Kitob — maʼnaviy tayanç
Kitob haqida aytilmagan yangi gap deyarli qolmagandir. Ammo taraqqiyot özining past-baland evrilişlarida bu mavzuni turli ölçamlarda köndalang qöyib kelgan. Heç narsa yangilik hisoblanmaydigan bu köhna dunyoda “insoniyat yaratgan eng sönggi möʼjiza”ga teskari munosabatlar ham bölgani rost. U uluğlanişdan taşqari xörlangan, toptalgan, jumladan, yoqilgan (vaqtida Buxorodagi bir ğişt zavodi oylab kitob yoqib işlatilgani eslanadi), biroq quyoş barhaqligi misoli u maʼnaviyat xazinasi, tafakkur maşʼalasi sifatida, umuman, qoğozlarga siğmaydigan taʼriflar asnosida qayta tan olinavergan, şu yösinda odam farzandining doimiy hamrohiga aylanib qolgan. Qolaversa, kitob Yaratgan tomonidan möʼjizalar bilan quvvatlantirilgan inson qavmlari – Payğambarlarning eng sönggisiga ato etilgan eng sönggi möʼjiza sifatida ham eʼtirof etiladi. Bu jihatdan musulmonlar kitobga ikki karra yaqinlar.
Odamlar nega kitob öqimaydi?
Bu savol ayni kunlarda juda dolzarblik kaşf etdi (istisno tariqasida butun yer yuzi hamon kitobga oşnoligini, faqat bizning diyorda, yaʼni bir paytlar ilmi bilan dunyoni lol qoldirgan ölkada taşvişli holat yuzaga kelganini taʼkidlaş örinli). Ha, ötmiş şuhratlari öz yöliga ekan, uluğ alloma Beruniy taʼkidlaganidek, “Çirigan suyak iftixor böla olmaydi” ekan! Bugun kutubxonalar qisqarib ketdi, kitob dökonlari yopilib bormoqda, kitob savdosi degan tizim butunlay barbod böldi.
Kutubxonalar nurafşon göşalararo zulmatxonaga aylandi, heç kim qadam qöymaydigan qörqinçli joy bölib qoldi. Köçada kitob kötarib yurgan kişini körganlar, ajabsinib: “Aqldan ozganmi, haliyam kitob kötarib yuribdi-ya! Biz telefonga ötganimizga ança böldi” tarzida mulohaza qiladigan bölişdi. Xullas, “mehmondöst va mehnatkaş” xalqimiz kitobdan Azroildan qörqqandek, tiraqaylab qoçadigan bölib qoldi.
Bu gaplarni osmondan olib yozayotganimiz yöq. Odamlar orasida piyoda yurib, ular bilan hamnafas bölib, joylarda kitobga munosabatni körib, vaziyatni şunday ifodalayapmiz. Holbuki, bundan ortiq körguliklar ham röy berişi ehtimoli bor. Masalan, ikki-uç yuz, hatto undan ham köp aholi yaşaydigan tumanda bitta(!) kitob dökoni bölmasligini qanday tuşuniş kerak? Holbuki, har qadamda …dorixona va yemakxonalar (göyoki, aholi oçiqib örnidan turadi-da, yemakxonaga özini uradi, keyin aptekaga kiradi yoki teskarisi!). Mabodo şunday yaşaş tarzi tarkib topgan bölsa, bu holda ulkan maqsadlar haqida qanday gap bölişi mumkin? Holbuki, haqiqatan ham şundayga öxşaydi…
Sirtdan qaraganda, bu hol jön narsadek tuyulişi mumkin: nima qilibdi, xalq bilganini qiladi-da yoki köngli tusaganiga xumor böladi-da?! Ammo yer yuzi ayvoni juda keng ekanini va unda doriga mukkasidan ketgan va yeb-içişdan boşqasiga yaramaydigan qavmlar bilan baqamti olamgirlik vasvosiga çalingan, köringan narsani yutaman, yer yuziga tanho hukmdor bölaman, deb yurgan qavmlar ham borligini, şu vasvosini amalga oşiriş uçun özlarini tinmay çiniqtirib, har jihatdan (aqlan, jismonan, harbiy) tayyorlanib yurganini va bu azaliy kuraş bir zum töxtamasligini muşohada qilib körsak, ğofil bandalar (ayniqsa, maʼrifatdan yiroq tödalar) bundaylarga tayyor nonu oş ekanligi kundek ravşan bölib qoladi. Axir inson maʼrifati, yaʼni ilmi bilan kuçli, ilmni esa birinçi navbatda kitoblardan (va keyin boşqa manbalardan) oladi.
Ana şunday qaltis vaziyatda hammasini çetga surib qöyib, ertangi taqdiri yuzasidan bir lahza ham öylamay, özini maişatga uriş – jiddiy paradoks hodisa va uning ildizlari ança çuqur bölişi şubhasiz. Bir istisno holat: kitobxonlik yöq bölib ketayotganligi haqida rosa bong urildi, keskin, murosasiz fikrlar bildirildi (hatto bir maqolaga “Nur içra zulmat” deb sarlavha qöyildi; holbuki, tinimsiz maqtovlar yoğdirilayotgan jamiyatning egalari, yaʼni huşyor kuçlar bölganda “Sen tuhmat qilayapsan” deb ayyuhannos solardi (Şöro tutumlarini eslab köring!). Demak, şunçalikka borilgan ekan, bu hol yo tizimli rejaning oqibati böladi, yo hamma kelajak oldida loqayd. Ana şunday mulohazalarni tarozining bir pallasiga joylaştiraylik-da, ikkinçisiga masalani jön ifodalaydigan savolni qöyaylik: xöş, odamlar qanday holatda kitob öqişni xohlaydi (xohlamaydi, emas)?!
Savolga batafsil javob oliş uçun masalani teranroq muhokama qilaylik. Demak, kitobning foydasi haqida yetarliça vaʼz öqilgan, taşviqot qilingan, şunday bölgaç, uning “foyda”si haqidagi har qanday gap ortiqça. Faqat vaziyatni atrofliça tasavvur qiliş uçun bir holatni köz oldimizga keltiraylik: odam… taşna, neça kunki oğziga tomçi nam tegmagan, lablari quruqşab, yorilib ketgan. Ammo bir qadam narida ariq tölib suv oqayapti. Odam suv taşnalikni qondirişi haqida rosa köp eşitgan, biladi, ammo bu huzurni özida sinab körmagan. Şu tufayli ariqqa intilmaydi, desak, töğri böladimi?! Ha, taşnalikni qondiruvçi suv haqida keragidan ortiq maʼlumotga ega böliş boşqa ekan, uni jismida sinab, eşitganlarini tasdiqlaş, içib, çanqoğini qondiriş boşqa ekan.
Endi istisno holatlar: odam taşna bölmasligi mumkin yoki taşnaligini ariqning suvidan emas, boşqa manbalardan (olaylik, har xil suyuqliklardan) qondirişi mumkin. “Taşna bölmaslik”ni muhokamadan çiqarib taşlaylik (maʼrifatli dunyoda kitobga ehtiyoj sezmaslik mumkin emas, agar şunday bölsa, ul zot “ikki oyoqli ongsiz maxluq” (Uzr!) – taşnalikni tabiiy holat tarzida qabul qilaylik). “Boşqa suyuqliklar”ni, taşnalikni qondirişning yagona usuli sifatida suv tavsiya qilinganini (deylik, ilohiy holatda) inobatga olib, bu holni ham rad etaylik. Endi faqat “suvni ixtiyoriy rad etiş” holati qolayapti. Taşna odam, garçi qöl yetadigan joyda suv bölsa-da, uni qabul qilmayapti! Mana, holatning aniq manzarasi!
Binobarin, endi suvning foydasi haqida yetarliça tuşunçaga ega bölgan, faqat bu haqda yaxşi gap eşitgan (çunki hali biror kişi kitobning zarari haqida gapirganiga guvoh bölmadik) çanqagan odamning öjarlik, gumrohlik, hatto ulardan ham battar qaysarlik bilan suv içmasligi nimaga olib boradi!? Mana, mohiyat! Biz bu mulohazalarni ibtidoiy odam yoki uç-tört yuz yil oldingi holatni nazarda tutib emas, ayni taraqqiy etgan XXI asr kişisini nazarda tutib bayon etayapmiz, negaki, umuminsoniyat tajribasi hamon kitobxonlik avjida ekanini, kitob dökonlari gavjumligini, kitob tarğiboti, kitob savdosi eng daromadli sohalardan ekanini tasdiqlamoqda (faqat bir “jannatmonand ölka”da barçasi aksinça!). Bizda esa…”Internet çiqdi, gazeta-jurnal kerak emas, telefon bor, kitobga hojat yöq” degan ajabtovur tuturiqsiz, antitsivilizatsiyaviy qaraşlar urçib ketdi. Mabodo ularni ataylab tarqatişmayaptimi?
Demak, kitob öqimaslikning birinçi boş sababi – beixtiyor, şabkörlarça özini jarga tomon boşlaş ekan, yaʼni “Yöq bölişni istagan odam özini ilonga çaqtiradi” deganlaridek. Tarixiy va zamonaviy mezonlar bilan tasdiqlangan haqiqatlardan voz keçiş, masalan, kitob öqimaslik xudkuşlikka öxşab ketadi. Faqat jismoniy emas, maʼnaviy, ruhiy suitsid! (Dunyoga töygan odam kim? Barça umidlaridan mosuvo bölgan, hatto dunyoda adolat, haqiqat borligiga işonçini yöqotgan beçora emasmi?)
Birinçi sabab va uning nimaga tengligiga töxtaldik, endi navbati bilan keyingi sabablarni tahlil qilaylik.
Kitob öqiş uçun maʼlum ruhiy tayyorgarlik kerak. Kitobni varaqlab, sahifaga qarab ötirgan bilan maqsad hosil bölmaydi. Yoki çalkaş tuşunçalarni, murakkab voqealarni, mavhum taqdirlarni sözma-söz öqib, ularni hazm qiliş uçun katta içki kuç talab qilinadi. Kitob öqib yurganlar biladi, mutolaa ham xuddi jismoniy mehnatga öxşaydi. Odamning içki aʼzolari faol işlaydimi yoki jism qandaydir yuklamani his qiladimi, kitob ustida muk tuşib, qimirlamay ötirilsa ham tezda oçlikni his etasiz, muşaklar tortişib, çarçoq seziladi. Demak, mutolaa jarayoni butun tana orqali ötadi, hamma uzvlar işlaydi va quvvat yöqotadi. Şuningdek, öqişdan hosil bölgan “foyda”lar (şuning uçun tirişayapmiz-ku!) zohirda emas (masalan, yuz şişib, barmoqlar kattarib… degandek), balki botinda aks etadi.
Faylasuflar “ong osti sezgisi” deb atagan maskan (laboratoriya)da öqiganlarimizning şirasi sintez qilinadi (psixologlar ongni ham miyaning mahsuli, u suyuqlik holida böladi, deyişadi), ong osti esa “şafqatsiz qozi” hisoblanadi, yaʼni unda butun borliğimiz közgudek aks etib turadi. Garçi biz zohiran (taşqi tomondan) hamma qiliqlarimizni oşkor qilavermasak-da (yolğon gapirayotganimiz, birovga xiyonat qilganimiz, özimiz muttaham ekanimiz…), mazkur, umuman, barça holatlar ong ostida aks etib turaveradi va baʼzan vijdonga murojaat qilganimizda, bizni ayovsiz qiynaydi, bezovta qiladi…
Bu uzun mulohazadan murod şuki, kitob – yangi soğilgan sutdek toza, şafaqdek harir, tongdek musaffo boylik va öziga ham şu darajada turib munosabat bildirişni istaydi (şunga majbur qiladi). Demak, poklik pok munosabatni talab qiladi. Endi, tasavvur qiling, yolğonni yamlamay yutadigan yoki qöli ham, dili ham bulğanib ketgan odam öşanday poklikni daʼvo qila oladimi va mantiqdan kelib çiqsak, pok, harir, musaffo aşyo – kitobni qöliga ola biladimi?! Mabodo, olganida qöli laxça çöğ tutgandek kuyib ketmasmidi?! Hayhot, şunday qilganda edi, ong ostidagi “qozi” ğalayon qilib, vujudni parçalab taşlardi. Bunday odam kitobni qöliga olmaydi, hatto undan Azroildan qörqqandek tiraqaylab qoçadi! Axir kim özini bilib, körib turib ötga-çöqqa uradi? Mana, manzaraning moddiy va jön manzarasi!
Kitobni qölga oliş – yuksak maʼnaviy huquq, bu közga körinmas huquqni unça-bunça odam qölga kirita olmaydi. Kitob qölga olinmayotgan ekan, uning muhim sabablaridan biri – bu qöllar pok emas! Axir har bir kuni yolğonsiz ötmaydigan, birovni aldab, yolğonni suv örnida simirib, pulini şilib oladigan va… boşqa qinğirliklarni qiladigan odam qöllari toza ekaniga özi ham işonmaydi. Bunday qöldan esa kitob qoçadi, majburan tuşib qolganda ham sehrini, sirini oçmaydi!
Ovqatga iştaha — oşqozonning talabi. Maʼnaviyatga ehtiyoj esa qalb istagi! Kitob öqigan odamda ong osti sezgisining rivojlanişi orqali qalb doim uyğoq, huşyor böladi, u suhbatdoşining kimligini, darajasini tez ajrata biladi, baʼzi narsalarni başorat qila oladi. Masalan, yomğir yoğişi-yoğmasligi, ötinning (höl-quruqligiga qarab) yoniş-yonmasligi… singari jön narsalarni. Şuning uçun kitob öqiş ong osti “ozuqasi” sanaladi. Qolaversa, psixoanalitiklar ong osti qözğalişlari (“ongsiz qiliqlar”) xulqni, feʼl-atvorni belgilaydi, deb hisoblaşadi. Demak, kitobdan yuz ögiriş botindagi jami manfiy jarayonlarning hosilasi sifatida feʼl-atvorda, yaʼni xulqda namoyon böladi. Bunday odam heç qaçon öz ixtiyori bilan kitobxon böla olmaydi!
Istisno holat, yaʼni bunday vaziyatdan çiqişning yöli nimada? Maʼlumki, musulmonçilikning farz amallaridan biri sifatida namoz buyurilgan. Namoz holati muslimning dunyo (taşvişlari)dan uzilişi, Yaratgan bilan yakkama-yakka qolişi. Uning qatʼiy odoblaridan biri – joynamozga ötirişdan oldin tahorat oliş. Tahorat şunçaki badanning maʼlum qismini poklaş uçun olinmaydi, tahorat ham fiziologik jihatdan mayin muolaja, ham özini ruhan şu muloqotga tayyorlaş jarayoni böladi. Agar bu amal bajarilmasa, namozxon öz amaliga qoyim böla olmaydi, yaʼni namozini kutilgan darajada ado eta olmaydi. Endi butun olam asroridan (namoz singari ibodat amallari-yu, hatto dinlarning özi, Xudo, umuman, koinot holati yuzasidan) fikr yurituvçi ulkan va teran maʼnoni jamlagan Kitob bilan yuzma-yuz böliş ham xuddi şunday poklanişni, pok ruhiy holatni talab qilişi sir bölmasa kerak… Kimki bu darajada emas ekan, uning kitob qöliga tutişi amri mahol.
Nufuzli manbalarda bandaning vujudida Ollohning maskani, deya taʼriflanadigan, botindagi jami sinoatlar aks etib boradigan, uning eşigida “ong osti sezgilari” didbonlik qilib turadigan möʼtabar dargoh – Qalb taşna bölib, maʼnaviyatga, yaʼni kitobga ehtiyoj sezganda, odam qöliga kitob oladi. Aksinça bölsa, qalb çanqoği qonmaydi, u qurib, qaşşoqlaşib boraveradi va oxirida “taqir sahro”ga aylanadi. Endi bunday odam özini moddiy lazzatlar bilan ovuntiradi va göyo yaşayotganini, tirikligini şu orqali namoyiş etadi. (Şu xildagi zotlarning nima istaşi va ular nimaga “qodir”ligi bugungi jonli hayotimizda namoyon bölayapti…)
Hakim SATTORIY.
