Söz erkinligi va maʼnaviy jasorat

Söz erkinligi degan tuşunçani har kim har xil tuşunarkan. Kimdir yoritilmagan mavzuga murojaat qilişni tuşunsa, boşqa birov “oqimga qarşi” fikr bildirişni tasavvur qiladi. Bizningça söz erkinligining asl mehvari hayotiy haqiqat va çin sözga itoat qilişdir.

Esimda, ança yillar avval “Narodnoye slovo” gazetasida muxbirimiz qahraton sovuqda yöllardagi xavfsizlik muammolari mavzuida çiqiş qildi. Muallif söz avvalida yaxmalakni bartaraf etiş haqida gapirib, bir savolni köndalang qöyadi: “Nega faqat birinçi raqamli trassa yöliga tuz sepiladiyu boşqa yöllardan ötgan maşinalar qor va muzdan qiynalib qolaveradi?” “Birinçi raqamli trassa” nima ekanligini tuşungan bölsangiz kerak, albatta. Maqola eʼlon qilindi-yu “yuqori”dan gap eşitsak kerak, deb yurak hovuçlab qoldik. Keyin bilsak, bu maqolaga oliy rahbariyatning közi tuşmabdi. Öşanda ham örtadagi masʼul rahbarlarimiz bizga tuşuntira ketdi: qor va yaxmalakni eritiş uçun qandaydir kimyoviy modda sepiladi, öşa ximikat yöldan ötuvçi avtomaşinalar şinasini tezda işdan çiqarar ekan. Şuning uçun haligi protsedurani boşqa yöllarga tadbiq etişmas ekan.

Tahririyat xodimlari uçun “boş oğriği” bölgan yana bir maqola ham “Narodnoye slovo”da çiqqan edi. Navbatdagi sonlardan birida “Boysun bahori” fes­tivali hamraisining maqolasida “garmdori” qöyilgan edi. Muallif tilga olingan mavzu haqida gapirib, “yurtimizda tarixiy obidalar xarob va vayrona holda” degan gapni yozgan, buni heç kim silliqlamagan.

Şunisi çatoqki, bu safar eʼtiroz eng yuqoridan böldi. “Axir tarixiy obidalarni köz qoraçiğidek asraş borasidagi siyosatimizni çippakka çiqaribsizlar-ku” degan fikrga qölimizni kötarişdan boş­­qa çora topa olmadik. Oqibatda uşbu maqolaga imzo çekkan masʼul muharrir “öz xohişiga” köra ariza yozib işdan ketdi. Ustiga ustak tahririyatni ogohlantirişdi: “Boysun bahori” haqida boşqa heç narsa çiqazmanglar. Umuman bu festival ötkazilmasin. Çunki “Boysun bahori” tilga olinsa, yana öşa maqola esga tuşadi”.

Bitta noörin aytilgan gap oqibati şunday natija bergan edi.

Albatta, u paytlar matbuotda çiqadigan har bir tanqidiy maqolalar ana şunday qabul qilinar edi. Lekin bugun davr özgardi. Söz va matbuot erkinligi taʼminlandi. Asosli tanqidiy çiqişlarga “yuqori”ning zuğumi yöq. Ana endi bemalol erkin ijod qiliş davri keldi. Bunday imkoniyatdan hamkasblarimiz samarali foydalanişni ham bilişi kerak.

Tezkor asrda hayot tarzimiz yangiça köriniş kasb etayotgani ham bor gap. Ilgari harbiy qismda xizmat qilayotgan askar uydagilar bilan xat orqali xabarlaşib tursa, hozir audio va video aloqa orqali özligini bildirib turadi. Poçtalon sumkasida xatlar kamaygani kabi obunaçilarga yetkaziladigan gazeta-jurnallarning ham tagi körinib qolmoqda. Ğarb hayotidan olib yozilgan “Ğariblar” pyesasini eslaysizmi? Unda yoşi uluğ otaxon “Men dunyodagi voqealardan xabardor bölişim uçun jurnallarni olişim kerak” deganda uning qizi: “Otajon, siz öqisangiz ham, öqimasangiz ham, öşa voqea röy beraveradi, öqib ovora bölmang” deydi. Bu gap inson hissiyotini mensimaydigan, ota hurmatini joyiga qöymaydigan tantiq qizning oğzidan çiqadi. U aqidaga işonilsa, gazeta-jurnal u yoqda tursin, kitob öqişga ne hojat?! Kitob bilan oşno köngil umrida kitob öqimaydigan odam maʼnaviyatidan qanday farq qilişini tuşunib turgandirsiz. Töğri, gazeta-jurnal turfa saytlardan kelgan xabarlardan sekin yetib keladi. Bu mezonda kitobning öquvçiga yetkazilişi ança orqada qolişi mumkin.

Qalam bilan işlaydigan inson sifatida aytay. Hozirjavob axborot yoziş gazetaga mulohazali maqola yozişdan osonroq. Oson narsaning esa bahosi yengilroq böladi. Bir vaqtlar hayotimizga televideniye kirib kelganda baʼzilar teatr va kinoning umri tugaganidan başorat qilgandi. Yöq, jonli muloqot örnini heç narsa bosolmasligini hayot körsatdi.

Taniqli jurnalist Ahmadjon aka Meliboyev bir talabadan sörabdi:

— Siz uylanganmisiz?

— Yöq.

— Yaxşi. Birga hayot qurişga ahd qilgan suyganingiz bilan yuzma-yuz diydorlaşganingiz maʼqulmi yoki ekran orqali?

— Albatta, jonli muloqot maʼqul.

— Şunday bölsa, hamma narsani internetga yuklayvermang-da…

Bilasizmi, endigina bosmaxonadan çiqqan gazetani öqişning öziga xos gaşti böladi. Uni öqiş uçun elektr quvvati bölişi şart emas. Gazeta “Wi-fi” yetib bormagan joylarga ham tösiqlarsiz yetib boradi. Ehtimol şu boisdan dunyoning eng rivojlangan davlatlarida axborot texnologiyalari misli körilmagan darajada taraqqiy etgan bölsa-da, kundalik bosma naşrlar kamaygani yöq.

— Gazeta öqilişi uçun tanqidiy materialni köp beriş kerak, — degan fikrni köp eşitib qolamiz. Men bu fikrni maʼqullamayman. Axir hayotimiz nuqul salbiy holatlardan iborat emas-ku. Baʼzi soha rahbarlari şunday deydi: “Işdagi kamçilik­larimizni özimiz ham yaxşi bilamiz. Uni tilga olgan bilan ahvol öz-özidan önglanib qolmaydi. Tuşungan jurnalistlar işdagi tanglikdan çiqiş uçun qaysi tajribalardan foydalanişni ham körsatişdi. Uni biz tahliliy tanqid deb hisoblaymiz”.

Darhaqiqat, hayotimizga tadbiq etilayotgan keng qamrovli xulosalar afzalligini jonli misollar vositasida tarğib qiliş matbuotning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Bitta joyda yölga qöyilgan tajriba yuzlab, minglab joylarda joriy etilsa, xalq farovonligini oşirişda qança foyda keltiradi. Buning uçun tegişli korxona rahbari öşa gazetani öqişi, eng sönggi yangiliklarni kuzatib borişi talab etiladi. Nuroniylar hayot tajribasini yoşlarga singdirişda ham matbuot muhim rol öynaşi mumkin.

Tanqiddan töğri xulosa çiqazişda gap köp. Rasulmat Husanov öz vaqtida Döstlik va Jizzax tumanlarida rahbar bölganida mahalliy matbuotda biror xöjalik tanqid qilinsa, öşa jamoa rahbarini minbarga taklif qilardi va haligi tanqidiy maqolani ovoz çiqarib öqişni talab qilardi. Şunda boyagi rahbar noiloj holatga tuşar va öşa noqulaylikdan qutuliş uçun hamma narsaga tayyor edi.

Hozir ayrim rahbarlar gazeta öqişmaydi va bu bilan hatto maqtanişdan ham toymaydi. Yana bir guruh   masʼullar borki, ular gazeta öqişadi, lekin öqimaganday yurişadi. Çunki gazeta öqiş rahbarning muqarrar vazifasi degan şart yöq-da.

Joriy yil mobaynida muttasil 30 ming nusxadan ziyod çop etilayotgan “Işonç” gazetasida berilayotgan maqola yuzasidan aniq çora körişni talab qilişi har jihatdan ibratlidir. Masalan, gazetaning şu yil 13 iyun sonida “Subsidiya çiqdi, ammo uy topolmayapmiz” sarlavhali maqolaga rukn örnida “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga!” deb berilgan. Vazirlik tahririyatga belgilangan muddat içida javob yöllasa xöp-xöp, aks holda tahririyat muayyan vaqt içida tanqidga munosabat bildirmagan mutasaddilarni röyxat qilib beradi. Şu bois uşbu tahririyat tajribasini örganiş uçun Andijonda çop etiladigan “Hamkor press” gazetasi ijodkorlari taşrif buyurişdi. “Işonç”dan boşqalar ham örgansa arziydi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi örniga yuqori baho berdi. “Ijro organi rahbari biror qaror qabul qilişdan oldin ilgari heç narsa öqimasdi, — dedi Ş. Mirziyoyev, — hozir kamida ön marta öqiydi. Jurnalistlar menga qanday baho beradi, blogerlar nima deydi, degan savollarni öziga beryapti. Ommaviy axborot vositalari vakillari islohotlarimizga juda katta ijobiy taʼsirini körsatyapti”.

Iş kunini kundalik davriy naşrlar bilan tanişişdan boşlaydigan rahbar “Xöş, bugunning talablari nimadan iborat?” degan kayfiyatda iş köradi. Hamma narsa taqqoslanganda xolis bahosini oladi. Buning uçun yon-atrofda röy berayotgan voqealarni huşyor köz bilan tahlil qiliş kerak.

Afsuski, ayrim rahbar va rahbarçalarga “majburiy obuna”ga qarşi kuraşiş ğoyasi juda yoqib tuşdi. Ular qayerda kimdir obuna taşkil qilsa, öşa holni “favqulodda holat” sifatida muhokama qilişadi. Natijada ixtiyoriy obuna ham yöqlikka yuz tutdi. Axir gazeta öz mohiyat-eʼtiboriga köra taşviqot tufayli yaşaydi. Şunday işlar böladiki, ular öz oqimiga taşlab qöyilsa, heç bir natijaga erişib bölmaydi. Obuna esa unga qarşi kuraşni emas, ong­­li munosabatni taqozo etadi.

Insonlar qalbiga ezgu tuyğular, maʼrifatli nur olib kiradigan ommaviy axborot vositalari xodimlari qançalar kerakli iş qilişga daʼvat etilganliklarini doimo yodda tutişlari zarur. Bugungi gazetxon yigirma yil oldingi gazetxon emasligini unutmaylik. Ezgu söz, ezgu maqsad Yangi Özbekis­tonni vujudga keltirişimizda madadkor bölsin!

Şuhrat JABBOROV,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan