Kitob ham öqib turaylik…

Prezidentimizning davlat rahbari sifatidagi dastlabki qarorlaridan biri uluğ şoirimiz Erkin Vohidovning xotirasini abadiylaştiriş haqida bölgan edi (teleefirlarda, suhbatlarda, Oliy Majlis yiğilişlari-yu turli tadbirlarda Erkin aka bilan muntazam muloqotda bölib turganlarini tez-tez taʼkidlar edilar). Oradan köp ötmay, kitobxonlikni rivojlantiriş, soha faoliyatini takomillaştiriş töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Hali-hanuz esimda, şu sohada baholi qudrat mehnat qilib yurgan bir noşir sifatida bu qarorni xuddi tuğilgan kundagi samimiy tabrikdek ğoyat hayajon va quvonç bilan qarşi olgandim.

Bu yoği ketdi. Kitob va kitobxonlik davlat darajasidagi ezgu harakat sifatida eʼtirof topdi; umrida birorta kitob öqimagan katta-kiçik rahbarlar ham uyini, işxonasini yangi kitoblar bilan töldirib taşladi. Mayli-da, şuning özi ham katta gap! Axir taxmonda turgan kitobni avval varaqlaydi, keyin asta-sekin öqiy boşlaydi, qiziqib qolib, işdan qaytayotganda uyiga ham olib ketadi.

Biror kişiga baho berişda uning kitob öqiş-öqimasligi ham eʼtiborga olinadigan böldi. Kitob bayramlari urfga kirdi, “Zukko kitobxon”, “Bilimdon kitobxon” kabi tanlovlar yölga qöyildi. Hatto kitob öqib institutga kiriş, avtomaşina yutib oliş, pul mukofotiga ega böliş bir qaraşda ğalatiroq tuyulardi-yu, lekin, har holda, odat tusiga kirdi. Ota-onalar barça işlarini yiğiştirib qöyib, xuddi oliy öquv yurti imtihoniga tayyorlagandek, alohida öqituvçi yollab, farzandlarini kitobxonlik tanlovlariga tayyorlay boşladi. Özbekiston kitobxonlar yurtiga aylanmoqda.

Baribir bu juda zör taşabbus böldi: kitob öqib maşina yutiş… qandini ursin! Bunday voqealar dunyo kitobxonligi tarixida bölmagan bölsa kerak. Qişloqlik otasi “moşin”ni minib (yonida onaxon), ğoliba qizi gullar va sovğalar quçoğida kirib kelsa, butun qişloq xuddi töyday kutib olsa, karnay-surnay sadolari yangrasa… Bundan ortiq gözal manzara bormi?

Tan beriş kerak, aniqroği, oçiq tan oliş lozim — bu harakat dunyoqaraşimizni oz bölsa-da, özgartirdi. Millatning yuzini kitob sari burdi.

Rosmana kitobxonlik davri, zamoni kelmoqda. Misollar yetarli: metro bekatlarida kitob rastalari oçildi, eng muhimi, Toşkentdagi yirik savdo markazlarida ham kitob dökonlarini taşkil etiş tartibi belgilandi.

Yil boşida Prezidentimizning “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va aholi örtasida kitob öqişga qiziqişni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori eʼlon qilindi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu Yurtboşimizning kitobxonlikni kuçaytiriş borasidagi ikkinçi muhim qarori bölib, jamiyatda keng aks-sado berdi. Köpçilik bu çindan ham ikkinçi qaror ekanini yaxşi eslab turibdi. Hujjat jamoatçilikda katta xuşnudlik uyğotdi. Bu yana bir haqiqatni körsatdiki, kitobga, maʼnaviyatga bölgan eʼtibor şaxsan Davlat rahbarining qatʼiy pozitsiyasi va tutgan yölidir. Taʼbir joiz bölsa, bu şunçaki bir navbatçi tadbir emas, balki muttasil eʼtibordagi strategik faoliyatdir. Oçiği, ahli kitob, ahli ijod va butun kitobsevar xalqimiz bundan öziga maʼnaviy kuç-mador, katta rağbat oldi.

Endi mutasaddi idoralar va tegişli taşkilotlar jarayonni töliq nazoratga olişi zarur. Joylarda işlar qanday ketayotgani — hududlarda neçtadan kitob dökoni borligi, ular kitoblarni qayerdan va qanday yetkazib kelayotganidan tortib, davlat hamda xususiy kitob savdosi tizimini rağbatlantiriş masalalarigaça çuqur tahlil qilinişi lozim. Soha rivoji uçun amaliy taklif, puxta reja va kerakli kömak körsatilmoği şart. Aks holda, kutilgan natijaga erişib bölmasligi mumkin.

Ilgari “Özkitobsavdo” davlat taşkiloti bölardi. Bu hali mustaqillikdan avvalgi davr edi. Agar yanglişmasam, taşkilot rahbari uluğ şoirimiz Ğafur Ğulomning singlisi Bahri Ğulomova, muovini esa sohaning yetuk mutaxassisi Sotvoldi Yöldoşev edi. Bundan 40-45 yil avvalgi gaplar… Har bir naşriyot özi çop etayotgan kitob uçun, soha tili bilan aytganda, annotatsiya yozib, xodimini ularning huzuriga yuborardi. Ular kitobning tavsifi bilan tanişib, respublikadagi kitob savdosi tizimi va tarmoqlari talabidan kelib çiqib, naşr adadini belgilab berişardi. Men u paytlar naşriyotda kiçik muharrir edim, baʼzan mana şu jarayonlarda bevosita qatnaşardim. Sotvoldi aka kitob annotatsiyasini diqqat bilan öqib, bir-ikkita savol berar, söng kitob neça nusxada çiqişini belgilardi, Bahri opa esa tasdiqlab, qöl qöyib berardilar. Adadlar butun respublika miqyosidan kelib çiqib belgilanardi: 30, 40, 50, hatto 70 ming nusxagaça bölardi. Ha, darvoqe, qardoş respublikalardagi kitob savdosi tizimi haqida ham ularda aniq maʼlumotlar bölgan, şekilli, yana 10-15 ming nusxa ular uçun qöşilardi.

Hozir şularni eslab, rosti, hayratlanaman, tasanno aytaman. Ilgari bir hikmatli gap bölardi: “Bugungi köp yangiliklar, aslida, yaxşilab unutilgan eskiliklardir”. Şu maʼnoda, avvalgi ibratli işlar, odatlar va töplangan boy tajribani ham unutmaslik, ulardan batamom yuz ögirmay, foydali jihatlarini özlaştirişimiz kerakdek. Deylik, biz yaşagan qöşni Qirğizistonning Öş viloyatiga qaraşli Olabuqa tumanidagi kitob savdosi tarmoğiga ham muayyan miqdorda kitob kelib turardi. Qölimizga ozgina pul tuşdi degunça, tuman markazidagi kitob dökoniga çopardik va Toşkentda çiqqan yangi naşrlarni xarid qilardik. Öşa kezlar kitob faqat Toşkentdagina çiqadigandek tuyulardi va men aynan şu sababli Toşkentni yaxşi körib qolganman, poytaxtga talpinganman. Öşandan buyon şu yerdaman: kitob içida, kitob olamidaman…

Ilgari yana bir ajoyib anʼana bölardi: muhim sanalarda, bayramlarda, tuğilgan kunlarda, hatto heç bir sababsiz ham odamlar bir-biriga kitob sovğa qilardi. Keyingi yillarda bu gözal odat biroz unutilgandek edi, zora qabul qilingan qarorlar şarofati bilan yana qayta tiklansa.

Gap şu yerga kelganda beixtiyor örnimdan turib, ixçamgina şaxsiy kutubxonamni közdan keçirdim.

Kitoblarimning aksariyati dastxatli: bu endi butunlay özgaça bir dunyo! Mualliflar xuddi aziz birodarlarimdek qadrdon va samimiy. Kitoblarni bir-bir varaqlab, ularning qöl yozuvlarini, samimiy tilaklarini öqir ekanman, könglim entikib ketdi. Qadrdonim Nosir Fozilov meni hamişa “qirğizim” derdilar; “Özbek degan uluğ xalqning kuni bir qozoq bilan bir qirğizga qoptimi?” deb hazillaşib qöyardilar. Birodarimdek aziz bölib ketgan Erkin Vohidovning dastxati esa aslida körkam bir sanʼat, tugal ijod namunasining özi.

Öşa zamonlarda bunday buyuk insonning ham boşida bir muddat qora bulutlar aylanib qolgan edi. Bir gal töydan çiqib, u kişini ijodkorlar davrasida körib qoldim. “Kattalar” sal nariroqda turişardi. Şu holat menga taʼsir qilib, ğururim junbişga keldimi, şartta bordim-da, atay jurʼat bilan: “Erkin aka, ertaga soat önda naşriyotga öting. Sakkiz jildlik kitobingizni naşr rejasiga kiritganmiz, şuni boşlaymiz, rejaga kirgan”, dedim-u, burilib jönadim.

Ertasiga birinçi qavatdagi navbatçilik postidan qönğiroq qilib qolişdi: şoir Erkin Vohidov kelibdilar! Keçagi gapim esimga tuşib, zinalardan öqdek uçib tuşdim. “Aytilgan söz — otilgan öq”. Maza qilib, uluğ şoirning sakkiz jildligini naşr etdik… Kunlar ötib, muallif minnatdorçilik bildiriş uçun kelib, bizni bir piyola çoyga taklif qildilar. Lekin ungaça boş direktor Bobur Şuhratoviç Alimov (rahmatli adibimiz Şuhrat domlaning farzandlari) bilan kelişib, şoir şarafiga kamtarona bir dasturxon yozib qöygan edik.

— Iye, buyoği qiziq böldi-ku! Ham kitobimni çiqarib berib, ham dasturxon yozasizlarmi? — degandilar kulib. Söngra qöllarini oçib, uzoq duo qilgandilar…

Ibrohim Ğafurovning dastxatlari — yaxlit bir falsafa va xotira, Omon Matjonniki — alohida bir olam, Abduqahhor Ibrohimovning dastxati esa çiroyli bir maqola, özini alohida çop etsa arziydi. Qadrli Töra akam — Töra Sulaymonning dastxatlari bölsa, jigarning jigarga qilgan çin duosi, ögiti va omonat topşiriğiga öxşagan taʼsirçan bir esse.

Şu yerga kelganda könglimdan bir öy keçdi: azizim, poyintar-soyintar bölsa-da, uşbu bitiklarni öqib bölgaç, kutubxonangizdagi kitoblarni bir-bir varaqlang. Yuragingiz hapriqadi, olamdan ötgan mualliflarning haqiga duo qilasiz, tiriklariga esa barça işingizni bir çetga surib qöyib, heç bölmasa, bir sim qoqing. Rohatlanasiz, dilingiz yorişadi.

Ahror AHMEDOV,

“Sharq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi boş muharriri,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan