Hayot köndalang qöyayotgan savollar va unga oçiqçasiga javoblar

Inson bir daqiqa ham öylamasdan turolmasligini donolar aytib ötişgan. Şu maʼnoda men ham hayotda uçrayotgan turfa holatlar haqida öylar ekanman, beixtiyor öz-özimga savol bergim keladi. Zero, hayotning özi savol-javoblardan iborat.

Aytaylik, keyingi paytlarda rost söz aytişga, oçiqlikka keng şaroit yaratilgan bir zamonda nega davriy naşrlarga qiziqiş pasayib ketyapti, degan savol kişini öyga toldiradi. Yana qanaqa savollar deysizmi? Keling, bugun hayotning özi oldimizga qöyayotgan savollarga javob izlab köraylik.

 

— Inson tabiatan yangilikka öç böladi. Odamlar bir-birlari bilan körişganda hol-ahvol söraşganda “Olamda nima gaplar?” deb murojaat qiladi. Nega şunda ham loaqal qöliga gazeta tutqazsangiz, köp hollarda “Rahmat, öqişga vaqtim yöq” deydi?

— Agar bilsangiz, odam bolasi tabiatan dangasa ham böladi. Baʼzilar köz nurini gazeta öqişga sarflab ötirgandan köra radio orqali berilayotgan xabarni tinglaşni maʼqul köradi. Agar korxona rahbari öz xodimlariga “Gazetalarga obuna bölinglar” desa, heç ham könglida yovuz niyat bölmaydi. Odamlarimiz öqisin, maʼrifatli bölişsin, şunda işlarimiz ham yurişib ketadi, degan öyga borişi mumkin. Aynan şu holni kimdir “Majburiy obuna” deb ayuhannos solişi mumkin. Undaylar majburiy obunani yöqotaman deb ixtiyoriy obunani ham yöqqa çiqarişdi.

— Özi gazeta öqimaydigan odam qanaqa böladi?

— Bu odam uçun dunyoning u yoği ham, bu yoği ham bir. Vatanni sevgan odam kundalik matbuot naşrlaridan hamişa xabardor böladi.

Loqayd, beğam odamlar qöliga gazeta olmaydi. Öylagani nafsini qondiriş. Eng taşvişlanarlisi şuki, tuppa-tuzuk, körinişidan ziyolinamo odamlar “Men gazeta öqimay qöyganman” deyişdan tap tortişmayap­­ti. Göyo gazeta öqimaslik zamonaviylik belgisidek. Aslida bu maʼnaviyatsiz hayot keçiriş demak.

— Xitoylik maşhur mutafakkir Konfutsiy inson tuğilişi bilan bilimli bölib qolmaydi, qadimgi madaniyatga bölgan muhabbati, öqişga bölgan iştiyoqi va tirişqoqligi tufayli bilimga erişişi mumkin deydi. Bu fikrning matbuotga qanday aloqasi bor?

— Bevosita daxldor. Axir inson qadimiy madaniyatni örganişi, dunyoni bilişi uçun tinimsiz öqişi kerak bölsa, matbuotga ham oşno bölişi talab etiladi. Tirişqoqlik yutuqlar omili ekan, bunda davriy mat­buotga obuna böliş ham nazarda tutiladi. Tirişqoq degani özini nimagadir fido qiliş, majburlaş degani emasmi?! Bu sözning tes­karisi – loqayd, befarq maʼnosini beradi. Hamma narsani öz oqimiga taşlab qöysak nima böladi? Özibölarçilik, boşboşdoqlik röy beradi. Bunga yöl qö­yişga heç kim tarafdor bölmasa kerak.

— Gazetalarga qiziqişning pasayib ketişida jurnalistlarning ham aybi bor, deb öylaysizmi?

— Aççiq haqiqat şundaki, özimiz ham aybdormiz. Hayotning körsatişiça, yangiça yaşaşga hamma hamkasblarimiz ham tayyor emas ekan. Istalgan naşrni qölga olib varaqlaylik. Sahifalardagi maqolalarni “Öqiladi” va “Öqilmaydi” deb belgi qöyaylik. Ana şunda işimizdagi qusurlar körinib qoladi. Baʼzilar tanqidiy material köpaysa, köp muştariy öqiydi, deb hisoblaşadi. Bu fikr­­ga qöşiliş qiyin. Bunday öylaş bir tomonlama xulosaga keliş. Axir gazetaning hamma sahifasini tanqidga töldirib bölmaydi-ku?! Albatta, tanqid berib boradigan gazeta eʼtiborni öziga jalb qiladi. Matbuotimiz tanqidiy-tahliliy materiallarga kengroq örin berişi kerak.

— Baʼzi gazetxonlar reklamalar berilişidan norozi. Bunga nima deysiz?

— Bozor iqtisodiyoti şaroitida reklama bölişi tabiiy hol. Axir reklama beruvçi degan subʼyektning ham öz huquqlari bor. Tahririyatlar iqtisodiy jihatdan reklama orqali imkoniyatlarni yaxşilaydi. Faqat bu borada meʼyorni unutmaslik kerak. Oçiği, hozirgi şaroitda reklama beruvçilar ham unça köp emas.

— Bugungi kunda odamlar örtasida munosabatlar ham özgarib bormoqda. Mehr-oqibat ham ilgaridagidek emas. Tezkor asrda odamlarning gazeta öqişga vaqti hisobli. Hayotimizga internet kirib keldi. Ehtimol, davriy naşrlarning örni özgarayotgandir?

— Har qanday holatda ham maʼnaviyatning ahamiyati yöqolmaydi. Biz dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan ibrat olişimiz kerakmi? Mana, Yaponiyani oling. Elektron axborot yuksak darajada taraqqiy topgan. Lekin gazetalar millionlab nusxada çiqib turibdi-ku.

Davriy naşrlarga nisbatan hozirgi tanglik vaqtinça deb öylayman. Agar biz kelajakni öylasak, bolalar naşrlarining keng tarqalişiga eʼtibor beriş haqida öylaşimiz kerak. Hali maktabda öqiyotgan bola matbuotga könikma hosil qilsa, katta bölganda öşa qiziqişini davom ettiradi. Va aksinça, gazetadan uzoqda össa, qanday bölişini tasavvur qiliş qiyin emas.

— Xalq xöjaligining turli sohalarida ösişni kuzatamiz. Statistik maʼlumotlarga köra xizmat körsatiş darajasi, uy-joy qurilişi, investitsiya kiritiş, eksport salohiyati va boşqa körsatkiçlar böyiça keyingi 5-6 yil içida bir neça karra ösişga erişilyapti. Xuddi şu mezonda obuna masalasida orqaga ketyapmiz. Qölimizdagi maʼlumotlarga köra, faqat “Ishonch” gazetasigina 2022 yildagiga nisbatan ösişga erişgan. Qolgan naşrlarda orqaga ketiş közga taşlanadi. Buni qanday izohlaysiz?

— Ilgari obuna böyiça yaxşi natijalarga erişiş uçun kuraşilsa, endi obuna bölmagan jamoa “namunali” deb baholanyapti. Bu judayam notöğri. Axir gazetalar yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar drayveridan biri-ku?! Baʼzilar bu taʼrifni andak balandparvoz deb baholaşar. Lekin biz, ommaviy axborot vositalari xodimlarining niyati şunday.

“Ishonch” gazetasining obunasi nisbatan yaxşi bölgani nafaqat tahririyatdagi ibratli işlar, balki gazeta muassisining uni har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani, obunasini taşkil qilib berayotgani sir emas. Qani edi boşqa naşrlarning ham egalari undan ibrat olişsa. Töğri, hamma muassislarda ham kasaba uyuşmalari federatsiyasidagidek imkoniyatlar bölmasligi mumkin. Ammo bu bahona bölolmaydi, çunki imkoniyati juda baland bölgan vazirlik va idoralarda ham gazeta deyişsa, “allergiya”si qözğalayotgani qança?

— Gazetxonlar bilan yaqinroq böliş, demak, obunani yaxşilaş uçun nima qiliş kerak deb öylaysiz?

— Bizning viloyatlarda çinakam fidoyilarimiz, haqiqiy vatanparvarlarimiz yaşaşadi. Lekin ular tahririyatlar eʼtiboridan çetda. Farğona viloyatida şunday bir vatanparvar, jonkuyar inson bölardi. Hozir şu odam bormi, yöqmi, bilmadim. Ana şunday matbuot döstlarini topişimiz, ularga eʼtibor, rağbat körsatişimiz kerak. Xuddi şunday jonkuyarlar hamma viloyatlarda bor, deb öylayman.

Butun umr hayotini taʼlimga bağişlagan mehnat faxriysidan söradik: Oqsoqol, nega gazetalar adadi kamayib ketdi? Bunga sabab manovi narsa (u kişi uyali telefonga işora qildi). Aksariyat odamlar faqat ijtimoiy tarmoqlar bilan çeklanib qolişni maʼqul körişyapti. Lekin hayot faqat elektron xabarlardan iborat emas. Inson tafakkuri boyib borişi, maʼnaviy ehtiyoji qoniqişi uçun davriy naşrlar – gazeta va jurnallarni öqib borişi kerak. Yurtimizdagi davriy naşrlar turfa sohaga ixtisos­laşgan. Ularning öz muştariylari bölişi kerak.

Şuhrat JABBOROV,

Özbekiston Respublikasida

xizmat körsatgan jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan