Turfa gullarda jannatiy ifor

Namangan şahrida Xalqaro gullar festivaliga qizğin hozirlik körilmoqda

Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida Namangan şahrida “Gullar bayrami” nomi bilan ötkazib kelingan öziga xos maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning Xalqaro gullar festivali maqomini olganiga köp vaqt bölgani yöq. Prezidentimizning tavsiyalariga muvofiq 2017 yildan gulçilikka eʼtibor yangiça tus olgan.

Şu örinda tarixga qaytamiz. 1961 yil 19-20 avgust kunlari Namangan viloyatida ilk bor Gul bayrami – “Gul körgazmasi” ötkazilgani haqida gazetalarda eʼlonlar çop etilgan, boğ radiouzelida maxsus eşittirişlar efirga uzatilgan.

Bayram tarixida “Gaz-21” avtomaşinalarida gullar karvoni uyuştirilgan. Ammo haqiqiy maʼnodagi Gullar festivali 2018 yildan buyon ötkazib kelinmoqda. Çinakam gul karvonlari ham sönggi yetti yilda namoyiş etildi. Unda yurtimizda işlab çiqarilgan avtomaşinalar, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş texnikalari anvoyi gullar bilan bezatilayotgani ayni muddao bölmoqda.

Bugun Namangan Xalqaro 65-gullar festivaliga hozirlik köryapti. Qayoqqa qaramang, tadbirni yuksak saviyada ötkaziş böyiça viloyat hokimligi belgilagan reja-tadbirlarga muvofiq köça va yöl böylariga gulu manzarali daraxt köçatlari ötqaziş, obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari bilan şuğullanayotgan gulçilaru ularga madad bölayotgan turli kasb egalarini jöşqin iş ustida körasiz.

Yangi Namangan tumanida marosimga tadorik yuksak maromda davom etmoqda. Şaharça kun sayin gözal köriniş kasb etyapti. Aylanma çorrahalar, yöl yoqalari, taşkilot va korxonalar hududlaridagi közni quvontiruvçi rango-rang gullar har qanday kişining eʼtiborini tortadi. Ayniqsa, viloyat markazidagi Islom Karimov nomli köçada bir-biridan betakror gulzorlar taşkil etilayotgani quvonarli. Anjuman munosabati bilan tuman markazida 1,5 million tupdan ortiq mavsumiy gul köçatlari ötqaziş rejalaştirilgan.

Gul ekişda issiqqa çidamli, uzoq vaqt oçilib turuvçi nav va köçatlar  tanlaş, har bir maskan oldida şaroitdan kelib çiqib, öziga xos dizayn yaratiş asosiy eʼtiborda.

Mazkur markaziy köçaning Yangi Namangan tumanidan ötgan qismining ikki çetida asosan viloyat taşkilotlari joylaşgan. Xususan, moliya va iqtisodiyot, bojxona, maktabgaça va maktab taʼlimi, soğliqni saqlaş boşqarmalari, “Agrobank”, “Biznesni rivojlantiriş banki” va boşqa muassasalar atrofida şu kunlarda iş qizğin. Har bir taşkilot öz hududida gulzorlar barpo etiş işlarini olib bormoqda.

Namangan (Özbekiston) – Koşalin (Polşa) hamkorligi yölga qöyilmoqda. Koşalin şahri hokimi Tomaş Soberay hamda uning örinbosari Beata Goretska işçi taşrif bilan gullar şahriga keldi. Delegatsiyani Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi. Samimiy va döstona ruhda ötgan muloqotda ikki hudud imkoniyatlari haqida maʼlumotlar almaşildi.

Mehmonlar Namanganda anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan xalqaro “Gullar festivali” haqidagi videorolikdan katta taassurot olişdi. Yubiley festivalga Polşadan ham köplab sayyohlar kelişi taʼkidlandi.

Binobarin, “Gullar festivali”ga taşrif buyuruvçi mehmonlar har galgidan ikki hissa köproq bölişi kutilmoqda. Ayniqsa, xorijdan keluvçilar, eng avvalo, aeroportdan çiqiş bilanoq, şu atrofdagi holatga qarab, festivalga, qolaversa, viloyatga baho beradilar. Namangan xalqaro aeroportida olib borilayotgan tadbirlar tahsinga loyiqligi bejiz emas. Bu yerda 140 million AQŞ dollari miqdordagi investitsiya hisobiga yangi uç qavatli terminal binosi bunyod etilmoqda. U işga tuşgaç, yölovçi taşiş quvvati 2,5 barobar oşadi. Qulay şaroitlarga ega çegara nazorati, viza bölimlari, biznes zali, savdo va ovqatlaniş şoxobçalari va boşqa qöşimça qulayliklar yaratiladi.

Namangan şahridagi “Yangi Özbekiston boği”da şu kunlarda ötqazilgan noyob daraxt köçatlarining parvarişi, hududni xalqaro tadbirga tayyorlaş jarayoni avj pallasiga çiqqan. Festivalning ommaviy tadbirlari ötkaziladigan amfiteatrni tartibga keltiriş, atrofiga anvoyi va noyob gullarning köçatlarini ötqaziş, yangi nihollarni oziqlantiriş, mineral öğitlar bilan rivojini tezlatiş amaliy çoralari körilmoqda.

Yangi Namangan şaharçasida quriliş-montaj jarayonlari qizğin tus olgan. Xalqaro tadbirlar, biznes-forumlar va körgazmalar ötkaziş uçun möljallangan “Körgazmalar markazi” – “CONGRESS HALL” atrofini obodonlaştiriş, festivalga mos tarzda rang-barang gullar va kompozitsiyalar bilan bezatiş işlariga zör berilyapti.

Şahar qiyofasini yanada çiroyli va zamonaviy körinişga keltiriş, aholi hamda taşrif buyuruvçi mehmonlar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş masalalari ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Temir yöl vokzali atrofidagi aylanma harakat markazi festivalning ramziy maʼnosini körsatuvçi asosiy obʼyektdir. Şu bois yaratilayotgan dizayn va kompozitsiyalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Umumiy körinişda milliylik yorqin aks etişi, gullarni naqş usulida ötqaziş, kompozitsiyalar barpo qilişda Namangan brendlaridan foydalanilyapti.

Festivalning boş obʼyekti – Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boği hududida gul kompozitsiyalari, landşaft dizayni yeçimlari, tematik bezaklar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Har bir mavzuga innovatsion yondaşiş, rang-barang gul kompozitsiyalarini yaratiş, zamonaviy landşaft elementlarini joriy etiş hamda taşrif buyuruvçilar uçun qulay va estetik muhit yaratiş masalalariga alohida urğu berilmoqda. Fotohududlar, sayr hududlari va dam oliş maskanlarini yanada kengaytiriş ustida iş olib borilmoqda. “Uç favvora” xiyoboni ham maftunkor qiyofa kasb etyapti.

Bu yil Namangan “Eng köp gul ekilgan festival” maqomi böyiça Ginnesning Rekordlar kitobiga kiriş uçun astoydil harakat qilmoqda. Barça saʼy-harakatlar ana şu maqsadni röyobga çiqarişda mustahkam zamin böladi.

Namanganning taşrif qoğoziga aylangan Xalqaro gullar festivali doirasida yana bir tarixiy voqea. 20 aprel kuni Namangan şahar hokimligi maʼmuriy binosi oldida Ginnesning Rekordlar kitobi (“Guinness World Records”)ga kiriş uçun gul ekiş marosimiga rasmiy start berildi. 20 mayga qadar 50 million donadan ziyod anvoyi gul köçatlari ekiş rejalaştirilgan. Unga qadar Buyuk Britaniyaning London va Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahridagi Boş ofisi bilan uzviy hamkorlikdagi faoliyat onlayn tarzda davom ettiriladi. Yakunda Boş ofis vakillari anjumanga taşrif buyurib, maxsus sertifikatni tantanali ravişda topşiradilar.

Bu – nafaqat Namangan, balki Yangi Özbekiston uçun katta yutuq. Gul şaydolariga esa yubiley tuhfasidir.

Bu yil 24 maydan 12 iyulgaça oltmiş beşinçi marta ötkaziladigan nafosat anjumani gul şaydolarini har qaçongidan-da xuşnud etişi tabiiy. Gullar bayramiga taşrif buyuruvçi mahalliy hamda xorijiy mehmonlar safi yanada kengayişi aniq. Ertaknamo dekoratsiyalar, rang-barang gullar, bir-birini takrorlamas kompozitsiyalar mehmonlarga unutilmas onlarni tuhfa etişi tayin. Bu yerdan örin olgan har bir landşaft ramziy maʼnoga ega. Har bir amalga oşirilayotgan loyiha festivalni yuqori saviyada taşkil etiş, Namangan şahrining sayyohlik salohiyatini oşiriş va uning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi tabiiydir.

Gulçevar bahor Namanganni çiroyga burkaydi. Xalqaro festival sizga yorqin gullar, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etadi! Gullarning sehri va bahor nafasi sizni kutmoqda! Festival quvonçini ötkazib yubormang, azizlar!

Qosimjon AKBAROV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi,

“Şuhrat” medali sohibi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan