Tagsarlavha
Tagsarlavha öşa davrda onda-sonda qöllanilgan bölsa ham, milliy matbuotimiz sahifalarida uni ötgan asrning oxirgi 20 yili davomida Samarqand jurnalistika maktabi vakili, taniqli hamkasbimiz, ustoz Ahmadjon Muxtorov köproq ommalaştirgan degan fikrdaman. Oçiği, bir qator gazetalar taxlamlarini közdan keçirgaç, menda şunday fikr paydo böldi. Sözimni isbotlaş uçun bitta misol keltiraman. 1982 yilda boş muharrir meni tumanga tezkorlik bilan material tayyorlaş uçun jönatdi. Maxsus işçi guruh ğöza parvarişini nazorat qilganda u yerda xöjasizlikka duç kelgan. Kamina borib ahvolni örgandim, material qildim va maqola nomerga ketadigan böldi. Şunda boş muharrir tanqidiy maqolam sarlavhasini özgartirib, “Töğri yölni qöyib, teskari yurganlar yoxud saratonda ğöza parvarişini barbod qilayotganlar” deb sarlavha qöydi. Yaşirib ötirmayman, öşanda Ahmadjon aka öylab topgan sarlavha bilan tagsarlavhani maqolamdan ustun qöyganman.
Faqat bugina emas, gazetamizda har ikkita maqolaning bittasi tegişli tagsarlavha bilan berilardi va bu arxivdagi taxlamlarda turibdi. Işonçingizni mustahkamlaş uçun “Zarafşon” (sobiq “Lenin yöli”) gazetasining 1988 yildagi sonlaridan quyidagi sarlavha va tagsarlavhalarni keltirib ötmoqçiman:
“Tarbiya gurungi // ateistik tarğibotni uyuştiriş yöllaridan biri haqida mulohaza”. “Kel, bağrimga bosay, qadrdonim // şöraviy Sovet afğon döstligidan bir lavha”. “Taşabbus qöllab-quvvatlansa va keng yoyilsa // yoki dukkakli don ekinlarini pudrat usulida ekişni taşkil qilgan sovetobodlik dehqonlar yölida töğonoq bölayotgan muammolar xususida”. “Pentagonning sandiğidan // AQŞning Afrikadagi qallobligi”. “Tartibsizlik nimadan boşlanadi? // Avtomobil transporti işi bugungi talabga mutlaqo javob bermayapti”. “Köza sindirgan azizmi? // Yoki Bolşevik rayonidagi Samarqand sovxozi direktori X.Mustayevning buyruqbozlik uslubi”. “Hamdard köpu dard arimaydi // yoki inson taqdiriga befarqlik, arznomalarga yuzaki yondaşiş oqibati”.
Sir emas, öşa davrda Moskva va Toşkentda çiqadigan gazetalarda ham tagsarlavha juda kam qöyilardi. Bu uslub “Trud” va “Argumentы i faktы” gazetalarida köp işlatilardi.
1990 yilda kamina “Özbekiston ovozi” gazetasining Samarqand viloyati muxbiri bölib işga kirdim. Esimda, qança maqola yuborsam ham çop etilişda tagsarlavhasiz çiqib ketardi. Bitta “Özbekiston ovozi” emas, boşqa gazetalarimizda ham tagsarlavha deyarli qöyilmasdi. Keyinçalik özim tahririyatga borib, hamkasblarim, tegişli bölim mudirlari bilan suhbatlaşib, fikrimni tuşuntirib, yozgan tagsarlavhalarimni qoldirişga erişganman. Şundan söng “Tergovçining xatosi nima sababdan röy beradi? // Uning bölmasligi mumkinmi?” (1991 yil 4 sentyabr), “Çorrahadagi çiroqlar // davlat avtoinspeksiyasiga xalaqit berayotgan muammolar xususida” (1991 yil 6 fevral) kabi sarlavha va tagsarlavhali maqolalarim çop etildi.
Har qalay, öşandan keyin boşqa muxbirlarning ham ayrim maqolalari tagsarlavha bilan çiqadigan böldi.
Umuman, tajriba şuni körsatyaptiki, tagsarlavha avvalambor sarlavhadagi maqsadni aniqlaşda, hatto uslubni oydinlaştirişda ham katta ahamiyatga ega. Eʼtibor qilganmisiz, agar sarlavha bilan tagsarlavhani ayon, mukammal qöya olsangiz, maqolani yozişda qiynalmaysiz.
Tagsarlavha har bir yönalişdagi maqolada öziga xos vazifani bajaradi. Kamina özim yozgan maqolalarni nazarda tutganligim uçun ham şaxsiy tajribamni örtaga taşlayapman. Bu jarayon, albatta, boşqalarda boşqaça keçişi mumkin.
Birinçidan, tagsarlavha gazetxonni muşohadaga çorlaydi. Misol uçun, “Turkiston” (sobiq “Yoş leninçi”) gazetasining 1986 yil 18 dekabrdagi sonida bosilgan “Ming eşikka sarğayib // yoki oqquş, çörtanbaliq va qisqiçbaqa haqidagi masalga yangiça qiyos” maqolamda bilim yurtida kasb örgangan yoşlarning öz yönalişi böyiça iş topişi muammosi kötarilgan. “Özbekiston ovozi” gazetasining 1990 yil 27 oktyabrdagi sonida çiqqan “Arzimni aytay bodi saboğa // yoki Samarqand huriliqosi nima uçun öz oşiqlarining sevgisini rad etganligi xususida zamonaviy ertak” maqolamda rahbarlar aybi bilan yuzaga kelgan ekologik muammolarga eʼtibor qaratilgan. Şu gazetaning 1992 yil 25 sentyabrdagi sonida esa kamina “Qadriyatlari sarbalandmi? // Keling, yaxşisi, bu savolga javob beriş uçun turmuş muammolari xususida andak mulohaza yuritaylik” sarlavhali materialda öquvçini umuminsoniy qadriyatlar himoyasiga daʼvat etganman.
Tagsarlavhaning yana bir vazifasi bu real nomutanosiblik yoki kamçilikka fikrni qarata olişdir. “Tekinxörlikmi yoki muttahamlik? // Hammaning joniga tekkan, lekin aralaşişni istamaydigan “nozik masala” xususida” (“Zarafşon”, 2008 yil 18 sentyabr), “Qalamning kuçi // yoxud halol non hikmati xususida” (“Maʼrifat” gazetasi, 2005 yil, 27 avgust), “Manfaatning mezoni nima? // Maʼnaviy qoniqişmi yoki moddiy neʼmat?” (“Hurriyat”, 2002 yil 11 oktyabr) kabi maqolalarda ruhiyatimizdagi holatlar haqida mulohazalar yuritilgan.
Kaminaning anglaşiça, tagsarlavhaning yana bir vazifasi, bu — joylardagi qusurlarga mutasaddilarning eʼtiborini jalb qilişdir. Bu fikrga “Kiçik korxona soğin sigirmi? // Samarqand viloyatida işbilarmonlik töğrisidagi qonunlar qöpol tarzda buzilayotir” (“Özbekiston ovozi”, 1992 yil 9 iyun), “Işdan böşatilsin // ana şunday sözlar bilan tugagan buyruqlarning 70 foizdan köproği ğayriqonuniy deb topilyapti” (“Özbekiston ovozi”, 1991 yil 10 oktyabr), “Kofirqalʼa keçirarmikan? // Yoki VIII asrdan beri Darğom kanali böyida sukut saqlab kelayotgan yodgorlik va unga salbiy munosabat haqida” (“Özbekiston ovozi”, 1992 yil oktyabr), “Abulqosim bobo nega tajang? // Yoxud Samarqandda olti yildan beri davom etib kelayotgan bir uy-joy maşmaşasi” (“Özbekiston ovozi”, 1993 yil 6 may), “Taloq qildingmi, uy ham topib ber // yoki er-xotin örtasidagi bir uy-joy janjali haqida” (“Özbekiston ovozi, 1993 yil 23 iyun) kabi maqolalar misol böla oladi.
Tagsarlavha, tabiiyki, axborot yoki yangilikni şarhlaşga ham xizmat qiladi. Bunday yönalişda yozgan maqolalarimdan biri “Oqsoqollar va beminnat homiylar // Samarqand viloyatida taʼlim işini jonlantirişga kömak bermoqda” (“Xalq sözi”, 2002 yil 8 may) maqolamni misol keltirişim mumkin.
Tagsarlavha bugun ommalaşib, şakllanib ulgurdi. “Işonç”, “XXI asr”, “Yangi Özbekiston”, “Hurriyat” gazetalarida biz uning nihoyatda çiroyli loyihalarini köryapmiz.
Şu sababli yoş hamkasblarimga bu uslubdan doimo foydalanişni tavsiya qilaman. Albatta, bunga birinçi bölib özim amal qilaman. Ayniqsa, tagsarlavhalarda xalq maqollari, iboralaridan, badiiy asarlardagi turli taşbehlardan foydalaniş öquvçining maqolaga eʼtiborini tortiş barobarida muallif bilimi va iqtidorini ham namoyon etadi.
Farmon TOŞEV,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist,
“Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari boş muharriri.
