AVVALO, FIKRLAŞNI ÖRGANAYLIK
Menimça, taʼlim sifatini oşiriş yölida özgariş sezilmayotganga öxşayapti. Yo siz sezayapsizmi? Xususan, çet tillarni öqitiş tizimimizda öşa eski törtta malaka – gapiriş, yoziş, öqiş va tinglab-tuşunişni örgatişda davom etayapmiz. Ikki-uç yildan beri boşlangan çet tilini biliş darajalarini tasdiqlovçi A, V va S sertifikatlarni olayapmizu, şu sertifikati borlarning aksariyatida oğzaki va yozma nutqlariga diqqat bilan eʼtibor qilsangiz, turli fonetik, grammatik va leksik xatolar bor.
Bugungi holat bir kunda paydo bölmadi, albatta. Baʼzan maktabda umuman işlamagan odamni sohaga rahbar qilib qöydik. Qarindoş-uruğçilik, taniş-bilişçilik, mahalliyçilik va korrupsiya şaklida namoyon bölayotgan illatlardan qutulmas ekanmiz, taʼlimni töliq isloh qilib bölmaydi. Ularning ildizlari çuqur. Biroq ularni yulib taşlaş vaqti allaqaçonlar kelgan. Bunga umumxalq “haşari” kerak. Keling, yangi Özbekistonning hamma sohasida va hamma joyida yangilaniş haşari qilaylik! Bu işni, avvalo, biz ziyolilar ommaviy tarzda boşlaşimiz lozim. Rivojlangan millat va davlatlardan tajriba va örnak olaylik. Şunday ibratli davlatlar bor: Şarqda Singapur, Ğarbda Olmoniya. Ammo bu katta işni boşlaş uçun fikrlaydigan, öylab iş qiladigan tajribali, imoni butun ziyoli rahbarlar, zamonaviy jadidlar kerak.
Çet tili taʼlimi sohasiga qaytsak, biz öquvçi va talabalarni gapiriş va yozişga örgatişdan oldin ularni fikrlaşga, tafakkurga örgatişimiz kerak. Axir, biror-bir fikrni boşqa til egasiga aytiş uçun gapiruvçi “Nimani gapiraman?” deb öylaşi kerak-ku. Ammo öylaşni, fikrlaşni bilamizmi? Kay darajada? Kim bizga öylaşni örgatadi? Ota-onamizmi? Ular hamişa “Öylab gapir!” deb talab qilişadi, ammo “öylaşni qanday örganay?” degan savolga na uyda, na maktabda tizimli va jöyali javob topdik. Şu öylab-öylamay, ong ostida taxminan maʼlum bir kasbni manfaat yuzasidan tanlagan yoşlarga biz u öylamagan fikrni tarjima qildirişimiz va uni çet tilda gapirtirişimiz talab kilinayapti. Gapiriş, yoziş, öqiş va tinglab tuşuniş sinovi tizimi eskirib bormoqda va kutilgan natija bermay qöydiki, şu sinov turlari böyiça S1 darajadagi sertifikat olganlarning köpçiligining nutqi(gapirişi va yozişi)da talab qilingan standart bilim, könikma, malaka hamda layoqatlar körinmayapti. Sabab şuki, bu talablar iyerarxiyasi (pillapoyasi) avvalida fikrlaş (öylaş) va şu öy-fikrni tarjima qiliş zaruriy malakasi unutilmoqda. Ammo şu iyerarxiyaning dastlabki poğonasi öylaş, ikkinçisi — öylagan fikrini tarjima qilişi (çet ellikka aytiş uçun), şundan sönggina uçinçi poğonaga çiqilib, gapiriş (yoki yoziş) bajarilişi lozim. Dastlabki ikki poğonaga tayyor bölmagan til örganuvçini bir sakratib uçinçi poğonaga çiqariş mumkinmi? Şu sababdan köpçilik S1 sertifikati bor “çet tili mutaxassislari” talab darajasida gapira va yoza olişmayapti. Gapirsa va ayniqsa, yozsa, oddiy lisoniy va interferensiya xatolari bilan gapirmoqda va yozmoqda. Buni öz tajribamdan kelib çiqib aytyapmanki, özim faoliyatim davomida şunday “sertifikatlilar”ni köp uçratdim. Özi örganolmagan öqituvçi qanday qilib örgata olsin? Özi öylamaydigan muallim qanday qilib fikrlaşni boşqalarga örgata oladi? Xullas, çet tili taʼlimida talab qilinayotgan sinov turlarini qayta körib çiqiş vaqti keldi. Ular 4 ta emas, 6 ta bölişi kerak, nazarimda: fikrlaş, tarjima qiliş, gapiriş, tinglab tuşuniş, öqiş va yoziş. Ana şu malakaviy könikma va kompetensiyalarni ona tili darslaridan boşlab şakllantiriş va rivojlantiriş vaqti keldi. Çunki fikrlaş jarayoni dastlab ona tilida sodir böladi.
Bu yangi metodik-didaktik yondaşiş ğoyasini xalqaro miqyosda kamina ilk bor taklif qilayapman va buning xalqaro metodika nazariyasi va amaliyotiga joriy qilinişi ustida xorijlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda nazariy tadqiqotlar olib borayapmiz, maşqlar şaklida amaliy işlanmalar tayyorlamoqdamiz. Aynan şu masalada respublikamiz ona tili va çet tillar mutaxassislari bilan didaktik va metodik hamkorlik qilişga tayyormiz.
Xurram RAXIMOV,
Professor
«Hurriyat» gazetasi, 2023 yil 16 avgust, 32-sonidan olindi.
