Leya Gutierres: Özbekiston investorlar uçun tobora jozibador bölib bormoqda

Özbekiston OTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik va strategik ahamiyatga ega hamkorlaridan biri bölib qolmoqda va bu hamkorlik barqaror hamda inklyuziv rivojlanişga bölgan umumiy sodiqlikka asoslanadi.

Samarqandda bölib ötayotgan Osiyo taraqqiyot bankining 59 yillik yiğilişi arafasida bankning Markaziy va Ğarbiy Osiyo departamenti boş direktori Leya Gutierres “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.

– Samarqand OTB Boşqaruvçilar kengaşining 59 yillik yiğilişiga mezbonlik qilmoqda. Nima uçun Özbekiston bankning bunday muhim tadbiriga mezbon mamlakat sifatida tanlanganini tuşuntirib bera olasizmi?

– Özbekistonni tanlaş Boşqaruvçilar kengaşining qarori bilan boğliq edi. Bu, Özbekiston hukumatining uşbu tadbirni Samarqandda ötkaziş taklifiga javob böldi va bank bilan mustahkam hamkorlikni aks ettiradi.

Sönggi yillarda Özbekiston OTBning mintaqadagi eng faol va strategik muhim hamkorlaridan biriga aylandi. Maʼlumki, mamlakatda barqaror ösiş, mintaqaviy boğliqlikni rivojlantiriş, inson kapitali va iqlim özgarişiga çidamlilikni oşirişga alohida eʼtibor qaratgan holda keng kölamli islohotlar, jumladan, institutsional özgarişlar amalga oşirilmoqda.

Uşbu yönalişlarning barçasi OTBning ustuvor yönalişlariga töliq mos keladi. Bundan taşqari, operatsion nuqtai nazardan Özbekiston bunday miqyosdagi tadbirni ötkazişga, infratuzilmani rivojlantiriş, logistikani taşkil etiş, xavfsizlikni taʼminlaş va samarali idoralar­aro muvofiqlaştirişga yuqori tayyorligini namoyiş etdi.

Eng muhimi, mamlakat hukumati har yilgi yiğilişni Özbekistonda ötkazişga yuqori darajadagi siyosiy sodiqlikni namoyiş etdi.

– Özbekiston OTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkorlaridan biri bölib qolmoqda. Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yönalişlari nimalardan iborat? Şuningdek, iloji bölsa, Özbekistonni investitsiyalar uçun nimalar jozibador qilişi haqida gapirib bersangiz.

– Özbekiston OTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik va strategik ahamiyatga ega hamkorlaridan biri bölib qolmoqda va bu hamkorlik barqaror hamda inklyuziv rivojlanişga bölgan umumiy sodiqlikka asoslanadi. OTB va Özbekiston örtasidagi hamkorlik 2024–2026 yillarga möljallangan mamlakat bilan hamkorlik strategiyasida mustahkamlangan.

Asosiy ustuvor yönalişlarga inson kapitalini jalb etiş, iqlim özgarişlariga çidamlilikni oşiriş, davlat xizmatlari sifati va samaradorligini oşiriş kiradi. Özbekistonning investitsion jozibadorligiga kelsak, u qator kuçli fundamental omillarga tayanadi.

Mamlakatning katta qismi yoşlardan iborat, ularning köpçiligi 30 yoşdan kiçik. Bundan taşqari, Özbekiston Markaziy Osiyoning qoq markazida joylaşgan bölib, energetika, transport va sanoat kabi turli sohalarda salmoqli salohiyatga ega.

Sönggi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli iqtisodiy islohotlar tartibga soliş muhitini yaxşilaş, iqtisodiyotning oçiqligini oşiriş va investorlar işonçini mustahkamlaşga xizmat qildi. Aynan şu jihat Özbekistonni investitsiyalar uçun alohida jozibador qiladi.

– Özbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi muhim transport-logistika tuguni hisoblanadi. OTB yaqin yillarda qaysi mintaqaviy infratuzilma loyihalarini eng istiqbolli deb hisoblaydi?

– Biz uçun Özbekiston Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo, şuningdek, Kavkaz va ğarbiy yönalişlar bilan boğlaydigan transport-logistika markazi sifatida muhim rol öynaydi. Mintaqaviy boğliqlik OTBning mamlakatdagi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Agar eng istiqbolli mintaqaviy infratuzilma taşabbuslari haqida gapiradigan bölsak, bular, avvalo, Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi – CAREC doirasidagi loyihalardir. CAREC doirasida savdoni kengaytiriş, sayohat vaqtini qisqartiriş va transçegaraviy aloqalarning barqarorligini oşirişga yordam beradigan transport yölaklarini rivojlantiriş va modernizatsiya qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bunday loyihalardan biri CAREC-2 avtomobil yölagini rivojlantirişdir. Xususan, Özbekiston Ğarbidagi Buxoro va Nukus örtasidagi A-380 avtomobil yölining muhim qismini rekonstruksiya qilişni nazarda tutuvçi barqarorlikni oşiriş va modernizatsiya qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda.

Uşbu hudud strategik ahamiyatga ega, çunki CAREC-2 yölagi Özbekistonni Qozoğiston, Turkmaniston, Afğoniston va undan keyin Janubiy Osiyo, Kaspiy mintaqasi, jumladan, Örta yölak deb nomlanuvçi Transkaspiy yönalişi bilan boğlaydi.

Şuni taʼkidlaş kerakki, uşbu loyiha yölni oddiy rekonstruksiya qiliş doirasidan taşqarida. U iqlimga çidamli muhandislik yeçimlari, aqlli transport tizimlari, harakat va öq yuklamasini boşqarişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etişni öz içiga oladi. Bularning barçasi ösib borayotgan savdo oqimlari va iqlim muammolari şaroitida yölakning işonçliligi va samaradorligini taʼminlaydi.

– Markaziy Osiyo iqlim özgarişi oqibatlariga eng köp taʼsir körsatadigan mintaqalar qatoriga kiradi. OTB Özbekistonda qanday iqlim loyihalarini amalga oşirişni yoki kengaytirişni rejalaştirmoqda?

– Darhaqiqat, Markaziy Osiyo iqlim özgarişi oqibatlariga eng köp taʼsir körsatuvçi mintaqalardan biridir. Gap haroratning kötarilişi, suv resurslari taqçilligining kuçayişi va ekstremal ob-havo hodisalarining köpayişi haqida bormoqda. Şu munosabat bilan iqlim muammolarini hal qiliş OTBning Özbekistondagi faoliyatining asosiy ustuvor yönalişlaridan biridir.

Iqlim özgarişini qöllab-quvvatlaşda taʼsirlarni yumşatiş va moslaşişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yumşatiş çoralari doirasida OTB qayta tiklanadigan energiya, jumladan, quyoş va şamol energiyasi loyihalariga sarmoya kiritişni kengaytirmoqda. Şuningdek, energiya samaradorligini oşirişga kömaklaşilmoqda. Bu çora-tadbirlar bir vaqtning özida mamlakatning energetika xavfsizligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Quyoş va şamol energetikasi böyiça yirik loyihalarni amalga oşiriş bilan birga, elektr tarmoqlari samaradorligini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan töliq foydalaniş uçun işonçli va barqaror energiya tizimi zarur bölib, bu borada ham faol işlar olib borilmoqda.

Iqlim özgarişlariga moslaşiş ham muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini boşqariş, qişloq xöjaligi va şaharlarni rivojlantiriş sohalarida barqarorlikni oşirişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda. Xususan, suğoriş tizimlarini modernizatsiya qiliş, suv toşqinlaridan himoyani kuçaytiriş, transport va kommunal infratuzilmaga iqlimga çidamli yeçimlarni joriy etiş şular jumlasidan.

Bundan taşqari, OTB Özbekiston hukumati bilan iqlimga yönaltirilgan rejalaştiriş va institutsional rivojlanişni takomillaştiriş böyiça hamkorlik qilmoqda.

– OTB anʼanaviy ravişda inson kapitalini rivojlantirişni qöllab–quvvatlab keladi. Özbekistonda yaqin yillarda taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar sohasida qanday loyihalarni amalga oşiriş mumkin?

– Özbekistonda aholining yarmidan köpi 30 yoşgaça. Bu inklyuziv va uzoq muddatli ösişni taʼminlaş uçun taʼlim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarga sarmoya kiritişni talab qiladi. Bunday demografik tuzilma “demografik dividend” deb ataladi va mamlakat kelajagi uçun katta imkoniyatlar eşigini oçadi.

Taʼlim sohasida OTB taʼlim sifatini yaxşilaş, kadrlar tayyorlaş tizimini bozor va zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslaştirişga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu texnik va kasb-hunar taʼlimini qöllab-quvvatlaş, raqamli taʼlimni rivojlantiriş, taʼlim tizimi va mehnat bozori örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşni öz içiga oladi.

STEM taʼlimi – fan, texnologiya, muhandislik va matematikani rivojlantiriş alohida yönalişga aylanmoqda. Taʼlim muhitini yaxşilaş, öqituvçilarning malakasini oşiriş va STEM yönalişlaridan foydalaniş imkonini kengaytiriş, ayniqsa, yoşlar, şu jumladan, xotin-qizlar uçun taşabbuslar qöllab-quvvatlanmoqda. Bu kelajak çaqiriqlariga tayyor kadrlarni şakllantirişga zamin yaratadi hamda innovatsiyalar, unumdorlik va raqobatbardoşlikni rivojlantirişga xizmat qiladi.

Soğliqni saqlaş inson kapitalini rivojlantirişning muhim tarkibiy qismi bölib qolmoqda. Hozirgi vaqtda OTB birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini mustahkamlaş va sifatli xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişni qöllab-quvvatlamoqda. Ustuvor yönalişlar orasida soğliqni saqlaş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, raqamli yeçimlarni joriy etiş hamda tizimning jamoat salomatligi va iqlim özgarişi xavflariga çidamliligini oşiriş bor.

– Bergan maʼlumotlaringiz uçun katta rahmat.

– Sizga ham taşakkur. Mazmunli suhbat böldi.

“Dunyo” AA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan