Viktor Gotevbe: “Oltin qalam” men uçun ilhom va şaraf”
“Diplomatic Watch” jurnali boş muharriri Viktor Gotevbe “Oltin qalam” milliy mukofoti uçun ötkazilgan bu yilgi xalqaro tanlovning ğoliblaridan biri deb topilgan edi. Jurnalist Özbekiston haqida önlab maqolalar yozgan. Ularda respublika siyosati, dunyodagi ovozi va taşabbuslari haqida söz boradi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi delegatsiyasining AQŞga safari doirasida mamlakatimizning Vaşington şahridagi elçixonasida jurnalistga mazkur mukofot topşirildi. Şu munosabat bilan ötkazilgan tantanali marosimda Özbekiston Respublikasining AQŞdagi favqulodda va muxtor elçisi Furqat Sidiqov, xorijiy davlatlar diplomatlari, jamoatçilik va ekspert doiralar vakillari, jurnalistlar iştirok etişdi.
Tadbirda sözga çiqqan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripov Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan “Oltin qalam” milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov doirasida 2021 yilda “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” nominatsiyasining taʼsis etilişi xorijlik jurnalistlar uçun öziga xos rağbat ekanligini hamda bu amaliyot xalqaro axborot makonida Vatanimiz haqidagi axborotlarning salmoği oşişiga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Marosimda Viktor Gotevbe Özbekistonning bu yuksak eʼtirofidan mamnunligini va bu uning hayotidagi kutilmagan yorqin voqea bölganligini bildirdi.
“Oçiğini aytsam, men juda hayratda qoldim. Bunday bölişini umuman kutmagandim. Bu men uçun kuçli ilhom, rağbat va şaraf”, – dedi Gotevbe.
Şuningdek, tantanali marosimda Viktor Gotevbega va “The Hill” gazetasining jamoatçi muxbiri Jeyms Dursoga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining faxriy aʼzolik guvohnomalari topşirildi.
Tahlilçi va jurnalist Durso AQŞ siyosati, xususan, Markaziy Osiyo bilan aloqalar, Afğonistondagi vaziyat haqida maqolalar yozadi. Uning Özbekiston bilan boğliq tahliliy materiallari ham köp. Durso 2024 yilda “Oltin qalam” mukofoti sohibi bölgan.
Tadbirda hozirda AQŞda faoliyat olib borayotgan jurnalist Otabek Eşmamatovga va “Kun.uz” veb-saytining AQŞdagi maxsus muxbiri Şohrux Majidovga ham Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga aʼzolik guvohnomalari taqdim qilindi.
