Bir kitob tarixidan ijodiy dars
Özbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 90 yilligi
Özbek milliy estrada sanʼati asosçisi, Özbekiston xalq artisti Botir Zokirov hayot bölganida 26 aprelda 90 yoşga tölgan bölar edi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 dekabrda “Özbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori tufayli haqiqat qaror topdi. Buyuk sanʼatkorning ölmas xotirasi qayta tiklandi. Uzoq yillar unutilgan farzand yana ona Vatani bağrida qad rostladi: unga mahobatli haykal qöyildi. Haykalni esa muxlislarning mehr va soğinç gullari burkadi…
Xalqimizning suyukli sanʼatkori Botir Zokirov nomi, avvalo, taniqli adib Aşurali Jörayevning “Yurak böronlari” hujjatli qissasi tufayli yana sanʼat muxlislari tili va diliga tuşdi. Bu kitob 1989 yilda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida ellik ming nusxada çop etilişi bilan qisqa muddatda kitobxonlarning sevimli asariga aylangan edi.
Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan yozuvçi Aşurali Jörayev uşbu asarni qayta işlab, yangi maʼlumotlar bilan boyitib, maʼrifiy romanga aylantirdi.
Şu kunlarda Özbekiston xalq artisti Botir Zokirovning qutluğ 90 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist va publitsist Aşurali Jörayev ayni paytda özi yoşlarga saboq berayotgan Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Sanʼatşunoslik va madaniyatşunoslik” kafedrasining sanʼat jurnalistikasi yönalişida tahsil olayotgan talabalarga Botir Zokirov hayoti va ijodi, kitobning qanday yaratilganligi hamda sanʼat jurnalistikasi sirlari, bu yöldagi zahmatlari va izlanişlari haqida ijodiy dars ötdi.
Erkin va oçiq muloqot tarzida ötgan ijod darsini Aşurali Jörayev bolaligi, jurnalistikaga qaçon qiziqqani va maşhur şoir Abdulla Oripovning “Ruhim” kitobi uning hayotini özgartirib yuborgani haqida bir-biridan qiziqarli ibratli voqealarni sözlab berdi.
— Bu kitob mening hayotimni, adabiyot va kitobga bölgan dunyoqaraşimni batamom özgartirib yubordi. Şundan söng qölimga tuşgan kitobni emas, balki tanlab öqiydigan böldim. Boşlovçi yoş qalamkaş sifatida hayotda, jamiyatda bölayotgan dolzarb mavzularni topib, anglab yozadigan böldim. Sizlarga ham uluğ ijodkorlarning sara asarlarini öqib-örganişni, hayotni teran köz bilan kuzatib, unda sodir bölayotgan voqea-hodisalarni topib yoziş sirlarini örganişni tavsiya qilaman, — dedi Aşurali Jörayev.
Dars davomida ijodkor Botir Zokirov hayoti va ijodi haqidagi “Yurak böronlari” kitobini ham ustoz Abdulla Oripovning tavsiyasi bilan yozganligini aytdilar.
Keling, yaxşisi, talabalarning uşbu ijodiy darsdan olgan saboqlari, fikr-mulohazalari bilan tanişaylik.
Sarvara SODIQOVA:
— Ustozimiz Aşurali Jörayev adabiyot va sanʼat jurnalistikasi sohasida bunday yutuqlarga qanday erişganligi haqida qiziqarli va ibratli maʼlumotlar berdi. U kişi maktabda öqib yurgan kezlarida vraç bölişni orzu qilgan ekan. Havaskor sinfdoşlariga qiziqib yozgan maqolasi çop etilgaç, öqituvçilari va maktabdoşlariga yoqqan ekan. Şu-şu jurnalistikaga, keyin adabiyotga mehrlari tuşib, ijod qalamini hamon qöldan qöymay kelayotir.
U kişi 1983 yilda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi sanʼat bölimida iş boşlagan. Keyinçalik sanʼat jurnalistikasi sevimli sohasiga aylangan.
Öşa kezlarda maşhur sanʼatkor Botir Zokirov bilan suhbat qiliş uçun jiddiy tayyorgarlik körib yurgan kezlari sanʼatkorning betobligi tufayli uçraşa olmagan. Uzoq kutiş va jiddiy tayyorgarlikdan söng Botir Zokirov bilan uçraşib, suhbatlaşiş baxtiga muyassar bölgan.
Ustoz dars jarayonida bu voqeani şunday xotirladi: “Botir Zokirov bilan salkam beş soat suhbatlaşdim. Men faqat maşhur qöşiqçini emas, balki betakror rassomni, öziga xos yozuvçini, köp kitoblar öqigan çinakam donişmand va ajoyib sahna asarlari yozgan ziyrak muallifni kaşf etgan edim. Botir Zokirov bilan uçraşgunimga qadar özimni sanʼat sohasi bilimdoni, hayotni yaxşi biladigan ijodkor hisoblab, yoşlikka xos ğurur va biroz ğödayib yurardim. Suhbatdan söng hali köp narsalarni bilmasligim ayon böldi. Öz-özimdan uyaldim. U kişining xonadoniga qançalar quvonç va ğurur bilan kelgan bölsam, şunçalar böyin egib, bilimsizligimdan şalvirab çiqib ketdim. Bu men uçun şafqatsiz imtihon edi. Qayta öqiş, qayta örganiş va yozişning maşaqqatli jarayonlari boşlanib ketdi. Bu tarixiy uçraşuv kaminaga ana şunday bebaho va betakror dars bölgan…”
Ustozning hayoti va ijodini özgartirib yuborgan yuqoridagi suhbat “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”ning 1983 yil, 26 sentyabr sonida eʼlon qilingan bölib, şundan söng tahririyatga sanʼatkorning muxlislaridan köplab xatlar kelgan ekan…
Botir Zokirovning bevaqt ölimidan söng yozgan essesini öqigan buyuk şoir Abdulla Oripov u kişiga Botir Zokirov haqida kitob yozişni maslahat bergan. Bundan ruhlangan Aşurali Jörayev sanʼatkor hayoti va ijodini qizğin örganişga kirişib, maʼlumotlar töplab, u kişini körgan va bilganlar bilan suhbatlaşib, 1989 yili “Yurak böronlari” kitobini yozib, çop ettiradi. Kitob Özbekiston Yoşlar Ittifoqi mukofotiga sazovor böladi.
Ustoz boşlovçi jurnalistlar, avvalo, dolzarb va hayotiy mavzuni topişlari, uni juda puxta örganişlari, “içiga kirib” yozişlari kerakligini alohida taʼkidladilar.
Töğrisini aytsam, Aşurali Jörayev darsga kirişlaridan oldin eng kuçli savollarimni tayyorladim, hozir ularni öz bilimim bilan lol qoldiraman, deb özimga-özim bino qöygandek edim, ammo suhbatdan söng tuşunib yetdimki, ular Botir Zokirov bilan bölgan uçraşuvdan söng qanday ahvolga tuşgan bölsalar, men ham özimni şunday his qildim. Öylaymanki, bu dars menga katta va betakror saboqlar berdi. Negaki, Aşurali Jörayev bilan bölgan mazmunli suhbatimiz mening dunyoqaraşimni va fikrlarimni butkul özgartirib yubordi. Men ustozni tinglar ekanman, hayotning asl mohiyatini angladim va oldimga qöygan maqsadlarim, orzularim şunçaki orzu bölib qolmasligi uçun tinimsiz intilişim kerakligini tuşunib yetdim. Qisqasi, ustoz ijodkor özining hayotiy tajribalari, sanʼatga bölgan yuksak mehri va yoş avlodga berayotgan bilim va tavsiyalari bilan barçamizga katta dars berdilar. Aşurali Jörayevning fikrlari faqat sanʼat yönalişidagi insonlargagina emas, balki har bir inson uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi suhbatimizdan şuni xulosa qiliş mumkinki, har bir muvaffaqiyat ortida oğir mehnat, tirişqoqlik, taslim bölmaslik va eng muhimi, öz işini fidoyilik bilan seviş aks etadi. Ijodiy darsdan angladimki, bularning barçasi Aşurali Jörayev hayoti va ijodini qamrab olgan ekan.
Roziya RAVŞANBEKOVA:
— Bu uçraşuv uzoq vaqt qalbimizda muhrlanib qolişiga va sanʼat jurnalistikasi sohasiga kirib kelişimizda alohida saboq bölişiga işonaman. Ustoz Botir Zokirov hayoti va ijodi haqida yozar ekan, sanʼatning sirli va sehrli olamini çuqur oçib bergan. Sanʼat sohasi jurnalistikasi özining nozik nuqtalari, nafosat va sehri bilan, noyob tuyğulari bilan ajralib turadi.
Ustoz dars jarayonida öz ijodidan misollar keltirar ekan, bir örinda “Tanovar” musiqasi haqida hujjatli hikoya yozganligini va bu asarini taniqli ijodkorlar, mutaxassislar eʼtirof etganligini eslatib ötdi. Men şu asarni topib öqigim keldi. Va albatta topib öqiyman.
Ustoz söz haqida şunday dedi: “Sözni şu darajada topib, avaylab-asrab, mehr bilan yoziş kerakki, bu söz heç kimnikiga öxşamagan va betakror bölişi kerak”. Bu fikr faqat menga emas, köpçilik kursdoşlarimga ham yoqdi. Yana bir örinda u kişi otasi aytgan uşbu hikmatli ögitni ham eslatib ötdi. “Öğlim, kiçik xabarlar yozganing yaxşi, lekin şunday narsalarni yozginki, uç-törtta odam öqib maza qilsin”, — degan ekan otalari. Ustozning: “Inson özini özi tahlil qilişi, isloh qilişi, baʼzan öziga özi tanbeh ham berib turişi lozim”, degan sözlarini ilk bor eşitganim uçun juda taʼsir qildi.
Dars davomida bunday kutilmagan ögitlardan köpini eşitdik. Masalan, “Maqola yozayotganda öquvçini öziga jalb qiladigan biror jonli voqea yoki kutilmagan ibora, heç bölmaganda, esda qoladigan bir noyob söz qöllaş kerak”, — dedi ustoz.
Men dars davomida ustozdan köp narsalarni örgandim. Va u kişiga öxşab yaxşi, ibratli maqolalar yozişni niyat qildim.
Alibek ISMOILOV:
— Ustoz Aşurali Jörayevning nomi menga taniş edi. Telekörsatuvlardagi çiqişlarini körib, juda jiddiy va qattiqqöl inson bölsa kerak, deb öylagandim. Muloqot jarayonida jiddiy, samimiy, oçiqköngil va öz sohasini çuqur biladigan inson va ijodkorni kördim.
Ijod darsi mobaynida göyo yillar davomida taniş bölgan inson va adib bilan uçraşgandek böldik. Hayot yölida uçragan qiziqarli holatlar, voqealarni teran fikrlar orqali tuşuntirib berdi. Iqtidorli ijodkor ekanini bilardim, ammo maktabdayoq maqola yoza boşlagani, töğrisi, meni hayratga soldi. “Böladigan bola boşidan maʼlum”, degan naql bejiz aytilmagan. Maktabda öqib yurgan kezlarida har kuni maqolalar yozib, saharlab Karmana tuman gazetasi tahririyatiga olib borgan. Bu iştiyoq tufayli matbuot olamida öz örnini topgan. Maktabni muvaffaqiyat bilan tugatib, Toşkentga kelib, öz kasbi orqali tanilgan. Bu yutuqlar ortida izlaniş va maşaqqatli mehnat yotganligini bildik. Bu haqda oçiq gapirmadi, lekin haqiqat tarafdori bölgani uçun baʼzan tazyiqlarga uçraganini ham sözlaridan sezdim.
Aşurali Jörayev — yaxşi inson, mehribon ota, yaxşi adib va sanʼat jurnalistikasini puxta biladigan ustoz darajasiga yetgani bois, uşbu dars yoşlar uçun ijod olamiga kirişlarida mayoq vazifasini bajaradi, deb öylayman. Ustozga rahmat degim keladi.
Muslima RAHMONOVA:
— Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Aşurali Jörayev bilan bölgan ijodiy dars şunçalar qiziqarli, kutilmagan maʼlumotlarga boy böldiki, talabalar özlarini qiziqtirgan savollarni bermasdan javob oldilar. Ustoz yoş jurnalistlarga qarata hayotiy yangiliklardan hamişa boxabar böliş, tanqidiy fikrlaş, yoziş sirlarini mukammal egallaşga jiddiy harakat qiliş va yozayotgan fikrlarini aniq va lönda ifodalaş zarurligini alohida taʼkidladi. Ijodkor uçun kitob öqişning qadr-qimmati yuksakligini misollar orqali yorqin tuşuntirdi. “Qöliga yaxşi niyatlar bilan qalam olgan yoş iqtidor egasi heç bölmaganda bir haftada bitta kitob öqişi şart”, dedi.
Bunday ijodiy darslar bölajak yoş jurnalistlar uçun juda muhim. Bunday jonli suhbatlar tufayli ularning fikrlari teranlaşadi, yangi mavzular va motivatsiya paydo böladi. Şunda ular kelajakda öz yöllarini topiş imkoniyatini qölga kiritadilar. Masalan, birgina Botir Zokirov haqida yozilgan “Yurak böronlari” kitobining yaratiliş tarixi sanʼat jurnalistikasi yönalişini tanlagan har bir talaba uçun öziga xos manba bölişiga işonaman.
Ruxşona YUNUSOVA:
— Yozuvçi va publitsist, institutimiz dotsenti Aşurali Jörayev sanʼat sohasini çuqur va puxta bilişi ijodiy dars jarayonida yaqqol namoyon böldi. Ustozning bir muddat unutilgan, turli sabablar bilan yubileylari nişonlanmagan özbek milliy estrada sanʼati asosçisi Botir Zokirov siymosi yorqin aks ettirilgan “Yurak böronlari” kitobi sanʼat va madaniyat olamida öziga xos yangilik bölgan. Şuningdek, muallifning “Senga köngil bersam”, “Dil gavhari”, “Sahifaga siğmagan satrlar”, “Maysalar uyğongan tong”, “Vijdon qönğiroği”, “Odil Yoqubov xazinasidan” singari kitoblari ham muxlislar tomonidan yaxşi kutib olingan. Bölib ötgan ijod darsidan bölajak sanʼat jurnalisti sifatida özimga yetarliça bebaho saboqlar oldim. Va ustozdek şijoatli, qalami ötkir ijodkor bölişni dilimga qatʼiy tugdim.
Şohsanam ABDULLAYEVA:
— Men ustozning dars davomida aytgan: “Botir Zokirov bilan suhbatlaşib bölgaç, sanʼat sohasida köp narsalarni bilmasligim ayon böldi. Suhbatdan söng Botir Zokirov bilan xayrlaşgaç, to gazeta tahririyatiga yetgunça öz-özimni imtihon va şafqatsizlarça tahlil qilib ketganman”, — degan sözlaridan hayrat va hayajonga tuşdim. Öylab körsam, biz bölajak sanʼat jurnalistlari ham öz-özimizni, olayotgan bilimlarimizni içki imtihon va tahlildan ötkazib turişimiz kerak ekan. Şunda özimiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassislari bölamiz.
Karomat TÖXTAXÖJAYEVA:
— Adabiyot va jurnalistika — odamlar ongini, jamiyat taraqqiyotini yuksaltiruvçi va şakllantiruvçi juda muhim sohalardan biri ekanligini ustoz dars jarayonida köp bora takrorladi.
Dars davomida ustoz sözning qadr-qimmati, inson ongiga va qalbiga qanday yetib borişi va taʼsir qilişi haqida ham töxtalib: “Yozuvçi va jurnalistning qölidagi eng kuçli qurol — bu söz! Söz bilan insonni özgartiriş, unda yaxşi va ezgu niyatlar töla umidlar uyğotiş yoki aksinça, uni tuşkunlikka solib qöyiş ham mumkin. Şu bois ijodkor öz sözining qadrini bilişi, uni yurakdan his etib yozişi kerak”, dedi. Şuningdek, Aşurali Jörayev adabiyot va jurnalistika olamiga katta iştiyoqlar bilan kirib kelayotgan yoşlarga ayrim zarur maslahatlarni ham aytib ötdilar:
– haqiqatni himoya qilişdan qörqmaslik;
– kitob öqiş va ijodiy izlanişdan aslo töxtamaslik;
– har bir yozilgan sözning masʼuliyatini his qiliş;
– odamlarga va jamiyatga foyda keltiradigan ijod bilan şuğullaniş.
Bu ijod darsidan biz, bölajak jurnalistlar bebaho saboqlar oldik.
Durdona TEMIRQULOVA:
— Ustozning sözlaridan söng uluğ sanʼatkor Botir Zokirov ijodiga yana mehrim oşdi. Uning oğir va murakkab hayot yöli, erişgan olamşumul yutuqlari biz uçun hamişa ibrat maktabi bölib qoladi. Masalan, Fransiyadagi ijodiy safarda fransuzlarni lol qoldirgani özbek sanʼati tarixida oltin harflar bilan yozilgan. Uning betakror sanʼati sobiq şöro respublikalarida ham yuksak qadrlangan va baholangan. Yana ustozning sözlaridan maʼlum böldiki, Botir Zokirov Moskva hamda Sankt-Peterburg şaharlaridagi muhtaşam sanʼat saroylarida konsert bergani ham milliy estrada sanʼatimizning umrboqiyligini namoyon etib kelayotir.
Xullas, dars davomida maşhur sanʼatkor Botir Zokirovni yana bir bor kaşf qildim. Va yana niyat qildimki, sanʼatkorning Özbekiston davlat konservatoriyasi yonida örnatilgan muhtaşam haykali yonidan ötganimda, albatta, uning yonida töxtab, ehtirom körsatib ötaman. Iloyo, oxiratlari obod bölsin!
Valijon ABDULLAYEV:
— Bundan beş yil oldin özbek milliy estrada sanʼati asosçisi, betakror xonanda Botir Zokirovning 85 yilligi keng nişonlandi. Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati instituti faoliyat yuritmoqda. Ustoz Aşurali Jörayev Botir Zokirovning 50, 60, 70, 80 yilliklari nişonlanmagani haqida kuyunib gapirdi. Prezidentimizning fidoyiligi, jasorati tufayli Botir Zokirovning hayoti va ölmas ijodi mangu yoruğlikka çiqdi. Millatning bebaho maʼnaviy boyligiga aylandi. Şu jihatdan qaraganda, ustozimiz Aşurali Jörayevning “Yurak böronlari” kitobi öziga xos voqea bölgan. Istagim, ustozga soğliq, ijodiy kuç-quvvat tilab, kitobni yana davom ettiring, degan tilak bildiraman.
Sahifa materiallarini Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Sanʼatşunoslik va madaniyatşunoslik” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvçi, sanʼatşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Gavhar NAZAROVA tayyorladi.
