Surxon vohasi yangilanişlar va bunyodkorlik oğuşida

Köpinça rahbarlar haqida yoxud biror obod hudud, manzillarda amalga oşirilayotgan ijobiy işlar haqida iliq söz aytiş, bölayotgan özgarişlarni eʼtirof etiş boşqaça talqin qilinadi. Kimgadir yoqiş uçun, maqtaş, hamdu sano uçun degandek… Lekin bugun Yangi Özbekistonda, mamlakatimizning viloyatlarida, tuman va şaharlarida, minglab mahallalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni, odamlarni rozi qiliş borasida körilayotgan çora-tadbirlarni eʼtirof etmaslik ham  mumkin emas.

Kuni keça tahririyat yöllanmasi bilan Surxon vohasida böldik. Bugungi Surxondaryo bilan tanişdik. Viloyat hokimi Uluğbek Qosimovning tinim bilmay voha xalqi farovonligi yölida olib borayotgan işlarini özidan emas, viloyat ahlidan eşitdik. Ötmişi qadim bu muazzam vohaning buguni yoruğ özgarişlarga yuz tutayotganiga guvoh böldik.

Quyida sözimiz şu haqda.

Baxşilar kuylagan diyor

Bir tomonda salobatli toğlar osmon bilan böylaşgan, bir tomonda çeksizlikka tutaşgan keng vodiylar, yam-yaşil dalalar va adirlar bağrida joylaşgan qişloqlar. Amudaryoning sokin oqimi. Toğ soylarining şovullaşi. Tonggi şabadada tebranayotgan boğlar. Oşiq baxşilar mangu kuylagan vohaning betakror tabiati, öziga xos jozibasi qiyossiz. Asrlar davomida sayqal topgan madaniyat, avloddan-avlodga ötib kelayotgan maʼnaviy meros. Ertangi kunga işonç bilan qadam taşlayotgan zahmatkaş surxondaryoliklar.

Qadimşunoslar voha zaminidan topilgan har bir aşyo, har bir meʼmoriy qoldiq, har bir madaniy qatlam olis ajdodlarimizning turmuş tarzi, dunyoqaraşi, bunyodkorlik salohiyati va maʼnaviy olami haqida darak berişini tasdiqlaydi. Sopollitepa va Jarqöton yodgorliklari bronza davridayoq bu hududda dehqonçilik, hunarmandçilik va ötroq hayotning yuksak darajada şakllanganidan dalolat bersa, Xolçayondagi qadimiy saroy meʼmorçiligi va haykaltaroşlik namunalari badiiy tafakkur, estetik did va sanʼat anʼanalari neçoğlik rivojlanganini körsatadi. Dalvarzintepa Kuşonlar davri şaharsozligi, hunarmandçilik va savdo-sotiq taraqqiyotini özida mujassam etgan muhim tarixiy maskan bölsa, Termiz yaqinidagi Fayoztepa va Qoratepa buddaviylik madaniyatining Markaziy Osiyodagi muhim markazlari sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib örin olgan.

Amudaryo böyidagi qadimiy qalʼa va savdo maskani — Kampirtepa esa bu hududning uzoq ötmişda ham muhim yöllar, madaniy taʼsirlar va savdo aloqalari kesişgan makon bölganini körsatadi.

U yerdagi ellinistik davr, Yueçji va Kuşonlar zamoniga oid madaniy qatlamlar ham vohaning murakkab va serqirra tarixini oçib berişda alohida ahamiyat kasb etadi. Termiz va uning atrofidagi arxeologik yodgorliklar, qadimgi Çağoniyon, Boysunning betakror tabiati va boy etnomadaniy muhiti kabilar Surxondaryo tarixini birgina davr yoki birgina madaniyat bilan çeklab bölmasligini anglatadi. Bu zaminda turli xalqlar, madaniyatlar va anʼanalar uçraşgan, özaro taʼsirlaşgan, natijada öziga xos maʼnaviy muhit şakllangan. Tabiat bilan uyğun yaşagan aholi yerdan rizq undiriş, yaşaş makonlarini obod etiş va jamoaviy hayotni taşkil qiliş borasida katta tajriba töplagan. Asrlar oşa davom etgan ana şu jarayonlar vohaning bugungi qiyofasida, odamlarining dunyoqaraşida, urf-odatlari va sanʼatida öz aksini topmoqda.

Voha baxşilari dömbirasining har bir zarbida olis ötmiş sadosi, dostonlarning har bir misrasida xalqning dardu armonlari, mardlik va jasorati, orzu-intilişlari mujassam. Baxşi uçun qöşiq şunçaki ohang emas, u xalq xotirasi, avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprik, zamonlar oşa uzilmay kelayotgan ruhiy riştaning ifodasidir. Baxşi kuylaganda göyo tarix tilga kiradi, ajdodlar ovozi bugungi kunga yetib keladi, elning keçagi orzulari bugunning maqsadu intilişlari bilan tutaşadi.

 

Kuzlab kelsin,

bahor qaytib kuzlab kelsin,

Surxondaryom qişlari.

Dovuşimdan obod bölsin, dömbiram,

Özbekiston daştlari.

 

Bu misralarda fasllar almaşinuvining tabiiy gözalligi bilan inson umrining davomiyligi, mehnatning samarasi bilan el farovonligi, öz eliga bölgan muhabbat bilan bugungi Yangi Özbekiston ravnaqiga daxldorlik tuyğusi uyğunlaşadi.

Bugunning nafasi

Bugun Surxondaryoda qadimiylik bilan zamonaviylik öziga xos tarzda uyğunlaşib bormoqda. Bir qaraşda asrlar silsilasidan omon ötib kelgan tarixiy manzillar, toğlar bağridagi qişloqlar, keng dalalar va boğlar közga taşlansa, yana bir qaraşda yangi işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy xizmat körsatiş maskanlari, obod mahallalar va yangilanib borayotgan şaharlar namoyon böladi. Denovning savdo-sotiq va tadbirkorlik muhiti, Şerobod va Angorning keng daştlari, Qumqörğon va Jarqörğonning dehqonçilik anʼanalari, Boysun va Sariosiyoning toğli manzillari Surxondaryo taraqqiyotining öziga xos qirralarini belgilaydi.

Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, inson qadri va manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan özgarişlarning hayotdagi ifodasini Surxondaryo misolida kuzatiş mumkin. Çunki vohada taraqqiyot faqat şaharlar qiyofasini özgartiriş bilan çeklanmaydi. U olis qişloqlarga yöl oçiş, aholini içimlik suvi va zarur infratuzilma bilan taʼminlaş, dehqon va tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar yaratiş, yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, aholi bandligini taʼminlaş kabilar bilan boğlanib ketgan. Vohaning har bir tumanidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, odamlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va turmuş sifatini yaxşilaş umumiy taraqqiyotning muhim şarti sifatida eʼtiborga olingan.

Surxondaryo iqtisodiyoti rivojlanişida qişloq xöjaligi, sanoat, quriliş, savdo va xizmat körsatiş sohalari bir-birini töldirib boradi. Quyoşli iqlim va unumdor yerlar dehqonçilik, boğdorçilik hamda sabzavotçilik uçun katta imkoniyatlar yaratsa, mahalliy xomaşyoni qayta işlaş, mahsulotlarni saqlaş va bozorlarga yetkazib beriş yangi iqtisodiy qiymatni şakllantiradi. Tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatining kengayişi, işlab çiqarişni zamonaviylaştiriş va xizmatlar sohasining rivojlanişi esa aholi uçun daromad manbalarini köpaytirişga xizmat qiladi. Bunday jarayonlarning samarasi, ayniqsa, mehnat bozorida yangi imkoniyatlar paydo bölişi va mahalliy taşabbuslarning qöllab-quvvatlanişida namoyon bölmoqda. Iqtisodiy barqarorlik ijtimoiy islohotlarning mustahkam poydevori ekani nuqtai nazaridan, 2026 yilning ötgan davri yakunlari Surxondaryodagi iqtisodiy jarayonlarni baholaş, vohaning mavjud salohiyati va istiqbollarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, mahalliy imkoniyatlarni işga soliş, xomaşyoni qayta işlaş, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş va yangi iş örinlarini yaratiş iqtisodiy ösişning aholi farovonligiga xizmat qilişida hal qiluvçi örin tutdi. Qadimiy mehnat anʼanalari zamonaviy texnologiyalar, tadbirkorlik tafakkuri va bunyodkorlik taşabbuslari bilan boyib bormoqda. Ana şu jarayonlarning kölami va natijalarini iqtisodiy körsatkiçlar, amalga oşirilgan loyihalar hamda odamlar hayotidagi aniq özgarişlar orqali köriş mumkin.

Raqamlarda aks etgan yutuqlar

Surxondaryo iqtisodiy taraqqiyotining kölami raqamlarda aks etsa, uning hayotdagi ifodasi aholining turmuş tarzida namoyon bölmoqda. Viloyatda 2026 yilning birinçi yarim yilligida erişilgan iqtisodiy körsatkiçlar voha iqtisodiyotidagi faollik va ösiş surʼatlarini yaqqol aks ettiradi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 35,9 trillion sömni taşkil etib, ösiş surʼati 107,3 foizga yetdi. Bu raqamlar ortida dalalarda, quriliş maydonlarida, işlab çiqariş korxonalari va xizmat körsatiş maskanlarida tunu kun mehnat qilayotgan minglab surxondaryoliklarning zahmati, taşabbusi va yaratuvçanlik salohiyati mujassam. Ayniqsa, xizmat körsatiş sohasining 115,6 foizga ösib, 20,8 trillion sömlik hajmga yetişi, quriliş işlarining esa 119,7 foizga ösib, 7,9 trillion sömni taşkil etişi iqtisodiy faollikning muhim omillariga aylandi. Sanoat tarmoqlarida 108,2 foizlik ösiş qayd etilib, işlab çiqariş hajmi 9,6 trillion sömga yetgani ham vohadagi iqtisodiy jarayonlar kölamini körsatadi. Asrlar davomida aholi turmuşi va voha iqtisodiyotining tayançi bölib kelgan qişloq xöjaligida esa ösiş surʼati 104,2 foizni, mahsulot hajmi 22 trillion sömni taşkil etdi.

Bu körsatkiçlar Surxondaryo iqtisodiyotida anʼanaviy tarmoqlar bilan bir qatorda xizmat körsatiş, quriliş va sanoatning ham ahamiyati ortib borayotganini anglatadi. Vohaning tabiiy imkoniyatlari, mehnat resurslari va tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalaniş iqtisodiy faoliyatni yanada diversifikatsiya qiliş uçun zamin yaratmoqda. Eng muhimi, uşbu ösişning aholi bandligi, daromadlari va turmuş farovonligida aks etişi taraqqiyotning asosiy mezoni bölib qolmoqda.

Islohotlarning eng muhim mezonlaridan biri odamlarni iş bilan taʼminlab daromadli qiliş, har bir oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişdir. Şu maʼnoda, Surxondaryoda kambağallikni qisqartiriş borasidagi işlar aholiga moddiy kömak beriş bilan çeklanmay, barqaror daromad manbalarini yaratiş, bandlikni taʼminlaş orqali ularning özlari halol mehnatlari bilan farovon hayot qurişiga şaroit yaratib bermoqda. 2026 yil yanvar-sentyabr oylarida 61,4 ming nafar aholi doimiy iş örniga ega böldi. Natijada belgilangan 53,7 ming nafarlik reja 114,2 foizga bajarildi. Tumanlar kesimidagi natijalar ham eʼtiborga molik. Muzrabot tumanida 4 ming nafar aholi iş bilan taʼminlanib, reja 142 foizga, Termiz şahrida 2,7 ming nafar aholi bandligi taʼminlanib, reja 127 foizga, Angor tumanida esa 3,4 ming nafar aholi doimiy iş örniga ega bölib, reja 127 foizga bajarildi. Bu raqamlarning har biri ortida yangi iş boşlagan inson, oilasi daromadi uçun munosib manba topgan fuqaro, ertangi kunga işonçi mustahkamlanayotgan oila turibdi. Şuningdek, amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida 384 ming nafar fuqaroning daromadlari sezilarli darajada oşirilgani aholi farovonligini yuksaltiriş yölidagi muhim natijalardan biridir. Bandlikning taʼminlanişi va daromad manbalarining kengayişi nafaqat oilalarning moddiy ahvolini yaxşilaydi, balki mahallalarda iqtisodiy faollikni oşiriş, isteʼmol bozorini rivojlantiriş va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi. Şu bois mazkur natijalarni voha xonadonlariga qut-baraka va tökinlik olib kiriş yölidagi amaliy qadamlar sifatida baholaş mumkin.

Investitsiya — taraqqiyot garovi

Surxondaryoning sarmoyaviy muhiti bugun vohaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş va aholi bandligini taʼminlaşda muhim omilga aylanmoqda. Tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlar, mavjud xomaşyo resurslari hamda yangi loyihalarni yuzaga çiqariş uçun yaratilayotgan şaroitlar xorijiy sarmoyadorlar eʼtiborini tortmoqda. Investitsiya dasturi doirasida 1,4 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar özlaştirilib, bu körsatkiç ötgan davrlarga nisbatan 2,9 barobarga ösdi. Hududiy dastur doirasida esa olti oy davomida 111 ta loyiha işga tuşirilib, 2 230 ta yangi iş örni yaratildi. Umumiy hududiy investitsiya loyihalari doirasida 135,5 million dollarlik 112 ta loyihaning işga tuşirilişi ham vohaning işlab çiqariş va tadbirkorlik salohiyatini kengaytirişga xizmat qilmoqda. Uşbu loyihalar natijasida yana 2,2 mingta iş örni yaratilişi közda tutilgan. Sarmoyaviy faollikning yana bir muhim jihati işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişdir. Sohaga 87 million dollar mablağ yönaltirilib, 72 ta yangi texnologik uskuna olib kelindi. Ular böyiça 120 milliard sömlik bojxona imtiyozlarining qöllanilişi korxonalarning texnologik imkoniyatlarini kengaytiriş va işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş uçun qöşimça şaroit yaratdi. Eng muhimi, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş jarayonida tadbirkorlarning muammolari ham eʼtibordan çetda qolmayapti. Turli sabablarga köra foydalanilmayotgan 11 ta texnologik uskunaning holati birma-bir örganilib, ularni işga tuşiriş va korxonalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça amaliy kömak çoralari körildi. Bu yondaşuv sarmoyaviy muhitning faqat yangi mablağ jalb qiliş bilan emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalaniş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va yuzaga kelgan tösiqlarni bartaraf etiş bilan ham belgilanişini körsatadi.

Ming eşitgandan, bir körgan afzal

Joyiga çiqib örganiş aholi muammolari yeçimining eng samarali yölidir. Odamlarni yillar davomida qiynab kelgan içki yöllar, transport infratuzilmasi va yölovçi taşiş sifati bilan boğliq masalalar vohada şu tariqa hal etilmoqda. Bu kundalik hayotdagi qulayliklarni oşirişga xizmat qilmoqda. Joylarda tadbirkorlar bilan uçraşuvlar, ularning muammolarini tinglaş, ijtimoiy soha obʼyektlaridagi quriliş va taʼmirlaş işlarining sifatini nazorat qiliş orqali amaliy natijaga erişilmoqda. “Ming eşitgandan bir körgan afzal”, degan dono naqlning maʼnisi şu. Muammolar kabinetlarda emas, hayotning özida hal etilişi lozim. Yangi Özbekiston islohotlarining samaradorligi şunda. Infratuzilmani yaxşilaş, aholiga qulay şaroit yaratiş va odamlarning oğirini yengil qilişga qaratilgan bunyodkorlik işlari bugun Surxondaryoning turli hududlarida davom etmoqda. Joriy yilda viloyatda barça dasturlar hisobidan jami 955 ta obʼyektda quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Uşbu maqsadlar uçun davlat byudjetidan 4,1 trillion söm mablağ ajratilgan. Hozirgi kunga qadar investitsiya dasturi doirasidagi 170 ta obʼyektdan 95 tasi foydalanişga topşirildi. Bu obʼyektlar faoliyatining yölga qöyilişi aholi uçun zarur şaroitlarni yaxşilaş, hududlardagi infratuzilmaviy ehtiyojlarni qondiriş borasidagi işlar izçil davom etayotganini körsatadi. Viloyatda 440 kilometr yölning taʼmirlangani, şundan 94 ta mahalladagi 183 kilometr içki yölning haşar orqali, aholi va davlat hamjihatligida asfaltlangani alohida ahamiyatga ega. Bu işlar nafaqat mahallalar qiyofasini özgartirmoqda, balki odamlarning öz hududi obodligiga daxldorlik tuyğusini, hamjihatlik va hamkorlik anʼanalarini ham mustahkamlamoqda. Islohotlarning samarasi faqat qurilgan binolar yoki taʼmirlangan yöllar bilan emas, balki odamlarning kundalik hayotidagi özgarişlar, muammolarining hal etilişi va davlat idoralariga bölgan işonçi bilan ham ölçanadi. 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga Surxondaryo viloyatidan jami 67 375 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning 55 819 tasi, yaʼni 82,8 foizi töliq körib çiqilgan, körib çiqilgan murojaatlarning 23 039 tasi yoki 41,3 foizi ijobiy hal etilgan. Şu bilan birga, murojaatlar soni 2025 yilning mos davridagi 68 385 taga nisbatan 1 008 taga kamaygan. Bu şuni körsatadiki, muammolar endi yuqoriga çiqmasdan, joyning özida, xalq içida öz yeçimini topmoqda. Davlat idoralari xalqqa begona emas, balki uning haqiqiy kömakçisiga aylanib bormoqda.

Sayyohlik — vohaning yangi imkoniyatlari

Surxondaryo nafaqat boy tarixi va iqtisodiy salohiyati, balki betakror tabiati bilan ham dunyo ahlini öziga rom etib kelgan. Boysun toğlarining salobati, Sariosiyo va Sangardakning sölim tabiati, vohaning quyoşli iqlimi hamda öziga xos madaniy muhiti sayyohlar uçun jozibadordir. Bugun ekoturizm va toğ turizmi yönalişlarida yangi imkoniyatlar oçilib, Surxondaryoning xalqaro turistik makon sifatidagi salohiyati tobora kengaymoqda. Vohaga taşrif buyurayotgan sayyohlar sonining ortib borayotgani ham bu qiziqişning amaliy ifodasidir. Joriy davrda 464 ming nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurib, ularning soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 111 foizlik körsatkiçni taşkil etdi. Mahalliy sayyohlar soni esa 1,8 million nafarga yetib, ötgan yilga nisbatan 184 foizlik körsatkiç qayd etildi. Bu esa vohaning nafaqat xorijlik mehmonlar, balki yurtimiz aholisi uçun ham tobora jozibador sayohat manziliga aylanayotganini körsatadi. Sayyohlar oqimining ortişi turizm xizmatlari bozoriga ham ijobiy taʼsir körsatmoqda. Xususan, turizm eksporti xizmatlari uç barobarga oşib, 32 million dollarni taşkil etdi. Bugun vohada 800 dan ziyod savdo va servis obʼyekti faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, turizm yönalişida beşta joylaştiriş vositasining faoliyati yölga qöyildi. Bu kabi taşabbuslar sayyohlarga qulay şaroit yaratiş, ularga körsatiladigan xizmatlar kölamini kengaytiriş va mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirişda muhim örin tutadi. Ayniqsa, gözal Sangardak turistik markazida qiymati 11 million yevro bölgan, uzunligi 1 558 metrlik zamonaviy osma dor yölining foydalanişga topşirilişi voha turizm infratuzilmasidagi eʼtiborga molik yangiliklardan biri böldi. Toğ manzaralarini yuqoridan tomoşa qiliş imkonini beruvçi mazkur inşoot Sangardakning sayyohlik jozibasini yanada oşiriş, taşrif buyuruvçilarga yangi taassurotlar ulaşiş va hududda xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi. Turizm sohasida xizmatlar sifatini oşiriş va mehmonlarni munosib kutib oliş uçun joylaştiriş infratuzilmasining rivojlanişi ham muhim. Viloyatdagi 172 ta mehmonxonaning 19 tasida xalqaro yulduz toifalari mavjudligi bu yönalişda muayyan tajriba va salohiyat şakllanayotganidan dalolat beradi. Sayyohlikning barqaror rivoji nafaqat tabiiy gözalliklar va tarixiy obidalarga, balki qulay mehmonxonalar, sifatli servis, transport imkoniyatlari va mehmondöstlik muhitiga ham boğliq. Surxondaryoning turistik salohiyatini töliq namoyon etiş esa uning tabiiy va madaniy boyliklarini zamonaviy xizmatlar bilan uyğunlaştirişni taqozo etadi. Har bir yangi turistik maskan, har bir qulaylik va har bir sifatli xizmat vohaga bölgan qiziqişni oşiriş bilan birga, mahalliy aholi uçun ham yangi daromad manbalari va tadbirkorlik imkoniyatlarini yuzaga çiqaradi. Ana şu jihatdan qaraganda, sayyohlik Surxondaryoning iqtisodiy taraqqiyoti, hududlar obodligi va milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etişga xizmat qiluvçi muhim yönalişlardan biriga aylanmoqda.

Inson qadri – oliy mezon

Surxondaryo özining tökin-soçinligi, ertapişar meva-sabzavotlari va serhosil dalalari bilan nafaqat voha aholisini, balki butun respublika dasturxonini noz-neʼmatlar bilan taʼminlaşda muhim örin tutadigan zamindir. Quyoşli iqlim, unumdor tuproq va dehqonlarning köp asrlik tajribasi bu hududda qişloq xöjaligini iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlaridan biriga aylantirgan. Bugun esa agrar sohada amalga oşirilayotgan islohotlar zamin saxovatini zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondaşuvlar va yangi investitsiya loyihalari bilan uyğunlaştirmoqda.

2026 yilning dastlabki töqqiz oyida viloyatda qişloq, örmon va baliqçilik xöjaliklarida 31,4 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilib, ösiş surʼati 104,6 foizni taşkil etdi. Aholi jon boşiga töğri keladigan mahsulot hajmi esa 10,2 million sömga yetdi. Bu körsatkiçlar vohada agrar tarmoqning iqtisodiy ahamiyati saqlanib qolayotgani, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va işlab çiqariş hajmini oşirişga qaratilgan saʼy-harakatlar davom etayotganini körsatadi. Yil yakuniga qadar dehqonçilik yönalişida umumiy qiymati 1 trillion sömlik 36 ta, çorvaçilik yönalişida esa 398 milliard sömlik 7 ta yangi loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Uşbu taşabbuslar işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaşni rivojlantiriş, qöşimça iş örinlari yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda. Eng muhimi, agrar sohadagi bunday loyihalarning samarasi mahsulotlar möl-kölçiligi, bozor taʼminotining yaxşilanişi va aholi daromadlarining ortişida ham namoyon bölişi lozim. Surxondaryo dehqonining yerga mehri, çorvadorning maşaqqatli mehnati va tadbirkorning taşabbusi voha farovonligini taʼminlovçi muhim kuçdir. Qişloq xöjaligidagi har bir yangi loyiha, har bir qöşimça iş örni va har bir samarali taşabbus ortida inson mehnati, oila rizqi va ertangi kunga bölgan umid mujassam. Şu bois agrar sohaning rivoji nafaqat iqtisodiy körsatkiçlar, balki odamlar hayotiga olib kiradigan amaliy manfaatlari bilan ham ahamiyatlidir. Surxondaryo viloyatida keçayotgan keng kölamli yangilanişlarni şu nuqtai nazardan baholaş lozim. Bu jarayonlar quruq statistika yoki raqamlardan iborat hisobot emas. Ularning mazmuni odamlarning turmuş şaroiti yaxşilanişi, oilalarning daromadi köpayişi, bolalarning taʼlim olişi va kamol topişi uçun yangi imkoniyatlar yaratilişi, nuroniylarning xotirjam hayotida namoyon böladi.

“Yangi Özbekiston — inson qadri uluğlangan yurt” degan ğoyaning mazmun-mohiyati, avvalo, inson manfaatlarini ustuvor qöyiş, uning munosib hayot keçirişi uçun şaroit yaratişda namoyon böladi. Surxondaryodagi bunyodkorlik işlari, iqtisodiy taşabbuslar va ijtimoiy özgarişlarning qadri ham ular odamlar hayotida qanday natija berayotgani bilan belgilanadi. Eski muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etib, yangi marralar sari intilayotgan janub gavhari — Surxondaryoning bugungi qiyofasi mehnatkaş voha ahlining azmu şijoati, yaratuvçanligi va kelajakka işonçini özida mujassam etadi. Tarixi buyuk, tabiati betakror, mehnatkaş xalqi bilan azaldan qadrli bölgan bu zaminning ertangi kuni ham ana şu inson omiliga boğliq. Çunki obod yurtning eng katta boyligi uning bunyodkor insonlari, eng katta yutuği esa odamlar hayotida qaror topgan farovonlikdir.

Saidvafo BOBOYEV,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan