Özbekiston–Koreya: Taʼlim va texnologiyalar hamkorligi – taraqqiyotning yangi omili
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myonning taklifiga binoan şu kunlarda davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda bölib turibdi. Mazkur taşrif butun dunyoda juda katta qiziqiş bilan kuzatib borilmoqda. Prezidentimizning davlat taşrifini Koreya Respublikasining bir qança yetakçi naşrlari keng yoritmoqda. Jumladan, “The Chosun Daily” gazetasida Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston va Koreya Respublikasi: Özgarişlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” nomli maqolasi çop etildi.
Taşrif arafasida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik tarixida ilk bor ötkazilgan Hududlararo forum natijalari yuqori baholandi. Keyingi forumni Samarqand şahrida ötkazişga kelişib olindi.
Prezidentlar muzokaralar davomida taʼlim va kadrlar tayyorlaş sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştirişga alohida eʼtibor qaratişgani yanada diqqatga molik böldi.
Darhaqiqat, bugun dunyoda jadal keçayotgan texnologik özgarişlar, sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot va innovatsion işlanmalarning hayotimizga tobora çuqur kirib kelayotgani oliy taʼlim tizimi oldiga ham yangi va masʼuliyatli vazifalarni qöymoqda. Endi universitet faqat bilim beruvçi muassasa emas, balki yangi ğoyalar, ilmiy işlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va yuqori malakali kadrlar şakllanadigan muhim maskan bölişi kerak. Şu nuqtai nazardan, Özbekistonning dunyodagi ilğor davlatlar bilan taʼlim, ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorligini kengaytiriş bugungi taraqqiyotimizning muhim yönalişlaridan biriga aylanmoqda.
Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari ham ana şu maqsadlarga xizmat qilayotgani quvonarli. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Koreyaning “The Chosun Daily” gazetasida eʼlon qilingan maqolasida taʼkidlanganidek: “Işonçim komilki, aynan şu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini oçişimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy işlab çiqariş tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni şakllantirişga ötişimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi”.
Şubhasiz, bu fikrlar, avvalo, taʼlim, ilm-fan va inson kapitali sohasidagi hamkorlikka bevosita daxldor. Çunki zamonaviy texnologiyalarni yaratadigan, ularni boşqaradigan va işlab çiqarişga joriy etadigan asosiy kuç — bilimli, malakali va innovatsion fikrlaydigan kadrlardir. Quvonçlisi, sönggi yillarda Özbekiston-Koreya munosabatlarida ana şu yönalişda salmoqli natijalarga erişilmoqda. Ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi qariyb 5 barobarga oşgani, Koreya investitsiyalarining Özbekistondagi hajmi 8 milliard dollardan ortgani, koreys kapitali iştirokida 700 dan ziyod qöşma korxona va loyihalar amalga oşirilayotgani hamkorlikning keng kölamidan dalolat beradi. Biroq iqtisodiy körsatkiçlar bilan bir qatorda, biz uçun taʼlim, ilm-fan va inson kapitaliga investitsiya kiritiş masalasi ham alohida ahamiyatga ega.
Farğona davlat texnika universitetining Koreya Respublikasidagi yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi aynan şu ehtiyojdan kelib çiqib rivojlanmoqda. Seul şahrida “Seoul National University of Science and Technology — SeoulTech” prezidenti Kim Dong Xvan bilan ötkazgan uçraşuvimizda universitetlarimiz örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişning aniq mexanizmlarini muhokama qildik. Bugun sunʼiy intellekt sanoat, transport, energetika, şaharsozlik, tibbiyot, taʼlim va boşqa köplab sohalar rivojining muhim omiliga aylanmoqda. Şu bois universitetimizda sunʼiy intellekt sohasida qöşma laboratoriya taşkil etiş, uşbu yönalişdagi öquv dasturlari va elektron taʼlim resurslarini özaro almaşiş, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilarning akademik mobilligini taʼminlaş böyiça aniq kelişuvlarga erişdik.
Yaqin istiqbolda “SeoulTech”ning 5 nafar professor-öqituvçisini universitetimizga mehmon-lektor sifatida taklif etiş, Farğona davlat texnika universitetining 10 nafar professor-öqituvçisini sunʼiy intellektning ustuvor yönalişlari böyiça qisqa muddatli stajirovkaga yuboriş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, 2 nafar ilmiy tadqiqotçini ilmiy stajirovkaga yuboriş va ularning tadqiqotlariga har ikki universitetdan ilmiy rahbarlarni biriktiriş böyiça ham kelişuvlarga erişdik. Hamkorlikning asosiy yönalişlari “Smart City”, robototexnika, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni boşqariş masalalarini qamrab oladi. Men bu loyihalarni oddiy akademik almaşinuv emas, balki universitetimizning ilmiy salohiyatini xalqaro darajaga olib çiqişga xizmat qiladigan uzoq muddatli hamkorlikning muhim poydevori, deb hisoblayman.
Zero, bugun mamlakatimiz oldida turgan taraqqiyot vazifalari ham aynan yuqori texnologiyalar va inson kapitali bilan uzviy boğliq. Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz beş yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan yetti milliy dastur orasida bu masalaga alohida eʼtibor qaratildi. Uçinçi milliy dastur — iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga ötkaziş. Uşbu dasturda yoşlarimizning salohiyatini töliq röyobga çiqarişda startap, vençur va sunʼiy intellektni rivojlantiriş ustuvor yönalişga aylanişi belgilangani bejiz emas. Çunki bugungi yoşlar — ertangi texnologik taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvçi kuçi.
Biz oliy taʼlim muassasasi sifatida bu vazifani öz faoliyatimizning muhim yönalişlaridan biri sifatida köramiz. Talabalarimizni nafaqat mavjud texnologiyalarni özlaştirişga, balki yangi texnologiyalar, startaplar va innovatsion yeçimlarni yaratişga qodir mutaxassislar sifatida tayyorlaşimiz kerak. Buning uçun esa ularga zamonaviy laboratoriyalar, xalqaro tajriba, kuçli ilmiy maktablar va xorijiy hamkorlar bilan işlaş imkoniyatini yaratiş zarur. Koreya bilan hamkorlikdagi yana bir muhim yönaliş — yoşlarimizning til va madaniy salohiyatini oşirişdir. “World Educational and Cultural Aid — WECA” taşkiloti bilan hamkorlikda Farğona davlat texnika universitetida Koreya tili va madaniyati markazini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişdik. Markaz zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanadi va bu yerda nafaqat talabalar, balki Farğona şahri va atrof hududlardagi yoşlar hamda aholi uçun koreys tilini bepul örganiş imkoniyati yaratiladi.
Til — xalqlarni bir-biriga yaqinlaştiradigan muhim köprik. Koreys tili va madaniyatini örganayotgan yoşlarimiz kelgusida Koreyada tahsil oliş, stajirovka ötaş, xalqaro loyihalarda iştirok etiş va mehnat bozorida raqobatbardoş böliş uçun yanada keng imkoniyatlarga ega böladi. Koreya taşrifi doirasida “Yonsei University Mirae Campus” bilan ham hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik. “Mirae” kampusi rektori Yeonseob Ha va Xalqaro munosabatlar ofisi dekani, dotsent Park Eungsu bilan uçraşuvimizda talabalar almaşinuvi, magistratura dasturlariga talabalarimizni yuboriş, qöşma doktorantura — “Co-Tutelle” tizimi asosida ilmiy kadrlar tayyorlaş va qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Biz uçun xorijiy universitetlar bilan hamkorlikning asosiy mezoni — imzolangan memorandumlar soni emas, balki ularning talabalar, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar uçun real imkoniyatlarga aylanişidir. Şu sababli har bir kelişuvni aniq loyihalar, qöşma dasturlar va natijador mexanizmlar bilan töldirişga harakat qilyapmiz. Seulda ötkazilgan birinçi Özbekiston-Koreya hududlararo hamkorlik forumi ham biz uçun ana şu jihatdan muhim ahamiyatga ega böldi. Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boşçiligidagi delegatsiya tarkibida iştirok etib, forumda “Özbekiston-Koreya: bugungi holat va istiqbollar” mavzusida maʼruza qildim.
Forum doirasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi. Xususan, “University of Ulsan” bilan qöşma diplomli magistratura dasturlarini yölga qöyiş, “SeoulTech” va “AHA Co.,Ltd” bilan universitetning “Endowment Fund” tizimini rivojlantiriş böyiça metodik hamkorlikni yölga qöyiş taşabbuslari ilgari surildi. Koreya bilan hamkorlikda biz, avvalo, yoşlarimizning kelajagini köramiz. “KT&G Scholarship Foundation” bilan muloqotlarda ham zamonaviy kasblarga yoşlarni tayyorlaş, xalqaro taʼlim dasturlarini kengaytiriş, Koreyada tahsil oliş va mehnat qiliş imkoniyatlarini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Bugun Farğona davlat texnika universitetida 20 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Ularning har biri uçun xalqaro taʼlim muhiti, zamonaviy texnologiyalar va munosib mehnat bozoriga çiqiş imkoniyatini yaratiş biz uçun nafaqat vazifa, balki katta masʼuliyatdir. Şu maʼnoda, Özbekiston-Koreya hamkorligi universitetimiz yoşlari uçun yangi taʼlim trayektoriyalari, ilmiy stajirovkalar, qöşma dasturlar va xalqaro loyihalar eşigini oçmoqda. Koreya taşrifining yana bir muhim jihati — oliy taʼlim va ilmiy salohiyatni real işlab çiqariş bilan boğlaş imkoniyatlarining kengayganidir. Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boşçiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida Seongnam şahridagi maxsus sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning mahsulotlari va innovatsion işlanmalari bilan tanişdik.
Mazkur taşrifda Farğona davlat texnika universiteti delegatsiyasi ham faol iştirok etdi. Seongnam maxsus sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar vakillari bilan ötkazilgan muzokaralarda ilmiy-texnik hamkorlik, innovatsion işlanmalarni amaliyotga joriy etiş, talabalar uçun amaliyot va stajirovkalar taşkil etiş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda ilğor texnologiyalarni taʼlim jarayoniga olib kiriş masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar, zamonaviy işlab çiqariş, avtomatlaştiriş hamda muhandislik yönalişlarida koreys kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar belgilab olindi. Bu biz uçun juda muhim. Çunki universitetda şakllangan ilmiy ğoya va innovatsion işlanma işlab çiqarişda öz ifodasini topsagina, uning haqiqiy qiymati namoyon böladi. Talaba esa nazariy bilimni zamonaviy korxonadagi real jarayon bilan boğlagandagina raqobatbardoş mutaxassis bölib şakllanadi. Şu maʼnoda, Seongnam maxsus sanoat zonasi bilan hamkorlik universitetimizning taʼlim — ilm-fan — işlab çiqariş zanjirini yanada mustahkamlaş uçun muhim imkoniyatdir. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, bugungi hamkorlikni alohida sohalardagi munosabatlardan umumiy işlab çiqariş tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni şakllantiriş bosqiçiga olib çiqişimiz zarur. Menimça, bu vazifaning mustahkam poydevori — taʼlim va ilm-fan. Çunki texnologik taraqqiyotning ortida, avvalo, inson turibdi. Insonning bilimi, salohiyati va yangilik yaratiş qobiliyati esa universitetlarda şakllanadi.
Farğona davlat texnika universiteti ham Koreya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytiriş orqali ana şu jarayonning faol iştirokçisi bölişni maqsad qilgan. Bizning asosiy maqsadimiz — talabalarimizga faqat diplom emas, balki zamonaviy bilim, xalqaro tajriba, ilmiy muhit va dunyo mehnat bozorida raqobatlaşa oladigan salohiyat berişdir.
Özbekiston va Koreya örtasidagi taʼlim, ilm-fan, innovatsiya va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning bugungi yangi bosqiçi ham nafaqat universitetimiz, balki yoşlarimiz va mamlakatimiz texnologik taraqqiyoti uçun yanada katta imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Rustam TOJIYEV,
Farğona davlat texnika universiteti rektori,
texnika fanlari doktori,
professor.
