Vatan bölib birlaşsak…
Ilmu ijod möʼjizasi xalqni buyuk maqsadlar sari boşlaydi, ijodkoru ziyolilar esa elning körki, ziynati sanaladilar.
Davlatimiz rahbarining yil oxirida bölib ötgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşining kengaytirilgan yiğilişida ilmu tafakkur, madaniyatu sanʼat, ijod ahli bilan qurgan samimiy suhbatidagi ona tilimizni ardoqlaş, milliy qadriyatlarimizni kelgusi avlodga soğu omon yetkaziş borasidagi niyatlari har birimizga kuç-quvvat, yuksak rağbat berdi.
Yangi yilni kutib olişga oşiqayotgan öşa damlarda yurtdoşlarimizning yuzlaridagi quvonçlariga boqib, hali ustozlarini Fanlar akademiyasining akademigi şarafli unvoni bilan tabriklayotgan, hali “Olimlar bayrami” munosabati bilan şogirdlarini bayram tadbiriga çorlayotgan, “Yil ayoli” respublika tanlovida oliy örin egallagan oddiy maktab öqituvçisining şodligiga şerik bölayotgan ziyolilarimizni körib, mehnatidan baraka topgan insonlarning öz yurtida qadr topayotganiga havasi keladi kişining.
Millat yuksalişining asosiy negizlaridan biri bölmiş madaniyat va sanʼat sohasidagi yangilanişlar esa inson ruhiyati, kayfiyati bilan, yuragi bilan işlaşga moyil uşbu soha kişilarining yurak prizmalaridan ötayotgani rost gap. Yurakdan çiqqan söz yurakka yetib boradi, aziz farzandlarni yurtga muhabbat, şukronalik va ezgulikka kamarbasta qilib tarbiyalaş esa har bir ziyolining umr mazmunidir.
Yangi Özbekiston madaniy siyosatidagi yorqin voqealar, islohotlar tadriji Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş ğoyasini ilgari surayotgan maʼrifatparvar xalqning bugungi kundagi kayfiyati, “Inson qadri uçun” hikmatining amaldagi isboti uşbu fayziyob tanlovlarda baralla körinmoqda. Mirzo Bedilning “Ilm insoniyat gavharidir” degan hikmati bizningça, ilmni qadrlaganlar, kitobni, mutolaani qadrlaganlarning hayotlarida yölçiroq bölib porlab turadi.
Muqaddas hadislarda “Sözda sehr, şeʼrda hikmat bor” deyilgan tabarruk kalomni uçratamiz. Sözning sehri insoniyatni öz öqi atrofida adaşmay aylanib turişiga katta xizmat qiladi. Zotan sözdagi ilohiy sirni, hayratangiz sehrni anglagan, his qilgan inson hayotning asl maʼnosini, mavjudiyatning bor haqiqatini tuşunib yetadi. Sözlardagi ana öşa tilsimli haqiqatni anglaş va anglatişdek qutluğ vazifa şoiru şuaroga, fozilu fuzaloga, olimu ulamoga bekorga tortiq qilinmagan.
Ota-bobolarimiz aytganlaridek, boşqa fanlar ilmning ulkan namoyandalarini yetiştirişi mumkin, adabiyot esa fidoyilarni kamolga yetkazadi. Çunki adabiyot inson ruhining muhandisi hisoblanadi. Adabiyotsiz hayot juda ğarib va qaşşoq bölib qolgan bölar edi.
Muazzam adabiyot karvonini yoruğ manzillar sari yetaklayotgan, bu karvonlarning bekatlarini mehr çiroqlari bilan yoritib turgan, karvonlarning ziyolarini xalqqa yetkazişga kamarbasta bölib turgan davlat millatparvar, vatanparvar bolalarni tarbiyalaydi, voyaga yetkazadi, bunga qator rivojlangan davlatlarning tajribalari guvohlik beradi.
Bekorga davlatimiz rahbari adabiyotni millat murabbiyi deb atamaydilar.
Körib turibmiz, sakson yildan ortiq öz binosi bölmay ijarama-ijara faoliyat körsatib kelayotgan Yozuvçilar uyuşmasiga muhtaşam bino qurib berildi, Zomin ijodkor yoşlar seminari qayta iş boşladi, diyorimizning eng dilbar maskanlari – Öriklisoy-u Zarkentda adiblar uçun oromgohlar oçildi, yuzga yaqin adiblar uçun imtiyozli asoslarda uy-joylar berildi, yuzlab yoşlarning birinçi töplamlari, yuzlab şoiru yozuvçining ijod bayramlari ötkazib kelinmoqda. Uyuşmada har kuni bir muallifning asari, tarjimasi taqdimot qilinadi. Bir kun tinim yöq, ijod jarayoni qaynaydi.
Azim Toşkentning qoq markazida hazrat Alişer Navoiy haykali poyida “Adiblar xiyoboni” bunyod etildi.
Prezidentimiz tomonidan “Döstlik” ordeni bilan mukofotlangan Ozarbayjon xalq yozuvçisi Anor muallim xiyobonda sayr etar ekan: “Men dunyoni kezgan odamman, boşqa biror yurtda Özbekistonda adiblar uçun qurib berilgan haşamatli bino kabi koşonani körgan emasman, buni adabiyotga eʼtibor deydilar. Men Özbekiston Prezidenti tomonidan qilinayotgan ezgu işlarga havas qilaman. Men “Beşinçi qavatli uyning oltinçi qavati” degan asar yozganman va ayni damlarda özimni öşa uyning oltinçi qavatida turgandek his etayapman!” degan döstona izhori Özbekiston ulkan maʼrifiy özgarişlar yurtiga aylanayotganining jahonşumul eʼtirofi edi. Davlat rahbarining mehnatiga, şijoatiga qardoş xalq yozuvçisining bergan bahosi edi bu!
Turkiy tilli davlatlar adabiyotlarining eng sara namunalaridan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumida umumturkiy adabiyotning yetuk namoyandalari, Özbekiston, Qoraqalpoğiston, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarbayjon, şuningdek, kuzatuvçi mamlakatlar –Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli şoir, adib va mutafakkirlari asarlaridan iborat uşbu nodir töplamdan Mahmud Koşğariyning “Devonu luğotit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirğoniyning “Hikmatlar”i, Nosiriddin Rabğuziyning “Qissasi Rabğuziy” kabi mumtoz asarlari, Alişer Navoiyning “Saylanma ğazallari”, “Zamonaviy özbek nasri antologiyasi” örin olgani, vatanimizda özbek tilida naşr qilingan “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildlik majmuasining, Alişer Navoiyning Toşkentda yangi çop etilgan 5 jildlik “Xamsa” majmuasi, hurmatli Prezidentimiz sözboşisi bilan çop etilgan Yunus Emro asarlarining özbek tilidagi naşri Turksoy xalqaro kutubxonasiga taqdim etilgani adabiyotga bölgan eʼtiborning namunasidir.
Yoki bölmasa, yoşlar mutolaa madaniyatini yuksaltiriş, kitobxonlikni keng tarğib qiliş borasida ötkazilayotgan “Yoş kitobxon” tanlovi ötgan yetti yil mobaynida butun mamlakat yoşlarini qamrab olgani, minglab mutolaa ixlosmandlarining eng çekka hududlarda ham kitobga, adabiyotga ixloslari munosib baholanayotgani, butun respublikamiz ulkan kutubxonaga aylanganidan darak beradi. Tanlovda qatnaşgan tört millionga yaqin yoşlarning ön yetti nafari Prezident sovrini — “Spark” avtomobillarini qölga kiritganlari maʼrifat ğunçalarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy hayotida öz örinlari borligining eʼtirofi böldi.
Eʼtiroflarni yozyapman-u, Davlatimiz rahbarining keçagina ona tiliga bölgan munosabati va eʼtiborli mulohazalari, yaʼni özbek tilini öqitiş samarasini oşiriş, milliy sertifikatga ega bölgan “Özbek tili va adabiyoti” öqituvçilariga yangi öquv yilidan boşlab 50 foiz ustama tölanişi, özbek tili böyiça xalqaro fan olimpiadalari ötkazilişi haqidagi yaxşi niyatlari muallimlarimizga neçoğli ğayrat ato etişini köz oldimga keltiraman. Bu maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bundan yuz yil ilgari “Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurğon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yöqotmak, millatning ruhini yöqotmakdir” degan hikmatli taʼbirlariga munosib javobdir.
Esimda bor, 2017 yil 3 avgustda mamlakat rahbarining bir guruh ijodkor ziyolilar bilan bölgan uçraşuvda soha taraqqiyotiga yangi tamal toşi qöyilgan edi. Uçraşuv topşiriqlari natijalariga asosan alohida iqtidor talab etiladigan oliygohlar uçun kiriş imtihonlarini ijodiy suhbat şaklida taşkillaştiriş, bolalar musiqa va sanʼat maktablariga xalq suygan madaniyat va sanʼat darğalarini rahbar etib tayinlaş, respublika darajasidagi madaniyat va sanʼat muassasalariga iqtisodi mustahkam idoralar jamoalari bilan “Döstlik klublari” şaklida moddiy kömaklaşiş imkoniyati yaratildi, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farğona filiali taşkil etildi.
1997 yildan beri har ikki yilda bir marta anʼanaviy tarzda YUNESKO xalqaro taşkiloti şafeligida Samarqandda ötkazilib kelinayotgan “Şarq taronalari” musiqa festivali nafaqat Şarq xalqlari, balki butun dunyo sanʼatsevar xalqlari örtasida ijodiy döstlik riştalarini boğlagani, Samarqandi firdavsmonand jahonning musiqiy poytaxtiga, qadimiy Registon musiqiy sahnaga aylanganini bilardik, bu sanʼat anjumanining mantiqiy davomi qator xalqaro festivallarda böy körsatdi.
Benazir sanʼatimizning oliy darajadagi aks-sadosi, ön ikki asrdan beri ardoqlab kelayotganimiz — milliy maqom bayramining Şahrisabzda Xalqaro maqom sanʼati festivali darajasida ötkazilgani, “Şaşmaqom”ni Yevropa mamlakatlarida musiqa mutaxassislari, ixlosmandlari ham turli konsert va festivallarda tinglab, yuqori baholayotgani, maqom sanʼatini Germaniya, Fransiya musiqa mutaxassislari tadqiq qilayotgani mumtoz sanʼat olamida yangilik böldi, Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati instituti faoliyati yölga qöyilgani, hududlarda ixtisoslaştirilgan maqom maktablari oçilgani – milliy özlikni anglaşning qoyilmaqom körinişidir.
Afsonaviy Jayhun va Sayhun oraliğidagi sivilizatsiyalar yaratgan aziz ota-bobolarimizdan qolgan milliy qadriyat – baxşiçilik sanʼatiga berilgan eʼtibor natijasida Termiz, Nukus, Guliston şaharlarida Xalqaro baxşiçilik festivali ötkazildi, Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati institutida “Baxşiçilik va dostonçilik” taʼlim yönalişi böyiça iqtidorli talabalar öqişni boşladi. Köz oçmagan buloqlar – yangi isteʼdodlar uçun oltin zina bölişi tayin. Uç marotaba ötkazilgan festivalda AQŞ, Bolgariya, Eron, Janubiy Koreya, Moldova, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Xitoydan taşrif buyurgan baxşilar va soha taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qöşib kelayotgan olimlar iştiroki va bizdagi bu sanʼat taraqqiyoti haqidagi fikrlari özi bir dunyo böldi.
Mutaxassislar yaxşi biladi, yurtimizda 8 mingdan ziyod madaniy meros obʼyekti mavjud. YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga bizdan 10 ta meros – “Boysun tumani madaniy makoni”, “Şaşmaqom” mumtoz musiqasi, “Katta Aşula”, “Askiya sanʼati”, “Navröz”, “Palov madaniyati va anʼanalari”, Marğilon hunarmandçilikni rivojlantiriş markazi: (atlas – adras), Xorazm raqsi “Lazgi”, “Miniatyura sanʼati” va “Baxşiçilik sanʼati”nomzodnomasi kiritildi.
Yana bir nufuzli Xalqaro anjuman – Xalqaro hunarmandçilik festivalida Qöqon şahriga yoğoç öymakorligi böyiça Hunarmandçilik şahri maqomi berilgani, şu davrgaça jahonning turli mamlakatlaridagi 35 ta şahargina mazkur maqomga sazovor ekani, Qöqon şahri Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga aʼzo davlatlar içida birinçi bölib uşbu röyxatga kiritilgani ham jahonaro eʼtirofdir, aslida. Birinçi hunarmandçilik festivalining oçiliş marosimidagi yorqin va fayziyob manzara jahon hunarmandlarining tahsiniga sazovor bölgani haqida haligaça faxr bilan sözlaymiz. Öşanda festival doirasida olti avlodi naqqoş usta bölib tanilgan maşhur usta Muhammadali Yunusov teatrlaştirilgan badiiy qism fonida, sahnaning bir çekkasida, tomoşabinlarning köz öngida qirq minut davomida ellikka yaqin şogirdlariga boş bölib, bitta mix işlatmasdan milliy uslubdagi sakkiz ustunlari yarqiragan naqşinkor, kungurador nihoyatda nozik did bilan işlangan mahobatli ayvonni bitirişganida xorijlik mehmonlar zavqlanib, qarsak çalib yuborişgandi. Oppoq yaktak kiygan ustalarning barça tomoşabinlar, köplab kameralar köz öngida bajargan işlari dunyoning narigi çetidagi tomoşabinlarning ham olqişlariga sazovor bölgan edi.
Axir, bunday ajib mehnat jarayonini, hayratli manzarani qiyoslaş uçun söz topib bölmas!
Tafakkur özgarmasa, jamiyat özgarmaydi, maʼrifat rivojlansa, milliy tafakkur rivojlanadi. Davlat rahbarining samimiy suhbatidan har bir ijodkorning köngli toğdek kötarilganini, Vatan bölib birlaşiş, farzandu nabiralarga maʼrifatli qadriyatlarni basalomat yetkazmoqni şaraf deb bilganlarini har birlarining çaqnoq nigohlaridan biliş mumkin.
Uluğlarimizning: “Bir dasta tayoqni birga boğlangiz, kimsa sindirolmas. Agarda ajratsangiz bir-birini har kim sindirar” degan dono ögitlari ziyolilarimizning yöllarida yölçiroq böladi.
Söz ham, ovoz ham, soz ham, iqtidoru talant ham Yaratganning xalq xizmati, yaxşi niyatlariga vobasta böliş uçun bergan omonati, qarzidir. Adolatli va şiddatli islohotlar esa har bir ijodkorning yuragi orqali ötadi. Yurakdan çiqqan söz yurakka yetib boradi, aziz farzandlarni yurtga muhabbat, şukronalik va ezgulikka kamarbasta qilib tarbiyalaş esa har bir ziyolining umr mazmuni bölmoği kerak. Niyatlar amallarga qarab bölğusidir, amallar esa ezgulik yaratişdan iborat.
Boşqaça bölişi mumkin emas.
Sayyora TÖYÇIYEVA,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoira.
