Xalqaro taşkilot eʼtiboriga tuşgan universitet
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti “European Association of Establishments for Veterinary Education”
(“EAEVE”) taşkilotining “Associate Member” (Assotsiatsiya aʼzosi) maqomiga ega böldi.
Tarixga nazar taşlasak, 1929 yilda taşkil etilgan Samarqand qişloq xöjaligi instituti negizida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ–3703-sonli qaroriga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti taşkil etildi. Mazkur qaror mamlakatimizda veterinariya sohasi uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş va sohaning zamonaviy talablarga mos infratuzilmasini şakllantirişda muhim bosqiç böldi.
Keyingi yillarda institut tomonidan veterinariya, çorvaçilik, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiya sohalarida keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Xususan, taʼlim jarayoni xalqaro standartlar asosida takomillaştirildi, xorijiy oliy taʼlim muassasalari va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik kengaytirildi, qöşma taʼlim dasturlari va xalqaro ilmiy loyihalar yölga qöyildi.
Uşbu yutuqlar va sohaning strategik ahamiyatini inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi PQ–187-sonli qaroriga muvofiq institut Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetiga aylantirildi. Universitet maqomining berilişi nafaqat taʼlim yönalişlari va ilmiy salohiyatning kengayganini, balki muassasaning milliy va xalqaro miqyosdagi nufuzi izçil ortib borayotganini ham anglatadi.
Xususan, 2024 yilda Jahon hayvonlar salomatligi taşkiloti (JHST, “WOAH”)-ning 100 yillik yubileyi doirasida ötkazilgan xalqaro forumlar, akademiklar forumi, xalqaro yozgi maktablar hamda turli ilmiy-amaliy tadbirlarda universitet faol iştirok etib, özining xalqaro maydondagi örnini yanada mustahkamladi.
Bugungi kunda universitet veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiya sohalarida Markaziy Osiyodagi yetakçi taʼlim va ilmiy markazlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.
Albatta, bu öz-özidan bölgani yöq. Prezidentimiz tomonidan sönggi 8 yil içida veterinariya xizmatining dolzarb masalalariga, şu jumladan, veterinariya sohasi uçun kadrlar tayyorlaş masalalariga bağişlangan bir qator qaror, farmon va farmoyişlar qabul qilinganligi hamda uşbu meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar amaliyotda öz ijrosini topayotganligidan dalolatdir. Aytiş joizki, universitetda veterinariya, çorvaçilik hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yetuk, malakali kadrlar tayyorlaşni takomillaştiriş, veterinariya taʼlimini jahon standartlari darajasida taşkil etiş böyiça çora-tabdirlar rejasi işlab çiqilgan. Uşbu rejaga asosan universitet bir qator xorijiy nufuzli universitetlar, kompaniya va taşkilotlar bilan taʼlim, ilm-fan va boşqa sohalarda özaro hamkorlikda loyihalar amalga oşirib kelmoqda.
Şunday loyihalardan biri Amerika Qöşma Ştatlarining Minnesota universiteti bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan “Tvinning” dasturi hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi Özbekistonda veterinariya taʼlimini Jahon hayvonlar salomatligi taşkiloti (JHST, “WOAH”) talablari asosida takomillaştiriş, “Veterinariya meditsinasi” taʼlim yönalişi böyiça öquv dasturlarini xalqaro standartlarga moslaştiriş hamda professor-öqituvçilarning malakasini oşirişdan iborat.
Loyihadagi xorijiy hamkorimiz Minnesota universiteti qoşida faoliyat yurituvçi Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi hisoblanadi. Uşbu markaz Jahon hayvonlar salomatligi taşkiloti buyurtmasi asosida rivojlanayotgan davlatlarda veterinariya taʼlimini xalqaro talablar darajasida taşkil etiş, taʼlim sifatini oşiriş va professor-öqituvçilar malakasini yuksaltiriş böyiça kömak berib kelmoqda.
Loyiha 2021 yilda boşlangan bölib, dastlab Minnesota universiteti delegatsiyasi vakillari — markaz direktorining örinbosari Mariya Sol Perez hamda taʼlim böyiça mutaxassis Ketrin Obrayn universitetga taşrif buyurdilar. Taşrif davomida ular “Veterinariya meditsinasi” taʼlim yönalişi böyiça öquv jarayoni, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, taʼlim sifati va talabalar bilimini baholaş tizimi bilan atrofliça tanişdilar.
Şundan söng universitet professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruh taşkil qilinib, xorijiy mutaxassislarning tavsiyalari asosida veterinariya taʼlimi tizimini xalqaro standartlarga muvofiq takomillaştiriş işlari boşlab yuborildi. Xususan, veterinariya taʼlimi böyiça amaldagi 4 yillik taʼlim muddati jahon veterinariya taʼlimi talablariga muvofiq 5 yillik tizimga ötkazildi.
Şuningdek, AQŞ Veterinariya tibbiyoti assotsiatsiyasi (“AVMA”), Yevropa veterinariya taʼlimi muassasalari assotsiatsiyasi (“EAEVE”) talablari hamda dunyoning yetakçi veterinariya universitetlari tajribalari asosida “Veterinariya meditsinasi” taʼlim yönalişining takomillaştirilgan 5 yillik öquv rejasi işlab çiqildi va 2022 yildan boşlab taʼlim jarayoniga joriy etildi.
Bugungi kunda universitetda veterinariya sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida 5 yillik bakalavriat va 2 yillik magistraturadan iborat uzluksiz taʼlim tizimi amal qilmoqda. Natijada talabalar 7 yil davomida çuqur nazariy bilimlar, mustahkam amaliy könikmalar va klinik tajribaga ega bölib, xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatbardoş veterinariya vraçlari sifatida şakllanmoqdalar.
Yevropa veterinariya taʼlimi muassasalari assotsiatsiyasi (“EAEVE”) veterinariya taʼlimi sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş va baholaş bilan şuğullanuvçi eng nufuzli xalqaro taşkilotlardan biri hisoblanadi. Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi veterinariya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati, ilmiy faoliyat, klinik tayyorgarlik, laboratoriya bazasi, moddiy-texnik taʼminot va boşqaruv tizimlarini Yevropa standartlari asosida baholaşdan iborat.
“EAEVE” tarkibiga Yevropa va dunyoning boşqa mamlakatlaridagi köplab veterinariya universitetlari aʼzo bölib, taşkilot veterinariya taʼlimining xalqaro miqyosdagi sifat kafolati tizimi sifatida tan olinadi.
Xöş, Assotsiatsiyaga aʼzolik universitetga nima beradi? “EAEVE”ga aʼzo böliş universitet uçun qator muhim strategik imkoniyatlarni yaratdi. Jumladan, universitetda veterinariya taʼlimining sifati xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof etildi va taʼlim jarayonining Yevropa standartlariga mosligi tasdiqlandi. Universitetning xalqaro nufuzi va raqobatbardoşligi sezilarli darajada ortdi. Bu esa xorijiy hamkorlar, talabalar va investorlarning qiziqişini kuçaytiradi. Şuningdek, professor-öqituvçilar va talabalar uçun akademik almaşinuv dasturlarida iştirok etiş imkoniyatlari kengayadi. “Erasmus+”, “Horizon Europe” va boşqa xalqaro taʼlim hamda ilmiy dasturlar doirasidagi hamkorlik uçun yangi istiqbollar oçiladi.
Qolaversa, bitiruvçilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoşligi oşadi, ularning xorijiy magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiladi. Universitet veterinariya taʼlimi va ilm-fani böyiça xalqaro hamkorlik tarmoğini kengaytiriş imkoniyatiga ega böladi.
Mazkur yutuq nafaqat universitet, balki Özbekiston veterinariya taʼlim tizimining xalqaro maydondagi nufuzini oşirişga xizmat qiladi.
Albatta, Assotsiatsiyaga aʼzo böliş uçun universitet tomonidan keng kölamli va tizimli işlar amalga oşirildi. Avvalo, “EAEVE” ekspertlari tomonidan ötkaziladigan baholaş jarayoniga tayyorgarlik 2022 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç yölga qöyildi. Bu jarayonda taʼlim dasturlari va öquv rejalari xalqaro talablar asosida takomillaştirildi, amaliy va klinik tayyorgarlik kuçaytirildi, zamonaviy laboratoriyalar hamda ilmiy markazlar taşkil etildi, veterinariya klinikalari faoliyati kengaytirildi.
Universitetning “EAEVE” (“European Association of Establishments for Veterinary Education”) tizimiga integratsiyalaşuv jarayonining muhim bosqiçi sifatida 2025 yilda Assotsiatsiyaga aʼzolik uçun rasmiy ariza topşirildi. Şundan söng universitetda “EAEVE” va “ESEVT” (“European System of Evaluation of Veterinary Training”) talablariga muvofiq keng qamrovli tayyorgarlik işlari izçil davom ettirildi.
2026 yilning 14-15 yanvar kunlari “ESEVT/EAEVE” direktori, professor Pyer Lekyo universitetga taşrif buyurib, taʼlim jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati, klinik baza, moddiy-texnik taʼminot va boşqaruv tizimini atrofliça örgandi hamda tegişli tavsiyalar berdi. Uşbu taşrif natijalari asosida universitetda xalqaro standartlarga muvofiq qator qöşimça takomillaştiriş işlari amalga oşirildi.
Navbatdagi muhim bosqiç sifatida 2026 yilning 27-30 aprel kunlari “EAEVE” tomonidan tayinlangan ikki nafar xalqaro ekspert universitetga taşrif buyurib, tört kun davomida taʼlim sifati, öquv dasturlari, talabalar tayyorgarligi, klinik faoliyat, ilmiy işlar, infratuzilma hamda sifat menejmenti tizimini “EAEVE” va “ESEVT” mezonlari asosida har tomonlama baholadi. Şuningdek, “Day One Competences va One Health” tamoyillari taʼlim jarayoniga bosqiçma-bosqiç joriy qilinib, sifat menejmenti tizimi takomillaştirildi hamda “ESEVT” talablari asosida keng qamrovli “Self Evaluation Report” (“SER”) tayyorlandi. Baholaş yakunlari böyiça ekspertlar tomonidan tayyorlangan rasmiy xulosalar “EAEVE” ofisiga taqdim etildi.
Olib borilgan tizimli işlar va xalqaro ekspertlarning ijobiy xulosalari natijasida universitet “EAEVE” tomonidan muvaffaqiyatli baholandi. Joriy yilning 28 may kuni Ispaniyaning Barselona şahrida bölib ötgan “EAEVE”ning 39-Boş Assambleyasi doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetiga “Associate Member” (Assotsiatsiya aʼzosi) maqomi berildi hamda tegişli sertifikat tantanali ravişda topşirildi.
Mazkur yutuq universitetda sönggi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar, taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş, zamonaviy ilmiy va klinik infratuzilmani rivojlantiriş hamda veterinariya taʼlimini yangi bosqiçga olib çiqiş yölidagi izçil saʼy-harakatlarning amaliy natijasi böldi.
Ayni paytda universitet oldida “EAEVE” ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş va veterinariya taʼlimi sifatini yanada yuqori bosqiçga kötariş vazifasi turibdi. Kelgusida veterinariya klinikalarini yanada rivojlantiriş, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini takomillaştiriş, xalqaro ilmiy loyihalar sonini köpaytiriş, xorijiy professor va mutaxassislarni keng jalb etiş, qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, talabalarning amaliy tayyorgarligini kuçaytiriş, raqamli taʼlim texnologiyalarini keng joriy etiş hamda veterinariya taʼlimining xalqaro standartlarga töliq mosligini taʼminlaş böyiça işlar izçil davom ettiriladi.
Umuman olganda, universitet jamoasining strategik maqsadi veterinariya taʼlimi va ilm-fani sohasida xalqaro standartlarga töliq javob beradigan, zamonaviy, innovatsion va raqobatbardoş taʼlim muassasasini şakllantiriş hamda Samarqandni Markaziy Osiyoning veterinariya taʼlimi va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri sifatida rivojlantirişdan iboratdir.
Xudaynazar YUNUSOV,
Samarqand davlat veterinariya
meditsinasi, çorvaçilik va
biotexnologiyalar universiteti
rektori, professor.
