Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi iştirokçilariga
Hurmatli forum iştirokçilari!
Aziz mehmonlar!
Özbekistonning qadimiy va mehmondöst zaminida ilk bor ötkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi Xalqaro forumining oçilişi munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklayman.
Dunyoning qirqdan ortiq mamlakatlaridan taşrif buyurgan taniqli olimlar, nufuzli xalqaro taşkilotlarning vakillari, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va diniy konfessiyalar namoyandalari iştirok etayotgan uşbu anjumanning Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ötkazilayotgani çuqur tarixiy va ramziy maʼnoga ega. Bu yirik xalqaro tadbir jahon hamjamiyatining islom sivilizatsiyasiga, uning boy maʼnaviy, ilmiy va madaniy merosiga qiziqiş va eʼtibori ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda dunyo çuqur va şiddatli özgarişlar davrini boşidan keçirmoqda. Insoniyat fan va texnologiyalar sohasida mislsiz yutuqlarni qölga kiritmoqda, ayni vaqtda jiddiy sinov va muammolarga ham duç kelmoqda: mojarolar va özaro işonçsizlik kuçaymoqda, buzğunçi mafkuralar, toqatsizlik, ekstremizm, islomofobiya körinişlari keng tarqalmoqda. Madaniyatlar, dinlar va sivilizatsiyalarni bir-biriga qarşi qöyiş, turli xalqlarning urf-odat va anʼanalari örtasida ziddiyat keltirib çiqarişga urinişlar avj olmoqda.
Bunday murakkab vaziyatda azaldan başariyatning tinç-totuv hayoti, hamjihatlik va maʼrifatga intilişi, tadrijiy rivojlanişi uçun mustahkam zamin bölib xizmat qilib kelgan ezgu tuşunçalar, jumladan, islomiy qadriyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Barçamizga ayonki, bu qadriyatlar asrlar davomida ilmiy taraqqiyot, madaniy yuksaliş va maʼnaviy kamolotning qudratli manbai sifatida jahon tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qöşgan va umuminsoniy merosning ajralmas qismiga aylangan.
Şu maʼnoda, 2017 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yuksak minbaridan Özbekiston ilgari surgan “Jaholatga qarşi maʼrifat” degan konseptual ğoya oddiy, ammo özgarmas bir haqiqatni tasdiqlaydi: bugungi notinç va tahlikali dunyoda faqat ilm-fan, taʼlim va tarbiya, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlargina yer yuzida tinçlik, özaro tuşuniş, ijtimoiy hamjihatlik va barqaror rivojlaniş uçun işonçli poydevor böla oladi.
Muqaddas islom dinimiz insonni aziz va mukarram bilib, haqiqatni izlaşga, ilm-maʼrifatga intiliş, ilmiy kaşfiyotlar qilişga, bunyodkor mehnatga, taʼlim, sanʼat va madaniyatni rivojlantirişga ilhomlantirib keladi.
Butun insoniyatning umumiy boyligi bölgan bu noyob merosda mintaqamizning ham munosib hissasi bor. Uşbu bepoyon hudud jahon ilm-fani, maʼrifat va maʼnaviyatining eʼtirof etilgan yirik markazlaridan hisoblanadi. Ana şu muborak zaminda asrlar davomida matematika, astronomiya, geodeziya, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, kalom, hadisşunoslik va boşqa köplab ilm sohalari yuksak taraqqiy etgan. Xususan, uluğ vatandoşlarimiz – Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Bobur Mirzo, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy singari mumtoz allomalarning bebaho merosi jahon tafakkur xazinasidan munosib örin egallaydi.
Yurtimiz tarixida amalga oşirilgan, Birinçi va Ikkinçi Renessans deb nom olgan buyuk yuksaliş davrlarida erişilgan noyob ilmiy-madaniy yutuqlar hozirgi kunda ham insoniyatni yangi marralar sari ruhlantirib kelmoqda. Bugungi kunda Yangi Özbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş yölidan qatʼiyat bilan bormoqda.
Biz bu yangi Uyğoniş davrini ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy taʼlim, jamiyatning maʼnaviy-intellektual ösişi, boy tarixiy merosimizga çuqur hurmat va har bir insonning bunyodkorlik salohiyatini röyobga çiqarişga asoslangan yangi taraqqiyot bosqiçi sifatida köramiz.
Şu bois, mamlakatimizda islom sivilizatsiyasining boy va betakror merosini qayta tiklaş, asrab-avaylaş, örganiş va keng tarğib qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Bu tizimli işlar, avvalo, islom merosini çuqur tadqiq etiş, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş, fundamental ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş, gumanitar hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan. Uşbu jarayonda islom sivilizatsiyasining buyuk namoyandalari hayoti va faoliyati bilan boğliq muqaddas qadamjolar hamda tarixiy-madaniy majmualarni qayta tiklaş va obodonlaştiriş böyiça misli körilmagan işlar amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, Samarqand viloyatida buyuk muhaddis Imom Buxoriy memorial majmuasining qaytadan barpo etilişi nafaqat mamlakatimiz, balki butun musulmon olamida eng yirik maʼnaviy, ilmiy va maʼrifiy markazlardan biri sifatida eʼtirof etilayotgani bizni albatta quvontiradi. Azaldan buyuk sivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar tutaşgan Özbekiston zamini bugungi kunda ham turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari tinçlik, özaro işonç va hamjihatlik muhitida yaşaydigan ezgulik diyoriga aylanib bormoqda. Ana şu oçiqlik, bağrikenglik va hamjihatlik anʼanalari davlat siyosatimizning asosiy tamoyillarini taşkil etib, mamlakatimizning xalqaro gumanitar hamkorlik, madaniyatlar va sivilizatsiyalar örtasidagi muloqotni yanada mustahkamlaş yölidagi intilişlarining mazmun-mohiyatini belgilab bermoqda.
Hurmatli forum iştirokçilari!
Muqaddas Qurʼoni karimning “Iqro!”, yaʼni “Öqi!” degan abadiy daʼvati dunyodagi barça ezgu niyatli kişilarning bugungi va kelajak avlodlar baxt-saodatini közlab amalga oşirayotgan olijanob harakatlari uçun yölçi yulduz vazifasini bajaradi. Oradan neça asrlar ötganiga qaramasdan, uşbu ilohiy çorlovning teran maʼno-mazmuni öz ahamiyatini yöqotgani yöq.
Aksinça, jadal özgarişlar va texnologiyalar mislsiz surʼatlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda bu çaqiriq yanada baralla yangrab, aynan ilm-maʼrifat, maʼnaviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvçi kuçi ekanini butun başariyatga eslatib turibdi.
Bu muborak kalom Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy darvozasi peştoqiga bitilgan bölib, uning oliy maqsadini – islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asraş va çuqur örganiş, şu asosda dunyo xalqlari örtasida döstlik va hamkorlikni har tomonlama mustahkamlaşdek uluğ missiyasini aniq belgilab beradi. Biz uçun mazkur Markaz xalqimizning tarixiy xotirasi ramzi, buyuk ajdodlarimiz merosiga bölgan çuqur ehtirom ifodasi, ayni paytda Yangi Özbekistonning kelajakka qaratilgan şiddatli intilişining yorqin timsolidir.
Şu bilan birga, u oçiq intellektual makon bölib, öz hayotini ilm-fanni rivojlantiriş, umuminsoniy qadriyatlarni asraş va kelgusi nasllarga bezavol yetkazişga bağişlagan dunyodagi barça maʼrifatparvar insonlarni, olim va tadqiqotçilar, diniy arboblar va mutaxassislarni birlaştirişga xizmat qiladi.
Eʼtiborlisi şundaki, Markaz qisqa vaqt içida ötmiş bilan kelajakni, Şarq bilan Ğarbni, qadim anʼanalar bilan zamonaviy ilmiy yutuqlarni özaro boğlaydigan intellektual köprikka aylandi. Şu bois, biz Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumini turli davlatlar va xalqaro taşkilotlar, ilmiy markazlar, universitetlar va muzeylar, kutubxonalar va tadqiqot institutlarining intellektual salohiyatini birlaştiruvçi global hamkorlikning yangi bosqiçi deb baholaymiz va bu borada qöşma harakatlar dasturi qabul qilinişiga umid bildiramiz.
Özbekiston xalqaro hamkorlar bilan amalga oşirilayotgan qöşma loyiha va taşabbuslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga doimo tayyor. Buning uçun Islom sivilizatsiyasi markazida fundamental ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, xalqaro forum va konferensiyalar taşkil etiş, qöşma naşrlar tayyorlaş, taʼlim dasturlarini amalga oşiriş hamda jahonning yetakçi ilmiy va madaniy markazlari bilan keng kölamli gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Biz ilm va maʼrifat zamonamizning eng buyuk birlaştiruvçi kuçi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinçlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bölib qolişiga qatʼiy işonamiz va barçangizni şu ezgu maqsad yölida hamkorlikka çaqiramiz.
Muhtaram döstlar!
Sizlar forum doirasida Samarqand va Termiz singari tarixiy şaharlarimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bağişlangan anjumanlarda iştirok etar ekansiz, yurtimizda diniy-maʼrifiy qadriyatlarni tiklaş va asraş, tinçlik va bağrikenglikni mustahkamlaş, umuman, Yangi Özbekistonni barpo etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarimiz bilan yaqindan tanişasiz. Mehnatkaş va mehmondöst xalqimiz vakillari bilan böladigan samimiy uçraşuv hamda muloqotlar sizlarni yangi ilmiy tadqiqotlar va badiiy asarlar, madaniy-gumanitar loyihalar yaratişga ilhomlantiradi, deb işonaman.
Sizlarni yana bir bor çin qalbdan qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, şarafli faoliyatingizga rivoj, forum işiga esa muvaffaqiyat tilayman.
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi
Prezidenti
