Bunyodkorlik şaşti sönmaydi…
Bor joydan yöq qiliş oson, ammo yöq joydan bor qiliş — halol mehnatning, matonat va sadoqatning eng yorqin namunasidir. Quriliş — faqat bino yoki inşoot emas, balki insonning hayoti, muhiti, kelajagi barpo etiladigan soha. Bino qurayotgan har bir qöl harakati ortida hayotga işonç, yurtga muhabbat va mehnatga sadoqat yotadi. Ana şunday insonlardan biri — butun umrini quriliş sohasiga bağişlagan, bugungi kunda Zarafşon quriliş boşqarmasida uçastka boşliği vazifasida samarali faoliyat olib borayotgan Davlat Boboqulovdir.
Navoiy şahrida tavallud topgan D.Boboqulovning mehnatkaş va jonkuyarligi bolaligidan boşlangan. Otasi Yavqoç Boboqulov şofyor — avtobus haydab, onasi Gulsanam Qosimova esa buxgalter sifatida fidoyilik bilan işlab, oila tebratişgan. Qahramonimiz katta farzand bölib, ikki singlisi va ikki ukasiga boş bölib ulğaydi. Ilk taʼlimni Navoiy şahridagi 2-maktabda olgaç, örta taʼlimdan söng öqişni texnika bilim yurtida davom ettirib, quriliş sohasi böyiça mutaxassislik diplomiga ega böldi. Katta hayotga dadil qadam taşlagan bölajak bunyodkor harbiy xizmatni Afğonistonning Qandahor şahrida, razvedka bölinmasida ötadi.
— Bu kasbni nega tanlaganman? Bu şunday kasbki, yöqdan bor qilasiz, — deydi D.Boboqulov biz bilan suhbatda. — Töliq jarayonni öz közingiz bilan körasiz, poydevordan boşlab, asta-sekin bino tiklanadi, içki-taşqi fasad işlari… Bino tayyor bölganda esa mehnatingiz samarasini körib, közingiz quvnaydi! Bobom Aliakbar Qosimov ham quriliş sohasida işlagan. Men, aslida, bobomning kasblarini davom ettirdim. Bobom “Janubsanoatmontaj” tresti rahbari yoniga olib bordilar va muddaoni u kişiga aytib: “Göşti saniki, suyagi maniki”, dedilar-da, meni ilk mehnat jamoam sari yöllab qöydilar…
Şunday qilib, mehnat faoliyatini mazkur trestda montajçi vazifasida boşlagan fidoyi quruvçi öz kasbini sidqidildan ado etib, taşabbuskorligi bilan ham köpçilikning nazariga tuşdi. Bir muddat “Navoiyazot” korxonasida ham faoliyat olib bordi. Ammo quriliş taşkiloti uni yana öz bağriga oldi. 1995 yilda Zarafşon şahridagi quriliş işlariga yuborilib, bir neça yil şu yerda qolib ketdi. Natijada 2001 yilda Zarafşon quriliş boşqarmasidan taklif tuşib, D.Boboqulov özi boşqarayotgan brigada bilan birga yangi korxonaga kelib qöşildi. Şu tariqa uning taqdir yöli Zarafşon bilan çambarças boğlandi.
Qariyb 40 yillik faoliyati davomida “Qizilqumsement” zavodining 3-navbati qurilişida iş boşlagan zabardast bunyodkor “Navoiy IES”dagi quriliş işlarida hamda qişloqlarga toza içimlik suvi quvurlari tortiş kabi yirik loyihalarda iştirok etdi. Zarafşondagi faoliyatining asosiy qismi esa 2-gidrometallurgiya zavodining qurilişi bilan çambarças boğliq böldi. Bundan taşqari, 3-, 7-gidrometallurgiya zavodlari qurilişlarida ham samarali faoliyat olib bordi hamda Qizilqum fosforit kompleksi, Sugrali, Qoqpatasdagi yangi sexlar qurilişlarida faol iştirok etdi.
— Bugungi kunda ana şu obʼyektlarni borib körsam, u yerda jadal davom etayotgan faoliyat, insonlarning saʼy-harakatini kuzatib, qalbimning tub-tubida iftixor tuyğusi paydo böladi, — deydi quruvçi. — Şunça oila, şunça xalq bundan manfaat körmoqda va ayni şu işlarda özimning ham hissam borligidan behad quvonaman. Quruvçilikning jozibasi ham şunda, çamamda…
D.Boboqulov faoliyati davomida bugungi kunda nafaqa gaştini surayotgan Nariman Avezov, Sanoqul Iskandarov, rahmatli Valeriy Quyonov kabi bir qator fidoyi ustozlardan tajriba örgangan, ularning maslak hamda maslahatlariga quloq tutgan. Hozirda özi ham köplab şogirdlarga ustozlik qilmoqda. Davlat akaning qöl ostida hozirda 115 nafar işçi mehnat qilyapti, asosan, montajçilar, payvandlovçilar, temir konstruksiya ustalari.
— Agar qaytib yana dunyoga kelsam ham yana quruvçi bölardim. Boşqa kasbda menga joy yöq! Kabinetda ötirib işlolmayman, — deya suhbatimiz yakunida öz hayot haqiqatini bildirarkan, Davlat aka qalbidagi orzu-umidlarini ham bayon qildi: — Kelgusida kombinatimizda bunyod etiladigan zavodlar, konlar va ijtimoiy obʼyektlar qurilişida poydevoridan to oxirigaça oddiy quruvçi sifatida bölsa-da iştirok etiş niyatim bor! Xalqimiz uçun, mamlakatimiz uçun uşbu loyihalarning juda muhim ahamiyatli ekanini teran his qilaman…
Bunday odamlar bor ekan, Qizilqum sarhadlarida bunyodkorlik şaşti sönmaydi.
Azamat ZARIPOV
