Yozyovon Yangi Özbekistonning obod göşasiga aylanmoqda
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev şu yil 27-28 aprel kunlari Farğona viloyatiga qilgan safari davomida Qöqon şahridagi Yangi Özbekiston massividagi bunyodkorlik işlari, Marğilon şahridagi Burhoniddin Marğinoniy majmuasi, Quvasoy şahridagi sanoat korxonalari, Quva tumanidagi Karkidon suv ombori atrofidagi barpo qilingan dam oliş maskanlari, qişloq xöjaligida qöşimça qiymat hosil qiliş böyiça loyihalar faoliyati bilan tanişdi. Ayniqsa, “Neftçi” jamoasi aʼzolari, futbol akademiyasi tarbiyalanuvçilari bilan uçraşuvi tarixiy böldi.
Prezidentimiz viloyat faollari bilan bölgan uçraşuvida Yozyovon tumaniga ham alohida eʼtibor qaratib, tumanning sanoat, eksport va servis, qişloq xöjaligida past örinlarda ekanligini taʼkidlab, bu yil tumanga tadbirkorlik infratuzilmasi uçun byudjetdan 30 milliard söm berilayotgani, birinçi çorakda tumanda yana 5,5 milliard söm qöşimça mablağ qolganini alohida taʼkidladi.
Şuni taʼkidlaş joizki, Yozyovondagi özgarişlar va imkoniyatlar sunʼiy intellekt yordamida örganilganda, vodiy markazida joylaşgan, xomaşyo resursi çeklangan mazkur tumanda asosiy eʼtiborni logistikaga qaratiş kerakligi maʼlum böldi.
A-373 magistral yölining Yozyovondan ötgan 35 kilometr qismidan kuniga 30 ming transport qatnaydi. Tumanda logistika markazlari va yirik omborlar köpaysa, yöl böyida mehmonxona, yoqilği şoxobçasi va ovqatlaniş joylariga talab ikki karra oşadi.
Yiğilişda sözga çiqqan Yozyovon tumani hokimi Dilşodjon Djalilovga logistikani Yozyovonning “drayver”iga aylantiriş orqali servis, sanoat va qişloq xöjaligini ham rivojlantiriş, tuman iqtisodiyotidagi aylanmani yana 1 trillion sömga oşiriş vazifasi topşirildi.
Prezident topşiriği böyiça tumanda qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, A-373 xalqaro yöli böyida 24,7 gektar qişloq xöjaligi yerlarining toifasi özgartirilib, işlab çiqariş, servis xizmat körsatiş böyiça kiçik sanoat zonasi taşkil etildi. Ayni paytda mazkur sanoat zonasiga xitoylik investorlarni jalb qilgan holda baliq va çorva yemi işlab çiqaruvçi korxona, kabel, metallni qayta işlaş, elektrobus maşinalar zavodlari qurilişi boşlab yuborilgan.
Bu korxonalarning barçasi yil oxirigaça işga tuşiriladi va kamida mingta yangi iş örni yaratiladi. Bu yangi iş örinlari va boşqa resurslar hisobiga Yozyovon tumanini kambağallikdan xoli hududga aylantiriş rejalaştirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan Farğona, Yozyovon, Quva va Özbekiston tumanlarida 7 ming 400 gektar paxta-ğalla maydonini qisqartiriş taklifi qöllab-quvvatlangani katta imkoniyatlar eşigini oçib beryapti.
Şundan bu yil Yozyovonda 1 ming 800 gektarda isteʼmol va uruğlik uçun çöl şaroitiga mos yuqori hosilli şoli plantatsiyalarini barpo etiş muhimligi qayd etildi.
Yozyovonda şoliçilik maktabini işga tuşirib, sinov tarzida 100 gektar kölning suv yuzasida kassetali usulda organik şoli yetiştirişni boşlaş topşirildi.
Prezidentimizning bu topşiriqlari böyiça ham keng qamrovli işlar boşlab yuborilgan.
Yozyovon tumanining taşkil topganiga 75 yil bölyapti. 70 yil tumanda ikki qavatdan yuqori uy qurilmagan. Mana, bugun yozyovonliklar şaharlardagidek 5-7 qavatli, zamonaviy uylarda yaşaşyapti.
Gözal Farğona viloyatining ertasi yanada yoruğ, nurli bölajak. Şuningdek, Yozyovonga ham Prezidentimizning eʼtibori tuşdi. Zero, tumanga bugungiday eʼtibor heç qaçon bölmaganini uluğ yoşli nuroniylarimiz ham eʼtirof etişmoqda. Kaminaning köp yillik (37 yil) jurnalistik faoliyatim ana şu tuman gazetasida ötyapti. Bir paytlar “çöl rayoni” deya atalgan Yozyovon bunyodkorlik, sanoatlaştiriş böyiça şaharlardan qolmaydigan, ozod va obod, Yangi Özbekiston qiyofasidagi tumanga aylanmoqda.
Bunday eʼtibordan yozyovonliklarning ham quvonçi çeksiz. Axir Yurtboşimizning ğamxörligi, yuksak eʼtibori tufayli Yozyovon Yangi Özbekistonning eng ilğor, eng obod göşasiga aylanib bormoqda.
Azimjon XUDOYQULOV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
