Söz ham yurt qiyofasini belgilaydi, ammo…
Köçada ketayotib, katta reklama banneriga közim tuşdi. Uzoqdan qaraganda hammasi joyida: yorqin ranglar, çiroyli dizayn, közga taşlanadigan surat va xaridorni jalb qiluvçi yirik harflar. Ammo yaqinlaşganimda reklamaning eng muhim bölagi — sözning özi eʼtiborsiz qoldirilganini kördim.
Bittagina imloviy xato butun tasvirning taʼsirini çippakka çiqargandi. Qiziği, banner yonidan önlab odamlar ötdi. Kimdir sezdi, kimdir sezmadi. Sezganlarning aksariyati ham töxtab, “Bu yerda xato bor”, deb boş qotirmadi çoği. Çunki biz köpinça bunday holatlarga könikib qolganmiz.
Bugun köçalarimizda ulkan reklama taxtalari, peşlavhalar, eʼlonlar va bannerlarni köriş mumkin. Ularning ayrimlarida bir qaraşdayoq közga taşlanadigan imloviy va grammatik xatolar uçraydi.
Baʼzida söz notöğri yoziladi, baʼzida qöşimça xatoga yöl qöyiladi, ayrim hollarda esa jumla mazmunini anglaş uçun uni qayta-qayta öqişga töğri keladi. Eng açinarlisi, reklama uçun katta mablağ sarflanib, professional fotograf, dizayner, videograf va marketing mutaxassisi jalb etiladi-yu, tayyor matnni bir marta tekşirib beradigan muharrir yo biror savodli odam nahotki topilmaydi?!
Bu faqat reklama beruvçining muammosi emas. Çunki reklama şaxsiy daftar yoki kompaniyaning içki hujjati emas. U jamoat makonida paydo böladi: köçalarda, binolar peştoqida, savdo nuqtalarida, jamoat transportlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda minglab odamlarning nigohiga tuşadi. Şunday ekan, undagi har bir söz, har bir jumla ommaviy til muhitining bir bölagiga aylanadi. Ayniqsa, bu masalaning yoş avlodga taʼsirini eʼtibordan çetda qoldirib bölmaydi. Bola yoki öquvçi kitobda sözning töğri şaklini körib, köçadagi reklamada uning xato yozilgan variantiga duç kelsa, qaysi birini töğri deb qabul qiladi? Bir qaraşda arzimasdek tuyulgan bunday nuqsonlar aslida tilga bölgan munosabatni şakllantiruvçi muhitning bir qismidir.
Bir marta közga taşlangan imloviy xato, ehtimol, unutilib ketar. Ammo ayni xato turli bannerlar, peşlavhalar va tarğibot materiallarida qayta-qayta takrorlanaversa, inson közi unga beixtiyor örganib qoladi. Keça xato bölib köringan şakl bugun odatiy, ertaga esa hatto töğri variantdek qabul qilinişi mumkin. Demak, masala bitta harf, bitta tiniş belgisi yoki bitta qöşimçaning notöğri qöllanganida emas. Asosiy masala — jamiyatning köz öngida qanday til muhitini şakllantirib borayotganimizdadir. Reklama nafaqat mahsulot yoki xizmatni tarğib qiladi, u bilvosita til madaniyatini ham namoyiş etadi. Şu bois tasvirning sifati, dizaynning mukammalligi va ğoyaning kreativligi qançalik muhim bölsa, undagi sözning töğri va savodli yozilişi ham şunçalik ahamiyatlidir.
Bugun reklama yaratişda şrift, rang, kompozitsiya, video sifati va vizual effektlarga katta urğu berilmoqda. Ammo baʼzan şu puxta işlangan tasvirning markazida imloviy xatolar yaltirab turadi. Millionlab sömlik dizayn, professional tasvirga oliş va qimmatbaho reklama kampaniyasi birgina yoki bir neçta notöğri yozilgan söz sababli şubha ostida qolişi mumkin. Negaki, reklamaning taşqi körinişi kompaniyaning didini namoyon qilsa, undagi til uning savod darajasi va jamiyatga bölgan hurmatini körsatadi. Şu bois reklamadagi imloviy xatoga “Bir harf-ku, nima böpti?” deya qaraş masalaning jiddiyligini kamaytirmaydi. Gap birgina harfda emas, balki ommaga taqdim etilayotgan matnga, davlat tiliga va eng asosiysi, öquvçiga bölgan ehtiromdadir.
Bu faqat köçada uçrab turadigan tasodifiy xatolar haqidagi kuzatuv emas, balki muammoning kölami rasmiy monitoring natijalarida ham yaqqol aks etmoqda. Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi maʼlumotiga köra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida respublika hududlarida taşqi yozuvlar, peşlavhalar, reklama va boşqa axborot matnlarining davlat tili hamda reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga muvofiqligi yuzasidan 5 818 ta monitoring ötkazilgan.
Afsuski, ularning 580 tasida, yaʼni qariyb har öninçi holatda davlat tili talablariga nomuvofiqlik aniqlangan. Şundan 210 tasida taşqi reklama-axborot matnlari boşqa tillarda berilgani yoki imloviy va luğaviy xatolar bilan joylaştirilgani qayd etilgan. Bu raqamlarni şunçaki quruq statistika sifatida öqib bölmaydi. Çunki har bir raqam ortida jamoat makonida közga taşlangan, minglab odamlar öqiydigan va kundalik til muhitiga singib borayotgan savodsiz matnlar turibdi.
Yurtimiz, ayniqsa, şaharlarimiz qiyofasi faqat osmonöpar binolar, keng köçalar, zamonaviy fasadlar yoki tungi çiroqlar bilangina belgilanmaydi. Şaharning öziga xos madaniyatini undagi mayda detallar: köça nomlari, peşlavhalar, eʼlonlar, yöl körsatkiçlari, reklama bannerlari va, albatta, ularda bitilgan sözlar belgilab beradi. Bir qaraşda oddiy yozuvdek köringan peşlavha aslida şaharning jamoatçilik bilan tillaşuvidir. Uning qanday yozilgani, qaysi tilda ifodalangani, sözlarning imlo va uslub meʼyorlariga qançalik mosligi şahar madaniyatidan darak beradi. Dunyoning yirik megapolislariga nazar taşlasak, ularning vizual körinişi bilan bir qatorda, yozuv madaniyatiga ham yuksak eʼtibor qaratilganiga guvoh bölamiz. Çunki tartibli, tuşunarli va savodli yozuvlar şahar muhitiga tartib-intizom bağişlaydi. Aksinça, imloviy xatolar, pala-partiş tarjimalar, maʼnosi ğaliz yoki meʼyorlarga zid yozuvlar eng zamonaviy binoning tarovatiga ham putur yetkazadi.
Farangiz ABRUYEVA,
jurnalist.
