“Atirgul” – ayol jurnalistlar ijodining eʼtirofi
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi taşabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qömitasi hamkorligida xotin-qiz jurnalistlar örtasida ötkazilgan “Atirgul” körik-tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Mazkur tanlov jurnalistika sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning kasbiy mahorati, ijodiy izlanişlari va jamiyat hayotidagi faol iştirokini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Alohida taʼkidlaş joizki, uşbu körik-tanlov sönggi yillarda turli sabablarga köra ötkazilmayotgan edi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining saʼy-harakati bilan uning qayta tiklangani mamlakatimiz ijodkorlarini mamnun etdi.
Tadbir doirasida “Atirgul” tanlovining 12 ta nominatsiyasi böyiça ğoliblar tantanali ravişda taqdirlandi.
Jurnalist ayollarning turli janr va yönalişlardagi ijodiy işlari nufuzli hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, mazmuni, dolzarbligi, kasbiy mahorati hamda öziga xos yondaşuvi bilan ajralib turgan ijod namunalari munosib eʼtirof etildi.
Marosimning yana bir muhim jihati şunda böldiki, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi safiga yangi qabul qilingan 25 nafar xotin-qiz jurnalistga aʼzolik guvohnomalari ham tantanali ravişda topşirildi. Bu esa ijodkorlar safi kengayib, ularda kasbiy birdamlik va hamkorlikka intiliş tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda jurnalistika tezkorlik, çuqur tahlil, zamonaviy texnologiyalar va yangiça ijodiy qaraşni talab etmoqda. Bu jarayonda xotin-qiz jurnalistlarning öziga xos nigohi, ijtimoiy masalalarni yoritişdagi faolligi hamda salohiyati alohida ahamiyat kasb etadi.
“Atirgul” körik-tanlovi ana şu salohiyatni yuzaga çiqariş, jurnalist ayollar mehnatini munosib baholaş, ularning ilğor tajribasini ommalaştiriş va yangi ijodiy loyihalarga yöl oçişga xizmat qiladi.
Tanlov nafaqat ğoliblarni aniqlaş, ularni moddiy hamda maʼnaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, balki soha xodimalarini birlaştiriş, özaro tajriba almaşiş va yangi imkoniyatlarni yaratiş nuqtai nazaridan ham muhimdir.
Zero, jamiyatdagi muhim jarayonlarni xolis va taʼsirçan yoritib kelayotgan ayol jurnalistlarning mehnati, izlanişi va fidoyiligini eʼtirof etiş — milliy jurnalistika taraqqiyotiga berilgan munosib bahodir.
Tanlov ğoliblari ham bugungi eʼtirof ularga yangi marralarni zabt etişda muhim rağbat bölganini bildirdilar.
— “Atirgul” körik-tanlovining qayta tiklangani yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning hayotdagi yorqin ifodasi, xotin-qizlar huquqlari taʼminlanayotgani, fuqarolik jamiyati faollaşayotgani hamda ayol jurnalistlar davlat tomonidan qöllab-quvvatlanayotganining yaqqol dalilidir, — dedi ğoliblardan biri, “Vesti Karakalpakstana” gazetasining maxsus muxbiri Halima Xalilayeva. — Naşrimiz 100 yillik tarixga ega. Bugun ustozlar işini davom ettiryapmiz. Asosan, xotin-qizlar mavzusida qalam tebrataman. Mazkur respublika tanlovida muvaffaqiyat qozongan barça kasbdoşlarimga ulkan ijodiy zafarlar tilayman.
— Olis qişloqdan kelib, matbuotda, ayniqsa, ayollar uçun kamyob sanalgan fotojurnalistika yönalişida eʼtirofga sazovor bölganim va “Atirgul” mukofotini qölga kiritganimdan behad xursandman, — dedi “Yoşlar ovozi” gazetasi muxbiri, nufuzli tanlovning “Eng yaxşi fotojurnalistik iş” nominatsiyasi ğolibi Xolida Musurmonova. — Fotojurnalistika — sohaning eng murakkab tarmoqlaridan biri. Köp yillardan buyon uşbu yönalişda izlanib kelmoqdaman, bugun mehnatim qadrlanib, mana şunday mukofotga ega çiqqanimdan faxrlanaman.
Darhaqiqat, “Atirgul” — ayol jurnalistlarning isteʼdodi, jasorati, mahorati va tinimsiz izlanişlariga berilgan munosib eʼtirofdir!
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi
Axborot xizmati.
