texnologiyalari kabi tarmoqlarda zamonaviy uskunalar, raqamli yeçimlar hamda ilmiy asoslangan işlab çiqariş jarayonlariga ehtiyoj ortmoqda.

Bu esa mehnat bozorida oddiy ijroçi emas, muammoni mustaqil tahlil eta oladigan, yeçim taklif qiladigan va uni amaliyotga joriy etişga qodir muhandislarga talabni kuçaytirmoqda.

Şu nuqtai nazardan, muhandislik taʼlimi taʼlim tizimi islohotlari bilan çeklanib qolmay, sanoat siyosati, hududiy rivojlaniş hamda innovatsion iqtisodiyot bilan ham bevosita tutaşadi.

Oliy taʼlimda talabalar sonining ortişi — ijobiy holat. Biroq faqat qamrov bilan çeklaniş kamlik qiladi. Agar taʼlim mazmuni, laboratoriya bazasi, professor-öqituvçilar salohiyati va işlab çiqariş bilan aloqa parallel ravişda rivojlantirilmasa, olingan muhandislik diplomi amalda kutilgan natijani bermaydi.

Zamonaviy muhandis texnologiyaning şunçaki foydalanuvçisi emas, balki uni mahalliy şaroitga moslaştiruvçi, takomillaştiruvçi va yangi mahsulot yaratiş jarayoniga boş-qoş böluvçi mutaxassis darajasiga çiqişi şart. Ayniqsa, xomaşyoni çuqur qayta işlaş, import örnini bosuvçi mahsulotlar tayyorlaş va tarmoqlarni raqamlaştirişda bunday kadrlarga ehtiyoj yuqori.

Raqamlaştiriş jarayoni muhandislik taʼlimi oldiga yangi talablarni qöymoqda. Katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”) bilan işlaş, avtomatlaştiriş, sunʼiy intellekt, raqamli modellaştiriş, kiberxavfsizlik hamda avtomatlaşgan boşqaruv tizimlarini egallaş barça muhandislik yönalişlari uçun ustuvor vazifaga aylandi.

Şu bilan birga, muhandis mahsulot yoki texnologiya hayot siklining barça bosqiçlarini — muammoni aniqlaş, texnik topşiriq işlab çiqiş, loyihalaş, sinovdan ötkaziş, tizimga kiritiş va takomillaştirişni yaxlit tuşunişi lozim. Demak, taʼlim tizimi ham aynan şu mantiqiy ketma-ketlikka tayanişi zarur.

Universitet va sanoat: hamkorliksiz sifat bölmaydi

Muhandislik taʼlimining boş maqsadi — iqtisodiyotni texnologik yangilaşga hissa qöşadigan, zamonaviy işlab çiqarişni puxta biladigan va sanoat korxonalarida real natija bera oladigan kadrlarni tarbiyalaşdir.

Buning uçun oliygohlar faqat auditoriyada maʼruza öqiladigan makon bölib qolmasligi kerak. Ular zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy tadqiqot markazlari, startap xablari hamda işlab çiqariş bilan integratsiyalaşgan amaliy markazlarga aylanişi şart.

Sanoat korxonalari esa tayyor bitiruvçini işga qabul qiluvçi passiv isteʼmolçi bölib qolmay, öquv dasturlarini şakllantiriş, amaliyotlarni yölga qöyiş, dolzarb loyiha mavzularini belgilaş va malaka talablarini baholaşda faol buyurtmaçiga aylanişi darkor.

Agar universitet va korxona örtasidagi aloqa nomigagina ötkaziladigan rasmiy amaliyot darajasida qolsa, taʼlim hayotdan uzilib qolaveradi. Aksinça, qöşma laboratoriyalar, sanoat magistraturasi, işlab çiqarişga yönaltirilgan loyihalar orqali talaba haqiqiy işlab çiqariş muammolarini hal etişni örganadi, korxona esa özi istagan raqobatbardoş mutaxassisni tayyorlab oladi.

Şu bois sohani rivojlantirişda “davlat — universitet — sanoat” uç tomonlama spirali hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bu zanjirda davlat strategik vazifalarni belgilaydi, sanoat aniq texnologik ehtiyojni şakllantiradi, universitet esa çuqur bilim, tadqiqot va malakali kadrlar vositasida uşbu ehtiyojlarni taʼminlaydi.

Qaysi yöl maqbul?

Muhandislik taʼlimi istiqbolida bir neçta yöl mavjud:

Birinçi yöl — faqat talabalar sonini köpaytirişga urğu beriş. Bu usul son jihatdan körsatkiç bersa-da, sifat taʼminlanmagan şaroitda mehnat bozorida diplomli, ammo amaliy könikmasiz kadrlar paydo bölişiga olib keladi.

Ikkinçi yöl — yetakçi texnik va tarmoq universitetlarini kuçli ilmiy-innovatsion markazlarga aylantiriş. Bunda taʼlim, fan, amaliyot va texnologiyalar transferi yagona tizimga birlaşadi. Bu mamlakat sanoati uçun eng istiqbolli yönalişdir.

Uçinçi yöl — hududiy-tarmoq ixtisoslaşuvi. Har bir viloyatning industrial xususiyati özgaça: birida kimyo va neft-gaz ustuvor bölsa, boşqasida toğ-kon, metallurgiya, energetika, töqimaçilik yoki agrosanoat rivojlangan. Muhandislik taʼlimi bevosita ana şu mahalliy talabga moslaşişi lozim.

Nazarimizda eng töğri yondaşuv innovatsion model bilan hududiy ixtisoslaşuvni uyğunlaştirişdir. Yaʼni respublikada, bir tomondan, strategik milliy muhandislik markazlari faoliyat yuritsa, ikkinçi tomondan, hududlar sanoati bilan bevosita boğlangan amaliy taʼlim muassasalari tizimi şakllanişi lozim.

Taʼlim mazmuni qanday özgarişi kerak?

Muhandislik taʼlimini takomillaştiriş, eng avvalo, nazariya va amaliyot örtasidagi jarlikni bartaraf etişdan boşlanadi. Talaba murakkab formulalarni yod bilgani bilan, uni işlab çiqarişdagi aniq muammoga tatbiq eta olmasa, taʼlimning maqsadiga erişilmaydi.

Şuning uçun dasturlarda laboratoriya maşğulotlari, amaliy loyihalar, sanoat keyslari, kompyuter modellaştirişi va fanlararo vazifalar uluşi keskin oşirilişi kerak. Talaba tahlil qiliş, algoritm tuziş, muhandislik yeçimini sinovdan ötkaziş va yakuniy natija uçun masʼuliyatni böyniga olişni örganişi şart.

Şubhasiz, fundamental bilimlarsiz muhandis yetiştirib bölmaydi. Ammo matematika, fizika, kimyo, materialşunoslik va AT fanlari quruq qoida tarzida emas, balki aniq muhandislik vazifalarini hal etiş kontekstida öqitilişi kerak. Şundagina auditoriya bilan sex, laboratoriya bilan işlab çiqariş maydoni örtasidagi masofa qisqaradi.

Ayni paytda raqamli muhit ham elektron jurnal yoki test tizimi bilan çeklanib qolmasligi kerak. Bölajak muhandis zamonaviy “CAD/CAM/CAE” platformalarida loyihalaş, algoritmlaş, virtual sinovlar va raqamli egizaklar (“digital twins”) bilan işlaş könikmalarini mukammal özlaştirişi darkor. Aks holda, raqamlaştiriş rasmiyatçilikdan, yaʼni qoğozbozlikni elektron şaklga köçirişdan nariga ötmaydi.

Muhimi, natija diplomdagi baholar bilan emas, bitiruvçining mustaqil qaror qabul qiliş, loyihani iqtisodiy jihatdan asoslaş va xavfsiz texnologik yeçim bera oliş qobiliyati bilan baholanişi şart.

Uzluksiz taʼlim — davr talabi

Texnologiyalar şiddat bilan yangilanayotgan bugungi davrda oliygohda bir marta olingan diplom butun mehnat faoliyati uçun yetarli böladi, deb öylaş xatodir. Muhandis har doim öqib-örganişi, yangi dasturiy mahsulotlar, innovatsion uskunalar va işlab çiqariş tendensiyalarini uzluksiz özlaştirib borişi lozim.

Şu sababli oliygohlar nafaqat talabalar, balki korxonalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ham bilimini yangilaş markaziga aylanişi kerak. Qisqa muddatli ixtisoslaştirilgan kurslar, qayta tayyorlaş dasturlari va amaliy korporativ magistraturalar tarmoqlarning doimiy talabini qondira oladi.

Bunday muhitda talaba yoki işlab çiqariş xodimi mavhum nazariy mavzular bilan emas, balki zavod oldida turgan real texnologik muammo ustida işlaydi. Bu esa sanoatga aniq yeçim, oliy taʼlim muassasasiga esa haqiqiy ilmiy-amaliy tadqiqot imkonini taqdim etadi.

* * *

Bugun Özbekiston muhandislik taʼlimi hal qiluvçi bosqiçda turibdi. Kun tartibidagi boş vazifa — muhandislar sonini şunçaki köpaytiriş emas, balki yuqori malaka va mustaqil tafakkurga ega sifatli mutaxassislarni şakllantirişdir.

Ertangi kun muhandisi ilmga suyangan, raqamli könikmalarni puxta egallagan va sanoat muammosini dadil hal eta oladigan mutaxassisdir. Bunday muhitni yaratiş uçun universitet, sanoat tarmoqlari va davlat birdamlikda harakat qilişi kerak.

Agar taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi aloqa tizimli tarzda yölga qöyilsa, muhandislik taʼlimi şunçaki mutaxassis yetkazib beruvçi soha emas, balki milliy iqtisodiyotning texnologik taraqqiyotini oldinga boşlovçi asosiy harakatlantiruvçi kuçga aylanadi.

Zero, zamonaviy muhandis — şunçaki bir kasb egasi emas. U Yangi Özbekistonning raqamli sanoati va iqtisodiy mustaqilligini barpo etuvçi asosiy bunyodkordir.

Botir USMONOV,

Toşkent kimyo-texnologiya

instituti rektori.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan