Birni körib fikr qil…
Şu mavzuda qalam tebratişni boşlaganimda, qaçondir guvohi bölganim Guliston şahridagi markaziy dehqon bozorida odamlarning eʼtiborini tortgan mojaro esimga tuşdi. Savdo qiliş uçun joy talaşib, özaro dahanaki jang qilayotgan ikki ayolning oğizlaridan bodi kirib, şodi çiqardi. Bir-birini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilayotgan bu sotuvçi ayollar beparda sözlarni şunçalik qalaştirib taşlaşmoqda edilarki, qöşni hamkasblardan birortasi ularga “bas qilinglar!” deyişga jurʼat qila olişmasdi.
Öşa paytda onasining qölidan tutgan yetti-sakkiz yoşlardagi qizaloq katta yoşdagi ayollarning vajohatidan qörqib, hayratda qotib qolganini körgandim. Uning xayoliga nimalar keldi ekan? U hayotda uçraydigan odamlar orasida şunaqalar ham borligini birinçi marta körayotgan edi, çamamda. Mana, kiçiklarga ibrat, namuna körsatişi kerak bölgan kattalarning “karomat”i! Uyatli sözlarni eşitib, qalbi tonggi şabnamdek beğubor qizaloqning yuzlari qizardi, boşini egdi va tezroq u yerdan ketişga çoğlanib, onasining qölidan tortqiladi…
* * *
…Köçada kelayotganimda, yonimdan ötayotgan, oppoq soqoli öziga yaraşgan bölsa-da, patila soçlariga ança vaqtdan beri suv va qayçi tegmagan özbek millatiga mansub çol közlarimga juda xunuk körindi. Yana buning ustiga, heç qaçon dazmol körmagan köylak va şim kiyib, kir yalang oyoqlariga eski şippakni ilib olgan edi.
Gohida tong saharda töyxonalarga odamlar nahorgi oş tanovul qiliş uçun birin-ketin kirib borişadi. Ularning ust-boşiga nazar taşlayman. Yoşi bir joyga borib qolgan kişi sportçilar çolvori bilan oldida ajnabiy yozuvli futbolka kiyib olgan, qölida esa tutayotgan sigareta. Undan ham keksaroq otaxon boşiga uzun soyabonli oq kepka qöndirib olgan holda köylagi yoqasining kirini namoyiş qilib borayapti. Sipo kiyinganlarga havas bilan boqsangiz, ular kabi ğalati kiyinganlarni körib, dilingiz ğaşlanadi.
Avtobuslardagi örindiqlarga ötirib olib, quloqlariga quloqçin taqib, qöl telefonlarini qöllarida tutgan yoş yigit-qizlar qandaydir qöşiqlarni tinglab zavqlanib ketişarkan, közlarini yumib olişadi. Tepalarida ota-onalaridan ham yoşi uluğ kişilar horğin holda avtobus salonidagi tutqiçni arang uşlab ketayotgan bölsalar ham parvo qilişmaydi. Kimdir ulardan birortasiga: “Hoy bolam, özingdan kattaga joy bersang-çi!” — desa, “Avtobusda böş joy bölmasa, çiqmaslik kerak edi”,— deya javob qaytaradi labini burib va saqiç çaynaşda davom etadi.
Keyingi yillarda Guliston şahrining ovloq köçalarida, baklaşka, makulatura qabul qiliş joylari yaqinida va eski dehqon bozori hududida kirligidan qorayib ketgan eski katta qoplarni yelkasiga ortqilab olgan, isqirt kiyimli, oxirgi marta qaçon yuvinganini özi ham eslay olmaydigan millatdoşlarimizni uçrataverib, közlarimiz örganib qoldi. Ularning ertalabdan axlat, çiqindixonalardagi ulkan qutilarni uzun tayoq bilan titkilayotganlariga közimiz tuşganida: “Eh, odamzot-a! Eh, attang-a!” — deya ingrab yuborişdan özimizni zörğa tiyib qolasan kişi.
Gaplarini tinglasangiz, Beruniy, Amir Temur, Navoiy va Bobur sözlagan tilda sözlaşayotganlaridan ijirğanib, or-nomus, uyat tufayli yer yorilmaydiki, ostiga kirib ketsangiz!..
Yana qiziqqonligim ortadi. Eʼtiborimni susaytirmayman. Çuvrindi kiyimli erkaklar orasida birga yurgan, irkit kiyimlari yaltirab turgan başarasi qop-qora, xunukkina juvon huzur qilib sigaretani tutatadi, aslida, alla qöşiği yoki gözal lirik şeʼr aytişi mumkin bölgan oğzidan pağa-pağa, halqa-halqa tutun çiqaradi. Kemtik tişlarini körsatib kulib, közlarining qiri bilan qarab, yonidagi maxluqsifat erkakka (özbek tilida!..) nimalardir deydi öziça.
Ularni kuzatib turib, nogahonda çöçib ketaman va özimga özim savol beraman: “Şu insonlar mening zamondoşimmi?! Şular mening millatdoşimmi, vohadoşimmi?!”
Axir, aslida, ular ham onalaridan hamma qatori pokiza bölib tuğilişgandir! Qaçonlardir maktablarga ham borişgandir… Nega ular şunaqangi turmuş tarzini tanlaşdi ekan-a?!
Yaxşiyam, ming şukrki, qadimiy odatlarimizga xos çordana qurib, milliy liboslarda davradoş bölib ötirgan, çehralaridan nur yoğilib turgan otaxonlarda, ustiga beqasam tön, boşiga döppi kiyib, qiyiq boğlab, “Dilxiroj”ga raqs tuşayotgan yigitlarda haqiqiy özbekning qiyofasini köriş mumkin. Duogöy onaxonlarda, jufti haloliga sadoqatli, mehribon, nazokatli ayollarda, qoşlariga ösma qöyayotgan böy qizlarda haqiqiy özbekning qiyofasini köriş mumkin. Ulardek millatdoşlarimiz bor ekan, qadriyatlarimiz bardavom bölaveradi. Özbekning asl qiyofasiga köz tegmasin, uning boşi heç qaçon egilmasin, ğururi toptalmasin, hamişa yuzi yoruğ bölsin!
Hasan ABDUVOHIDOV,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi masʼul kotibi,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
