Kitob — maʼnaviy tayanç
Maʼlumki, keyingi yillarda yangi avlod yuzaga keldi, bu tabiiy jarayon: umr ötaveradi, avlodlar almaşaveradi. Tajribalar körsatadiki, har bir avlodning öz qiyofasi, taqdiri, vazifalari va dunyoqaraşi böladi, yillar silsilasida bu belgilar özgarişga uçrab, umumiylik kasb etadi va yuzaga kelgan manzara “avlodlar qiyofasi” deb yuritiladi. Mana, mustaqillik davronida bir asrning uçdan biri ötdi. Tabiiyki, yillar öz mazmuni va mohiyatini avlodlar qiyofasida namoyiş etdi. 33 yil bir avlodning hayot sahnasida böy körsatib, ikkinçi avlodning yuzaga kelişi uçun yetarli (olimlar 25-30 yilni bir avlod umri deb hisoblaydilar). Binobarin, ötgan yillarni ana şu mezonlardan kelib çiqib kuzatsak, qiziq manzaraga guvoh bölamiz.
Agar 45 yoşni “umr örtasi” (maşhur şoir Abdulla Oripov iborasi) deb hisoblaydigan bölsak, bu 1978 yil tuğilganlar çekiga tuşadi. Hozir 40-50 yoşlar (1973-83 yil tuğilganlar) jamiyatni boşqarayapti, deb tasavvur qilsak, ularning katta avlodi umr örtasini allaqaçon zabt etgani körinib turibdi. Bu avlodning öziga xos “bosib ötgan yöli” va şunga mos qiyofasi bor, albatta. Avvalo, ötgan yillar, maktab davrini ham qöşib hisoblaganda, bu avlod uçun totalitar tuzum va mustaqillikning çorrahasi hisoblanadi. Şu yillarda röy bergan voqealar (“sotsializmning rivojlangan bosqiçi”, “qayta quriş” şovqinlari, Şarof Raşidovning vafotidan keyingi alğov-dalğovlar, mustaqillik uçun kuraş, uning ilk yillari) bu avlodning bola zehnida u yoki bu darajada aks etgani tabiiy.
Ular maktabga qadam qöygan 1980-87 yillarni yaxşi eslaydilar. Mazkur davr taʼlimda şöro tartiblari qatʼiy joriy qilingan, barqaror yillar edi. Keyinçalik tizimda şakllangan umrini ötab bölgan qaraşlarni mustaqillik mafkurasi bilan taftiş qiliş, izlanişlar (ayniqsa, darsliklar borasida) davri böldi. Uning eng katta, esda qoladigan voqeasi – oliy öquv yurtlariga test sinovlarining joriy etilişi bilan yakunlandi. Bu avlodning oldingi qatori mustaqil hayotga qadam qöygan yillar jiddiy özgarişlar (ayniqsa, erkin iqtisodiyotga ötiş, xususiy mulkning paydo bölişi, xususan, milliy valyuta borasida) bölgani rost. Voqealar rivoji jamiyat jiddiy özgarişlarga muhtoj ekanini va bunday özgarişlar kutilayotganini körsatardi.
Şunday ham böldi: milliy valyuta joriy etildi (1994 yilda), oldinroq esa lotin yozuviga ötiş boşlangan, taʼlimda kollejlar tizimi yölga qöyilgan edi. Biz bir qur sanab ötayotgan bu yangiliklar hayotga qanday silkinişlar (ijobiy maʼnoda) olib kirgani, relsdagi vagonlarning harakati tezlaşib ketganini katta avlod yaxşi biladi. Albatta, ijtimoiy hayotdagi bunday tub özgarişlarni mustaqillik talabi, öz yöli va aʼmolini izlaş tarzida baholaş lozim. Negaki, dunyo hamjamiyatiga suveren davlat sifatida qadam qöygan yurtimizning öz taraqqiyot yöli, boşqalarga öxşamagan qiyofasi bölişi kerak edi.
Ana şu yangiliklar, özgarişlarning “naşʼu namolari”dan bahramand böliş, ularning taʼmini tatib köriş esa 1-avlodning farzandlari çekiga tuşdi. Taʼbir joiz bölsa, hozirgi 20-30 yoşlilar şu iqlimda şakllandilar, ulğaydilar (ularning oldi vakillari bolalari 2005 yilda maktabga borgan bölişsa, bu yil bitirişga ulgurdi ham). Xullas, bugun katta evolyutsion-revolyutsion yölni bosib ötgan insonlarning navbatdagi avlodi hayot sahnasiga çiqdi. Xöş, ular tarixi bilan yetarliça (baʼzan meʼyoridan ortiq) maqtanadigan, yillar davomida boşidan ne bir sir-sinoatlarni ötkazgan xalqimizning yukini yangi manzillarga olib öta oladimi? Savolni şu tarzda qöyişga maʼnaviy haqqimiz bor, deb öylayman.
Muhokamani “yerga tuşib” davom ettiraylik. Jiddiy özgarişlar (test sinovlarining joriy etilişi, lotin alifbosiga ötiş, kollejlar tizimi) qanday natija bergani (berayotgani) hozirgi har bir maʼlumotli odamga maʼlum. Maqsadimiz – bu holatni tahlil qiliş emas, balki yaqin kunlarimizni esga oliş bilan bugun şakllaniş bosqiçida turgan (mustaqillik yillarida tuğilgan va ulğaygan) avlodning maʼnaviy qiyofasi, feʼl-atvori va muammolari haqida umumiy tarzda mulohaza yuritişdir. Zero, dastlabki xulosalar bu borada jiddiy muammolar töplanib qolganini va keçiktirilmas çoralar köriş zarurligini tasdiqlamoqda.
Agar bu avlod qiyofasini tölaroq tasavvur qiliş kerak bölsa, içki jarayonlar bilan birga taşqi omillarni ham hisobga oliş kerak böladi. Bular: dunyo rivojlanişi bilan boğliq kompyuter texnikalari va qöl telefonlarining kirib kelişi, aksariyat otalarning çetga işlaşga ketişi oqibatida bola tarbiyasi va taʼlimi uyda onalarga, maktabda esa ayol öqituvçilarga qolib ketgani, taʼlim sifatining pasayişi, oila muhitining noçorlaşuvi, oliy taʼlimda poraxörlikning avj olişi va bularning oqibatida malakasiz xodimlarning yetişib çiqişi – keyingi yillarda yuzaga çiqqan ijtimoiy voqelik manzaralarining bir qismi, xolos. Va vaziyat hamma illatlarning jam bölib, bolalar örtasida ham, kattalar örtasida ham, umuman, jamiyatda kitobxonlikning barbod bölişiga olib kelişi bilan yakunlandi, deb xulosa çiqariş mumkin.
Endi ana şunday muhitda ulğaygan hozirgi avlodning maʼnaviy qiyofasini köz oldimizga keltiraylik. Kuzatişlar va tahlillar, jamoatçilikning fikri körsatayaptiki, hozirgi bolalar feʼl-atvorida kontrast (ziddiyatli) holatlar közga taşlanadi (bu hol, balki jamiyat qiyofasining töla şakllanmaganidandir). Bir tomonda oilada mukammal tarbiya, tillardan xabardorlik, dunyoga çiqiş közga taşlansa, bir qismda (balki ozçilikdir) rahmsizlik, qöpollik, toşbağirlik namoyon bölmoqda. Ana şular jiddiy muammolarni muhokama qilib, öziça xulosa çiqarişga qobil emas, buning örniga hovliqma. Hayotga va öz turmuşiga yengiltaklik bilan qaraydi (oilaviy ajralişlar…), eʼtiqodsiz. Telefon orqali tuşunçalari aynigan, fahşdan uyalmaydi… Buning ustiga ğurursiz, oriyatsiz. Boz ustiga qalbi mudroq, yumorni tuşunmaydi, haqiqiy sanʼat asarlaridan zavqlanişni, gözallikni qadrlaşni bilmaydi… Albatta, bu fikrlar manfaatdorlik asnosida kelajakdan xavotir olib, biroz ehtiros bilan bildirilgan taşvişlar bölişi mumkin, ammo har birida asos borki, komil inson uçun bunday qusurlarning bittasi ham ortiqça.
Xullas, “ularning ijobiy fazilatlarini sanaşga barmoq ham köplik qiladi, ammo illatlari son-sanoqsiz”, deyişadi köplab zamondoşlarimiz. Afsuski, bu haqiqat, undan köz yumiş mumkin emas. Agar gapni çuqurlaştiraversak, köngilni aynitadigan köplab noxuş hodisalar kelib çiqadiki, yaxşisi, hozirça ular haqida emas, nuqsonlarni tuzatiş borasida qayğuriş muhimroq.
Albatta, “Har qanday dardning davosi bor”, deganlaridek, kelajagimiz egalari bölgan yoş avlodni bugungi davr talablari darajasida kamolga yetkazişning yöllari ham aniq. Şu örinda “Ayiqning beşta qöşiği bor, beşalasi ham olxöri haqida” deganlaridek, men ham yana bir bor kitobxonlikni yodga solib qöymoqçiman. Mabodo vaziyatni önglaşning eng odmi, oson yöli çinakamiga kitobxonlikni yölga qöyiş emasmikan?! Holbuki, bu tizim butunlay izdan çiqib ketgan, yaxşi kitoblar kam, kitob savdosi töxtagan va hokazo.
Maktablarda kitobxonlik yuzaki yölga qöyilgan, bolalarga 1-sinfdanoq kitob öqiş malakasi singdirilmaydi yoki kitobxonlik könikma, odat holida şakllantirilgan emas. Axir kitobxonlik maktabda singdiriladi va oilada rivojlantiriladi-ku. Tajribalar şuni tasdiqlaydiki, bolaning zehni endi oçilayotgan murğak paytida kitobga mehr uyğotilmas ekan, keyin bu yumuşni eplaş muşkul böladi. Xuddi qurigan yoğoçni qayiriş qiyin keçganidek, odamning yoşi ulğaygaç, kitobga böyin egişi oğirlaşib boraveradi. Demak, maktabning eng muhim vazifalaridan biri – bolani kitobxon qilib tarbiyalaşdir!
Katta avlod xotiralarida yaşayaptiki, bir vaqtlar maktabda kitobxonlik qanday yölga qöyilgan edi?! Bilim maskanida kutubxona muntazam işlagan, darslarda mutolaaga jiddiy eʼtibor berilgan, har hafta öqilgan kitoblar söralgan, muttasil kitobxonlar yiğinlari, rağbatlantirişlar… Har kuni kiçik sinflar 1 soat, örta sinflarning 2 soat, katta sinflarning 3 soat kitob öqişi odat tusiga kirgan… Hozir ahvol qanday ekan? Telefonga ruju qöyiş ham, har xil salbiy qiliqlar ham kitobdan uzoqlaşiş tufayli yuzaga kelmadimikan? Agar maktab taʼlimida kitobxonlik aʼlo darajada yölga qöyilsa, köp narsa öz-özidan hal bölib ketadi, turli islohotlarga, yangiça yondaşuvlarga köp ham örin qolmaydi. Bu hayot haqiqati, yillar davomida tasdiqlangan haqiqat.
Kitobxonlikning eng muhim fazilatlaridan biri — kişini erkin fikrlaşga örgatadi. Tabiatan öziga erkinlik (kitob öqiş misolida erkin fikrlaş)ni yuqtirgan odam öz oldiga aniq maqsad qöyişni biladi (maʼlumki, köpçilikning hayotdan maqsadi bölmaydi, şunçaki “tuğilib qolgani uçun” boşqalarga taqlidan yaşayveradi), şu maqsadini amalga oşiriş uçun vositalar izlaydi. Izlanişlar jarayonida esa mukammallaşib, ulğayib, kamolga yetib boradi. Bu jarayon uning şaxsini yuksaltirib, mayda tuyğularga, yuzaki eʼtiqodlarga, jumladan, buyum va aşyolarga tobe bölib qolişdan asraydi (aniqroği — çalğitadi) va şu tarzda yuksaklikka çorlayveradi. Köp işkallar, masalan, boylikka yoki maişatga öçlik çeklanganlikdan kelib çiqadi. Bunday “öçlik” esa aynan qullik psixologiyasidir.
Fan tasdiqlaydiki, quldorlik butun borliği bilan rivojlangan va eng yuqori çöqqiga çiqqan qadimgi Rim davlatida qulning muddaosi “qorin va boşpana” taşvişi bölgan, xolos. Bugun ham köplarning halovatidan voz keçib, uyqusini harom qilib, yolğon gapirib, özgalarni aldab, erişadigan “çöqqi”si — töy-haşamlar, danğillama uy-joylar emasmi? Demak, ming yillar ötsa ham qullikning mohiyati özgarmagan, ammo mazmuni özgargan. Endi köpçilik şunçaki “yarimta non va bir piyola suv” uçun emas, haftalab davom etadigan maʼrakalar; şunçaki boşga pana böladigan kulbalar uçun emas, bir neça qavatli haşamatli saroylar, undagi bazmlar; qul çoriq bilan kun körgan bölsa, bugun qator-qator maşinalar uçun “yaşamayapti”mi? Yugurib-yelişlarning tag-zamini şu-ku. (Bu yoqda esa tobutdan ikki qöli böş ketayotgan Aleksandr!) Yakun: ana şu ikki ziddiyatli holatni aql bilan tuşuniş vositasi – bebaho xazina hisoblanmiş kitob. Bu hol ham ming yillar sinovidan ötgan haqiqat!
Ha, boqiy haqiqatlar heç qaçon eskirmaydi. Xuddi har tong quyoşga peşvoz çiqiş bilan yerda hayot boşlanganidek, eng jiddiy muammolar yeçimining asosida ham oddiy haqiqatlar asqatadi. Dunyo hamjamiyatida öz örnini dadil kaşf etib borayotgan yurtimizning kelajagi esa har tomonlama barkamol avlodlarga boğliq. Bu – bugunning haqiqati. Ana şunday olamşumul vazifani esa keçagi qoliplarga tuşmaydigan, dunyoga oçiq köz bilan qaraydigan, erkin tarbiyalangan va aniq maqsadlar bilan yaşayotgan, öz yölini mustaqil inkişof etadigan avlodgina bajara oladi.
Bugun farzandlarimizning dunyoning istalgan mamlakatida öqişi, işlaşi ertak bölmay qoldi. Katta izdihomlarda esa hayotiy faoliyati taşqi va içki maişiy (“qorin va buyum” taşvişi) şart-şaroitlarga böysunmagan, ularning tazyiqlariga qaram bölmagan, mayda eʼtiqodlarga-yu, köz qaraşlarga tutqun bölib qolmagan, erkin tarbiyalangan mustaqil şaxslargina öz örniga ega böladi, har qanday şaroitda ham Vatan, millat manfaatlariga sodiq qoladi. Muhtaram Prezidentimiz ham ana şunday fidoyi farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazişni vazifa qilib qöymoqda. Demak, yuksak işonçni oqlaş uçun yuksak masʼuliyat bilan yaşaş zamoni!..
Hakim SATTORIY.
