Yaxşi dam yaxşi, ammo…

Kunlar isişi bilan odamlar salqin joylarga, sölim göşalarga borib dam olib, tabiat manzaralaridan huzurlanib, çarçoqlarini çiqarişga eʼtibor qaratadi. Buning uçun yurtimizda bohavo joylar yetarli.

Şahar aholisi qişloq aholisiga qaraganda tabiat qöynida dam olişga köproq ehtiyoj sezadi. Tabiat gözalligidan bahra olay, toza havodan nafas olay deb har kuni yoki kunora Çim­yonga, Zominga borişga imkoniyat ham şaroit ham yetarli bölmaydi axir. Şu sababdan poytaxtimiz va boşqa viloyatimiz markazlarida yozning issiq kunlarida tabiat gözalligidan bahra olib, sölim daraxtlar oralab sayr qiliş, işdan keyin köngillarga va tanaga orombaxş etiş kimga yoqmaydi deysiz...

Yurtimizda şahar odamlarining uyiga yaqin maskanlarda madaniy hordiq çiqarişlari uçun Madaniyat va turizm vazirligi kabi bir qança vazirlik, taşkilotlar tomonidan şahar markazlarida köngil­oçar xiyobonlar, boğlar taşkil etilib, fuqarolar uçun turli tadbirlar, “Piknik”lar uyuştirilmoqda. Fuqarolarimizning issiq kunlarda uzoqqa bormasdan öz şahri, uyi yaqinida kam xarajat qilib, maroqli hordiq olişlari uçun şaroitlar yaratib berişga harakat qilinmoqda.

Biroq tanganing ikkinçi tomoni — köpçiligimiz bu kabi dam olişlarni bir yoki ikki kun deb tuşunib qolayotganligimizda. Bunday joylarda bugun biz dam olsak ertaga boş­qalar hordiq çiqarişlarini inobatga olmaymiz. Dam olib bölgaç, özimizdan qolgan turli çiqindilarni  tozalab ketmaymiz. Tabiat oldida ham, odamlar oldida ham, vijdonimiz oldida ham uyalmaymiz. Bu bilan boşqalarning ham biz kabi köngildagidek hordiq olişiga tösqinlik qilayotganimizni ang­lamaymiz. Şunday holatlarga guvoh bölsak “menga nima” demasdan öşa insonlarni tartibga çaqirişni burçimiz deb qabul qilişga odatlanişimiz şart.

Yana bir jihat Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil yanvar oyida daraxtlarni kesişga muddatsiz moratoriy eʼlon qilganiga qaramay ayrim fuqarolar, ayrim tadbirkorlar bunga panja ortidan qarab, hamon daraxtlarga qiron keltirmoqda. Bu ham odamlarimiz dam oladigan salqin tabiat joylarining kamayişiga, torayişiga, toza havoning tozaligiga putur yetkazmoqda.

Daraxt va buta köçatlarini ekiş masalasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi yurtimizda keng kölamda amalga oşiriladi. Biroq ekilgan daraxtlarning insonlarga xizmat qilişi uçun ularning gullab-yaşnaşi uçun biz hozir ularga xizmat qilişimiz kerakligini yanada çuqur anglaşimiz kerak.

Hammamizga taniş öşa gap­larni yana takrorlaymiz. Islohni özimizdan boşlaylik. Bizning tabiatga ham, jamiyatga ham, insoniyatga ham  umuman har qanday munosabatimiz bevosita yoşlar ongida aks etadi. Munosabatimiz axloqiy bölsa xöb-xöb, agar salbiy bölsa kelajak avlod soya-salqin joy izlab, bizdan köra köproq sarson böladilar.

Ötgan qiş kunlari anomal sovuqda issiq joy izlab andarmon bölganimizga boşqa taşkilotlar aybdor bölsa, anomal bölmagan issiqda ham salqin joy izlab andarmon bölib yurmasligimiz esa tom maʼnoda özimizga boğliq.

Bahrom BOYMURODOV,

jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan