Asrni ortda qoldirgan onaxon

Inson umri yillar bilan ölçanadi, ammo uning qadri bosib ötgan yöli, elga qilgan xizmati, farzandlariga bergan tarbiyasi va orttirgan obrö-eʼtibori bilan belgilanadi. Farğona viloyati Qöştepa tumani Qorajiyda qişloğidagi “Xalqobod” mahallasida yaşovçi Iboxon aya Qosimovaning 102 yillik umri ham ana şunday ibratli hayot sahifalaridan iborat.

Yaqinda Iboxon ayaning xonadonida quvonçli voqea yuz berdi. Bir umr halol mehnat qilib, el-yurt koriga yaragan onaxon davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri — “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi. Mukofotni Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov onaxonning xonadoniga taşrif buyurib, şaxsan topşirdi.

Bu eʼtirof Iboxon aya uçun katta quvonç böldi. Onaxon mukofotni qöliga olar ekan, çuqur hayajonga tuşdi:

— Şunday mukofot menga berildimi? — deya quvonç köz yoşlarini tiya olmadi.

Bu köz yoşlar ortida bir asrdan ziyod umr, minglab maşaqqatli kunlar, tong sahardan boşlangan mehnat, farzandlar taşvişi va halol rizq ilinjida ötgan yillar mujassam edi.

Iboxon ayaning hayoti oddiy mehnatkaş özbek ayolining umr yöliga öxşaydi. Ammo ana şu oddiylik zamirida ulkan matonat bor.

U kişi yoşligidan dalada ketmon çopdi, paxta terdi, ipak qurti boqdi. Oila rözğori, farzandlar tarbiyasi deb mehnatdan qoçmadi. Keyinçalik ipak kombinatida ham sidqidildan mehnat qildi.

Turmuş örtoği Aşur bobo bilan yelkama-yelka turib, oilasini obod qildi, farzandlarini voyaga yetkazdi. Aşur bobo olamdan ötgaç ham, Iboxon aya hayotning oğir-yengiliga sabr bilan doş berib, farzandlari va nabiralari uçun suyanç bölib yaşadi.

Oilada 3 qiz va bir öğil kamol topdi. Bugun esa bu xonadonda farzandlardan taşqari 40 nafardan ziyod nabira, 30 nafardan ortiq çevara va 4 nafar evara bor.

— Agar nabira va çevaralar uyimizga kelişsa, töy-bayram bölib ketadi, uyimizning fayzi oşadi. Iç-içimdan xursand bölaman, — dedi onaxon.

Bu sözlarni aytar ekan, onaxon yoşlik yillarini esga olib, mayus tortdi:

— Ey, bolam, biz oğir yillarni, uruş davrlarini, oçarçilik kunlarini kördik. Nonga zor bölgan kunlarimiz bölgan. Non topolmay, onamiz kökatlarni töğrab, ovqat pişirib bergan kunlar ham ötgan. Bugun esa töqlik zamoni, Allohga ming şukur. Yurtimiz tinç, obod, töqçilik. Nima yeyman, nima kiyaman desang, hamma narsa bor. Bularning şukronasini keltirişimiz kerak. Bu fayzli kunlarga faqat va faqat şukur qilişimiz lozim, — dedi onaxon suhbat davomida.

“Iboxon aya, mana, bir asrdan ortiq umr körib, mazmunli hayot keçirib kelyapsiz, uzoq umr körişning qanday sir-asrorlari bor?” — deb söraganimizda, onaxon tabassum bilan şunday javob berdi:

— Ey, bolam, hayotingizda odamlarga faqat yaxşilik qiling. Qöldan kelgança saxovatli bölib, odamlarga keng bağirlik qiling, şirin sözingizni ayamang. Heç kimga yomonlik qilmang, bu haqda hatto öylamang ham. Agar sizga kimdir qattiqroq gapirsa, diqqat bölib, “menga şunday dedi-ya”, deb öylab yurmay, köngildan çiqarib, yaxşi narsalarni öylang. Mehnat qiling, undan sira qoçmang. Şunda, albatta, Alloh nasib etsa, uzoq umr körasiz.

Eʼtirof etiş kerakki, onaxon kabi bir asrdan ortiq umr körib, ortidan ezgu nom qoldiriş har kimga ham nasib etavermaydi. Iboxon ayaning 102 yillik hayotiga boqib, halol mehnat qilgan insonning umri heç qaçon eʼtiborsiz qolmasligiga, yaxşilik va mehnat, albatta, qadr topişining yorqin namunasiga yana bir karra iqror böldik.

Fotima MANSUROVA,

jurnalist.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan