Olişuv
Uluğbek JUMAYEV
(hikoya)
Qahraton. Muzlama. Sovuq suyak-suyakdan ötadi. Qiş osmonu zamindagi hukmronligini köklamga topşirgisi kelmaydi. Şunday bölsa-da, şov-şov, şim-şim quyayotgan yomğir izğirinning qahri-ğazabiga bardoş bera olmay çekinadi. Örnini qor zarralari egallaydi. Uçib-uçib, yayrab-yayrab, oppoq, momiq qor yerga qöna boşlaydi.
Traktor motorining bir ohangda gurillaşidan boşqa heç tovuş quloqqa çalinmaydi. Esangeldi fermer traktor muftisini bosib, gaz berdi. Kabinada ötirgan bölsa-da, qunişdi. Badani junjikdi. Oynadan taşqariga möraladi. Garçand qorni töq, usti but bölişiga qaramay, içi taşviş sandiğiday. Bunaqa ob-havoda mollarining holi ne keçdi ekan? Işqilib oç, vahşiy börilar podaga hujum qilmadimikan? Umuman olganda, dala-qirda yaşayotganlar xuddi Esangeldidek yuragi quş hadigi bilan tepardi. Uni xayol olib qoçdi. Qişloğiga tutaş töqayzorda şoqollar köp bölguvçi edi. Şoqol har tun yemiş topiş umidida hovli tevaragida tentirardi. Ammo odamga yaqin yölamasdi. Inson uni öq otib yer tişlatişi mumkin. Quyoş botib çor- atrofni qoronğilik qoplaganda yoki tong otar mahalida jonivor tinmay “kuylaydi”. “Kuylaşi” qandaydir qiyqiriqqa öxşaydi. Öşa kuni qişloqdoşi Tulkiboy çöpon tuş paytida döng ustida çönqayib ötirgan şoqolni körgan. U göyoki özini özi mana men deb köz-köz qilardi. Şunda çöpon qölidagi söyilga közi tuşgan şoqol tumtaraqay qoçdi. Sal joyga borib taʼqibçisi kelişini kuta boşladi. Mabodo çöpon unga yaqinlaşgudek bölsa, dastlab biqinidan, söng oyoğidan tişlab olişni öylardi. Yirtqiçning makkorona iljaygan turqi şundan dalolat berib turardi. Uni quvib yetgan ovçi kaltak bilan “siyladi”. Şoqol akillab, faryod kötarib, kaltak zarbiga bardoş berdi. Nariroqdagi şeriklari jonim-otim yordamga şoşildi.
Şoqollar baʼzida itlarni kutib ötiradi. Iblislarni ahmoq qilişni, azoblaşni, tilini osiltirib halloslab yugurişini tomoşa qilişni xuş körişadi. Bordi-yu, yölida maydaroq it uçrasa, şoqol tödasi uni bir zumda parça-parça qilib taşlaşi heç gap emas. Xullas, surbet şoqol tevarak-atrofga tomoşaga çiqqan itning sayru sayohatini boplab burnidan çiqaradi, xumori yoziladi. Şunda ğoliblik şarbatini sipqorgan şoqolning çakagi uzoq vaqtgaça tinmaydi. Hovuri bosilgaç, atrofiga makkorona qarab qöyadi. Ammo baribir tentaknamo harakatlarga uzil-kesil çek qöyişni xayoliga keltirmaydi.
Şoqolning turişini kamina iblisning iljayişiga öxşataman. U tişlarining oqini körsatib yemiş topiş ilinjida uzoq izğiydi. Şoqol galasi kuçli, ildam va jips böladi.Ularning öz kuçlarini sinaş uçun imkoniyati yetarli. Ovozi — beöxşov, dumi tinmay likillaydi. Şoqolning juni tikka-tikka… Yirtqiç böridek irillaydi. Tovuq, ördak, qöy-eçki deganining şörini quritadi. Imkoni bölsa, şoqol özini qöraga uradi. Şeriklari biron kor-hol voqelikka köçsa, taşlanişga şay alpozda taşqarida poyloqçilik qiladi.
Bolaligidagi bir voqea esida. Taşqari zim-ziyo. Tun odamni yutaman deydi. Şamol esib turibdi. Bu pallada uydan muqim boşpana bölmaydi. Uy içkarisiga qator qilib töşak solingan. Şunda taşqaridan yiği eşitildi. Uni çaqaloq ovozidan farqlab bölmaydi. Qörqib ketgan onasi: “Tura qoling, dadasi, kimdir çaqaloq qoldirib ketganga öxşaydi. Qora sovuqda tönğib qolmasdan burun uyga olib keling”, deydi betoqat bölib. “Kampir (negadir otasi onasini yoş bölsa-da kampir deb atardi), besaranjom bölma, bu ovoz şoqolniki. Jonivor ohu zorini, alamu sitamini yiğiga qoriştirib yuboradi. Buni bilmagan, sezmagan odam yirtqiç makriga aldanib qolişi mumkin”, dedi otasi. Onasi bu gapni eşitgaç: “Xayriyat-a!” deya köylagi içiga tupurib qöydi.
— Ayyorlikda, firib berişda heç bir yirtqiç şoqolga bas kela olmaydi, — deya otasi hikoyasini boşladi. — Öşanda qiş edi. Juvanamiz hovlida arqonsiz yurardi. Bundan xabar topgan şoqol galasi buzoq onasidek “mö-mö”lagan ovoz çiqarib yoniga çaqiradi. Buzoqça şataloq otib borsa, qarşisida yirtqiçlar… Oyoqlari qaltirab, özini yöqotib qöyadi. Şunda şoqollar uni tilka-pora qilib taşlaydi.
Ertasiga otasi bir neça kişi bilan şoqollar payiga tuşdi. Ammo ularni yöqota olmadi. Tovuq, ördak, kurka, qözi-uloq, buzoqçaga hujum qilişni qöymadilar. Qaydan bu yerga kelibdilar? Semiz töqli öziga tortdimikan yoki oçlik hissiyoti sudrab keldimikan? Şu yangliğ öylar otasiga tinçlik bermadi.
Şu tobda köngli qandaydir noxuş voqea şarpasini sezgandi. Xayolidan ötgandi…
Qöli traktordan böşagaç, qamişzor içida ötlab yurgan mollardan xabar olmoqçi edi. Traktorning fil xartumiga öxşaş çömiçi silkinib, şaqillagan ovoz çiqardi. Bunga eʼtibor bermadi. U yer muzlamay turib uyga yetib olişni öylardi. Şunda tuyaning örkaçini eslatuvçi tölqinsimon qir-adirlar adoğida hangisini qiçab kelayotgan öğlini körib xavotiri ortdi. Traktor yurişini sekinlatdi. Esangeldi traktorni qir pastida töxtatdi. Pastga sakradi. U öğli qölidan xurjunni olib, közdan keçirdi. Içida arqon, piçoq, qotgan non bor ekan. Öt yoqib isindi. Nonni olovga taşlab yedi. Söngra öğlini traktorda qişloqqa jönatdi. Özi esa sigirni izlab ketdi. Eşakda yölga çiqdi. Yuriş oson emasdi. Hangini hilaladi. Quloği çimirilgan xötik yörğalab ketdi. Orolça unça uzoq emas. Tez borib, tez qaytadi. Ehtimol, mollar orolça tevaragidagi qamişzorda ötlab yurgandir, xavf deyarli yöq. Xavotirlanmasa ham böladi. Daştdagi baland-past tepalar, ularning egarday botgan oraliqlari unga yaxşi taniş, qadrdon manzillar edi. Bir mahallar bolaligida teng-töşlari bilan şu yerga kelib yalpiz terardi. Yalpizdan onasi mazali kök piçak yopardi. Uning xuşböy hidi dimoqni qitiqlab, iştahani oçib yuborardi. Şu tobda Aydarkölning sutday qor bosgan dalalaridan ötib, manzili sari şoşardi.
Quyoş barxanlar ortiga botdi. Borliq qoronğilik bağriga çömdi. Kök çamanida son-sanoqsiz yulduzlar porladi. Sigir orolçada bölişi kerak. Ehtimol, uyda buzoği maʼrayotgandir. Eşagi qamişzor içiga şönğişga hozirlik köra boşladi. Atrofga olazarak qarab çiqdi. Milt-milt qilib turgan yulduzlardan bölak heç narsa közga taşlanmaydi. Qişloqqa esa, ehhe, hali qança bor. Yölda jimjitlik hukmron. Mana, qamiş ösgan orolga oz qoldi. Hademay yetadi. Qamişzor Aydarköl böyida. Kiçik orolçada joylaşgan. Tik ösgan qamiş-qiyotzor oralab yuriş oson emas. Qamişzor içi it böyidan balandroq butalar bilan qoplangan. Salgina ehtiyotsizlik qilinsa, qöling va yuzing kesiladi. Öttiz-qirq çoğli qoramolning mölagani eşitildi. Esangeldining könglida umid çiroği yondi. Poda içida govmiş yöq ekan. Ehtimol, içkaridadir? Sezgirligi iş berdi. Nigohi uç-tört yiltillagan közlarga qadaldi. Bular qamiş içiga in qurgan şoqollar. Ov qilib jon saqlaydi. Darhol söyilni qölga oldi. Yirtqiçni urişga şaylandi. U joyidan jilişi bilan şoqollar tiş qayrab kela boşladi. Traktorçi kaltakda bir şoqolni qarsillatib soldi. Orqadan uçtasi kelib pöstinidan tişladi. U gir aylanib ularni yaqiniga yölatmadi. Yirtqiçlar kelişib olgandek goh öng, goh söl tomondan juft-juft bölib unga otilardi. Tödadan eson-omon çiqişi gumon. Böş kelmadi. Kaltak sermadi. Ikkita şoqolni urib yer tişlatdi. Yirtqiçlar ğazabga mindi. Qalin, ziç qamişzor içida junlari tikkayib, irillab, inson bilan yuzma-yuz bölib turgan şoqol galasi hadeganda çekinişni xayoliga ham keltirmasdi. Traktorçi yomon ahvolga tuşgandi. Yirtqiçlar burda-burda qilib taşlaşiga bir baxya qoldi. Uvillaşi beöxşov çiqib, dumining uçi tinmay likillardi. Agar poda yetib kelmaganida holiga maymunlar yiğlardi. Bökirib talvasaga tuşgan mollar şoqolni zör berib suzmoqçi bölardi. Yirtqiçlar tumtaraqay qoçdilar. Ular izidan poda quvib ketdi.
Botir, qörqmas mollar podasi Esangeldi traktorçini şoqollardan sabr-matonat bilan qöriqlab, ajal tahlikasidan asrab qoldi. Ajabtovur holat. Şoqollar qoçib keta turib ham orqasiga tislanib, irillab, odamni nimta-nimta qilib taşlaş şaştidan qaytmasdilar. Faqatgina mollar oyoqlari ostida qolib halok bölişni istamasdilar.
Esangeldining peşonasida sovuq ter yaltilladi. Kökda yoqut qamar jilva qiladi. Şunda u ruhi yengillaşganini sezdi, yuzida tabassum öynay boşladi. Bu paytda osmonda ğuj-ğuj yulduzlar çaraqlab yotardi. Sodir bölgan voqeani eslab tişlari ğijirladi.
Tabiat qiziq. Baʼzida qiyin holatda jonivor insonga kömakka keladi. Aydarköl böyidagi Döngalak ovulida istiqomat qiladigan Esangeldi fermerning jonini mollar saqlab qoldi. Çindan ham öşa kuni mollar özlari anglagan, istagan holda insonga yaxşilik qilib qöygan edilar. Esangeldi oğa bu yaxşiligi uçun podani nima bilan xursand qilişni, könglini olişni bilmay qisinardi. Öziga heç pand bermagan mollar uçun xayrli amal qilişni diliga tugdi.
