Yiğlayotgan daraxtlar
Sobirjon INOMOV
Muallif haqida:
Sobirjon Inomov — 1950 yil 21 mayda Piskentda tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Uning “Qömsaş”, “Najot köprigi”, “Tun bağridagi şarpa”, “Hayot inşosi”, “Çinorlar uzoq yaşaydi”, “Közlari nigoron”, “Yöl böylab”, “Soqov xotin”, “Egali uy”, “Osmonning ustuni”, “Yöl — umr, yöl — hayot”, “Bedor qalb tuhfalari”, “Ortga qaytmas umr”, “Çarxpalak dunyo”, “Qismat bitigi” kabi kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi.
(Hikoya)
Kanalning oqimi böylab şahardan çiqaverişda olisdan yakka tepa közga taşlanadi. Şu tepalikka çiqilsa bas, qişloq bor böy-basti bilan namoyon böladi. Qadimda bu zamin katta daryoning özani bölgan ekan. Şu bois yerlar toşloq, suvloq. Ozgina qazilsa bas, sirtiga suv sizib çiqadi.
Tepalikda möʼjazgina bölib köringan bu qişloqni bilmaydigan odam örmonzor, deb xayol qilişi aniq. Bu yerda nima köp, daraxt köp. Ularning aksariyati mevali: qandak örikmi, har donasi tuxumday hosil qiladigan çilonjiydami, olmami, tuksiz, tukli şaftolimi, yerga tuşganda tars-turs yorilib ketadigan pöstloği yupqa yonğoqmi — e, hammasidan bor. 30-40 yillar oraliğida voyaga yetgan yoşlar qişloqni mevali boğ, deb atay boşlaganlar şu vajdan.
Ötkir aka hovlida yiğ-ter bilan andarmon bölib yurgandi. Maktabga yetmay iziga qaytgan nabirasi Rustamjon gap topib keldi:
— Bobojon, siz ekkan daraxtlarni birov motorli arra bilan kesmoqçi. Şuni aytgani keldim.
Ötkir akaning buğdoy rangga moyil çehrasi birdan dokaday oqardi. Pastki labi uça boşladi. Çap kökragida oğriq sezdi. Tuflisini kiyayotganida boşi aylandi. Bunday holat endi bölayotgani yöq. Könikib qolgan. Özini mahkam tutib köçaga çiqdi.
— Bobojon, men ham, — ergaşdi nabirasi Rustamjon orqasidagi papkani teparoq kötarib olarkan.
Ötkir aka ust-boşiga razm soldi — uy kiyimida ketayapti ekan. Ha, nima qilibdi, qişloqçilik, qolaversa, hozir toşoynaga termulib, pardoz-andoz qiladigan fursatmi? Bu yoqda oyoği ostidan yel ötmaganlar u bir vaqtlar ekkan daraxtlarga söramay-netmay arra solayotganida…
Ötkir aka katta-katta qadam taşlab ketayotib, ilgarigi kuç-quvvati yöqligini baralla idrok etdi. Peşonasidan muzdek ter çiqib ketgandi. Eh, u paytlar. U yigitlik onlarini xörsiniş bilan esladi: “Şu daraxtlar nihollarini olisdan yelkamda keltirgandim. Söng mol-holdan asraş uçun atrofiga baland sim tör tutgandim-a! Odamlar moldan ham yomon-da”.
Öşanda Ötkir aka oliygohni endi bitirib, kolxozga hosilot bölib işga kelgandi. Oçiq bir tanob joy ham uning nazaridan çetda qolmagandi. Köklam boşlandi degunça dov-daraxt ekişdan bir muddat tinmasdi. Hammani bir töp bölsa-da, mevali daraxt ekişga undardi.
Ular yaqinlaşib qolişganida yonğoq daraxtining yerga yaqin bitta şoxi köça tomonga qulab tuşdi. Ötkir aka göyo özi qulab tuşganday bir munkib ketdi. Közlaridan öt çaqnadi. Arraçi yiqilgan yonğoq şoxini saranjomlaş uçun pastga tuşdi. Yana arrani qölga oldi.
— Töxta! — Ötkir aka zarda bilan xitob qildi. Biroq arraçi eşitmadi. Yerda yotgan yonğoq şoxiga tiğ soldi. Ötkir aka bor kuçini töplab çopdimi yoki katta qadam taşlab yetib oldimi — bilmadi. Arraçining yonida hozir böldi. Tiğ tutgan ingiçka qora qöllarini mahkam tutgança çetga oldi. Arraçi arvohga duç kelganday bir sapçib tuşdi:
— Amaki, nega meni uşlaysiz? Qölingizni arra kesib ketsa…
— Mana, senga qöllarim kerakmi? Şularni kesaqol! Lekin daraxtlarimga tegma, tuşundingmi? Aks holda, közlaring kör bölib qoladi! Bular qişloqning keksa-yu yoşini hosilidan bahramand qilyapti-ya!
Arraçi notaniş keksaning vajohatidan çöçib, noiloj özini çetga oldi.
Ötkir aka qaltirab titrayotgan qöllarini muştlagança yana arraçiga yuzlandi:
— Senga kim ruxsat berdi?
— Ana, özi, — dedi arraçi siniq ohangda.
— Hoy bola, nega arrangning tovuşi çiqmay qoldi? Tezroq qimirla. Keçgaça bu çirigan daraxtlarni qulatib taşlamasang, ulgurolmaymiz. Ertalab zakazçiklar yetib keladi, — dedi çözinçoq yuzi sariqqa moyil, yoş bölsa ham qorni besönaqay osilgan, oyoq-qöllari kalta, böyniga siqib böyinboğ boğlab olgan yigit.
— Mana bu amaki, — arraçi közining qiri bilan Ötkir akani körsatdi, — ruxsat bermayapti.
— Iye, bu odam kim, nega bizning işimizga burnini suqadi?
Arraçi bilmasligini ayon qilib, yana yelkasini uçirdi.
— Sen işingni qil, köçadagi har bir odamning diydiyosiga quloq tutsang, bir oyda ham bu işni tugatolmaysan.
— Hali köçadagi odam böldimmi? — Ötkir akaning birdan zardasi qaynab ketdi. — Men idorada işlab, şu daraxtlarni ekkanimda, sen enangning qornida ham bölmagansan, tirrança!
Bu orada uç-tört qişloq qariyalari arra tovuşini eşitib, idora yaqiniga yetib kelgandi. Ötkir aka kuppa-kunduzi ovoz çiqarmay iç-içidan öksib-öksib yiğlayotganidan hayratda qolişdi. Hamqişloqlarining yoniga kirib hamdard bölişga özlarini çoğladilar. Şunda bir qariya tilga kirdi:
— Hoy bola, sen özi kimsan, bu yerga qayoqdan kelding? Söraş, istaş yöq, daraxtlarga özboşimçalik bilan arra soldiryapsan.
— Işbilarmon! — qörslik bilan javob berdi böyinboğli yigit. — Özim şaharda yaşayman. Mana şu joylarni daraxt-paraxti bilan sotib olganman.
Ötkir akaning oyoq-qöllarida birdan ğoyibdan kuç paydo böldi. Şaharlikka bir hatlab yetdi. Uning yoqasidan mahkam qisgança dedi:
— Daraxtning bir şoxini ham kestirmayman. Yerda yotgani uçun tovon tölaysan. Özi umringda loaqal bir tup nihol ekkanmisan? Sendaqa işbilarmonlardan örgildim!
Böyinboğli yigitning nafasi böğilib, rangi dokadek oqardi. Bir siltanib ğazabnok raqibidan uzoqlaşmoqçi böldi. Lekin nihol ekib kökartirişga qodir Ötkir akaning qöllari hali baquvvat, uşlagan joyini uzib olgudek çayir edi.
— Ötkirboy, ke, qöy, nabirang tengi bola ekan, — dedi qariyalardan biri gapga aralaşib. — Qişloqdagilarni, çamasi, böş-bayov, nima qilsam bölaveradi, deb öylagan, şekilli. Lekin biz bu yerdagi har bir tup daraxt uçun javobgar ekanligimizni, qişloğimiz har kim bilganini qiladigan tajriba maydoni emasligini bu bolaga tuşuntirib qöyamiz hali. Şungayam Xudodan insofu tavfiq söraylik.
Ötkir aka andek böşaşdi, qölini “işbilarmon”ning yoqasidan tuşirdi. Yovqaraş qilganiça nari ketdi.
Şaharlik qiyşayib qolgan böyinboğini töğrilayotib, nima qilarini bilmay tomoşabin bölib turgan arraçiga butun zahrini soçdi:
— Nega bezrayyapsan? Halizamon haqini söraysan, heç bölmasa, kesgan şoxingni maydalab, bir yoqli qilmaysanmi? Mayli, qolganiga…
— Bunga ham tegmaydi! — dedi Ötkir aka qattiq va zardali ovozda. — Özim saranjomlayman. Bu daraxtlarning öligi ham, tirigi ham meniki.
Şaharlik lom-mim demadi. Arraçini maşinasiga ötqazib közdan ğoyib böldi.
Yöl yoqasidagi muazzam mevali daraxtlar omon qolganlariga xursanddek edilar. Özlarining xaloskorlariga minnatdorçiliklarini bildirayotgandek yaproqlari bilan tinimsiz çapak çalar, ahyon-ahyonda ertalabki qalin şudring tomçi bölib yerga dumalar, xaloskorlari kabi daraxtlar ham göyoki yiğlayotgandek edilar…

