Soğinçning ilohiy sadosi

Şarq mumtoz adabiyotining buyuk siymolaridan biri — Alişer Navoiy ijodi inson qalbining eng nozik keçinmalarini, muhabbat, soğinç va maʼnaviy iztiroblarni nihoyatda çuqur badiiy ifodalaşi bilan ajralib turadi. Uning maşhur “Kelmadi” ğazali ham ana şunday asarlardan biridir.

Dastlab qaraganda, bu ğazal oddiy oşiqning yoriga yetolmay, keçasi bilan intizor bölib kutgan holatini tasvirlayotgandek tuyuladi. Ammo satrlar qatiga çuqurroq nazar taşlanganda, unda insoniy işqdan ham yuksakroq — ilohiy soğinç va ruhiy intizorlik aks etgani seziladi.

Ğazalning ilk misralariyoq iztirob va kutiş kayfiyatini yorqin ifodalaydi:

 

Keça kelgumdur debon ul sarvi gulrö kelmadi,

Közlarimğa keça tong otqunça uyqu kelmadi.

 

Bu satrlarda oşiqning tun böyi bedor qolib, yorini kutgani tasvirlanadi. “Sarvi gulrö” — yaʼni gözal, nazokatli yor timsoli şarq şeʼriyatida köp uçraydi. Ammo Navoiy tasvirida bu yor oddiy maʼşuqa emas, balki qalbni butunlay zabt etgan muqaddas siymo sifatida namoyon böladi. Oşiqning köziga tong otgunça uyqu kelmaydi — bu esa soğinçning nihoyatda çuqur ekanini anglatadi.

Keyingi baytlarda kutiş iztirobi yanada kuçayadi. Oşiq yölga çiqib, lahza-lahza yöl qaraydi, yuragi iztirob bilan töladi:

 

Lahza-lahza çiqdim-u, çektim yölida intizor,

Keldi jon oğzimğa-yu, ul şöxi badxö kelmadi.

 

Bu yerda şoir kutişning ruhiy oğirligini juda taʼsirçan tasvirlaydi. “Jon oğzimğa keldi” iborasi intizorlikning eng yuqori çöqqisini ifodalaydi. Göyo kutiş şu qadar uzoq va oğirki, oşiqning sabri tugay deganday.

Ğazalda yana bir kuçli badiiy tasvir — köz yoşlaridir. Şoir öz iztirobini şunday ifodalaydi:

 

Közlaringdin neça suv kelgay deb ölturmang meni —

Kim bori qon erdi kelgan, bu keça su(v) kelmadi.

 

Bu misralarda köz yoş oddiy suv emas, balki qon bilan qiyoslanadi. Bu esa dardning naqadar çuqurligini körsatadi. Oşiqning qalbi şunçalik jarohatlanganki, közdan yoş emas, göyo qon oqayotgandek tasvirlanadi.

Agar ğazal şu nuqtai nazardan öqilsa, undagi har bir misra yanada çuqur maʼno kasb etadi. “Sarvi gulrö”, “parivaş”, “maʼşuqa” kabi obrazlar oddiy yor timsoli emas, balki ruhiy mukammallik va ilohiy gözallik ramzi sifatida talqin qilinadi. Oşiqning intizori esa oddiy muhabbat emas, balki ruhning muqaddas visolga bölgan soğinçidir.

Ğazalning sönggi bayti ham öziga xos falsafiy maʼno bilan yakunlanadi:

 

Ey Navoiy, boda birla xurram et könglung uyin,

Ne uçunkim, boda kelgan uyga qayğu kelmadi.

 

Bu yerda “boda” sözi tasavvufiy maʼnoda ruhiy mastlik, yaʼni ilohiy işqdan keladigan quvonçni anglatadi. Şoir göyo qalbni ana şu maʼnaviy zavq bilan taskin topişga undaydi. Çunki ilohiy muhabbat bilan tölgan qalbga ğam yaqinlaşolmaydi.

“Kelmadi” ğazali — soğinç, kutiş va muhabbatning badiiy ifodasi böliş bilan birga, tasavvufiy maʼno qatlamlariga ega bölgan çuqur asardir. Unda inson qalbining eng nozik tuyğulari aks etadi: intizorlik, visol umidi va ruhiy iztirob. Şu bois bu ğazal asrlar oşa ham öquvçilar qalbini larzaga solib kelmoqda.

Navoiy asarlarini öqiş va ularning maʼnosini anglaş insonni nafaqat adabiy zavqqa, balki maʼnaviy kamolotga ham yetaklaydi. Çunki Alişer Navoiy ijodi inson qalbi, muhabbat, sabr va ilohiy işq haqida çuqur öylaşga çorlaydi. Şu sabab Navoiyni anglaş, uning asarlarini teran tuşuniş har bir kitobxon uçun katta maʼnaviy boylik va bebaho adabiy maktab hisoblanadi.

Rayhon OBLOQULOVA,

Mirzo Uluğbek nomidagi

Özbekiston Milliy universiteti

jurnalistika va özbek filologiyasi

fakulteti 1-bosqiç talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan