Qulaylikning yaşirin xavfi
— Töxtang… — dedi Ğayrat ikki bukilgança, nafasi böğziga tiqilib. — Çarçadim…
Oldinlab ketayotgan bobosi esa ortiga burilib, kulib qöydi.
— Yugur, bolam, yugur! — dedi u tetik ovozda.
Ğayrat zörğa qadam taşlar, nafasi qisilib borardi. Yetmişdan oşgan bobosi esa hanuz bardam edi.
— Sen hali 24 yoşli navqiron yigitsan-u, “çarçadim” deysan-a! — dedi bobosi yengil kulimsirab. — Men nima deyişim kerak unda?
Texnologiyalar rivojlanib, inson hayoti kundan-kunga qulaylaşib borayotgani bir qaraşda taraqqiyot belgisidek körinadi. Endi uzoq masofani piyoda bosib ötişga hojat yöq — transport tayyor. Uy yumuşlarini texnika bajaradi. Işlarning aksariyati kompyuter qarşisida amalga oşiriladi. Hatto ovqat ham bir tugmani bosiş orqali buyurtma qilinadigan davrga kelib qoldik. Ammo inson uçun yaratilayotgan bu qulayliklar ortida jiddiy xavf — kamharakatlilik yaşirinib turgani tobora yaqqol sezilmoqda.
Bugungi kunda dunyo böylab millionlab insonlar kunning katta qismini ötirgan holda ötkazmoqda. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, jismoniy faollikning yetişmasligi yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, semizlik, qon bosimi oşişi, ruhiy tuşkunlik va hatto ayrim saraton turlarining rivojlanişiga sabab böluvçi asosiy omillardan biridir.
Mutaxassislarning fikriça, inson organizmi harakat uçun moslaşgan. Tibbiyot olimlari qadimdan “harakat — hayot” degan tuşunçani bejiz tilga olişmagan. Çunki inson tanasidagi qon aylanişidan tortib, muşaklar faoliyati, miya işlaşi va immunitet tizimigaça — barçasi muntazam harakat bilan çambarças boğliq. Sönggi yillarda “ötirib yaşaş sindromi” (gipodinamiya) degan atama ham keng qöllanila boşlandi. Bu holat, ayniqsa, ofis xodimlari, talabalar va telefonga qaram bölib qolayotgan yoşlar orasida köproq kuzatilmoqda. Bir neça soatlab harakatsiz ötiriş organizm faoliyatini sustlaştiradi, modda almaşinuvini sekinlaştiradi va ortiqça vazn töplanişiga sabab böladi.
Olimlarning taʼkidlaşiça, inson yoşi ulğaygani sari emas, harakati kamaygani sayin qariy boşlaydi. Maşhur fiziolog olimlarning tadqiqotlarida muntazam jismoniy faollik biologik qarişni sekinlaştirişi, miya faoliyatini uzoq vaqt faol saqlaşi va umr davomiyligini uzaytirişi qayd etilgan.
Oldinlari odamlar bozorga piyoda borar, hovlida kuymalanib, köproq jismoniy mehnat qilardi. Hozir esa bir qavat yuqoriga çiqiş uçun ham lift qidiradigan jamiyat şakllanmoqda. Natijada yoşlar orasida ham semizlik, tez çarçaş va qon bosimi bilan boğliq muammolar köpaymoqda.
Ammo inson harakatni hayotiga qaytara olsa, organizmi ham unga javoban “uyğonadi”. Bunga özbek sporti vakillari misolida ham köplab dalillarni keltiriş mumkin. Masalan, özbek dzyudosi asosçilaridan biri Arslon Elov 75 yoşga kirganiga qaramay, hanuz yoş sportçilarga dzyudo sirlarini örgatib kelmoqda. Yoki 80 yoşli sport jurnalisti Azim Alimov haqida yozilgan maqolalarda uning hanuz faol, tetik va sport muhitidan uzoqlaşmagani alohida taʼkidlanadi. Bugungi kunda paralimpiya çempionlari Asila Mirzayorova va Husniddin Norbekov kabi sportçilar ham inson tanasi imkoniyatlari çeksiz ekanini isbotlaşmoqda.
Bu misollar orqali bir haqiqatni anglaş mumkin: insonni yoş emas, harakatsizlik qaritadi. Organizm harakat qilganda yaşaydi, harakatsizlik esa uni asta-sekin söndiradi.
Aslida, soğlom va tetik hayot keçiriş uçun insondan katta mablağ yoki murakkab şaroit talab qilinmaydi. Eng avvalo, zararli odatlardan uzoqlaşiş zarur. Şuningdek, zamonaviy inson eng köp vaqtini ekran qarşisida ötkazayotganini ham inkor etib bölmaydi. Telefon va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlikka ham salbiy taʼsir körsatmoqda.
Soğlom turmuş tarzining asosiy ustunlari esa oddiy: harakat, meʼyorida ovqatlaniş, sifatli uyqu va ruhiy osoyiştalikdir. Inson neça yoşga kirişidan qatʼi nazar, soğlom va tetik yaşaşi mumkin. Buning siri oddiy: organizmni harakatdan mahrum qilmaslik, zararli odatlardan tiyiliş va meʼyorga amal qilişdir.
Bugungi qulayliklar asri insonni dangasalikka emas, ongli hayot keçirişga undaşi kerak. Zero, texnologiya inson hayotini yengillaştirişi mumkin, ammo soğlom yaşaş masʼuliyatini uning örniga bajarib bera olmaydi.
Farangiz ABRUYEVA.
