Pul texnologiyaga, texnologiya bilimga aylangandagina yutamiz
Seuldagi kelişuvlar Özbekistonga milliardlab dollar emas, undan-da qimmatli narsa —
öz muhandislik maktabini yaratiş imkonini bermoqda
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2026 yil 13-16 sentyabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oşirgan davlat taşrifi yakunida qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli şakllantirildi, Koreya “Eksimbank”i bilan esa 8 milliard dollarlik hamkorlik dasturi qabul qilindi. Raqamlar havas qilarli. Ammo taşrifning asl mohiyati pul miqdorida emas: asosiy masala — bu mablağlar Özbekistonda texnologiyaga, texnologiya esa bilim va malakaga aylana oladimi? Aynan şu yerda “investitsiyadan texnologiyaga, texnologiyadan bilimga” degan uç bosqiçli mantiqiy zanjir yuzaga çiqadi.
Uç bosqiç, yagona zanjir
Birinçi bosqiç — investitsiya. Loyihalar yuqori tezlikdagi temir yöl, biotexnologiya, muhim minerallarni qayta işlaş va raqamli texnologiyalar kabi texnologik siğimi yuqori sohalarni qamrab oladi. Şu bois ularning asl qiymati faqat moliyaviy hajm bilangina ölçanmaydi.
Ikkinçi bosqiç — texnologiya. Koreyaning ilğor yeçimlari bilan Özbekistonning xomaşyo va sanoat salohiyatini birlaştiruvçi innovatsion-texnologik alyans tayyor uskuna sotib oliş çegarasidan ança kengdir. U minerallarni çuqur qayta işlaş, yarimötkazgiçlar va yangi materiallar uçun dizayn-sinov markazlari barpo etiş hamda kiberxavfsizlikni taʼminlaş kabi yönalişlarni öz içiga oladi.
Uçinçi va eng hal qiluvçi bosqiç — bilim. Texnologiyani şunçaki boşqara oladigan operatorlarning özi kifoya qilmaydi; uni mahalliy şaroitga moslaştira oladigan, takomillaştiradigan va keyinçalik mustaqil yaratişga qodir bölgan muhandis, texnolog hamda tadqiqotçilar suv bilan havodek zarur.
Şu bois “Özbekiston — Koreya sanoat-texnologik alyansi”ga faqat yangi zavodlar quriş sifatida qaraş notöğri. Uning asl mazmuni — mineral xomaşyoni şunçaki eksport qiliş örniga “xomaşyo — çuqur qayta işlaş — material — butlovçi qism — tayyor mahsulot” zanjirini mamlakat içida yölga qöyişdan iborat. Biznes-forumda misni qayta işlaş, elektrotexnika uskunalari, avtomobil va elektromobil ehtiyot qismlarini mahalliylaştiriş, robototexnika, biotexnologiya hamda farmatsevtika yönalişlari aynan şu maqsadda alohida qayd etildi. Muxtasar aytganda, uşbu taşrifdagi tub burilişni “Koreya sarmoyasi yordamida loyiha quriş”dan “Koreya texnologiyalari negizida Özbekistonning öz texnologik va inson kapitalini yaratiş”ga ötiş deb baholaş mumkin.
Eng murakkabi – texnologiyani sotib oliş emas, uni özlaştiriş
Texnologiyani olib keliş nisbatan oson: zamonaviy asbob-uskuna, litsenziya yoki raqamli yeçimlarni xorijiy hamkordan xarid qilsa böladi. Biroq uni mahalliy şaroitga moslaştiriş — sof muhandislik mahoratini talab qiladigan vazifadir. Çetdan keltirilgan liniya mahalliy xomaşyo xususiyatlarini inobatga olmaydi, mahsulot retsepturasini işlab çiqmaydi, energiya sarfini mustaqil kamaytirmaydi yoki mahalliy detallarni sertifikatlab bermaydi. Bularning bari texnolog, konstruktor, materialşunos, avtomatlaştiriş mutaxassisi va tadqiqotçilarning birlaşgan mehnati orqali amalga oşadi.
Demak, mahalliylaştirişga yakuniy maqsad emas, balki muhandislik salohiyatining mahsuli sifatida qaraş lozim. Import qilingan detalning arzon nusxasini yasaş hali mustaqillikdan dalolat bermaydi. Haqiqiy mahalliylaştiriş detal yoki materialni mustaqil loyihalaş, sinovdan ötkaziş, standartlaştiriş va takomillaştiriş qobiliyati şakllangandagina boşlanadi.
Osiyo taraqqiyot bankining tahlillari ham zamonaviy sanoat rivoji uçun raqamli va texnik könikmalarni rivojlantiriş hamda taʼlim bilan işlab çiqariş örtasidagi uzviylikni kuçaytiriş şartligini körsatmoqda. Xulosa oddiy: eng murakkab vazifa texnologiyaning özida emas, balki uni çuqur anglaydigan va mahalliy yeçimga aylantira oladigan milliy muhandislik maktabini şakllantirişdadir.
“Buyurtma – öqitiş – bandlik”: oliy taʼlim masʼuliyati
Davlatimiz rahbari ilgari surgan “buyurtma — öqitiş — bandlik” tamoyili şunçaki şior emas, balki kadrlar tayyorlaş mantiğini tubdan yangilovçi yondaşuvdir. Bu yerdagi “buyurtma” sözi korxonaning “bizga 50 nafar muhandis kerak” qabilidagi miqdoriy talabini emas, balki qanday könikma, qaysi texnologiya va qay darajadagi malaka zarurligini oldindan aniqlab berişni anglatadi. Şundan kelib çiqqan holda, universitet taʼlim dasturini mehnat bozoriga töliq moslaştirişi, “diplom beriş” tizimidan “kompetensiya kafolati”ga ötişi, işlab çiqarişni bevosita öquv jarayoniga singdirişi va bitiruvçilarning keyingi taqdiriga ham javobgar bölişi şart.
Biroq bu örinda bir nozik çegara mavjud: oliy öquv yurti faqatgina kundalik buyurtmalarni bajaruvçi “kadrlar fabrikasi”ga aylanib qolmasligi zarur. Korxona bugungi texnologiya uçun mutaxassis talab qilsa, oliygoh talabani kelgusi 10-20 yil davomida özgaradigan texnologik tölqinlarga ham bemalol moslaşa oladigan qilib tarbiyalaşi kerak. Şu sababli yangi modelda uç asosiy vazifa uyğun saqlanişi lozim: fundamental bilim, sanoat kompetensiyasi hamda yangi texnologiya yaratiş könikmasi.
Bu tizimga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar ham integratsiya qilinadi. SI faqat Axborot texnologiyalari fakultetining alohida fani bölib qolmay, kimyo muhandisidan tortib iqtisodçigaça — barça soha vakillari faoliyatiga kirib borişi, talaba esa tayyor texnologiya isteʼmolçisidan SI yeçimlari yaratuvçisiga aylanişi kerak. Buning uçun, avvalo, professor-öqituvçilar tarkibining özi qayta tayyorlanişi şart.
Amalda bu mexanizm quyidagiça işlaydi: kompaniya kelgusi 3-5 yildagi ehtiyojlarini kompetensiyalar matritsasi şaklida taqdim etadi; universitet uni akademik dasturlarga aylantiradi; koreyalik mutaxassislar maxsus modullardan dars beradi; talabalar qöşma laboratoriyalarda tadqiqot olib boradi; bitiruv malakaviy işi esa kompaniyaning real muammosiga — masalan, energiya sarfini qisqartiriş yoxud mahalliy xomaşyodan yangi material olişga — amaliy yeçim taklif qiladi.
Korxonalar isteʼdodli talabalarni 2-3-kursdan boşlab tanlab olib, ularni stipendiya va amaliyotlar bilan rağbatlantirsa hamda öqiş tugagaç, tayyor iş örni bilan taʼminlasa, “buyurtma — öqitiş — bandlik” zanjiri töliq yopiladi. Bu borada muayyan poydevor allaqaçon mavjud: bugun mamlakatimizda Koreya kapitali iştirokidagi 700 dan ortiq qöşma korxona faoliyat yuritmoqda, Janubiy Koreya oliygohlarining törtta filiali hamda “KOICA” kömagida taşkil etilgan beşta kasb-hunar markazi mutaxassislar tayyorlamoqda.
Resursdan tayyor mahsulotga: asosiy boylik – qöşilgan qiymatda
Eng katta qöşilgan qiymat qazib oliş jarayonida ham, hatto dastlabki qayta işlaşning özida ham emas, balki yangi materiallar va ular negizida yaratilgan tayyor yuqori texnologik mahsulotlarda şakllanadi. Özbekistonning mineral-xomaşyo zaxirasi kamida 3 trillion dollarga baholangan bölib, yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan oşadigan 120 ta yirik loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Ammo volfram rudasini şu holiça eksport qilişdan köra undan volfram kukuni va maxsus qotişmalar tayyorlaş, misni xomaşyo sifatida sotişdan köra tayyor elektrotexnika qismlari işlab çiqariş mamlakat içida köproq texnologik tajriba qolişini taʼminlaydi.
Strategik nuqtai nazardan keyingi bosqiç — materialşunoslikdir. Zamonaviy iqtisodiyotda metallning özi emas, balki unga yangi xususiyatlar bağişlangan materiallar — yuqori haroratga çidamli qotişmalar, elektron va yarimötkazgiç materiallari — yuqori texnologik sanoatning asosini taşkil etmoqda.
Şu sababli Seulda Koreyaning geologiya va materialşunoslik institutlari iştirokida yarimötkazgiçlar hamda yangi materiallarni loyihalaş va sinovdan ötkaziş markazini barpo etiş taklif qilindi. Bunday dizayn-sinov markazi şunçaki navbatdagi laboratoriya bölib qolmasligi şart: u ilmiy natijalarni işlab çiqarişga olib çiquvçi, sinov va sertifikatlaş infratuzilmasini yaratuvçi, sanoat buyurtmalarini esa ilmiy izlanişlarning dastlabki bosqiçidayoq integratsiya qiluvçi “köprik institut” vazifasini ötaşi lozim. Ana şundagina ilmiy işlanmalarning amaliyotga tatbiq etiliş ehtimoli keskin oşadi. Mazkur yondaşuv Özbekistonga “maqola va patent” modelidagi ilm-fandan “prototip, tajriba-texnologiya va tayyor mahsulot”ga yönaltirilgan amaliy ilmga ötiş imkonini yaratadi.
Kimyo sanoati uçun bu konsepsiya mintaqaviy sanoat parkini oddiy bazaviy kimyo maydonçasi emas, balki elektronika, akkumulyator, avtomobilsozlik va farmatsevtika sohalarini xomaşyo bilan taʼminlovçi “yuqori qiymatli materiallar va maxsus kimyo” platformasi sifatida şakllantirişni anglatadi. Hozirda mamlakatimizda PVX (polivinilxlorid), “yaşil” vodorod, köpiklangan polipropilen va “BOPP” (“BOPP”) plyonkalari singari 60 dan ortiq yuqori qiymatli mahsulot özlaştirilgan. Endigi vazifa xomaşyoni yanada çuqur qayta işlaydigan ikkinçi va uçinçi texnologik bosqiçlarni kengaytirişdir.
Uçinçi ustun – özbek muhandisi va olimi
Iqtisodiy mantiq şuni körsatmoqda: agar Koreya ilğor texnologiyani, Özbekiston esa boy resurs va qulay bozorni taqdim etayotgan bölsa, uşbu hamkorlikning mustahkam uçinçi ustuni — mahalliy muhandis, olim va texnologlar bölişi şart. Agar uşbu uçinçi tayanç bölmasa, şeriklik “texnologiyani import qiliş — uskunani işlatiş — mahsulot çiqariş” degan tor doirada qolib ketaveradi.
Uçinçi ustun kuçli bölsagina, mutlaqo yangi zanjir vujudga keladi: texnologiyani qabul qiliş, çuqur anglaş, mahalliylaştiriş, takomillaştiriş va nihoyat, mustaqil milliy texnologiya yaratiş. Bu jarayonda olim bilan muhandisni bir-biridan ayro tasavvur etib bölmaydi: olim yangi bilim va xomaşyoni kaşf etsa, muhandis uni işlab turgan qurilma va mahsulotga aylantiradi; ularning orasida esa texnolog, konstruktor va materialşunoslar köprik bölib turadi.
Biroq yolğiz isteʼdodning özi yetarli emas, uni real natijaga aylantira oladigan institutsional muhit kerak. Ayni paytda mamlakatimizda “kompaniya + oliygoh + tadqiqot markazi” uçligini birlaştiruvçi muhim mexanizmlar — korxonalardagi kafedra filiallari, dual taʼlim tizimi, “spin-off” (startap) korxonalari, patentlaş va texnologiya transferi markazlari şakllanmoqda. Ularning töliq quvvat bilan işlaşi uçun har bir loyihada vazifalar taqsimoti, moliyaviy oqimlar va natija egasi oldindan aniq belgilanişi, moliyalaştiriş esa bevosita amaliy natijaga — prototip, patent, sanoat sinovi yoki sotuv hajmiga boğlanişi şart. Ana şundagina uşbu integratsiya qoğozdagi memorandum bölib qolmay, sifatli mahsulot va texnologiya yetkazib beruvçi tizimga aylanadi.
Natija nima bilan ölçanadi?
Seulda qöyilgan poydevor samarasini alohida bitta obʼyekt orqali emas, balki yaxlit zanjirning qançalik uzluksiz işlaşi bilan baholaş töğri böladi. Eng dastlabki natijalar oliygoh va laboratoriyalarda körinadi — bu yangi qöşma taʼlim dasturlari, biznes talabiga mos könikmalar hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik (“R&D”) guruhlari faoliyatida aks etadi.
Söngra uşbu natija laboratoriyalardan tajriba işlab çiqarişiga köçadi: prototip texnologik reglament va tajriba liniyasiga aylanadi. Keyingi bosqiçda natija zavodlarda körinadi — yangi liniyalar işga tuşadi, mahalliy komponentlar uluşi oşadi va seriyali tayyor mahsulotlar taşqi bozorga çiqa boşlaydi.
Biroq eng işonçli körsatkiç — yoş mutaxassisning iş joyidagi örnidir. Agar bitiruvçi zamonaviy korxonada xorijiy uskunalarni şunçaki boşqaribgina qolmay, texnologiyani takomillaştirişda ham faol iştirok etsa, bilim transferi amalda sodir bölgan hisoblanadi.
2030 yilga borib elektrotexnika va unga turdoş sohalarda işlab çiqarişni 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkaziş rejasi pirovardida şunçaki zavodlarning soni emas, yuqori malakali muhandislar, materialşunoslar va tadqiqotçilarning bilimi orqali amalga oşadi. Zavod binosini bir neça yilda quriş mumkin, ammo uni harakatga keltiruvçi ilğor kadrlarni tarbiyalaş uçun uzoq muddatli, tizimli taʼlim va mustahkam ilmiy muhit zarur.
Texnologiya sotib oliş mamlakatni modernizatsiya qilişi mumkin, ammo texnologiya yaratadigan insonni kamolga yetkaziş davlatning uzoq muddatli texnologik mustaqilligini taʼminlaydi. Seulga taşrifning tarixiy ahamiyati ham aslida şunda: u Özbekistonga arzon xomaşyo yoki şunçaki yirik bozor emas, balki texnologiyalarni özlaştira oladigan va yangi mahsulotlar yarata biladigan yuqori malakali muhandislar mamlakatiga aylaniş uçun ulkan imkoniyat yaratmoqda.
Botir USMONOV,
Toşkent kimyo-texnologiya instituti
rektori.
