Agar ilmiy yondaşsak…
Mikrodunyo. Makrodunyo. Megadunyo. Bu dunyolar eng mayda zarradan tortib butun borliqni taşkil qiladi. Bir-biriga taʼsir va aks taʼsir etgan holda öziga xos qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Biz yaşayotgan jamiyat va tabiat makrodunyoning tarkibi sifatida öziga xos muayyan qonuniyatlar asosida taraqqiy etadi. Bu qonuniyatlarning buzilişi, tabiatda ham jamiyatda ham meʼyor va muvozanatning izdan çiqişiga sabab böladi.
Har sohada qilinayotgan işlar ilmiy yondaşuv asosida bölmas ekan bizning amalga oşirayotgan işlarimiz, islohotlarimiz samara bermaydi. Jamiyatning barça sohalarida ilmiy yondaşuv lozim, deya köpgina yiğiliş va maʼruzalarida qayta-qayta taʼkidlamoqda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev.
Yutuqlar özimizniki. Biz xato va kamçiliklarni bartaraf etiş uçun harakat qilişimiz kerak. Bugun bir qança muammo va kamçiliklar faqat vaziyat komida, ijtimoiy tarmoqlarda vaqtinça köz-köz qilinib hal qilinmoqda. Uning asorati esa muammo ustiga yana muammolarni köndalang qöymoqda. Prezidentimiz kuyunib aytgan gaplarni jamiyatimiz hayotida yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarda körib turibmiz.
“Har faslning öz xislati bor, har faslning öz fazilati”, deya yozgan edi elimizning ardoqli şoiri Hamid Olimjon.
Kumuş qişning ziynati, zumrad bahorning tarovati, nafosati kabi fasllarning xislat va fazilatlari ijtimoiy muhitda sodir bölayotgan muammolar soyasida qolib ketayotgandek. Yuzaga kelayotgan muammolarning aksariyati esa fasl ham tanlamayapti.
Uy qursak yorilib ketyapti, yöl qursak öpirilib, köprik qursak qulayapti. Yoğingarçilik mavsumlarida oqova suvlarni çiqariş tarmoqlari (drenajlar), oqindi suvlar kanalizatsiyalari işlamay hammayoqni suv bosayapti. Gaz va elektr energiyasida muntazam uzilişlar bölayapti. Yaşil makon umummilliy loyihasi doirasida neça million tup daraxt köçatlari ötqazdik, ötqazayapmiz. Kökalamzorlaştiriş masalasida amalga oşirayotgan işlarimiz jahon hamjamiyatida ham eʼtirof etilmoqda. Biroq ekilayotgan aksariyat daraxt köçatlari har bir hududning tuproq bonitetini inobatga olmasdan, öşa hududga mos bölgan daraxt köçatlarini inobatga olib ekilmoqda, deb ayta olmaymiz. Öz navbatida mavjud daraxtlarni saqlab qolişda ham odilona munosabatda bölmayotganimiz bor gap. Bölmasa şunça yillar mobaynida ekilgan va mavjud daraxt köçatlarimiz ekologik muvozanatning buzilişiga, havoning ifloslanişiga, çang tözon tarqalişi böyiça ham dunyoda yetakçi örinlardan joy olişga imkon bermas edi. Demak, biz barça sohalarga bilib bilmay, hududlarning öziga xos, öziga mos jihatlarini örganmay, har jabhada meʼyorga amal qilmay umuman ilmiy asosda yondaşmayotganimiz sababligini tuşunişimiz şart. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy, huquqiy, madaniy va boşqa sohalariga ilmiy yondaşuv lozimligini çuqur tafakkur qilişimiz lozim.
Ilmiy yondaşuv bölmas ekan ijtimoiy va tabiiy muhitdagi meʼyor va muvozanat buzilaveradi, buzilaveradi. Qaysi sohada bölişidan qatʼi nazar vaziyat komida hal bölgan iş vaqtlar silsilasida, fasllar almaşinuvida yangi muammolarni boşlab kelaveradi, kelaveradi. Natijada turli köngilsizliklar, noqulayliklar, talafotlar yuzaga qalqib çiqaveradi, çiqaveradi. Qilinayotgan qançadan qança mehnat, vaqt, sarf-xarajatlar özini oqlamay takror va takror qayta qilişga ehtiyoj tuğilaveradi, tuğilaveradi…
Şu sababdan ham asrlar silsilasiga doş berib kelayotgan ota-bobolarimiz tomonidan bunyod etilgan şaharlar, bino va inşootlar, boğu roğlar hanuzgaça barça fasllarda yangiça körk va tarovat kasb etişi, ularning har jihatdan ilmiy asosda bunyod etilganligini anglatadi. Biz ham kelajak avlodga bugun amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlarimizdan yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etiş vazifasini emas, ham surati gözal ham siyrati mukammal şaroitlarni qoldiraylik. Ular ham bizdek ajdodlardan faxrlanib yursin. Hozir esa…
Bahrom BOYMURODOV,
“Yangi Sirdaryo” gazetasi
bölim mudiri
