Boburşunoslik ilmidagi ayrim muammolar

Bobur toşbitigi.

Muhammad Haydar mirzo qaysi xalq tarixçisi?

Ayrim buyuk zotlarning ilmdagi qismati juda ajoyib böladi. Bobur Andijonda tuğilib ösgan. Ammo boburşunoslik, garçi Özbekistonda XXI asrning dastlabki ön yilligida uzil-kesil şakllangan bölsa-da, özga mintaqalarda, ayniqsa, Ğarb mamlakatlarida XVII-XIX asrlarda rivojlangan.

Boburning bölasi — xolavaççasi, taniqli örta asr tarixçisi Muhammad Haydar mirzo Ayoziy hozirgi Tojikiston Respublikasining Öratepa (Istaravşan) şahrida dunyoga kelgan. Hayotining ön töqqiz yili Uyğuristonda, ön sakkiz yili esa Hindistonda ötgan. Hozir u “Qozoq tarixşunosligining Gerodoti” deb eʼtirof etiladi (Abdusattor Derbisali, filologiya fanlari doktori, professor). Qozoğiston Respublikasida Muhammad Haydar mirzo nomidagi universitet (Taroz şahrida), köçalar va maktablar mavjud. Taroz şahrida Muhammad Haydar mirzo hayoti va ijodini örganiş markazi faoliyat körsatadi. Qozoğistonda Muhammad Haydar mirzo haqida yuzga yaqin monografiya va risolalar, mingga yaqin ilmiy maqolalar yozilgan. Bu holatlar Bobur va Muhammad Haydar mirzoning baxti va saodatidir.

Uluğ zotlarni boşqa bir xalq olimlari uluğlab, ular haqida kitoblar yozar ekan, tan olib, özlaştirar ekan, buning nimasi yomon?

Yurtimizda Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Raşidiy” asarini birinçi bölib rus tiliga tarjima qildik (1996 yil). Uning “Jahonnoma” dostoni ilk bor 1999 yilda naşr etildi. Keyinçalik u hozirgi özbek tiliga ham tarjima qilindi (2010), şuningdek, uyğur tilida naşr etildi (2011). Bobur nomli xalqaro jamoat fondi “Muhammad Haydar mirzoning jahon madaniyati tarixidagi örni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazdi. Unda öndan ortiq mamlakatdan olimlar iştirok etdi. Anjumanga taqdim etilgan maqola va maʼruzalar töplami özbek va ingliz tillarida naşr etildi.

Biz quyida boburşunoslikdagi haqiqat va ayrim yolğon maʼlumotlarga ilmiy jamoatçilik eʼtiborini jalb etmoqçimiz. Avvalo, “Boburnoma”dagi ayrim matnlarga aniqlik kiritişga oid fikrlarni aytib ötmoqçimiz.

Boburning maşhur toşbitigi qaçon yozilgan?

“Boburnoma”da muallifning özi qayd etgan toşbitik yozilişi tarixi hijriy 906 yil voqealarida keltirilgan. Matn tabdili quyidagiça: “Obburdondon quyiroqda bir çaşma bölib, bu çaşma tepasida bir mozor turibdi. Uşbu çaşmadan yuqorisi Masçoga qaraşli, quyisi esa Palğarga taalluqlidir. Uşbu çaşma boşida, uning yoqasidagi toşga uşbu uç baytni öyib yozdim:

Şunidam, ki Jamşedi farruxsirişt,

Ba sarçaşmaye bar sange navişt:

“Bar in çaşma çun mo base dam zadand,

Biraftand to çaşm barham zadand.

Giriftem olam bo mardiyu zör,

Va lekin naburdem bo xud ba ğör”.

Mazmuni:

Eşitganim borki, Jamşiddek nomdor

Boşbuloq toşiga yozdirdi yodgor:

“Bu buloq boşida köplar tin oldi,

Köz yumib-oçgunça yitdi — yöqoldi.

Mardligu zörlik-la olamni oldik,

Lekin qabristonga quruq yöl soldik”.

 

Bu toğli maskanda toşga öyib bayt va nasrlar bitiş odatdir”.

Uşbu maʼlumot milodiy 1502 yilga töğri keladi. Saʼdiy Şeroziyning “Böston” asaridan olingan mazkur uç baytning oldingi ikki bayti Şarafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida Amir Temurning Uluğ Toğdagi toşbitigi haqidagi maʼlumotlar sahifasida keltirilganini tarixçilar yaxşi biladilar. Biz bu gapni Sohibqiron Amir Temur va Bobur toşbitiklaridagi aloqadorlikka işora qiliş uçun ataylab eslatdik, xolos.

Bobur nomli xalqaro ilmiy ekspeditsiya 2009 yil sentyabr-oktyabr oylarida Qirğiziston, Tojikiston, Afğoniston yönalişidagi safari payti Obburdon kentida bölib, Zahiriddin Muhammad Bobur qadamjolari va uning toşbitiklarini izlaş, topiş va örganiş bilan maşğul böldi. Jumladan, Obburdonning Şamtiç qişloğidagi “Durust” qabristonidan Boburning toşdagi dastxatini topişga ham muvaffaq bölindi. Toşbitikdagi Bobur yozuvi:

Kofiro, mardumşikoro,

yak zamon ohistatar,

Ki ohui beçoraro tob-i tiri turkon nest.

Va kotibning qaydi:

In kitobai miram Boburxon.

Xalladallohu mulkahu va sultonahu.

Mazmuni:

“Ey kofir, ey odam ovçisi!

Bir lahza şoşma.

Şörlik ohu turk öqiga

bardoş bera olmaydi.

Bu amirim Boburxonning bitiklaridir.

Alloh uning mamlakati va

sultonligini abadiy qilsin”.

Ekspeditsiya aʼzolari köp izlanişlardan söng Boburga taalluqli yana törtta toşbitik 1953 yilda tarixçi Ahror Muxtorov va uning akasi Mirhaydar tomonidan poytaxtga olib ketilgani haqida maʼlumot oldik. Söng Duşanbe şahridagi Tojikiston xalqlari qadimiy sanʼati muzeyi (arxeologiya muzeyi)da saqlanayotgan bitiktoşlarni örganişga muvaffaq böldik. Biz uçun eng muhimi maşhur Bobur toşbitigi edi. Uni turli tomonlardan suratga oldik, sinçiklab örgandik va hayratda qoldik. Çunki toşbitik ostidagi tarixiy sana “Boburnoma”da keltirilganidek 907 (1502) yil emas, balki 917 (1512) yil edi. Uşbu tarixiy sanalardagi farq köp narsalarni qayta körib çiqişni taqozo etadi:

Birinçidan, Bobur qöli bilan yozilgan toşdagi maʼlumot kitobdagidan ön yilga farq qilmoqda. Qaysi biri haqiqat? Kitobdagi sanami yoki toşdagisi? Har holda, mantiq va haqiqat toşdagi tarixiy sana tomonida. Çunki toşda Boburning öz dastxati bor, kitob esa boşqa kotib dastxati bilan bitilgan.

Ikkinçidan, köplab boburşunoslar bilib-bilmay “Boburnoma”ni Bobur taxtga çiqqan yildan boşlab kundalik tarzda yozib borgan, degan notöğri fikrni ilmiy maʼlumot sifatida qayd etib kelganlar. Buni mazkur toşbitikdagi sana rad etmoqda. Çunki “Boburnoma” 1525 yildan yozila boşlangan. Muallif esa sakkiz yil ötgaç yozgan asarida toşbitik sanasini körsatişda ön yilga yanglişgan. Ehtimol, “Boburnoma” yozilayotgan paytda kuçli jala vaqtida şamol uning varaqlarini tözğitib, sahifalar nuqsonli yiğilgandir. “Boburnoma”ning Hindistonda yozilganiga yana bir aniq dalil bor: asarning “Farğona” qismida ham masofa va vaqt tuşunçalariga oid köplab istilohlar hindça ekani kuzatiladi.

Bobur Muhammad haydarni qayerga jönatgan?

Endi “Boburnoma”dagi yana bir maʼlumotni eslaylik. Bobur Muhammad Haydar mirzoni Kobulga Qalʼai Zafardan çaqirtirib olib, uç-tört yil tarbiyalaydi. Samarqandni uçinçi marta olganida Boburning jiyani, Haydar mirzoning poççasi Sulton Saidxon iltimosiga köra xolavaççasi Muhammad Haydar mirzoni (agar asarga işonsak) Koşğarga jönatadi. “Öğul Haydar mirzo edi. Otasini özbak ölturğondin söng kelib, mening mulozamatimda uç-tört yil böldi. Söngra ijozat tilab, Koşğarga xon qoşiğa bordi”. (“Boburnoma”, 2002, 39-bet) Aslida-çi?

1512 yilda Said Muhammad boşçiligidagi möğullar Andijondan daşt özbaklari — şayboniylarni quvib çiqarib, Boburni Andijonga taklif qiladilar. Bobur Andijonni Sulton Saidxonga bağişlab, uni xon qilib yuborgan edi. “Şoh Ismoil Şayboniyxonni Marvda olğonda, Qunduzğakim öttum, Andijon viloyati mening sori boqib, baʼzi doruğalarini qavlab, baʼzi yerlarini berkitib, manga kişi yibordilar. Men Sulton Saʼidxonğa bori navkarlarimni topşurub, kömak qöşub, zodu bud Andijon viloyatini bağişlab, xon qilib yibordim. (“Boburnoma”, 2002, 151-bet).

Ubaydullaxon Turkistonga qoçib ketganida uning xotini Habiba Sulton Xoniş (Muhammad Haydarning opasi) köçada qolgan edi. Said Muhammad (Xonişning amakisi) uni topib, Andijonga olib kelib, Sulton Saidxonga nikohlab bergan edi.

Habiba Sulton Xonişning iltimosiga köra, Sulton Saidxon Muhammad Haydarni Andijonga çaqirtirib olgan edi. Ana şu fakt ham Boburning Muhammad Haydarni “Koşğarga jönatgani” haqidagi maʼlumotning haqiqatga töğri kelmasligini, şuningdek, “Boburnoma”ning kundaliklar şaklida har yili yozilmaganini, balki Hindistonda yozilganini tasdiqlaydi. Çunki asar Haydar mirzo jönab ketganidan 14 yil keyin yozilgan. Zero, Muhammad Haydar Samarqanddan Andijonga kelib (1512 yil), ikki yildan söng, 1514 yilda Sulton Saidxon bilan birga Koşğarga harbiy yurişga otlangan edi.

Yangi şahri Ötrormi yoki tarozkentmi?

Endi kotiblar aybi bilan sodir etilgan ilmiy va faktologik nuqsonlarni muşohada qilamiz. “Boburnoma”ning ilmda örganilgan va dunyoning 30 ga yaqin tiliga tarjima qilingan barça nusxalarida Yangi şahri Ötror sifatida qayd etilgan. Asarning ilmiy matnida ham (Eyji Mano), Özbekistondagi Porso Şamsiyev naşrlari va tabdillarida ham (V.Rahmonov va K.Mullaxöjayeva), rusça tarjimasida ham (M.A.Salve) şu hol kuzatiladi.

Gap şundaki, Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Raşidiy” asarida Yangi şahri Taroz şahrining keyingi nomi ekani aniq taʼkidlangan. Bobur kiçik xon Sulton Ahmadxonni Saryomda kutib olgan ekan, uning yonida joylaşgan Yangi şahri (Taroz)ni bilmasligi mumkin emas. Demak, “Boburnoma” nusxalaridagi yuqoridagi maʼlumotlarning xatoligi kotiblar sababli yuzaga kelgan. Bu haqiqatni tarozliklar va barça tarixçilar yaxşi biladi. Biroq hozirgaça köplab “Boburnoma” qölyozmasi yoki tarjimasida bu haqiqat oçiq qayd etilmagan edi. Ustoz matnşunos Porso Şamsiyev köçirgan “Boburnoma”ning 1989 yilgi naşridagina Yangi şahri Tarozkent ekanligi aniq yozilgan: “Agarçi burun şahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangikim, kutublarda Tarozkent bitirlar” (“Boburnoma”, 1989 yil, “Yulduzça” naşriyoti, 5-bet).

2017 yili Bobur nomli xalqaro jamoat fondi “Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati tarixida tutgan örni” mavzusida xalqaro anjuman ötkazdi. Unda öndan ortiq xorijiy mamlakatdan olimlar iştirok etdi. Fond rayosati taklifiga köra, Bokudagi Bobur xalqaro jamoat fondi bölimi mudiri, professor Almaz xonim Binnatova fondga AQŞning Merilend ştati, Baltimor şahrida joylaşgan Volters muzeyida saqlanayotgan “Boburnoma”ning bir nusxasini taqdim etdi. Fond rayosati uşbu nusxa bilan tanişdi va aynan şu qölyozma orqali “Boburnoma”dagi kotiblar tomonidan yöl qöyilgan juda köplab nuqsonlarni bartaraf etiş mumkin ekani ayon böldi. Jumladan, “Boburnoma”ning Baltimor nusxasida asardagi “Ötror” sözi örnida Yangi şahar izohida “Tarozkent” deb aniq yozib qöyilgan.

Samarqandning ikkinçi marta olinişi kimning ruhiy homiyligida bölgan?

“Boburnoma”ning ilmiy matni, naşrlari hamda tarjimalarida Boburning Samarqandni ikkinçi marta olişi Xoja Ubaydulloh Ahrorning ruhiy madadi tufayli sodir bölgani qayd etilgan.

“Töqqiz yuz oltinçi (1500-1501) yil voqealari:

Nöyon kökaldoş dedi:

— Ön tört kunda olgaymiz.

Tangri töğri keltirdi: roppa-rosa ön tört kundayoq Samarqandni oldik.

Öşa fursatda ajoyib tuş kördim. Tuş körsam, hazrati Xoja Ubaydulloh kelmişlar. Men istiqbollariga çiqibman. Xoja kelib ötirdilar. Xojaning oldilariga biroz oddiyroq dasturxon solişibdi. Bu sababdan hazratga biroz malol kelganmiş. Mullo Bobo men sari boqib işora qildi. Men ham imo-işora bilan dedimki, bu işda mening aybim yöq, dasturxon soluvçi xato qilibdi. Xoja buni fahmlab, bu uzrni qabul qildilar. Örinlaridan turdilar. Kuzatib çiqdim. Uşbu uyning dahlizida öng qölimdan yoki çap qölimdan tutib şunday kötardilarki, bir oyoğim yerdan uzildi. Turkiy özbek tilida dedilar: “Şayx maslahat berdi”. Öşa bir neça kun içidayoq Samarqandni oldim”. (“Boburnoma”, “Öqituvçi” naşriyoti, 2018 yil, 146-bet).

Biroq “Boburnoma”ning Baltimor nusxasida Xoja Ubaydulloh Ahrorga nisbat berilgan sözlar aynan quyidagiça keltirilgan: “Şayx Muslihiddin berdi”.

Maʼlumki, bu yurişga Bobur Xöjand şahridan yölga çiqqan va uşbu şaharda joylaşgan maşhur avliyo Şayx Muslihiddin maqbarasi hozir ham avvalgidek maşhurdir. Demak, Boburning tuşiga köra, Samarqandning ikkinçi marta olinişida Şayx Muslihiddin Xöjandiy ruhoniyati madadkor bölgan.

Vahob RAHMONOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan

madaniyat xodimi,

“Mehnat şuhrati” ordeni,

Xalqaro Bobur mukofoti sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan