Yagona vatanmiz, bitta xalqdirmiz

Sayyora TÖYÇIYEVA

Ikki daryo poyin öpgan gul diyor,

Osiyo yuragi bölgan şul diyor.

Pok niyat, pok amal, azim kelajak —

Barçasiga Vatan bölgan şul diyor,

Birlaşsak şijoat, azmu şahddirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Bobom ekkan nihol zör himmat menga,

Momomning allasi çin hikmat menga.

Otamdan, onamdan merosim — Vatan,

Uni asramoqlik saodat menga.

Tomirda oqqan qon, şiddat, jahddirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Dunyoning beşigin tebratgan bu el,

Yöqdan bino qilgan, yaratgan bu el.

Karvonida ilmu maʼrifat taşib,

Ne-ne dovonlarni titratgan bu el —

Şiddatim bolamda, yana qalq dermiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Qadim tarix yöli kimga pinhondir,

Keçam ham bugunim senga ayondir.

Mening dono xalqim, donişmand xalqim —

Hamişa yaxşilik, mardlik tomondir,

Mardona bobolar yöli-ahddirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Yer yuzin yondirar uruş tözoni,

Gödaklar faryodi tutar samoni.

Mening Vatanimda şodiyona töy —

Maʼrifat zamoni, millat zamoni,

Temur tutgan bayroqdek yakka şahddirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Aytay qay birini — bahodirlarim,

Vatan — orim degan qança zörlarim.

Muqaddas yurt şaʼni köksida tumor —

Dunyolar tanigan Javohirlarim.

Raqibni mot aylab turgan taxtdirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Öz-özidan bunyod bölmas imorat,

Yurt taqdiri nomus ila jasorat.

Xalq qismatin özin qismati degan —

Bedor zotning hayotidan iborat.

Qadamlar zalvorli — qutluğ ahddirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz.

Ey, ilm-maʼrifat, nurlar, birlaşing,

Yuragida olovi borlar, birlaşing.

Ey, Vatan tarixin bitayotganlar —

Allomai zamon, pirlar, birlaşing,

Birlaşsak, el degan yoruğ baxtdirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz,

Yagona Vatanmiz, bitta xalqdirmiz!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan