Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan tajriba

Globallaşuv va axborot xurujlari kuçaygan şaroitda ekstremizm hamda terrorizm tahdidlariga qarşi kuraşiş Yangi Özbekiston davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Sönggi yillarda uşbu sohada amalga oşirilgan tizimli işlar ekstremizmga qarşi kuraşning huquqiy, institutsional va maʼrifiy asoslarini yangi bosqiçga olib çiqdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yili BMT minbarida ilgari surilgan taşabbus asosida 2018 yil dekabr oyida BMT Boş Assambleyasi “Maʼrifat va diniy bağrikenglik” nomli maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu holat Özbekistonning xalqaro tinçlik hamda bağrikenglikni taʼminlaşga qöşayotgan hissasining muhim eʼtirofi böldi. Ayniqsa, ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraş borasida ilgari surilgan “Jaholatga qarşi — maʼrifat” tamoyili xalqaro miqyosda insonparvar va profilaktikaga asoslangan yondaşuv sifatida yuqori baholandi.

Yangi Özbekistonda ekstremizmga qarşi kuraş siyosati inson huquqlarini hurmat qiliş, ijtimoiy moslaşuv va maʼrifiy tarbiyaga asoslangan kompleks model sifatida şakllangani alohida eʼtirof etilmoqda. Bu yondaşuv nafaqat ekstremizmning oqibatlarini bartaraf etişga, balki uning kelib çiqiş sabablarining oldini olişga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan ekstremistik oqimlarga aloqadorlikda gumon qilinib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar nazoratida turgan fuqarolarning işlari qayta körib çiqildi. Natijada 20 ming nafardan ortiq fuqaro hamda ularning yaqin qarindoşlari “qora röyxat”dan çiqarildi va uşbu amaliyot butunlay bekor qilindi. Mazkur qaror inson huquqlarini taʼminlaş, fuqarolarning jamiyatga qayta integratsiyalaşuvini qöllab-quvvatlaş hamda ekstremizmga qarşi kuraşning insonparvar modelini qaror toptirişdagi muhim islohot sifatida milliy va xalqaro darajada eʼtirof etildi.

Beş bosqiçda amalga oşirilgan “Mehr” gumanitar operatsiyalari ham mamlakat insonparvarlik siyosatining eng muhim taşabbuslaridan biri böldi. Uşbu operatsiyalar davomida qurolli mojarolar hududlarida qolib ketgan 530 nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi. Ularning aksariyatini ayollar va bolalar taşkil etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur fuqarolarga jinoyatçi emas, balki uruş oqibatlaridan jabr körgan insonlar sifatida munosabatda böliş tamoyili ilgari surildi. Şu asosda ular davlat himoyasiga olinib, kompleks reabilitatsiya va reintegratsiya dasturlari amalga oşirildi. Vatanga qaytarilgan ayollar va bolalarga tibbiy, psixologik hamda ijtimoiy yordam körsatildi. Şaxsiy hujjatlarning tiklanişi, uy-joy va iş bilan taʼminlaş, farzandlarni taʼlim muassasalariga joylaştiriş singari tadbirlar davlatning insonparvar siyosatini namoyon etuvçi muhim natijalardir.

Ekstremistik jinoyatlar uçun jazo ötagan, qilmişidan çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga ötgan şaxslarga nisbatan qöllanayotgan insonparvar yondaşuv ham alohida eʼtiborga loyiq. Jumladan, Prezident afvi asosida yuzlab mahkumlar ozodlikka çiqarilib, ularning jamiyatga moslaşişi uçun huquqiy va ijtimoiy tizim yaratildi.

Mahalla fuqarolar yiğinlari, yoşlar va xotin-qizlar jamoat tuzilmalarining kafilligi asosida ayrim şaxslarga nisbatan qamoq jazosi örniga jamoatçilik nazorati hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini qöllaş amaliyoti joriy etildi.

Şuningdek, xalqaro terroristik taşkilotlar taʼsiriga adaşib tuşib qolgan, biroq qurolli harakatlarda iştirok etmagan va öz qilmişini anglab yetgan fuqarolar uçun davlatga murojaat qiliş hamda huquqiy kafolatlar asosida jamiyatga qayta integratsiyalaşiş imkoniyati yaratilgani ham ijobiy tajriba sanaladi.

“Jaholatga qarşi — maʼrifat” tamoyilining izçil amalga oşirilişi mamlakatda diniy bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş hamda ularning huquqiy va diniy savodxonligini oşirişga xizmat qilayotgan samarali yondaşuv sifatida baholanmoqda.

Ekstremizmning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda, Özbekiston xalqaro hamkorlikni ham izçil rivojlantirmoqda. Mamlakat BMT, ŞHT, MDH va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida terrorizm hamda ekstremizmga qarşi qöşma dasturlar, amaliy tadbirlar va tajriba almaşiş jarayonlarida faol iştirok etmoqda. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan BMTning Terrorizmga qarşi kuraş boşqarmasi bilan hamkorlikda Terrorizmga qarşi kuraş sohasida reabilitatsiya va reintegratsiya masalalari böyiça mintaqaviy ekspertlar kengaşi taşkil etildi hamda uning faoliyati uçun “yöl xaritasi” tasdiqlandi. Bu holat Özbekiston tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganining yaqqol namunasidir. Uşbu taşabbus özaro axborot almaşinuvini kuçaytiriş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar salohiyatini yuksaltiriş va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Boş Assambleyasi minbarida Yoşlar huquqlari böyiça xalqaro konvensiyani işlab çiqiş taşabbusining ilgari surilişi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan dolzarb taklif sifatida eʼtirof etildi. Mazkur taşabbus ekstremistik taşkilotlar taʼsiriga qarşi kuraşda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş ahamiyatini xalqaro darajada oşirişga xizmat qildi. Ayniqsa, “Yoşlar daftari” tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj va işsiz yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularga subsidiyalar, mehnat qurollari hamda taʼlim imkoniyatlarini taqdim etiş ekstremizmning ijtimoiy omillarini bartaraf etişga qaratilgan amaliy çoralardir.

Taʼlim muassasalarida huquqiy tarğibot işlarining kuçaytirilişi, yoşlar bilan muntazam uçraşuvlar, davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning tizimli taşkil etilişi, şuningdek, internet makonida tarqalayotgan zararli axborotlarga qarşi işonçli va ilmiy asoslangan kontentni keng tarğib qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar ham ekstremizm profilaktikasining zamonaviy hamda samarali usullari hisoblanadi.

Şuningdek, mahalla, taʼlim muassasalari, oila va davlat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikning izçil mustahkamlanişi, aholi örtasida huquqiy madaniyat hamda fuqarolik masʼuliyatini oşirişga qaratilgan profilaktik tadbirlarning tizimli yölga qöyilgani ekstremizmning oldini olişda samarali mexanizmga aylandi.

Mamlakatimizda radikal mafkuralarga qarşi kuraşda diniy bilim va ilmiy-maʼrifiy yondaşuvni kuçaytiriş maqsadida yangi ilmiy va taʼlim muassasalari tizimi şakllantirilganini ham qayd etiş joiz. Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy va Toşkentda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining taşkil etilişi, şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilişi mamlakatning maʼrifatparvarlik siyosati va diniy-maʼrifiy merosni örganişga bölgan yuksak eʼtiborining amaliy ifodasidir.

Özbekiston musulmonlari idorasi va taniqli ulamolar iştirokida ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik oqimlarning soxta ğoya va fatvolariga qarşi ilmiy asoslangan video va audiomateriallarning muntazam eʼlon qilib borilişi jamoatçilikni işonçli axborot bilan taʼminlaş hamda aholining diniy savodxonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliy sud tomonidan internet tarmoğida tarqatilayotgan ekstremistik mazmundagi resurslar röyxatining şakllantirilişi va ularning mamlakat hududida çeklanişi, huquqni muhofaza qiluvçi organlarning kiberxavfsizlik tuzilmalari tomonidan zararli axborotlarni aniqlaş va bloklaşning avtomatlaştirilgan tizimlari joriy etilgani raqamli makonda xavfsizlikni taʼminlaşga jiddiy eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Taʼkidlaş kerakki, Yangi Özbekistonda ekstremizmga qarşi kuraş siyosati huquqiy çoralar, insonparvarlik tamoyillari, maʼrifiy profilaktika, xalqaro hamkorlik, raqamli xavfsizlik va yoşlar siyosati kabi özaro boğliq yönalişlarni qamrab olgan kompleks model sifatida şakllangani bilan eʼtirofga sazovordir.

Sarvarjon ĞAFUROV,

siyosiy fanlar doktori,

professor.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan