Sunʼiy idrok va zamonaviy matbuot: Tajriba va tendensiyalar
Axborot inqilobi XXI asrning eng muhim geosiyosiy va ijtimoiy-huquqiy hodisalaridan biri sifatida insoniyat hayotining barça jabhalarini tubdan özgartirmoqda. Hatto anʼanaviy matbuot bugungi raqamli ekotizimda öz örnini saqlab qoliş uçun SI bilan integratsiyalaşuvga majbur bölmoqda.
Matn asosidagi tahliliy va izçil yondaşuvlar avtomatlaştirilayotgani matbuot tahririyatlarining iş uslubini yangilamoqda. Jumladan, maʼlumotlar tahlili va prediktiv jurnalistika yönalişini olaylik. “Big Data” texnologiyalaridan foydalangan holda SI yuz minglab sahifalarni bir neça soniyada tahlil qilib, auditoriya uçun dolzarb mavzularni aniqlaydi. Şu örinda prediktiv jurnalistika (yoki başorat jurnalistikasi) haqida ham maʼlumot berib ötsak. Jurnalistikaning bu tarmoği sunʼiy intellekt va maʼlumotlar tahliliga asoslangan yangi yönaliş bölib, ötgan voqealar va hozirgi tendensiyalar asosida kelajakdagi ehtimoliy holatlarni sunʼiy intellekt davri oldindan aytib berişga xizmat qiladi. Uning asosiy xususiyatlariga eʼtibor bering.
Maʼlumotlar tahliliga tayanadi. “AI”, “big data”, algoritmlar va statistik modellar yordamida prognozlar beradi.
Faktga asoslangan başorat. Taxminlar his-tuyğular yoki mulohazalargagina emas, tarixiy va real vaqt maʼlumotlariga ham asoslanadi.
Jamoatçilikni ogoh qiliş. Yaqinlaşayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yoki ekologik inqirozlar haqida oldindan xabar beradi.
Çuqur tahlil va model quriş. Voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylari tasvirlanadi.
Misol uçun, AQŞda “The Washington Post” yoki “ProPublica” maʼlumotlariga tayangan holda saylov natijalarini oldindan tahlil qilgan. Buyuk Britaniyada “BBC” migratsiya oqimi va iqlim özgarişining taʼsiri böyiça prediktiv materiallar tayyorlab keladi.
Özbekistonda bu yönaliş endi şakllanmoqda. Aytaylik, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan mavzular asosida siyosiy-ijtimoiy tendensiyalar haqida prognoz berilişi mumkin. Zamonaviy jurnalistikaning bunday funksiyasi qaror qabul qiluvçi (rahbar)lar uçun nihoyatda foydali. Şu bilan birga, u jurnalistikani dolzarblaştiradi, ijtimoiy ong va muhokamani faollaştiradi. Ammo unutmaslik lozimki, bunday başoratlar haqiqatdan yiroq bölişi, manipulyatsiyaga yöl oçişi, axborot xavfsizligi va maʼlumotlar maxfiyligiga putur yetkazişi mumkin.
Matbuot uçun avtomatik kontent yaratiş tizimlari tez rivojlanyapti. “Associated Press” (“AP”) agentligi har yili 3000 dan ortiq moliyaviy hisobotlarni “Wordsmith” dasturi orqali matnga aylantiradi. Bu – inson omilidan xoli, lekin aniq va tez işlaydigan kontent işlab çiqariş modelidir.
Personalizatsiyalangan, yaʼni har bir öquvçining qiziqişiga moslangan kontent işlab çiqiş masalasi ham bugungi jurnalistikaning oldida turgan muhim masalalardan. Eʼtiborlisi, bunday tajriba allaqaçon amaliyotda sinab körildi. “The Washington Post”ning “Heliograf” platformasi foydalanuvçining qiziqiş doirasini aniqlab, unga mos kontentni şakllantiradi. Bu öquvçiga moslaştirilgan jurnalistikani hayotga tatbiq etişda ilk qadamdir. Tahlillarga köra, 2016 yilning özida “Heliograf” yordamida 850 dan ortiq maqola yozilgan.
Matbuotda “faktcheking” va dezinformatsiyaga qarşi kuraş masalasi ham har qaçongidan muhim. SIning asosiy ijtimoiy vazifalardan biri – yolğon xabarlarni aniqlaşda faol iştirok etiş. Britaniyadagi “Full Fact” va AQŞdagi “ClaimReview” kabi platformalar real vaqt rejimida siyosiy va ijtimoiy bayonotlarning faktologik aniqligini tekşiradi.
Zamonaviy matbuot qaysi jihatlari bilan sunʼiy idrok texnologiyalariga uyğunlaşayotgani yoki şunga moyilligi juda muhim jihatlardir. Keling, ularni körib çiqamiz.
Matnga asoslangan kontent. Matbuotda asosiy axborot şakli matn bölgani sababli “Natural Language Processing” (“NLP”) texnologiyalari sohada eng samarali işlaydi. Yaʼni matnni tahlil qiladi, sarlavhalar yaratadi, kalit sözlar tanlaydi va maqolaga qisqaça annotatsiya tayyorlay oladi.
Arxivli xotira. Matbuotda naşrning tarixiy taxlamlari arxivi mavjud, bu örganiş va tahlil qiliş uçun juda foydali. Bu raqamli jurnalistika uçun ulkan tajriba bazasi demakdir. Uzoq muddatli tahlil, retrospektiv monitoring va söz tahlili aynan matbuot arxivlari orqali amalga oşiriladi.
Sohada tahrir va etik çeklovlar masalasi. Matbuot anʼanaviy etik meʼyorlarga sodiqligini saqlagan holda, SIni aynan şu qoidalarga moslaştirgan holda qöllaydi. Algoritmlar jurnalistning örnini bosmaydi, balki uni töldiradi. Tahririyatlar uçun SI bir vosita, lekin jurnalistikaning mohiyatini belgilovçi emas.
Umuman, jahonda SI va matbuot integratsiyasi qanday keçmoqda? Mamlakatlar matbuotida SI texnologiyalarining integratsiyasi ularning iqtisodiy, madaniy va siyosiy şaroitlariga qarab farqlanadi. Aytaylik, “BBC” va “The Guardian” “Juicer” platformasi orqali yangiliklarni avtomatik toifalaş va tahlil qilişni yölga qöygan. “Full Fact” esa real vaqt rejimida faktçeking qiladi. Bu orqali siyosiy çiqişlar va ijtimoiy bayonotlar aniq va tez tekşiriladi.
Germaniyada “Spiegel” va “Die Zeit” öquvçilar xatti-harakatini tahlil qiliş orqali kontentni moslaştiradi. “Deutsche Welle” esa jurnalistlarga SI bilan işlaş etikasi böyiça treninglar ötkazadi.
AQŞda “The New York Times” SIni reklama va maqola tarğibotida faol qöllamoqda. “ProPublica” esa katta hajmdagi hujjatlarni SI orqali tahlil qilib, suriştiruv jurnalistikasini ilgari surmoqda.
Hindistonda “Times of India” va “Dainik Bhaskar” tahririyatlari SI yordamida mintaqaviy tillarda maqolalar yozişni, tarjima va grafik vizualizatsiyani yölga qöydi. Masalan, Hindistonda saylov natijalari grafikalar bilan tezkor taqdim etilgan.
Demak, SI zamonaviy matbuotni soddalaştirmaydi. Aksinça, uning kontentini çuqurlaştiradi va kengaytiradi. Axborot oqimini tezkor boşqariş, fakt işonçliligini oşiriş va auditoriya bilan interaktiv muloqotni taʼminlaşda SI jurnalistikaning muhim vositasiga aylanadi.
“Jurnalistikada sunʼiy intellekt davri” kitobidan.
