Odamlar kitobda özini köradi

(Ikkinçi maqola)

Öjar dalillar guvohlik beradiki, heç qaçon odam kitob ustida yoki kitob mutolaasidan keyin jinoyatga qöl urmagan.  Bu haqiqatni kitob möʼjizasini hayotida sinab körganlarga tuşuntiriş ortiqça. Avomga aytiladigan gap şuki, kitobda jami hikmatlar jam va hammasi ezgulik haqida, çunki kitob yaratiş ehtiyoji dunyoni asraş va uning birinçi şarti – ezguliklarni tarqatiş maqsadidan yuzaga kelgan (ziddi – dunyoni egallaş niyati odamlarni qirişni talab etadi va uning vositasi sifatida turli qirğin qurollari yaratilgan). Ikki manzara, ikki munosabat! Kitob va qurol hayot va ölim kabi baqamti yaşab kelaveradi, xuddi jon talvasasidagi jonivor va zulmkor ovçi kabi. Mantiq şundaki, odam nasli mağlub bölişdan, yaʼni ölib ketişdan qança qoçsa, tirik qolişning maʼnaviy vositasi – kitobga şunçalik intiladi. Buyuk muhaddis bobomiz Muhammad Ismoil Buxoriy hazratlari taʼkidlaganlaridek, “Najot faqat ilmdadir va bundan özga bölişi mumkin emas”. Ilohiy kitob – Qurʼoni karimdan keyin  şariatni tanişning ikkinçi manbai – mukammal hadislarni töplagan möʼtabar zotning, ehtimol, hayotdan çiqargan eng muhim xulosasi şudir. Ilmning manbai esa kitobdir.

Muqova içida sidirğa taxlangan varaqlarda allaqaçon yer yuzidan yöq bölib ketgan saltanatlarning şukuhi, buyuk zotlarning ovozi, yillar sinovidan ötgan aql va tafakkur mahsullari – umuman, borliqning jami sinoati yaşiringanki, haqiqatan bir mutafakkir taʼkid­laganidek, “Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir” (N.Morozov, siyosatçi). Agar kitob bölmaganida, odamzod  köhna tarix örmonzorida hamon soç-soqoli oqargan gödak tarzida yalanğoç emaklab yurgan, qötos yoki baliq ovlab, tirikçiligini keçirayotgan yarim yovvoyi holdan nariga ötolmagan bölardi.  Inçunin, zamonlar evrilişida ham kitobga yaqinlik, kitob öqiş taraqqiyotda örinlarni taqsimlaşda asosiy omil böladi. “Taraqqiyotning umumiy kölamida har bir xalqning örni öşa xalq öqiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi” (E.Labule, publitsist). (Taʼkid bizniki. H.S.)

Şu mantiqdan kelib çiqsak, tariximizda yuksak taraqqiyotga erişilgan yillarda kitob eng möʼtabar buyum bölganini, eng nufuzli mas­kanlar qiroatxonalar sanalganini, jamiyatning eng obröli odamlari ilm ahli atalganini tasavvur qiliş qiyin emas. Masalan, Sohibqiron bobomiz yurişlarida muhim yumuşlardan biri – eng sara kitoblarni yiğib, poytaxt Samarqandga jönatiş bölganini tarixiy dalillar tasdiqlaydi. Bu hol Aleksandr Makedons­kiyga ham begona emas. U taşkil etgan Aleksandriya kutubxonasi butun bir sivilizatsiyaga turtki bergan.  Hozirgi zamondoş­larimizning katta avlodi ham bir qiş­loqda bir neça: qiş­loq sovetida, maktabda, rayon markazlarida katta-katta kutubxonalar bölganini eslaydi…

Har holda kitob mutolaasi asosiy maşğulotlardan biri bölganini  va şu orqali şaxsiyatimiz kamol topib, ulğayganini özimiz yaxşi bilamiz.  Yuksak insoniy odob-axloqdan taşqari mehribonlik, saxiylik, inoqlik, özaro döst-birodarlik, bir-biriga ğamxörlik singari köplab fazilatlarni kitobdan örganganmiz. Kitoblar orqali yer yuzida qişloğimizning töpori, umri ot-eşak orqasidan ötgan odamlaridan taşqari buyuk insonlar borligini, ular ilmda yuksak kaşfiyotlar qilganini, romanlar yozganini, hatto kosmosga uçganini bilganmiz. Kitoblar halollikka örgatgan, jasoratga ilhom bergan, vatanparvarlikni singdirgan. Kitoblar ustida yum-yum yiğlaganlarimizni, goh hayajonlanib, dunyoga siğmay ketganlarimizni, voqealarga asir bölib, bir neça kun ularning taʼsirida yurganlarimizni bugun şirin xotira sifatida eslaymiz.

Öşa lahzalar qişloqning sokin, ançayin zerikarli hayotidan özga olam edi. Bunday taassurotlar bepoyon orzular hadya etgan, öşa orzular qanotida parvoz qilganmiz, adabiy qahramonlarga taqlid  qilib, bola dunyomizni jozibali qurganmiz. Bolalik biz uçun maʼrifatga oşnolik, maʼnaviy yuksaliş fasli bölgan. Yaramas qiliqlardan özimizni ongli ravişda tiyganmiz, çunki bunday işlarning oqibati kitoblar orqali işonçli körsatib berilgan va şuning uçun ulardan qoçganmiz.

Ha, bugungi natijalarimizning poydevori ana şunday taxlangan edi. Qalbimizda gözallikka, sanʼatga buyuk iştiyoq bor edi. Bu fazilatlarni heç mubolağasiz kitoblardan örgangandik. Axir atrofimizda aksariyat qiş­loqdan nariga çiqmagan, hali uruş azoblarini unuta olmagan alamzada odamlar, sirtdan öqib, nari-beri diplomni qölga kiritib,  öqituvçilik kafolatini olgan qişloq muallimlaridan boşqa maʼnaviy olam yöq edi. Ammo ana şunday muhitda ham tasavvurimizga butun olamni siğdira olardik. Çunki biz muttasil kitob öqirdik!! Kitob eng sodiq döst va maslahatçi ekanini anglab yetgandik.

Taassurotlar ana şunday yoruğ bölgani uçun ham bugun kitoblarni “Kitobjon” deya eʼzoz­laymiz! Qayerda ul zoti şarifni körsak, kamida qölimizga olib siypalab qöyamiz, baʼzan közimizga surtamiz. Kitob bizni eʼtiqodga ham örgatdi, muqaddas narsalarni tanişga, ularni eʼzozlaşga daʼvat etdi. Xullas, ota-­onamiz dunyoga keltirgan bölsa, kitoblar bizni Odam qildi, balki Hazrati inson maqomiga kötardi. Bugun ana şunday his bilan kimlar maqtana oladi?! Yaratganga şukronalar bölsinki, biz kitoblarda özimizni körayapmiz va bundan iftixor qilamiz. Har holda kam bölmadik. Yana dilni ravşan qiladigan bir jihat – ana şu boylik qatorida özimizning ham ijod mahsullarimiz bor!

Ana şu mulohazalardan kelib çiqib, taʼsirlangan holda bugun kitob bilan xohlab-xohlamay, ijirğanib “döst bölayotganlar”ni köz oldimizga keltiramiz. Ularning yengil-yelpi, bepisand munosabatidan ğijinamiz.  Insonlarni  yuksak darajada özgartirib yuborgan va eʼzoz topgan möʼjiza unça-bunçada sirini oşkor qilavermaydi, qalbini oçavermaydi. Kitobning iltifotiga sazovor böliş uçun uni seviş kerak. Bu sevgi esa öz-özidan paydo bölib qolavermaydi. Qolaversa, gödak hali esini tanimay, kitoblarni tanişi, uning öziga xos hidi dimoğiga tegişi lozim. Beşikdagi bola javondagi kitoblarga termulib, uyquga ketsin, uning öyinçoqlari qatorida çiroyli bezatilgan kitoblar bölsin.  U tetapoya bölişi bilan özining “kitoblari” bölsin,  ularni yelkalab yursin, quçoqlab körsin. Kitobni asraşni gödaklik hislari bilan dunyoni tanişi jarayonida özlaştirib borsin. (Siz tajriba qilib köring, kitoblar içida ulğaygan şu gödagingiz bir kun kelib dunyoga çiqa oladi!).

Şu tarzda butun insoniyat kamolga yetdi, haqiqatan, bolaning qöliga nondan keyin kitob berdilar. Endi hayotda nimagadir erişgan har bir zot kitobdan minnatdor. Demak, kitob­lar borliğimizning bir qismi, u bilan boğliq xotiralar ongli hayotimizning bezagi. Biz kitobda özimizni köramiz, unga közimiz tuşganda totli xotiralar tilga kiradi. Ha, biz özimizni kitoblarda köramiz!

Afsuski, ana şu kayfiyat baʼzilarda kitobdan yiroqlaşiş, undan begonalaşişga olib kelarkan. Tasavvur qiling (oldin, yuqorida eslatganimizdek), turli yöllar (mayli, hozirça ularni “qinğir” demay turaylik; sababi – tirikçilik, odam nima köylarga tuşmaydi) bilan kun keçirayotgan va köngil (aslida – qorin) talablarini qondiriş uçun biron marta kitobga murojaat qilmagan zamondoşimiz qöliga kitob oladimi? Yöq, albatta. Negaki, şusiz ham binoyidek yaşayapti. Aslida, şu örinda uning kimligi namoyon böladi.

Kitoblar ezgulikdan söz yuritadi, har sahifada nuqul halollik, töğrilik, mardlik  va boşqa ijobiy fazilatlar haqida gap ketadi. Oçiği, bunday xislatlardan allaqaçon yiroqlaşib ketgan (Bir tijoratçi, yaʼni tadbirkor “Kitob öqisam, işim yurişmaydi?” deb oçiq eʼtirof etgandi) va “Har kuni yolğon gapirmasam, kunim ötmaydi!” degan puç aqidaga mukkasidan berilgan odam kitobni körsa, qanday holga tuşadi?! Kamida zulmatdan kuçli yoruğlikka çiqib olgan odam közini yaşirgandek, kitobdan yuz buradi. Uni körgisi kelmaydi, çunki “ong osti”dagi sezimlar, öjar “qozi” uni çimçilab olaveradi, daşnom beraveradi, kimligini, qanday yöl bilan pul topayotganini yuziga solaveradi. Albatta, heç kim bunday holga tuşgisi kelmaydi. Yurtdoşlarimizning kitobdan uzoqlaşib ketganining, kitob öqimay qöyganining yana bir sababi şu emasmi?!  Nopok turmuş tarzi, halol-haromni farqlamaslik kişini ezguliklardan mosuvo qiladi, maʼrifatdan yiroqlaştiradi, hatto uni duşman qilib qöyadi, maʼnaviyatdan begona kişiga  aylantirib qöyadi.

Kitob jami möʼjizalarning xazinaboni sifatida öz eşigini “çertgan” yoki oçib, içkariga kirgan odamni taftiş qiladi. Kitob mutolaasiga kirişgan kişi  dastlab xuddi qörqinçli ğorga kirib qolgandek özini noqulay his qiladi. Harflar çalkaşib qolaveradi, unça-bunçada gap nima haqida borayotgani köz oldiga kelavermaydi, göyoki sirpançiq joyga tuşgandek, toyib ketaveradi. Agar özini qölga olib, kitob möʼjizasi içiga kira olmasa, zerikadi, çarçaydi va uyqu bosadi. Uxlaydi, balki uzoq uxlab qoladi. Ehtimol, közi oçiq holda bir umr uxlab ötadi. U kitob bilan heç “çiqişa olmaydi”, özini oqlaş uçun kitobga tuhmatlar qila boşlaydi: “zerikarli ekan”, “hammasi eski gaplar”, “olib yuriş noqulay!”.  Va oxirida dangaliga köçadi: “Kitobdan voz keçiş kerak!”.  Bu hol endi jami aql egalarining eʼtiroflarini oyoq osti qiliş va “yovvoyilik olami”ga qaytiş böladi.

Muqobil gap: Juda köp xamir mahsulotlari kaşf qilindi. Ular har jihatdan  afzal bölişi mumkin, ammo heç biri tandirda yopilgan non örnini bosa olmaydi. Bu eng jön taqqos, holbuki, kitob özida insoniyatning kamolga yetgan davridan boşlab hozirgaça erişgan jami yutuqlarini jamlab kelayapti. Uning örnini telefon ham, audioyozuvlaru boş­­qa aşyolar bosa olmaydi! Unda hali kaşf qilinmagan sir-as­rorlar qança?!  Kitobdan voz keçiş, undan yuz ögiriş mislsiz fojia. Mutafakkir zotlar bugungi dunyoning qiyofasini (zulmkorlik, fahş, maʼnaviy ayniş, axloqiy buziliş va hokazo) kitobdan uzoqlaşişdan keyingi tanazzul, inqiroz  deb baholaşmoqda.

Keyingi yillarda turmuşimizga köplab yangiliklar kirib keldi. Şular qatorida odatga aylangan yiğinlarni qoralamoqçi ham emasmiz. Yoki odamlarning böş vaqtini qanday ötkazayotgani, oşxörliklar, “çoynaxona”çiliklarni eslatib, heç kimni ranjitiş niyatimiz ham yöq.  Jamoaviy turmuş tarzi qaror topişi uçun neça ön yillar kerak. Ehtimol, bugun xalqimiz maişiy hayotini bezab turgan danğillama töylar, turli rasm-rusumlar  ham 20-30 yillarning kaşfiyotidir, inçunin, ularni endi bir kunda yöqotib bölmaydi. Ular turmuş tarzida keng tomir otib, baquvvat daraxtga aylanib ulgurdi.

Faqat bir  mulohaza:  töyxonalar, yemakxonalarning kiriş yölaklarida kitoblarga töla javonlarni terib qöyiş urfga aylantirilsa, eriş tuyuladimi? Balki bu hol kimlarningdir iştahasiga yomon taʼsir qilar, balki tomoğidan non ötmay qolar, ammo mazali taom­­ni kavşaş jarayonida dunyoda kitob degan maʼnaviy neʼmat borligini bir qur eslab qöyarmidi, maişatdan yoğ bosgan köng­lining allaqayerida mutolaa istagi uyğonarmidi?  Axir meçkaylik kasaliga çalinib, top­gan-tutganini davolanişga sarflab yurgandan köra,  kam yeb, kam içib, ozib yurgani, şu asnoda bir-ikki kitobni öqib qöygani yaxşi emasmi hurmatli zamondoşlarimizning?!

Hakim SATTORIY.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan