Illat izlagan hikmat topmas

Hayot bir-biriga ulanib, biri ikkinçisini davom ettiradigan, katta kengliklarga olib çiqadigan yöllar bilan birga, mutlaqo öxşamaydigan, heç bir çorrahada özaro tutaşmaydigan yölakçalardan ham iborat. Şunday ekan, har kim öz yöli,   kasb-kori, turmuş tarzi, bu yoruğ olamda yaşaşdan maqsad-muddaosini özi tanlaydi va bu tanloviga özi masʼul böladi. Kimdir halol mehnat qilişni, farzandlarini töğri söz, adolatli, el-yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalaşni, jamoada, mahallada yaxşi nom qoldirişni öylaydi. Boşqa bir kişi bu yoruğ olamda yaşaşdan maqsad nima ekani töğrisida öylamaydi, aksinça, ötkinçi hoyu havas, kundalik huzur-halovatga beriladi. Bunday kişilar el-yurt, jamiyat, kelajak oldidagi ota-onalik burçlarini unutişadi. Umrning köp onlari behuda sovriladi.

Bir qaraşda bir-biriga tamomila zid bu ikki xil turmuş tarzida jiddiy muammo yöqday. Har kişi öz taqdiri va oxiratini özi yaratadi, özi ekkan, özi parvarişlagan hosilni öradi. Şoir yozganidek, bu dunyoda kim nimani izlasa, şuni topadi. Hikmat izlagan – hikmatni, illat izlagan – illatni. Dono xalq ğaraz va hasad bilan yaşaydigan, umrida bir bor bölsin savob iş qilmagan, faqat özini, şaxsiy manfaatini öylaydigan kişilarni xuşlamaydi, bundaylardan uzoqroqda bölişni ep köradi va, aksinça, imon-eʼtiqodli, halol-pok, mehnatsevar, oilaparvar kişilar hamişa uluğlanadi, izzat-ikromi joyiga qöyiladi.

Bu ikki holatga yanada çuqurroq nazar taşlasak, şaxsiy turmuş tarzini belgilaşning Şarq va Ğarbga xos ikki xil jihatiga duç kelamiz. Şarqda jamoa bölib yaşaş, oilani muqaddas biliş, bolalar tarbiyasi bilan muttasil şuğullaniş, turmuşda uçrab turadigan muammolarni birgalikda, bahamjihat hal qiliş muhim bölsa, Ğarb mamlakatlarida   alohidalik, ixtiyoriylik, özi uçun maqbul imkon, şaroit yaratiş hissi ustunlik qiladi. Bir joyda uzoq vaqt yaşaşadi, bir jamoada mehnat qilişadi, ammo heç kim ikkinçi bir kişining şaxsiy hayotiga, muammolariga aralaşmaydi Çunki, ularning nazdida, şaxsiy hayot – daxlsiz.

“Biror bir yordamim kerakdir”, deyiş, yon qöşni yoki qarindoşni ikkita issiq non, biror tansiq taom bilan yöqlab qöyiş odat emas. Bu taomilni nainki oddiy odamlar, ğarb­lik olimu fuzalolar ham oqlaşadi, ularning fik­riça, jamiyat yaxlitlik, umumiylik, özaro mos va xoslik sari intilmasligi kerak. “Bunday qilinsa, − deyişadi ular, − hayotning rang-barangligi,   mazmundorligi, körk-latofati   yöqoladi”.

Tasavvur qiliş mumkin − bunda ular ötmişda qolib ketgan şörolar davri mafkurasidagi “yagona xalq” deb atalgan soxta maqsadga işora qilayotgan bölişlari mumkin. Ammo bunday fikrlovçilar keçagi kunga emas, ayni bugungi kunga, bugungi talotöpli dunyoga bevosita taalluqli aççiq bir haqiqatni sezmayotganlari kişini ajablantiradi.

Bu haqiqat şundan iboratki, endilikda nainki yakka şaxslar, jamoalar, birlaşmalar, dunyoning katta-kiçik, boy yoki örtahol, ijtimoiy-siyosiy tuzumi, yaşaş tarzi, urf-odatlari turliça bölgan davlatlari ham bir-birlarisiz, hamkorlik aloqalari, bordi-keldilarsiz yaşay olmaydilar. Hayotning, tabiatning nogahoniy zarbalarini bir özlari bartaraf etişda jiddiy muammolarga duç keladilar. Şu boisdan ham keyingi paytlarda qitʼalardan qitʼalarga, bir davlatdan ikkinçi davlatga, bir şahardan ikkinçi şaharga yöl olayotgan zamonaviy savdo-sotiq yuklari bilan birga, beğaraz moddiy, maʼnaviy yordam “karvon”lari ham közga taşlanmoqda. Millati, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, tabiiy ofatlar oqibatida zarar körganlarga yordam körsatiş, uy-joyi, mol-mulki va yaqinlarini yöqotgan jabrdiydalarni qöllab-quvvatlaş har qaçongidan ham kuçaymoqda. Buni yaqinda Turkiyada sodir bölgan kuçli yer silkinişi misolida yaqqol köriş mumkin. Qardoş xalq boşiga tuşgan   kulfatni köpçilik özining kulfatiday qabul qilib, yordam qölini çözdi. Dardiga darmon böldi. Bu işga kattalar bilan birga, yoş bolalar ham hissa qöşişdi.   Vayronalar ostida qolib ketgan köplab odamlarning hayoti saqlab qolindi. Bu yordam zilzila keltirgan oğir yöqotişlarni töla qoplamasa-da, çorasiz qolganlar könglida najot çiroğini yoqdi, umidsizlikka tuşganlarni umidlantirdi.

Bu bilan Ğarb dunyosi saxovat işlaridan butunlay uzoqda demoqçi emasman. Bir vaqtlar Iroq Quvaytga bostirib kirganida, portlatilgan quduqlardan oqib çiqqan neft dengiz qirğoqlarini ifloslantirib, neça ming-ming noyob quşlarning qanoti bulğanib, parvoz qila olmay qolganlarida, Ğarb mamlakatlaridan kelgan köngillilar ularning qanotlarini tozalab, uçirib yuborişganini ham bilamiz. Garçi, bu aksiya odamlarni emas, quşlarni qutqarişga bağişlangan bölsa-da, eʼtiborga molik. Çunki, qutqaruvçilar bu yerga öz hisoblaridan mehnat taʼtili olib kelişgan. Buni har jihatdan ibratli iş sifatida eʼtirof etamiz. Ammo Ğarb dunyosining öz nomiday boşqa ğaroyib işlari ham borki, ularni tuşuniş quşlarning qanotini tozalaşday oson iş emas.

Ğarb bugun jamiyatning qon va jon tomiri bölgan Oilani, Ota va Onani ham inkor etmoqda. Ayrim davlatlarda qabul qilinayotgan qonun maqomiga ega hujjatlarda Ota sözi örniga “Birinçi tarbiyaçi”, Ona örniga “Ikkinçi tarbiyaçi” sözlarini yoziş taklif etilmoqda. Bu – insoniyatning umumiy tanazzuliga yöl oçişdan boşqa heç narsa emas. Bir jinsli oilalarga berilayotgan bola boqib oliş huquqi ham şunday. Çunki, Ona bağrini, mehrini, allalarini tinglamay katta bölgan bolalarning xarakteri sunʼiy yaratilgan robotlarning feʼl-atvoridan qolişmaydi.

Xalqimizda “Eşak semirsa egasini tişlaydi”, degan maqol bor. Yaqinda bugun qator mamlakatlarda işlab çiqarilayotgan jangovar dronlardan biri bilan şunday kutilmagan voqea yuz berdi: uçuvçisiz dron havoga kötarildi va duşman tomonga emas… özining “ota-ona”siga hujum qildi.

Şarqda hayotning rang-barangligi tuşunçasi butunlay boşqaça taʼriflanadi. Ota-onaga, katta yoşlilarga, ustoz-murabbiylarga hurmat-ehtirom,   özaro mehr-oqibat, muruvvat va saxovat kabi fazilatlar bola qalbida oila bağrida, mahalla şaroitida, mehnat jamoasida, köpni körgan, hayot tajribasiga ega nuroniy otaxon va onaxonlar taʼsirida şakllanadi. Oilaning soğlom va mustahkamligidan jamiyatning mustahkamligi va ravnaqi kelib çiqadi. Maʼnaviy yetuklik sari intiliş esa köp jihatdan mahallaning faolligi, bu muhim birlaşmada umrguzaronlik qilayotgan kişilarning ahil-inoqligiga boğliq. Şu boisdan ham bu noyob boşqariş böğinini yanada mustahkamlaş, uni moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor berilmoqda.

Mahallada turli millat vakillari, turli kasb egalari, turli dinlarga eʼtiqod qiluvçilar yonma-yon, har kuni bir-birlariga közlari tuşib, hol-ahvol sörab yaşaşadi. Ular jamiyatning teng huquqli aʼzolari sifatida özaro ahil-inoq bölib kun keçirayotganlari, bir-birlariga mehr-oqibat körsatib, bemorlar, muhtojlardan xabar olayotganlari, yaxşi-yomon kunlarda bir-birlariga yelkadoş bölayotganlari jamiyatimizning eng katta yutuği. Mahalla bölib yaşaş bizga ota-bobolardan qolgan buyuk meros. “Mahalla” tuşunçasi birinçi marta Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boşqaruvidagi örni va maqomi aniq belgilab qöyilgani esa yanada quvonarli.

Oila va mahalla yoş avlod tarbiyasi uçun birgalikda masʼul desak, mubolağa bölmaydi. Oilalarda voyaga yetayotgan farzandlar mahalla ahli köz öngida ösib-ulğayadi. Ota-ota farzandlari tar­biyasi bilan şuğullanmay, ularni öz holiga taşlab qöysa, bunday bolalarni köça öz “tarbiya”siga oladi, natijada mahalla va jamiyat uçun yangi muammolar yuzaga keladi.

Bola tarbiyasi − murakkab jarayon. Bolani tarbiya­layotib, özimiz ham tarbiya olamiz, ota-onalik burçimizni   çuqur his etamiz. Bizning jamiki xatti-harakatlarimiz farzandlarimiz köz öngida keçadi. Ota­-onaning mahalladagi nufuzi, el-yurtdagi obrö-eʼtibori farzandga qanot bağişlaydi, öziga bölgan işonçini mustahkamlaydi. Baʼzi hollarda buning aksi bölişi ham mumkin. Çunki bolaning maʼnaviy olami oiladagi muhitga boğliq holda şakllanadi.

1998 yil mamlakatimizda Oila yili deb eʼlon qilinganida xorijlik bir mehmon ajablanib: “Oila − ikki mustaqil kişining ixtiyoriy ittifoqi, uning içki işlariga aralaşiş töğri emas”, degani hamon yodimda. Öşanda biz uning bu fikridan ajab­lanmaganmiz. Çunki Ğarbda oila bizdagidek martaba va maqomga ega emas. Dunyo mamlakatlarida oila va nikoh masalalari turliça talqin qilinadi, şaxs, oila va jamiyat munosabatlari ayriça   mezonlarga asoslanadi. Aniqroği, Ğarbda oilaga insonning mutlaqo şaxsiy hayoti sifatida qaraladi. Şunga köra nikoh şartnomasi bir neça mazmunda, aniq bir maqsadga qaratilib tuziladi. Bunda ularning özaro vafo va sadoqati emas, şaxsiy erkinligi, huquq va mulk munosabatlari şartnomada qanday   ifodalangani birlamçi ahamiyat kasb etadi. Mezon şundayki, oila ittifoqi tomonlarning xohişi bilan heç bir muammosiz tarqab ketişi yoki har ikki kişi nikohdan keyin ham er, xotin sifatida şaxsiy hayotini saqlab qolişi mumkin.

Bundan ham ğaroyibi − bizda nikoh bir umrlik bölişi uçun duo-niyat qilinsa, ulardagi şartnomalarda, bordi-yu er va xotin ajraşib ketsalar, umumiy mulk qanday taqsim qilinişi aniq-ravşan aytiladi. Birgina misol, bir vaqtlar Uels şahzodasi Çarlz bilan Diana Spenser oila qurişganida, nikoh matnida: “Bordi-yu kelin biror sabab bilan olamdan ötsa, unga qaynonasi sovğa qilgan 50 ming funt sterling turadigan uzuk Bukingem saro­yiga qaytariladi”, degan jumla yozib qöyilgan ekan. Hamma narsa niyatga yaraşa deganlaridek, şunday böldi ham – Diana Parij yerosti yölida fojiali jon taslim qilganida, barmoğidagi uzuk yeçib olinib, saroy xazinasiga topşiriladi.

Ğarbona nikoh şartnomasida deyarli hamma narsa közda tutiladi, ammo ajraşişdan söng bolalarning tarbiyasi va taqdiri qanday böladi – bu haqda heç nima deyilmaydi.

Ğarbda farzand voyaga yetdimi, u ota-onasi qay holatda ekanidan qatʼi nazar, alohida yaşaşi kerak. Şunday qilgan farzandga rahmat deyiladi. Alohida yaşaşga, öz qozonini özi qaynatiş taraddudiga tuşib qolgan bola− böladigan bola, ota-­onasi atrofida öralaşavergani esa — noşud…

Şu örinda yana misol keltiramiz. Olimjon ismli yigit taqdir taqozosi bilan Amerikada yaşab qolgan keksa vatandoşimizning uyida mehmon bölganida quyidagi voqeaga guvoh bölgan ekan: “Ota bilan yonma-yon yaşaydigan yoş yigitning uyiga Germaniyada istiqomat qiladigan onasi mehmon bölib kelibdi. Öğli mehmonni yaxşi kutib olibdi, izzat-ikrom körsatibdi, ammo uyida bir oy yaşagani uçun onasidan ijara haqi olibdi. Olimjon bundan qattiq ranjigan ekan, qöşni yigit unga “yotiği bilan” tuşuntiribdi: “Onam boşqa bir joyda yaşaganlarida, ançagina ijara haqi tölar edilar. Boşqalarga tölaganlaridan köra menga tölaganlari maʼqul emasmi…”.

 

Ikkinçi misol.

90-yillarning boşlarida amerikalik yoş tadqiqotçi olim Özbekistonga kelib, Çorsuga tutaş mahallalardan birida ikki-uç oy yaşaydi. Vataniga qaytgaç, mamlakatimiz töğrisidagi taassurotlarini quyidagiça bayon qiladi: “Qiziq xalq ekan bu özbek deganlari. Men uçta qiz, ikkita öğilning ota-onasi bilan birga çoqqina hovlida yaşadim. Bolalarning hammasi oilali, şaharning turli mavzelarida yaşaşadi. Ammo har kuni, biri qöyib ikkinçisi çol-kampirdan xabar olgani keladi. Öğillardan biri erta tongda issiq non, qaymoq kötarib kelsa, katta qiz kelib, uyni yiğiştiradi, boşqasi ovqatga unnaydi. Har kuni şu ahvol. Kir yuvişadi, kiyimlarga dazmol bosişadi, hovlini supurib-sidirişadi. Keçqurun qariyalar bilan birga ovqatlanib, nabiralardan birini yonlarida qoldirib, şundan keyingina uylariga ketişadi. Yo tavba, bunaqada farzandlar işlaridan qolib ketişadi-ku. Çol bilan kampir bu haqda öylaşmaydi. Menga yoqmadi bu odamlar”.

 

Bu − Ğarb dunyosining talabi. Oilaga eʼtibor jamiyatning ertasi bilan boğliq. Oila muhitining soğlomligi pirovard natijada jamiyatning soğlomligiga olib keladi.

Dunyoning yuksak darajada rivojlangan mamlakatlari ham taşqi siyosatda eng avvalo şaxsiy manfaatni közlaydi. Bu manfaatlar muhim strategik çorrahalarda özaro töqnaş kelib qolar ekan, yanada huşyor va ogoh bölişga töğri keladi. Negaki mafkuraviy tazyiq körinmas bir ofat yangliğ xalq, millat hayotiga asta-sekin kirib keladi, yoşlar ong-şuurida   çuqur ildiz otadi.

Buzilgan köprikni, yölni tuzatiş, önglaş mumkin. Tadbirkorlik bilan iş tutilsa, har qanday taqçillik, albatta, barham topadi. Ammo oiladagi nosoğlom muhit oqibatlarini tugatiş heç qaçon va heç yerda oson keçmagan va keçmaydi ham. Bola esini taniganidan boşlab unga nonning azizligi, tariqdek uşoğini ham isrof qiliş mumkin emasligini uqtiramiz. Bu narsa uning şuuriga, qon-qoniga singadi va keyinçalik heç bir holat bu tasavvurni özgartira olmaydi.

Mustahkam oila, ahil mahalla, yangi avlod tarbiyasi − bu uç muhim maqsad bugun jamiyatimiz uçun ham, har birimiz uçun ham ğoyat dolzarb vazifa hisoblanadi.

Ahmadjon MELIBOYEV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan