Jismoniy madaniyat olamimizga nazar
Luğatimizdagi mavjud atamalarning mazmun-mohiyatini tuşunişimiz uçun universal ensiklopediyalarda berilgan taʼriflarini öqişimiz kifoya. “Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuç va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi…” (“Özbekiston milliy ensiklopediyasi” – ÖzME, 5-jild, 372-bet). Maʼlumki, madaniyatning huquqiy madaniyat, tibbiy madaniyat, jismoniy madaniyat kabi sohalari bor.
“Jismoniy madaniyat – umuminsoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlaş, jismoniy qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi…” (ÖzME, 3-jild, 614-bet). Öz navbatida jismoniy madaniyat jismoniy tarbiya va sportga bölinadi.
“Jismoniy tarbiya – soğliqni mustahkamlaşga, odam organizmini uyğun ravişda rivojlantirişga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi…” (ÖzME, 3-jild, 614-bet). “Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy maşqlarning turli majmualari böyiça musobaqalar taşkil etiş, tayyorlaş va ötkaziş tizimi…” (ÖzME, 8-jild, 46-bet). Albatta, jismoniy tarbiya ham, sport ham vazifasidan kelib çiqqan holda bir qança turlarga bölinib ketadi.
Esimda, bir yoşi katta yozuvçimiz öttiz yillar ilgari “Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qömitasi” emas, “Özbekiston jismoniy tarbiya va sport Davlat qömitasi” deb yozilişi kerakligini rosa tuşuntirdi. Bunday nomlaniş mohiyatan notöğri ekanini aytganimda, u fikrimni oxirigaça tinglamay jöşib ketdi. Öz iddaosini qayta-qayta takrorlayvergaç: “Bu nomni siz aytganday özgartiramiz va borib Özbekiston soliq Davlat qömitasi deb ham yozdiramiz”, deganimdan keyingina töxtadi.
Aslida, bu sözlar uning ongiga maktab davridan singgan. Eslang, maktablarda jismoniy madaniyat fani emas, jismoniy tarbiya darslari ötilardi. Yaʼni rusça maktablarimizda fizkultura – jismoniy madaniyat, özbekça maktablarimizda fizvospitaniye – jismoniy tarbiya. Bu fanning darsligi bölmagani uçun öqituvçilar özlari bilgança darslarni ötkazişardi. Nihoyat, mutasaddilar istiqlol yillarida jismoniy madaniyat fan bölişi uçun uning darsligi bölişi kerakligini esga olişdi. Şoşa-pişa jismoniy tarbiya (yana xato takrorlandi, aslida jismoniy madaniyat atalişi kerak edi) darsliklari tayyorlandi.
Boşlanğiç sinflar öquvçilariga möljallangan darsliklarda xalq öyinlari va bolalar harakatli öyinlariga keng örin ajratilişini, 5-sinfdan boşlab ommaviy sport turlari va ularning maşq-maşğulotlari mohiyatiga eʼtibor qaratilişini, darslarda jismoniy madaniyatimizga oid boy ilmiy-adabiy merosimizdan lavhalar keltirilişini, Tömaris, Barçinoy momolarimiz, Alpomiş, Göröğli sulton kabi qahramonlik dostonlari, jismoniy kamolotga erişgan Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarimiz töğrisida hikoyatlar kiritişini kutgandim. Afsuski, darsliklarga sanoqli xalq öyinlari nomigagina kiritildi, ularda köproq sport turlariga örin ajratildi. Nazariy bilimlar beriş, yaʼni öquvçilarning jismoniy madaniyatini yuksaltirişga yetarliça eʼtibor qaratilmadi.
Bolalarning xotirasini mustahkamlovçi, közlari ziyrakligiga taʼsir etuvçi, topqirligini, zehnini, çaqqonligini va boşqa fazilatlarini oşiruvçi qançadan-qança xalq öyinlarimiz bor. Şu soha fidoyi olimlari ularni bizga yozmalarida meros qoldirişgan. Ulardan maktabgaça taʼlim muassasalari uslubiy qöllanmalari va boşlanğiç sinflar darsliklarida unumli foydalanişimiz kerak edi. Xullas, jismoniy madaniyat fanini öz nomi bilan ataylik va şu fan talabiga javob beradigan yangi darsliklar avlodini yarataylik.
Avval tarğibot, keyin taraqqiyot! Jismoniy madaniyat taraqqiyotida ham ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, gazeta muhim örinni egallaydi. Yurtimizda sohaga oid “Fizkulturnik Vostoka” gazetasi 1932 yil 2 iyun kuni olam yuzini kördi. Öşa yili bu gazetaning atigi uçta soni tayyorlandi. 1933 yili gazetaning 12 ta soni çiqarildi. Nihoyat, 1934 yildan “Özbekiston fizkulturaçisi” gazetasi çiqa boşladi. Bu gazeta 1939 yilgaça öşa tuzum talablariga mos ravişda çiqib turdi. 1935 yili “Fizkulturnik Vostoka” gazetasining nomi “Fizkulturnik Uzbekistana” deya özgartirildi. 1939 yili ikkala gazetaning 10 tadan soni çiqdi va yopildi. 1953 yili gazetalar tiklandi. Faqat “Özbekiston fizkulturaçisi” gazetasi “Fizkulturnik Uzbekistana” gazetasining tarjimasiga aylantirildi. Albatta, bu özbek sport jurnalistlari yangi avlodini tarbiyalamadi, faqat sport sohasi tarjimonlari sonini oşirdi.
1991 yil 3 yanvar kuni “Özbekiston fizkulturaçisi” gazetasi zaminida paydo bölgan mustaqil “Sport” gazetasining ona tilimizdagi 1-soni uni neça yillar kutgan yuz minglab muxlislarga taqdim etildi (rus tilidagi “Sport” gazetasi ham alohida çiqa boşladi). Kamina şu gazetada öşa yildan milliy qadriyatlar bölimi mudiri sifatida faoliyatimni boşladim. Siz “milliy qadriyatlar bölimi” sözlarini oddiygina öqib ötdingiz. Holbuki, bu nom ona tilimizda çiqayotgan “Sport” gazetasining asosiy vazifasidan olingandi. Demak, bu sözlarni his-hayajonsiz öqib bölmaydi. Özingiz öylab köring, hozir qaysi tahririyatda milliy qadriyatlar bölimi bor? (Hatto, tahririyatlarda sport bölimi ham yöq). Keyin boş muharrir örinbosari, boş muharrirning birinçi örinbosari, boş muharrir vazifasini bajaruvçi vazifalarida 1999 yilgaça xizmat qildim.
“Sport”ning dastlabki sonidan Alpomiş-Barçinoy avlodlarining quvonçlari, taşvişlari va orzu-armonlari gazetaning sahifalariga köçdi. Unutilayozgan xalq öyinlari va milliy sport turlarini tiklaş, turmuş tarzimizga qaytarişdek ezgu işlarga hissamizni qöşdik. Bunday xayrli işlarni amalga oşirişda Abu Ali ibn Sino, Al-Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqşband, Amir Temur, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi şavkatli ajdodlarimiz hayot yöli va hikmatlaridan ibrat oldik. Qurʼoni karim, Hadisi şarifning umrboqiy naqllarini çop etib bordik. Jismoniy kamolotni tarğib etib kelayotgan dostonlarimiz va adiblarimizning asarlariga gazetamiz sahifalaridan keng örin berdik. Bellaşuvlarda kuragi yerga tegmagan Pahlavon Mahmud, Ahmad polvon kabi kuraşçilarimiz töğrisida yozdik. Mustaqil yurtimiz iftixorlariga aylanib borayotgan çempionlarimiz xonadonlariga kirib bordik. Xullas, yurtimizning buyuk kelajagi xalqimizning jismoniy madaniyati yuksalişida, barkamol avlodni tarbiyalaşda, soğlom turmuş tarzida ekanligini his etib işladik, ijod qildik, şirin xayollar surdik.
Oy sayin, yil sayin gazetaning ijodiy jamoasi şakllandi, ulğaydi, voyaga yetdi. 1993 yildan gazetaning “Özbekiston futboli” ilovasini çiqarişga kirişdik. Bizdan ibrat olgan holda boşqa şaharlarimizda ham futbol gazetalari çiqa boşladi. Keyin “Kuraş” jurnali, “Tennis” gazetasini çiqariş yölga qöyildi. Nihoyat, “Sport” telekanali oçildi. Körib turganingizdek, göyo yurtimizda sport tarğiboti joyiga tuşdi. Lekin vaqt ötişi bilan gazetalar bir-bir yopildi. Hatto hozirgi kunda “Sport” gazetasi ham çiqmayapti. Darhol iqtisodiy qiyinçilik yoki internetni bahona qilmaylik. Hozirgi kunda “Erudit sport” va “Inter futbol” gazetalari katta adadlarda çop etilyapti. Gazetalar yopilişining asosiy sababi, yurtimizda sport jurnalistlari tayyorlaş tizimi yaratilmaganida.
Sport jurnalisti deganda, köz oldimizga Safar Ostonov keladi. U ona tilimizda “Sport” gazetasi oçdimi? Oçdi! Gazetaning sahifalariga xalqning dilidagi, tili uçida turgan gaplar olib çiqildimi? Ha! Gazeta elga manzur bölib, adadi oşib bordimi? Ha! Gazetxonlar istaklari inobatga olinib, “Özbekiston futboli” ilovasi çiqarildimi? Ha!.. Demak, gazetaning holati sport jurnalistining bilimiga, mahoratiga, tajribasiga, fidoyiligiga boğliq. Safar Ostonov ham Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatdi. Bu fakultetda sport jurnalisti emas, jurnalist tayyorlanadi. Şu bois u xalqimizning salomatlikka oid bitmas-tuganmas merosini örganişdan taşqari jismoniy madaniyatga bağişlangan rus tilida çiqqan kitoblarni, gazeta-jurnallarni yiğdi. Ularni öqidi, örgandi, olgan bilimi asosida yoşlar gazetasida işlagan davrida bir-biridan qiziqarli, dolzarb mavzularda sportga oid maqolalarini çiqardi. Keyin sportga bağişlangan kitoblarini naşr ettirdi. Xullas, Safar Ostonov hayot universitetida öqib, örganib, sport jurnalisti darajasiga kötarildi.
Jismoniy madaniyat tarğibotining bir qanoti ommaviy axborot vositalari bölsa, ikkinçi qanoti naşriyotdir. Neça yillardan buyon soha fidoyilari “Jismoniy tarbiya va sport” naşriyoti taşkil etilişini orzu qilişadi. Çunki sohaga kerakli bölgan “Jismoniy madaniyat ensiklopediyasi”, “Jismoniy madaniyat sözlari izohli luğati” kabi keng qamrovli kitoblarni şunday naşriyotgina tölaqonli çop ettira oladi. Afsuski, şunday naşriyot hanuzgaça taşkil qilinmadi. Şu bois ötgan yillarda aynan 1999 yili çop etilgan “Özbekiston iftixorlari” va “Yunusobod tennis klubi” kitoblari bilan böylaşadigan sport kitoblari naşr etilmadi. Nega “Jismoniy tarbiya va sport” naşriyoti oçilmadi?.. Sababi, yurtimizda zamon talablari darajasida sport noşirlari tayyorlaş tizimi yaratilmagan (noşir va sport noşiri boşqa-boşqa ekanligini unutmaylik).
Sport noşiri deganda, köz oldimga Soat Musayev keladi. U ham sportga ixlosi baland bölgani uçun umr böyi jismoniy madaniyatga taalluqli voqealarni teran kuzatib, tahlil qilib, hayot universitetida tahsil oldi. Orttirgan bilimi, tajribasi “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyotida işlagan davrida qöl keldi. U jismoniy madaniyatga oid qanday maqolalar tayyorlanişi kerakligini aniq bilardi, şunday maqolalarni özi yozardi yoki mutaxassisiga buyurtma berardi, ularni tahrir qilardi, hatto raqamlarni, dalillarni, nomlarni tuzatardi. “Özbekiston milliy ensiklopediyasi”ning ön ikki jildida jismoniy madaniyatga oid maqolalar pişiq-puxta çiqişida uning xizmatlari beqiyos. Jismoniy madaniyatimizning turli sohalarini qamrab olgan bunday maqolalar ensiklopediyada 400 dan ziyod.
Albatta, sport jurnalisti va noşiri böliş uçun fidoyilik kerak. Biroq yurtimizda sport jurnalisti va noşiri tayyorlaş tizimi zamon talablari darajasida takomillaştirilsa, yanada yaxşi bölardi. Şunday oliy dargohlarda tahsil olgan sport jurnalisti va noşirlarining yangi avlodi “Sport” gazetasini qayta oçardi, “Jismoniy tarbiya va sport” naşriyotini taşkil etardi. Ular tayyorlagan materiallar, çop ettirgan gazeta va kitoblar yurtimizda jismoniy madaniyat tarğibotini yanada yuksaltirardi. Bu xalqimiz salomatligi mustahkamlanişiga, sportçilarimizning olamşumul ğalabalari köpayişiga zamin yaratardi.
Şu örinda atoqli davlat arbobi va yozuvçi Şarof Raşidovning ibratli hikmatini esga olaylik: “Yölning intihosini köray deganlar uni bosib ötişlari lozimdir”. Ha, har birimiz jismoniy madaniyat olamimizga nazar taşlaş bilan kifoyalanmasdan, ularni tahlil qilişimiz, tegişli xulosalar çiqarişimiz va sohani yanada yuksaltiriş çoralarini izlaşimiz darkor. Şundagina jismoniy madaniyat sohasidagi hamma işlarimiz joyida böladi.
Asror MÖMIN,
Özbekistonda xizmat körsatgan
jurnalist.
