Kökanboy qalampir ekdi…
Durbek QÖLDOŞEV
Muallif haqida:
Durbek Qöldoşev — 1949 yili Paxtaobod tumanida tuğilgan. Mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik. Uzoq yillar qişloq va suv xöjaligi sohasida faoliyat yuritgan.
Muallifning “Kök qarğalar qaytib kelmadi”, “Tafakkur — aql qamrovi”, “Imperatorning tuğilişi” singari bir qança kitoblari naşr etilgan.
(Nasri musajjaʼ)
“Bölmaganga bölişma”.
Özbek xalq maqoli.
Xotinining qistovi bilan köp bora qatnab, peşanasi botib terga, “Kökan deport” deb tanilgan kişim “Sotim fermer” dalasidan el qatori ega böldi öttiz sotix yerga!
Qişloqda tuğilib ösgan Kökanboy, afsus, ketmonni heç döst tutmagan edi… Qanday ekin ekişni bilmay yeriga, köp öyladi — boşi qotdi. Peşlab olay, deb avval aqlni, nosdan olib, soya joyga karavotin qöyvolib, közlarini yumvolib, ançagaça yonboşlab yotdi…
Öylab-öylab, axiyri bir qarorga keldi çoği, göyo yelkasidan tuşganday Sulaymon toği, sapçib turib ketdi-da, öng qölini baland kötarib: “Vööh! Topdim! Bira töla ekaman hammasiga şirin qalampir! — dedi. — Birinçidan, bu ekin vitaminga boy, qişin-yozin bozori heç ölmaydi, pişib ötib ketsa hamki, açimaydi, sasimaydi, sölmaydi. Sotgança sotaman, qolganini quritib, solib qöysam qoplarga, ançagaça turadi. Aqlim rosa yetib turibdi, mana endi köpdan beri qotib qolgan işlarim ham, gap-söz yöq, yuradi”.
Çunki “Er-xotin — qöş hökiz” desalar-da, Kökanboy rözğor degan “arava”ning zalvorini qöyib berib xotinga, köpdan beri öz tomonin yolçitib heç tortmasdi, hali qozoq, hali öris yurtlarida qönim bilmay topganlari özidanoq ortmasdi…
Xayolparast Kökanboy qölga olib qoğoz-qalamni, yöq hosilni çamalab, aqçasini çiqarib, hujjat sanab xomçötni çöntagiga joylab qöydi. Ertasiga ukalaru qayinlari, taniş-biliş yaqinlari, barçasini jamlab dalaga, “hay-hay” bilan köçatlarni ekkunça, hö-hö, katta yukni kötardi u göyo burni yerga tekkunça.
Aslida, soyaparvar Kökan degani şu yoşgaça dehqonçilik maşaqqatin böyniga sira olmagandi, şu bois ham biror marta bu ahvolda qolmagandi… Tabiiyki, köçat ekiş, ançagina mayda iş, könikma yöq madadkor bilan uni yakun qilgunça, roppa-rosa beş kun ketdi, biroq bu kunlar içida Kökanjonning joni ham halqumiga yetdi!
Sotim fermer kelib körib “yangi dehqon” dalasini, körsatdi u yer boşida bajarilgan yumuşlarning ança-munça çalasini.
Bir çiziqqa ekilmagan nihollarni körgan Sotimboy avvaliga qattiq ranjib, peşanasi tirişdi, “bölar iş böpti” deya aççiğini yutib içiga, beixtiyor sözga kirişdi: “Aka, böling endi, tezroq suv oçing, işonarli tutib olsin köçatlar! Ketidanoq yer yetilsa, öğit bilan göngni bosib, bir çopiqdan çiqarasiz! Dehqonçilik ança nozik, pirli kasb, uddasidan çiqib ketiş osonmas! Aytib qöyay, ekin zotiga quruq gaplar, quruq vaʼda aslo kerakmas! Qolaversa, “Ha, qalampirmi”, degani bilan, u yöl çetida öz holiça ösadigan terakmas! Qisqa qilsam gapimni: yerni mutloq aldab bölmaydi! Aldayman degan kasning uyi donga tölmaydi!
Mana endi qattiq turib reja qiling! Tabiiyki, boşqa işlar bir çekkaga suriladi, to qalampir avj olib, yer betini yopgunça, ön-ön beş kun, balki köproq, sabr bilan iş ustida turiladi! Kökan aka, sönggi gap: topganingizni berib ekinga, mehr bilan uç çopiqdan çiqarsangiz, kuzga borib, qarab turasiz, qölingiz pul köradi! Bola-çaqa, xotin-xalaj — uydagilar, quruq çoymas, maza qilib holva-novvot, parvardalar söradi!
Öylaymanki, xos dehqonlar tajribasi qöl kelib sizga, töğri yöldan yurasiz. Ha, aytganday, yon qöşningiz Qodir bobo el tanigan, saxovatli çin dehqon, kelişimni kutib ötirmay, şu odamdan maslahatlar olib turasiz!”
Yoqmasa-da quloğiga özidan kiçik Sotimboyning bu “darslari”ni çurq etmasdan tingladi! Ögitlardan olganday bölib xulosa, bir amallab qalampirni bostirib suvdan çiqardi.
Endigina ötgan edi ikki kungina, hamma gapni unutgan Kökan masʼuliyatni olmay böyniga, bir sayoq döstining gapiga kirib, atigi uç kunga deya ketib qoldi tabiatning qöyniga…
Unutdi u dalasini öz-özidan xuşlanib, haftagayoq qolib ketdi salqin joyda “uşlanib”.
“Tabiat quçoği”dan kela solib qarasa, boyoqiş qalampirlar qatqaloqning iskanjasidan, bir talayi sölgan ekan, eng yomoni, har-har joyda durkun köçatlar, havo kirmay tomiriga, joyidayoq ölgan ekan! Buni körgan bayov Kökan tarvuzi qöldan tuşib, turgan joyda qaqqayib tur-i-i-ib qoldi, ğovlagan boşini quyi solgança qölin bir siltab daladan özini oldi…
Yaxşiyamki, köp iş körgan Sotimboy “boquvdagi oriq qöyni” ölmay turib “söygan” ekan, qalampirni uç kun avval qöşnilarning guvohligida, Qodir boboga ötkazib qöygan ekan!..
Şunday qilib, “Kökan işkal” arzimagan ança-munça xarajatlar, köçatlarning qiymatini Qodir akadan oldi, özi esa uç martamas, aqalli bir marta ham, qalampirga çopiq berolmay, “quruqqa çopib qoldi”…

Muallif haqida: