Navoiy — yevroosiyoning yangi transport-logistika markazi

yoki Gonkong bilan strategik hamkorlik samarasi va Navoiy xalqaro aeroportining global logistika xabiga aylaniş yöli xususida

Bugun dunyo iqtisodiyotida transport yölaklari va logistika tarmoqlari oddiy taşiş tizimi emas, balki davlatlarning iqtisodiy barqarorligi, taşqi savdo imkoniyatlari va mintaqaviy raqobatbardoşligini belgilaydigan strategik infratuzilmaga aylandi. Qaysi davlat xalqaro transport oqimlarida munosib örin egallasa, uning investitsiyaviy jozibadorligi, eksport salohiyati va iqtisodiy aloqalar kölami ham şunçalik kengayadi. Şu nuqtai nazardan Navoiy xalqaro aeroporti atrofida sönggi davrda şakllanayotgan yangi xalqaro hamkorliklar Özbekistonning transport-logistika siyosatidagi muhim ustuvor yönalişlardan biri sifatida namoyon bölmoqda.

2026 yil 9 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong şahrida ötkazilgan “Bir makon — bir yöl” xalqaro forumi doirasida “Navoiy xalqaro aeroporti” MÇJ hamda Gonkongning “Harvest Epoch Strategic Investment Limited” kompaniyasi örtasida Strategik alyans töğrisidagi kelişuv imzolanişi ana şu jarayonning muhim voqeasi böldi. Mazkur kelişuv Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 9 fevraldagi PQ–50-son qarorida belgilangan Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oşiriş, uning xalqaro transport-logistika tizimidagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan vazifalar bilan hamohangdir.

Eʼtiborli jihati şundaki, mazkur kelişuv Gonkongdagi “Bir makon — bir yöl” forumining xalqaro mazmuni bilan uyğun holda amalga oşirildi. Gonkongning “Sing Tao Headline” naşri 9 sentyabr kuni xabar berganidek, Gonkong xalqaro aeroporti maslahat xizmati hamda strategik investitsiya kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroportini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş böyiça hamkorlik kelişuvini imzolagan. Uşbu hamkorlikning maqsadi Gonkong xalqaro aeroportining aeroport boşqaruvi va ekspluatatsiyasi sohasidagi tajribasi hamda professional bilimlaridan foydalangan holda Navoiy aeroportini “Bir makon — bir yöl” doirasidagi muhim xabga aylantirişga kömaklaşişdan iborat. Naşr maʼlumotiga köra, 2026 yil mart holatida Gonkong xalqaro aeroporti “Bir makon — bir yöl” yönalişidagi 41 mamlakatning 78 ta aeroporti bilan boğlangan. Bu raqam hamkorlikning qanday ulkan tajriba bazasiga tayanayotganini körsatadi.

Bu yerda masalaning siyosiy ahamiyatiga ham alohida töxtaliş joiz. Özbekiston sönggi yillarda oçiq va pragmatik taşqi siyosat, özaro manfaatli iqtisodiy diplomatiya va transport kommunikatsiyalarini kengaytirişga qaratilgan yondaşuvni izçil amalga oşirmoqda. Navoiy aeroportining xalqaro logistika markazi sifatida rivojlanişi esa ana şu taşqi iqtisodiy strategiyaning amaliy ifodalaridan biridir. Çunki zamonaviy transport xabi — bu faqat samolyotlar qönadigan va yuk ortiladigan maskan emas. U davlatning xalqaro iqtisodiy aloqalarini boğlaydigan, sarmoya va texnologiyalarni jalb etadigan, yangi bozorlarga çiqiş imkonini beradigan strategik nuqtadir.

Strategik alyans doirasida xalqaro yuk oqimlarini kengaytiriş, elektron tijorat va ekspress yetkazib beriş loyihalarini rivojlantiriş, sovuq zanjirli logistika, yaʼni harorat nazorati talab etiladigan mahsulotlarni taşiş tizimini yölga qöyiş, avtomobil sanoati yuklari, oğir va yirik hajmli yuklar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş belgilanmoqda. Bularning har biri Özbekiston iqtisodiyoti uçun alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, elektron tijorat hajmining ortişi tezkor va işonçli aviatsiya logistikasiga talabni kuçaytirmoqda.

Kelişuvda temir yöl-aviatsiya taşuvlarini rivojlantirişga alohida urğu berilgani ham bejiz emas. Multimodal logistikada turli transport vositalarining yagona zanjirga birlaşişi yuklarning harakatini tezlaştiradi, taşiş xarajatlarini maqbullaştiradi va tranzit marşrutlarining samaradorligini oşiradi. Navoiy erkin iqtisodiy zonasi bilan aeroport imkoniyatlarini özaro boğlaş esa işlab çiqariş, eksport, omborxona, bojxona va transport xizmatlarini bir tizimga yaqinlaştiriş uçun muhim zamin yaratadi.

Bu jarayon Navoiy viloyati iqtisodiyoti uçun ham yangi istiqbollarni oçadi. Yirik logistika xabi atrofida transport-ekspeditorlik kompaniyalari, ombor va terminal majmualari, elektron tijorat operatorlari, servis xizmatlari va sanoat kooperatsiyasi rivojlanişi mumkin. Yaʼni aeroportning xalqaro xabga aylanişi birgina aviatsiya sohasiga emas, balki hududning umumiy iqtisodiy faolligiga taʼsir körsatadi. Yangi investitsiyalar, yangi xizmat turlari va yangi iş örinlari uçun zamin yaratiladi.

Gonkong tajribasining Navoiyga kirib kelişi esa uşbu jarayonni yanada mazmunli qiladi. Xalqaro aeroportlarni boşqariş, operatsion samaradorlik, servis madaniyati, logistika jarayonlarini raqamlaştiriş, xalqaro operatorlar bilan işlaş va kadrlar salohiyatini oşiriş kabi yönalişlarda ilğor tajribadan foydalaniş Navoiy aeroportining yangi bosqiçdagi faoliyati uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu — tayyor modelni köçiriş emas, balki xalqaro tajribani milliy va mintaqaviy imkoniyatlar bilan uyğunlaştiriş masalasidir.

Navoiyning geografik joylaşuvi ham bu maqsadga mos keladi. Yevropa, Xitoy va Janubiy Osiyo bozorlari örtasidagi iqtisodiy aloqalar kengayib borayotgan bir şaroitda Markaziy Osiyodagi transport boğliqligini kuçaytiriş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Şu maʼnoda Navoiyni xalqaro multimodal xab sifatida rivojlantiriş Özbekistonning mintaqadagi transport-tranzit salohiyatini yanada yuqori bosqiçga olib çiqişi mumkin.

Eng muhimi, mazkur taşabbus Özbekistonning “Bir makon — bir yöl” doirasidagi iqtisodiy va transport aloqalarini yanada çuqurlaştirişga xizmat qiladi. Xitoy, Gonkong, Markaziy Osiyo, Yevropa va Janubiy Osiyo örtasidagi yuk oqimlarida Navoiyning roli oşişi mamlakatimizning taşqi savdo geografiyasini kengaytiriş, tranzit xizmatlaridan olinadigan iqtisodiy samarani köpaytiriş va yangi xalqaro hamkorlarni jalb etiş imkonini beradi.

Şu maʼnoda 9 sentyabrda Gonkongda imzolangan strategik kelişuvlarning mazmunini birgina investitsiyaviy hujjat doirasida baholab bölmaydi. Unda Özbekistonning transport mustaqilligi, eksport yölaklarini diversifikatsiya qiliş, mintaqaviy boğliqlikni kuçaytiriş va xalqaro iqtisodiy maydondagi örnini mustahkamlaş kabi keng strategik maqsadlar mujassam. Navoiy xalqaro aeroportining rivojlanişi mamlakatning geoiqtisodiy imkoniyatlarini amaliyotga aylantirişga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biriga aylanmoqda.

Bugun Navoiy aeroporti oldida turgan vazifa — faqat yuk hajmini oşiriş emas. Asosiy maqsad zamonaviy, raqamlaşgan, xalqaro standartlarga javob beradigan, aviatsiya, temir yöl va avtomobil transportini birlaştiradigan kompleks logistika tizimini barpo etişdir. Ana şunda Navoiy nafaqat Özbekistonning, balki Markaziy Osiyoning muhim transport-logistika markazlaridan biri sifatida yangi maqomga ega böladi.

Pirovardida, Yevropa, Janubiy Osiyo va Xitoyni boğlaydigan strategik multimodal logistika xabini şakllantiriş — bu bir aeroportning rivojlaniş konsepsiyasi emas, balki mamlakatning yangi iqtisodiy geografiyasini yaratişga qaratilgan uzoq muddatli maqsaddir. Bu maqsad yölida Gonkongning tajribasi, investitsiyaviy salohiyati va xalqaro aloqalari Navoiy uçun muhim resurs bölib xizmat qilişi mumkin. Eng muhimi, bu hamkorlik Özbekistonning oçiq, pragmatik va manfaatli xalqaro şeriklik siyosati samaralarini transport-logistika sohasida yaqqol namoyon etadi.

Navbahor DARXONOVA

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan