“Özbekiston – mening ham uyim, eʼzozli vatanim”
Zera opa özini andijonlik deydi. Qismatning oğir toşlari ularni Qrimdan yurtimiz tomonlarga uloqtirgaç, şu yerning non-tuzini totib ulğaydi. Keyinçalik öz Vataniga qaytişgan bölsa-da, hamon bolaligi ötgan maʼsum damlarni, mehr-oqibati ellarga doston bölgan özbek xalqini soğinadi… Havola etilayotgan mazkur xotira lavhalari, aslida, qardoşimizning Özbekistonga atalgan ana şunday samimiy izhorlari, soğinç mujdalaridir.
Zera BEKIROVA,
Yevroosiyo Yozuvçilar uyuşmasi hamda Ukraina Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Qrimdagi “NenkeCan” ayollar jurnali boş muharriri.
Arafa
— Qani, bolalar, bugun arafa, hali qovurma somsa qilişimiz kerak. Tezroq xamir qorib, somsalarimizni ertaroq pişirib olaylik, — dedi onam katta toğorada xamir qorişga kirişarkan.
Ha, bugun öziyam yuztaça şunday somsa (çeburek) pişiriladi. Ularni yettita qöşnimiznikiga olib çiqişimiz kerak. Hisob-kitob qilsak, özimiz sakkiz jonmiz. Har birimiz ikki-uçtadan yesak ham, ança qoladi. Qöşnimiz Mamasodiq akalarning oilasi olti jon, Börivoy akalarniki ön jon, Teşavoy akalarniki töqqiz jon, Öğilxon ayalarniki beş, Xadiça xolalarniki yetti… Mesxeti turklaridan bölgan qöşnimiz Pompul opalarning oilasi esa ön ikki jon, Nöʼmonjon akalarniki esa ön bir jon edi. Onam xamir muştlarkan:
— Heç bölmaganda, har birining uluşiga bittadan qovurma somsa tegsin-da! — derdi.
Hovlidagi öçoq ustiga osilgan qozonda pişgan somsalarimiz katta laganga terib borilardi. Keyin eng çiroyli palla boşlanardi: ketma-ket qöşnilarimiz biznikiga palov olib kelişardi. Yetti qöşnidan yetti xil palov! Qay birini aytay: qöy göştli, tovuq göştli, mol göştli, nöxatli, anorli, sarimsoq solib damlangan palov…
Biz esa kosalarni böşatib, har bir oiladagi odamlar soniga qarab somsa solardik. Bolalar quvonç bilan uylariga qaytişardi.
Şunday paytda mahallada özgaça bir şodlik, umumiy bir jöşqinlik hukm surardi. Bu uluğ bayramning eng katta neʼmati ham, eng buyuk ahamiyati ham şunda edi: u bir dinga mansub turli millat vakillarini birlaştirar, qöşnilarni bir-biriga haqiqiy oiladek yaqinlaştirar, qalblarga mehr-oqibat va ahillik tuyğusini olib kirardi.
“Qisir oş”
— Qöşni, hoy, qöşni! — degan ovoz eşitildi. Bu qöşnimiz Hulkarxon ayaning ovozi edi. — Oş olib keldim. Aybga buyurmaysiz, bugun oşimiz “qisir” böldi-da, — dedi u xijolat bölib, taomni onamning qöliga tutqazarkan.
Paxta gulli kosadagi palovning usti mayda töğralgan oq piyoz, quritilgan pomidor bölaklari va qaynatilib tozalangan tuxum bilan bezatilgan bölardi. Buyoğini sörasangiz, “qisir oş” degani — göştsiz palov. Aslida, bu söz köproq böğoz bölmaydigan qöy yoki sigirlarga nisbatan işlatiladi. Nega aynan bu atama göştsiz oşga nisbatan qöllanilişini haligaça tuşunmayman. Ammo bor haqiqat şundaki, u palov tuşmagurni juda iştaha bilan yerdik. U hatto eng sergöşt taomlardan ham mazaliroq tuyulardi.
Hulkarxon aya haftada ikki marta — yakşanba va payşanba kunlari albatta uyida palov pişirar, şu kunlari biznikiga ham oş çiqarardi.
“Qöşni haqi” — özbeklar uçun muqaddas tuşunça. Hovlida yetiştirilgan meva-sabzavotda ham, qozonda pişgan oşda ham, tandirda yopilgan nonda ham, somsa-yu kulçalarda ham qöşnining haqi bor deb bilişadi.
Bu serhimmat millat asrlar davomida, hatto eng oğir kunlarda ham heç qayerda yozilmagan mana şu qoidaga sodiq qolib kelgan. Bu qoida esa insoniylikning eng oliy ifodasi edi.
Bir kosa şörva
“Qöşni haqi” haqida söz ketganda, onamning mana bu bolalik xotiralaridan biri ham doim yodimga tuşadi.
1944 yil iyun oyining örtalari. Quyoş göyo osmondan yerga olov soçar, jaziramadan jon saqlaş dargumon edi. Ayniqsa, bizdek surgunga mubtalo bölgan baxtiqarolar uçun bu kunlar naq jahannamning özginasi edi. Yigirma ikki kunlik uzoq va maşaqqatli yöldan keyin ota-onam, ikki buvim, ikki akam va ukalarim bizga ajratilgan möʼjaz yukxonada, şundoq yerga töşalgan böyra ustida madorsiz uzala tuşib yotardik. Faqat men biroz durust, oyoqda edim.
Şu payt qayerdandir bir ovoz eşitildi:
— Issiqqina şörva. Heç bölmasa, bir qoşiqdan bölsa ham içinglar, — dedi eşik oldida boşdan-oyoq öranib olgan, yuziga törparda tutgan bir ayol oriq qöli bilan idişni uzatarkan. Ayolning gaplari tilimizga öxşab ketsa-da, sözlarining yarmini arang tuşundim. Kosadagi şörvani qanday qilib töqqiz kişi örtasida taqsimlasam ekan, deb öyladim-da, keyin hammaga bir qoşiqdan içirdim. Öşa kuni kun davomidagi taomimiz şu böldi.
Onam menga:
— Albatta u ayolga rahmat deb qöy, — deb tayinladi.
Böş idişni qaytariş odobdan emas, unga biror narsa solib beriş kerak edi. Ammo bizda qöyadigan heç vaqo yöq edi. Kosani yaxşilab yuvdim. Ertasi kuni öşa ayol yana şörva olib keldi va keçagi kosani indamaygina olib ketdi. Men uning ortidan yugurib:
— Rahmat! — dedim. Biroq u orqasiga burilib ham qaramadi, aksinça, qadamlarini tezlatdi.
Keyin bilsam, ularga biz haqimizda: “Bular şoxli-quyruqli ğalati maxluqlar, öz Vataniga xiyonat qilgan xoinlar. Ularga yaqinlaşmanglar!” deb qörqitişgan ekan.
Ammo uruş hali tugamagan, front ortidagi odamlarning rözğori nurab qolgan, boşqani qöya turaylik, öz norasidalariga ham bazör non topib yedirayotgan zamon edi. Şunday paytda ham özbek ayollari şundoq ham qöl uçida tebratayotgan rözğoridan, farzandlarining rizqidan qiyib, bizga ovqat keltirişardi.
Oradan bir-ikki hafta ötib, ota-onam, jigarlarim biroz öziga kelişdi. Ammo endi tif kasalligi meni yiqitgandi. Isitmam baland, alahsirayman, terga pişib yotaman. Şunday paytlari ham bir kosa şörva jonimga darmon bölardi. Onam mendan şörva taşib kelgan ayolning ismini, qayerda yaşaşini söraydi.
Qani bilsam… Biroq bir narsani aniq bilardim: öşa özbek ayoli keltirgan bir kosa şörva oilamizni oçlikdan halok bölişdan qutqargan madad, odamiylikning eng gözal timsoli edi.
Eşik
Paxtaçilik sovxozining eng ilğor işçilaridan biri bölgan otamga yangi qurilgan kottejning yarmi berildi. Bu ikki xonadonga möljallangan uy edi. Qöşnimiz — sovxozning ilğor mirobi Mamasodiq akaning oilasi edi.
Otam bilan qöşnimiz birgalikda uy atrofini yagona devor bilan örab çiqişdi. Bir tomning ostida ikki oila bahamjihat yaşay boşladik. Ikki hovlini ajratib turgan devorga kirdi-çiqdi uçun eşik örnatişdi.
Qiziği, u na bizning tomondan, na ularning tomonidan qulflanardi. Faqat tutqiçi bor edi, xolos. Qolaversa, nafaqat şu eşik, balki uylarimizning asosiy eşiklari ham sira qulflanmasdi. Kalit qayerda turişini na ular bizdan yaşirar, na biz ulardan. Örtadagi şu eşik yoniga esa köp ötmay ikki oila şeriklikda sotib olgan tandir örnatildi. Endi nafaqat eşigimiz, balki rizqimiz, mehrimiz ham bir böldi.
“Sen”dan “siz”ga
Men tuman markazidagi rus maktabida öqirdim. Mahallamizdagi bolalar esa qişloq maktabida özbek tilida tahsil olişardi.
Bolaligimizdan hammamiz tengqur bölganimiz uçunmi, paxta dalasida bölamizmi yoki qöy boqqani çiqamizmi, bir-birimizga doimo “sen” deb gapirardik.
Maktabni bitirib, institutga öqişga kirdim. Bir şanba kuni uyga qaytar ekanman, yölda bolalik döstim Tolibni uçratib qoldim.
— Assalomu alaykum, Tolib! Qalaysan, yaxşimisan? Uydagilar tinçmi? — dedim odatdagidek unga.
— Va alaykum assalom, Zeraxon, rahmat. Özingiz yaxşimisiz? Öqişlar bilan çarçamay yuribsizmi? — dedi hamqişloq döstim.
— Nima böldi, jinni-pinni bölib qoldingmi, örtoq? Men endi senga begona bölib qoldimmi? Nega “siz”lab gapiryapsan? — dedim ranjiganimni yaşirmay, qölini siqib salomlaşarkanman.
U kulimsirab, xijolat çekkandek javob berdi:
— Yöğ-e! Endi siz institutda öqiyapsiz-ku. Ertaga öqituvçi bölasiz, keyin katta olim ham bölarsiz, nasib qilsa. Endi sizga “sen” deb gapiriş noqulay, yaraşmaydi-da, Zeraxon.
Uning şu birgina javobi orqali özbek xalqi ilm ahliga, öqimişli insonlarga naqadar yuksak hurmat va ehtirom körsatişini angladim.
Kutubxona — tajriba maktabi
Maktabni aʼlo baholar bilan tugatgan bölsam-da, birinçi yili institutga kira olmadim. Yarim ball yetmadi. Uyda ezilib ötirardim, hatto köçaga çiqişga ham uyalardim.
Bir kuni eşik taqilladi. Qişloq kutubxonasining mudirasi Halima opa kelibdi. U xonaga kirişi bilan şoşib gap boşladi:
— Yiqilganingizni eşitib, juda xursand böldim. Qöyavering!
— Oğzingizdan şamol uçirsin! Nega xursand bölasiz? — dedim aççiqlanib.
— Voy, örgilay, men dekret taʼtiliga çiqyapman. Örnimga odam topişim kerak. Bu iş sizga juda mos. Kutubxonadagi kitoblarning deyarli hammasini bilasiz. Qolaversa, rus tilidagilarning hammasini öqib çiqqansiz. Heç qiynalmay işlayverasiz. Bir yildan keyin men dekretdan qaytaman, siz esa institutga kirasiz. Gap tamom, vassalom! — dedi Halima opa qatʼiy qaror bilan.
Ertasi kuni tuman xalq taʼlimi bölimiga birga bordik. Şunday qilib, kamina kutubxonaçi bölib iş boşlab yubordim.
Özbek tilida erkin gaplaşa olsam-da, adabiy tilda yozilgan asarlarni öqişda ança qiynalardim. Buning ustiga, rus maktabida öqiganim uçun özbek adabiyotini deyarli bilmasdim.
Bir kuni eşik oçilib, ostonada keksa bir otaxon körindi. Ungaça men butun umr kutubxonaçi bölganday, özimni juda bilimdon, öqimişli inson deb his qilar, ğurur bilan yurardim. Mehmonga yuzlanarkanman, darhol örnimdan turib salom berdim.
— Qizim, Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romani bilan Abdulla Qahhorning “Sinçalak” asari bormi? Fitrat yoki Çölponning ham biror kitobi bölsa nur ustiga nur bölardi, — deb söradi.
— Hozir topib beraman, — dedim odatimça özimga işonç bilan, kasbiy bilimimni körsatişga urinib.
Söng u:
— Özingiz ham bu kitoblarni öqigan bölsangiz kerak-a? — deb qoldi.
Men esa heç ikkilanmay:
— Men rus maktabida öqiganman. Siz aytgan Qodiriy, Fitrat, Çölponni bilmayman, — deb şartta javob berdim.
Bundan ham ahmoqona javob bölişi mumkinmi, ayting? Keksa kişi hayrat bilan menga qarab turdi-da:
— Iye, tavba! Özbek adabiyotining eng buyuk namoyandalarini bilmasangiz, asarlarini öqimagan bölsangiz, bu yerda nima qilib ötiribsiz? — dedi.
Uning daşnomi boşimdagi xayoliy tojni yer bilan yakson qildi. Qani, yer yorilsa-yu, kirib ketsam, deb öyladim.
Şundan keyin har kuni işdan qaytayotganda yonimga özbek tilidagi badiiy asarni olib ketişni odat qildim. Tuşunmagan, bilmagan sözlarimni qalin daftarga yozib olar, keyin luğatlardan ularning maʼnosini qidirardim. Kutubxonada işlagan bir yil davomida men Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Zulfiya, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov kabi adiblarning asarlarini öqib çiqdim.
Bundan taşqari, Aleksandr Dyuma, Stendal, Teodor Drayzer, Onore de Balzak, Emil Zolya, Gi de Mopassan kabi jahon adiblari asarlarining rusça tarjimalari kutubxonada taqçil bölgani uçun ularning özbekça tarjimalarini mutolaa qildim. Bu esa keyinçalik institutda öqişim davomida menga juda asqatdi.
Bir yil içida özbek tili böyiça bilimim tobora mukammallaşib borgan sari qadimiy özbek tilining benihoya boyligiga, teranligiga va nafosatiga maftun bölib bordim. Bu hayratim hanuzgaça söngani yöq.
Qurʼon öqiydigan Barot aka
Har juma kuni onam tongdanoq hozirlik körib, alohida bir tansiq taom pişirardi. Tuşdan keyin mahallamizda yaşaydigan Barot aka degan bir keksa odam kelib, uyimizda Qurʼoni karimdan tilovat qilardi.
Barot akaning lahjasi boşqa özbek qöşnilarimizning nutqidan biroz farq qilardi. Keyinçalik bilsak, u uyğur ekan. U ham xuddi bizning oilamiz kabi öz Vatanidan judo bölgan musofirlardan edi. Bu haqda özi baʼzida köz yoş bilan hikoya qilib berardi.
Surgun qilingan har bir qrim-tatar oilasi kiyim-keçak, pul, tilla yoki oziq-ovqat olib çiqişga ulgurmagan bölsa-da (bunga ularga vaqt ham berilmagan edi), devorga osilgan Qurʼonni özlari bilan olişga muvaffaq bölgandi.
Onamning onasidan meros bölib qolgan şunday muqaddas kitobi bor edi. Lekin uni öqiy oladigan heç kim yöq edi. Onam baʼzan uni qöliga olar, uç marta peşonasiga tekkizib öpar, söng bizga ham buni örgatardi.
Barot aka kelganida onam kitobni devordan olar, uni yana şunday uç marta peşonasiga tekkizib öpgaç, eʼzozlab Barot akaga uzatardi. Barot aka ham xuddi şu ehtiromni takrorlardi.
— Aʼuzu billahi minaş-şaytonir rojim. Bismillahir rohmanir rohim. Ya sin. Val-Qurʼanil hakim…
Muhtaşam ovozda muqaddas kitobimizning yuragi hisoblangan “Yosin” surasi yangrardi. Barot akaning şirin ovozi, çiroyli qiroati bizga xuddi kuydek taʼsir qilardi. Ovoz çiqarmasdan, jimgina tinglardik.
Onam esa sekingina köz yoşlarini artib qöyardi. Bu ovoz millatimizga najot baxş etgan, unga ruh va umid bağişlagan, qalblarni Vatan soğinçi bilan boğlab turgan Qurʼoni karimning sehri edi.
“Bu sizning uyingiz”
Qrimga qaytganimdan söng, oradan öttiz beş yil ötib, xizmat safari bilan Özbekistonga bordim. Tabiiyki, fursat topib, tuğilib-ösgan, bolaligim va yoşligim ötgan Savay qişloğiga ham yöl oldim.
Biz sovxozning sakkizinçi bölimida yaşardik. Uyimiz qişloqning eng çekkasida edi. Mahallamizga burilarkanman, tiniq ariqlari, öriklari şiğil pişgan boğlari közimga olovdek körindi. Uyimizning qarşisiga borib qarab turaverdim, turaverdim. Dilim hayajonga, közim yoşga tölib borardi. Şu payt darvozadan bir kelinçak çiqib, köçaga suv sepib, supura boşladi. “Haliyam qadriyatlariga sodiq-a!” degan yoruğ öy keçdi birdan. Paxta dalalariga uzoq tikilib turdim. Keyin yana ortimga qaytib, uy oldida biroz töxtadim.
Kelin ham işini töxtatib, menga yuzlandi:
— Mehmonmisiz, xolajon? Kimnikiga keldingiz? — deb söradi.
Uyimizga işora qildim. Şunda juvonning porlab turgan nigohlariga hayrat indi va:
— Voy, biznikiga keldingizmi? — dedi xursand bölib.
— Şu uyda tuğilganman, — deya oldim bazör.
Kelinçak holatimni payqab:
— Hozir, — dedi-da, şoşib uyiga kirib ketdi. Bir zum ötmay uyning kattasini — qaynotasini boşlab çiqdi. Otaxon bilan salom-alik qilganimizdan söng:
— Xuş kelibsiz, singlim. Qani, uyga marhamat, — dedi xuşmuomalalik bilan.
— Rahmat. Men ziyoratga kelgandim. Kördim, yetadi, — dedim.
— Kimning qizi bölasiz? — söradi mezbon.
— Otamning ismi Bahovuddin, onam Najiya edi, — dedim.
Mezbonning yuzi birdan yorişib ketdi. Xuddi qarindoşi ostonada turib qolgandek:
— Iya, siz Najiya opaning qizimisiz? Qani, içkariga kiring. Onasi, qaranglar! — deb qöyarda-qöymay içkariga olib kirib ketişdi.
Darvozadan hatlarkanman, qani, hovliga qadam bosa olsam… Uyning holati, albatta, özgargan, lekin menga hamma narsa bolaligimni eslatardi. Xuddi biz olti opa-singil hovlida quvlaşmaçoq öynab yurgandek, onam tandir boşida non yopayotgandek… Böğzimga soğinçmi, alammi, armonmi — nimadir tiqildi… Öşa kuni qöşnilar ham “mehmon keldi” deb yöqlab çiqişdi. Ötgan-ketganlarni, mahallada yaşagan qrimlik döstlarni alqab eslaşdi.
— Najiya xolam yopgan nonlarning isi mahallaning boşiga borardi-ya, mazasi hali oğzimizda, — deyişdi ayollar.
Ularni jilmayib eşitaman, soğinib tinglayman. Vodiyça şevani, qadrli göşa odamlarini köriş, suhbatlaşiş qançalik yoqimli! Men ham xotiralarimni bölişaman.
Mezbonlar har gapining birida: “Siz begona emassiz, axir bu sizning uyingiz!” deyişadi. Iç-içimdan minnatdor bölaman. Mijjalarim yoşlanadi. Ota-onam bu uyni sotib ketişgan edi. Yangi uy sohiblari öttiz beş yildan ortiq vaqt davomida uning qonuniy egalari bölib yaşagan bölsalar-da, menga: “Bu sizning uyingiz”, deb aytişi naqadar yuksak javonmardlik ekanini taʼriflaşga söz ojiz.
…1944 yilda Qrimdagi uylaridan heç narsasiz quvib çiqarilgan xalqimizning uylariga bepul joylaştirilgan, yillar davomida ularning mol-mulkidan foydalanib yaşagan odamlar vaqt ötib, Vataniga qaytgan haqiqiy egalarini qanday qarşi oldilar? Rostini aytsam, “Bu sizning uyingiz”, degan biror inson topilmadi. Bor-yöği bir neça kişi ularni hovlisiga kiritişga ruxsat berdi, xolos. Lekin ular ham “Bu aslida sizning uyingiz”, demadilar. Qolganlari esa itlarini qöyib yuborişdi, militsiya çaqirişdi, kaltaklatişdi, hatto qamatişdi…
Mana şuning uçun ham 1944 yilda beş mamlakatga soçib yuborilgan xalqimizning eng katta qismini bağriga bosgan, insoniylikka örnak bölgan Özbekiston biz uçun ikkinçi Vatan, ikkinçi uyga aylandi…
Qrim-tatar tilidan
Nargiza ASADOVA
özbekçalaştirdi.
