Ekranga egilgan boşlar
Taşqarida quyoş bor. Odamlar bor. Köçalar, şovqin, bir-birining köziga tasodifan tuşib ketgan nigohlar… Lekin köpçilik bularni körmaydi. Çunki boşlar ekranga egilgan. Metro, avtobus, boğ va xiyobonlar, hatto dasturxon atrofida ham manzara öşa-öşa. Hamma bir joyda, lekin xayollar boşqa yerda.
Bu — tanqid emas, şunçaki kuzatuv. Buni öqiyotganingizda, ehtimol, “menga ham taalluqli” deb öylayotgandirsiz.
Inson azaldan özini boşqalar bilan taqqoslagan — bu instinkt, bu tabiiy hol. Lekin qaçonlardir odam özini faqat qöşnisi, mahalladoşi va yaqin atrofidagilar bilan qiyoslagan bölsa, bugun butun dunyo bilan soliştirmoqda. Nafaqat dunyo bilan — dunyoning eng gözal lahzalari bilan.
Ijtimoiy tarmoqlarda heç kim çarçaganini körsatgisi kelmaydi. Heç kim qarzini, xavotirini, tungi uyqusizliklarini suratga olmaydi. U yerda faqat sayohatlar, tökin dasturxonlar, faqat muvaffaqiyatlar bor. Tabiiyki, inson — qalbi bor, orzusi bor odam içida söraydi: “Nega men emas?”
Bu savol odamni yöldan ozdiradi. U ayb qidiradi: özidan, taqdirdan, atrofidagilardan. Holbuki, xato boşqa joyda: biz haqiqiy hayotni virtual hayotga almaştirib qöydik. Bu jarayon şunçalik asta-sekin sodir böldiki, köpçilik payqamay ham qoldi.
Kontent tugamaydi, vaqt tugaydi
Inson umri qança ekanini bilmaydi. Bu — eng katta va eng kam eslanadigan haqiqat. Har kuni örtaça tört, beş, baʼzilar yetti soat ekranga qaraydi. Bu — taxmin emas. Sönggi global hisobotlarga köra, dunyo böyiça örtaça kunlik ekran vaqti taxminan 6 soat-u 45 daqiqani taşkil etadi, baʼzi mamlakatlarda esa bu körsatkiç 9 soatdan oşadi. Faqat ijtimoiy tarmoqlarning öziga odam kuniga örtaça ikki yarim soatga yaqin vaqt sarflaydi. Vaholanki, bu raqam 2012 yilda atigi bir yarim soat edi. Endi şu raqamni yilga köpaytiring. Ön yilga. Bir umrga… Neça yil ekran oldida ötadi? Va öşa vaqt oraliğida nimalar ötkazib yuboriladi?
Ötib ketgan suhbat qaytmaydi. Bolangizning öşa samimiy kulgisi, ota-onangizning öşa samimiy gapi, döstingiz bilan baham körilgan öşa lahza — ular faqat bir marta böladi. Ekranda esa yangi kontent doim bor. Doim! Tugamaydi. Lekin hayot tugaydi. Bu gaplar qörqitiş uçun aytilmayapti, bu — oddiy hisob-kitob.
Har bir bildirişnoma, har bir yangi post, har bir “layk” miyada dofamin ajralib çiqişini taʼminlaydi. Oz miqdorda, lekin tez-tez. Va bu — tasodif emas, ataylab tuzilgan dizayn. Neyrologlarning körsatişiça, ijtimoiy tarmoqlarning mukofot tizimi qimor öyinlari va ayrim giyohvand moddalar taʼsir qiladigan neyron yöllarining aynan öziga taʼsir körsatadi. Bildirişnomalarning oldindan bilib bölmaydigan vaqtlarda kelişi ham ataylab şunday qilingan, çunki kutilmagan mukofot miyada eng kuçli dofaminni işlab çiqaradi va şu orqali doimiy ravişda telefonni tekşirib turiş odati şakllanadi.
Buning oqibatida sekin-asta çuqur muşohada yuritiş, tahlil qiliş, mustaqil fikrlaş va bir narsaga diqqatni jamlaş qiyinlaşa boşlaydi.
Kitob öqişga ötirasiz: uç sahifadan keyin telefon qölingizda. Birov siz bilan gaplaşyapti, ammo xayolingiz allaqaçon boşqa tomonga ketib bölgan. Taşqaridagi betakror gözallikni avval telefoningiz xotirasiga muhrlaysiz, keyin tomoşa qilasiz… Aslida, zavq qayerda edi?
Tabiiy munosabatlar haqida
Bir paytlar odamlar köçada taniş-bilişi bilan töxtab gaplaşardi. Qöşni qöşni bilan darvoza oldida, döstlar esa telefonsiz suhbatlaşib ketardi: vaqt boşqaça ötardi. Bugun uzoqdagi odam bilan har daqiqada yozişiş, onlayn körişiş mumkin. Bu — möʼjiza. Lekin yonidagi odamga “bir daqiqa” deb telefonga berilib ketiş ham şunçalik keng tarqaldiki, bu endi heç kimga ğayritabiiy körinmay qoldi.
Texnologiya masofani qisqartirdi, lekin yaqinlarni bir-biridan uzoqlaştirdi. Buni his qilmagan odam bormi? Dasturxon atrofida hamma öz telefoni bilan ovora. Mehmon keldi: bir soatdan keyin hamma yana ekranga tikilgan. Bola otasiga nimadir aytmoqçi: ota “bir daqiqa” deydi, lekin öşa “bir daqiqa” heç tugamaydi.
Şu savollar meni ham tinç qöymaydi. Men jurnalistman. Va baʼzan özimdan sörayman: bugun yozgan maqolam kimga yetib boradi?
Bu savol şunçaki texnik xarakterda emas. Bu — vijdon savoli.
Bir paytlar jurnalist yozardi, gazeta çop etardi, gazetxon öqirdi. Zanjir töğri edi. Bugun esa bu zanjirda yangi bir böğin paydo böldi: algoritm. U nimani körsatişni, nimani yaşirişni, qaysi maqola “kliklanadigan”-u, qaysi biri “zerikarli” ekanini özi hal qiladi. Jurnalist endi faqat öquvçi uçun emas, algoritm uçun ham yozişga majbur.
Algoritm haqiqatni sevmaydi. Unga faqat diqqat-eʼtibor muhim.
Qaysi sarlavha köproq eʼtiborni jalb qiladi? Qaysi xabar köproq ulaşiladi? Javob doim bir xil: ğazab, qörquv va hayratni ifodalaydigan “klikbeyt”lar, albatta. Bu his-tuyğular odamni ekranga mixlab qöymoqda. Natijada jurnalistika asta-sekin özgaryapti: çuqur tahlil örniga tezkor munosabat, tekşirilgan fakt örniga birinçi bölib çiqariş, muhim mavzu örniga şov-şuvli mavzu.
Kioska oldidagi navbat
Bir davr bor edi: kioskada gazeta sotib oliş uçun navbat kutilardi. Bu davr mendan ham ança katta, töğri. Xurşid Döstmuhammad, Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Muhammadjon Obidov kabi yana qançadan-qança zabardast ijodkorlarning yozgan maqolalari keçasi çop etilib, ertalab butun yurt böylab muhokama qilinardi.
Baʼzilar bu navbatni tanlov yöqligi bilan izohlaydi: ikkita kanal, bir neçta gazeta-jurnal bölgan, boşqa narsa bölmagan. Lekin bu töliq haqiqat emas. Öşa publitsistlar tanlov yöqligi tufayli öqilmagan, balki yozganlari öquvçida fikr qoldirgani, öylantirgani, töğri xulosaga keltirgani uçun mutolaa qilingan. Bugun ham şunday maqolalar tarqaladi, bahslaşiladi, izohlanadi. Tanlov yöqligi sababli emas, aynan sifat kuçi bilan ommaga yoyiladi.
Lekin öşa davrda yana bir narsa bor edi: muhit. Gazeta öqiş ijtimoiy norma edi. Ota öqisa, bola öqirdi. Muharrir bor edi, tahririyat bor edi, yozuvçi yolğiz emasdi. Ustoz bor edi, maktab bor edi.
Öşa publitsistlar ana şunday muhit içida yetişib çiqdi. Bugun esa yoş jurnalist köpinça yolğiz: Telegram-kanalda, saytda, ijtimoiy tarmoqda auditoriya reaksiyasiga qarab yozadi. Tizim unga ustozlik qilmaydi, raqamlarni körsatadi, xolos. Köproq “layk” bosilsa, izoh qoldirilsa, ulaşilsa, demak, yaxşi. Aks holda-çi? Boşqa mezonning özi yöq.
Jurnalist şundan keyin ham ommani jalb qiladigan mavzu qidirmasinmi, şov-şuvga uçmasinmi?
Mavzu tanqis emas, aksinça, korrupsiya, ekologiya, ijtimoiy tengsizlik, yoşlar muammolari — barçasi yozilişini kutib turibdi. Kuçli salohiyatga ega jurnalistlar ham bor, tahliliy-tanqidiy materiallar ham yetarli.
Lekin elektron tizim ularni yuzaga çiqarmaydi. Yaxşi jurnalist yozadi, ammo algoritm uni körsatmaydi. Körsatmaydi, çunki u şov-şuvli, yaʼni juda tez tarqaladigan kontent emas. Natijada öşa jurnalist ham asta-sekin özgaradi: yoki algoritmga moslaşadi, yoki auditoriyasiz qoladi.
Buni saviya muammosi deb bölmaydi. Bu — tizim odamni özgartiradi, odam tizimni emas, degani.
Jurnalistika ham bozorga aylandi. Nima sotilsa, öşa işlab çiqariladi. Auditoriya çuqur tahlilni öqisa, tahlil yoziladi. Auditoriya uruş-janjallarga qiziqsa, şu haqda material yoziladi. Bugungi raqamlar şuni körsatmoqdaki, sensatsiya köproq öqiladi. Jurnalist esa öşa talabga javob beradi: çunki u ham tirikçilik qilişi kerak.
Biz yengilişni tanlamaymiz
Baʼzan öylaymiz: bu faqat bizning, kiçik bozorimizning muammosi. Resurs yöq, mutaxassis yöq, raqobat kuçsiz: şunga öxşab ketadi. Lekin haqiqat boşqaça. Xuddi şu jarayon, aynan şu jarayon dunyoning eng katta, eng boy, eng nufuzli naşriyotlarini ham çayqatib yubordi.
2015 va 2018 yillarda “Facebook” öz algoritmini ikki marta tubdan özgartirdi: endi foydalanuvçi yangiliklar tasmasida döstlari va oilasining postlarini köproq, naşriyotlarning postlarini esa kamroq köradigan böldi. Bu şunçaki texnik özgariş edi. Lekin natijasi falokatli böldi: yirik naşriyotlarning “Facebook” orqali keladigan öquvçilari soni yarmiga tuşib ketdi, kiçik naşriyotlar uçun esa bu raqam deyarli nolga tenglaşdi.
Bir kun içida millionlab öquvçilar ğoyib böldi. Ular heç qayoqqa ketgani yöq, şunçaki öşa yerda qoldi, faqat endi sizning maqolangizni körmaydigan böldi. “BuzzFeed” daromad rejasini bajara olmadi, muharrirlik xodimlarini qisqartirişga majbur böldi. “Mashable” esa öz yangiliklar bölimini deyarli butunlay yopib, videoformatga ötdi: şunga qaramay, bir yil içida öz bozor qiymatining törtdan uç qismidan köproğini yöqotib, boşqa kompaniyaga sotilib ketdi.
Mana, algoritmni “vosita” deganimizda nimani nazarda tutamiz! U şunçaki körsatiş tartibini özgartiradi, xolos. Lekin uning ortida odamlarning iş örni, naşriyotning taqdiri, jurnalistning ertangi kuni turadi. Jeff Bezos “The Washington Post”ni sotib olganidan keyin gazeta ikki yölni bir vaqtda tanladi: bir tomondan, çuqur, jiddiy tahliliy materiallar, ikkinçi tomondan, tezkor, “portlaş”ga möljallangan, “yengil hazm böladigan” kontent oqimi. Aynan şu uyğunlik 2015 yilda uni onlayn trafik böyiça “The New York Times”dan özib ketişiga olib keldi. Tahlilçilar buni “eng murakkab hiyla” deb ataşadi, çunki naşr özining Pulitser mukofotlariga loyiq obrösiga zarar yetkazmasdan, “klikbeyt”dan keladigan barça foydani olişga muvaffaq böldi.
Qiziği şundaki, “The New York Times” bir paytlar aynan şu hodisani tanqid qilgan edi. 2015 yilda u “sayoz, takrorlanuvçi jurnalistika”ga ötiş tendensiyasi haqida maqola çop etdi va unda “The Washington Post”ni misol qilib körsatdi. Lekin ikki oy ötmay, özi ham “Express Team” degan bölim oçdi — uning vazifasi ijtimoiy tarmoqlarda “portlagan” mavzular böyiça tezkor xabarlar beriş edi. Bölim muharriri esa buni: “Bular öquvçilarning diqqatini tortadigan, lekin ular saytda qidirib topa olmaydigan mavzular”, deb izohlagan.
Izlanuvçi sifatida sarlavhalarni tahlil qilganimda, aynan “klikbeyt” mazmunidagi material nomlariga “layk” va ulaşiş soni köp bölişiga guvoh böldim. Bu — tasodif emas, qonuniyat. Yuqorida aytilganidek, şov-şuv va vahima uyğotuvçi, ğazabga sabab böluvçi kontentlarga izoh yoki munosabat qoldirilib, ulaşilgaç, albatta, ular köpaygandan-köpayaveradi. Algoritm bunday materiallarni “körsataymi?” deb sörab ötirmay, avtomatik ravişda taqdim eta boşlaydi.
Şunday qilib, bizning jurnalistlarimizni “saviyasi past” deb ayblaşdan oldin şuni tuşuniş kerak: Nyu-York va Vaşingtondagi eng yaxşi tahririyatlar ham aynan şu kuç bilan — millionlab öquvçilarga, milliardlab dollarlik kapitalga ega kompaniyalar bilan kuraşda yenga olmadi. Ular moslaşdi yoki yöqoldi.
Savol şunda: agar dunyoning eng kuçlilari ham bu oqimga qarşi tura olmagan bölsa, bizning yölimiz qayerda?
Javob oddiy: qarşilikda emas, anglaşda. Algoritm kuçli. Lekin auditoriya — sizu biz undan ham kuçli bölişimiz mumkin.
Auditoriya saviyasi öz-özidan pasaymagan. U şakllantirilgan.
Maktabda tanqidiy fikrlaş örgatilmasa, öquvçi hamma narsaga işonaveradi. Oilada kitob öqiş odati bölmasa, katta hajmdagi matnlarni öqiş va tahlil qiliş qiyin keçadi. Yillar davomida yuzaki kontent körsatilgan muhitda esa kelajak avlodning dangasa fikrlaşi tabiiy holga aylanadi.
Bu aylanma zanjir aniq körinib turibdi: auditoriya yaxşi jurnalistikani talab qilmaydi, jurnalist yaxşi yozmaydi, auditoriya yanada yuzaki kontentga örganadi, talab esa yanada pasayadi. Lekin aynan şu joyda muhim bir haqiqat bor — algoritm mutlaq duşman emas.
Şohista YUNUSALIYEVA.
