Özbekiston yangi global iqtisodiyotda işonçli investitsiya markaziga aylanmoqda
Janubiy Koreyaning nufuzli “Seoul City” naşrida “G20 va Özbekiston: yangi iqtisodiy voqelikda investitsiyalar, sanoat va savdo” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Maqolada yozilişiça, bugungi kunda jahon iqtisodiyoti yangi bosqiçga qadam qöymoqda. Global taʼminot zanjirlarining qayta şakllanişi, raqamli iqtisodiyot, “yaşil” energetika, investitsiyalar uçun raqobat va xalqaro savdo qoidalarining takomillaşuvi davlatlar oldiga yangi vazifalarni qöymoqda. Şu nuqtai nazardan, G20 doirasida muhokama qilinayotgan masalalar Özbekiston uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş, sanoatni yuqori texnologiyalar asosida rivojlantiriş, investitsiyalarni keng jalb qiliş va eksport salohiyatini oşiriş böyiça olib borilayotgan islohotlar G20 kun tartibidagi ustuvor yönalişlar bilan hamohangdir.
Sönggi yillarda Özbekistonda investitsiya muhitini yaxşilaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, 2025 yilda mamlakat iqtisodiyoti 7,7 foizga ösdi va 43 milliard AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilindi. 2026 yilda yalpi içki mahsulot hajmining 180 milliard dollardan oşişi kutilmoqda. Bu natijalar iqtisodiyotning barqaror ösişi bilan bir qatorda, Özbekistonning xalqaro investorlar uçun işonçli va istiqbolli hamkor sifatida şakllanayotganini körsatadi.
Naşrda taʼkidlanişiça, investitsiyalarni jalb qilişda institutsional islohotlar ham muhim ahamiyatga ega. Toşkent xalqaro moliya markazining taşkil etilişi, ingliz huquqi elementlarining joriy qilinişi, mustaqil tijorat sudining faoliyat yuritişi, kapitalning erkin harakati va zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantiriş mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşirmoqda.
Sanoat sohasida ham Özbekiston yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan iqtisodiyotga ötişni maqsad qilgan. Yaqin yillarda sanoatda qöşilgan qiymatni 36,5 milliard dollardan kamida 60 milliard dollarga yetkaziş, yuqori texnologiyali tarmoqlar işlab çiqarişini 2,5 barobarga oşiriş rejalaştirilgan. 2026 yilda umumiy qiymati 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasini amalga oşiriş belgilangan. Bu esa mamlakatning metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, maşinasozlik, farmatsevtika, töqimaçilik, agrosanoat va raqamli infratuzilma sohalarida yangi imkoniyatlarni oçib beradi.
Taşqi savdo sohasida ham ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda. 2026 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 32,8 milliard dollarga yetdi. Eng muhimi, oltindan taşqari tovarlar eksporti qariyb 30 foizga ösdi. Bu mamlakat eksport tarkibida qayta işlangan sanoat mahsulotlari, töqimaçilik, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uluşi ortib borayotganini anglatadi.
Şu bilan birga, transport yölaklarini rivojlantiriş, logistika xarajatlarini qisqartiriş va raqamli tranzit tizimlarini joriy etiş eksport raqobatbardoşligini oşirişda muhim omil bölib qolmoqda.
Maqolada maʼlum qilinişiça, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga (JST) aʼzo böliş jarayoni ham iqtisodiy islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. JSTga aʼzolik mamlakat uçun xalqaro savdo qoidalarining şaffofligini taʼminlaş, investorlar işonçini mustahkamlaş, eksportçilar uçun yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş va raqobat muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Umuman olganda, G20 doirasida muhokama qilinayotgan investitsiya, sanoat, savdo, raqamli iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş masalalari Özbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi bilan töliq uyğunlaşgan.
Markaziy Osiyoning strategik transport va investitsiya markaziga aylanib borayotgani, mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli iqtisodiy islohotlar hamda xalqaro hamkorlikning kengayişi Özbekistonning yangi global iqtisodiy şaroitda raqobatbardoş va işonçli hamkor sifatidagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
“Dunyo” AA.
