Özbekiston – Rossiya: Çegaralar oşa axborot hamkorligi
Şu yilning 9-10 noyabr kunlari Toşkentda III Özbekiston – Rossiya mediaforumi bölib ötdi. Unda ikki mamlakat jurnalistlari, yirik media taşkilotlari rahbarlari va soha mutaxassislari iştirokida axborot almaşinuvi, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, mediataʼlim hamda qöşma kontent yaratiş istiqbollari muhokama qilindi.
Bir xabar ikki mamlakat auditoriyasida ikki xil tasavvur uyğotişi mumkin. Bunda voqeaning özi qançalik muhim bölsa, uning qaysi manbaga tayanib, qanday talqin va yondaşuv bilan yoritilgani ham şunçalik ahamiyatli. Şu maʼnoda, media hamkorligi tahririyatlar örtasidagi tajriba almaşinuvidan kengroq tuşunçadir. U mamlakatlar haqida xolis tasavvur şakllantiriş, işonçli axborot almaşiş va auditoriyaga sifatli kontent taqdim etiş bilan bevosita boğliq.
Özbekiston Milliy axborot agentligi va Rossiyaning TASS axborot agentligi hamkorligida taşkil etilgan III Özbekiston – Rossiya mediaforumi aynan şu masalalarni muhokama qilişga qaratilgan edi.
Unda 200 nafardan ortiq jurnalist va media sohasi vakillari, 50 dan ziyod yetakçi media kompaniyalar rahbarlari, davlat idoralari, IT kompaniyalari hamda kreativ industriya vakillari qatnaşdi.
Forumning asosiy maqsadi — ikki mamlakat media taşkilotlari örtasidagi professional aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş, raqobatbardoş milliy kontent yaratiş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun imkoniyatlarni kengaytiriş. Muhokamalar faqat mavjud hamkorlikni sarhisob qiliş bilan çeklanmay, uning istiqboldagi amaliy yönalişlarini belgilaşni ham nazarda tutadi.
Özbekiston – Rossiya mediaforumining ilk uçraşuvi 2018 yil 6 oktyabrda Toşkentda ötkazilgan. Ikkinçi forum esa 2021 yil 18 noyabr kuni onlayn formatda taşkil etilgan. Uçinçi forumning ötkazilişi ikki mamlakat media vakillari örtasidagi muloqot izçil davom etayotganini körsatadi. Bu galgi kun tartibida esa axborot işonçliligi, jurnalistlar malakasini oşiriş, raqamli transformatsiya va madaniy aloqalarni media orqali rivojlantiriş kabi dolzarb masalalar örin olgan.
Forumning “Özbekiston – Rossiya: media, kommunikatsiya va axborot sohasida strategik hamkorlik” mavzusidagi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari, Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov, Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori Abdusaid Köçimov, Rossiya Prezidentining strategik şeriklik va hamkorlik böyiça boşqarmasi boşliği Vadim Titov, TASS (Rossiya) boş direktori Andrey Kondraşov va boşqa masʼullar iştirok etdilar.
Yalpi majlisda Özbekiston media sohasida amalga oşirilayotgan özgarişlar va xalqaro hamkorlikning ustuvor vazifalari haqida söz yuritildi. Şerzod Asadov keltirgan maʼlumotlarga köra, mamlakatimizda media faoliyatini moliyalaştirişning 67 foizi xususiy kapital hissasiga töğri keladi. Ommaviy axborot vositalari soni qariyb 3 mingga yetgan, internet qamrovi esa 94 foizni taşkil etmoqda. Joriy yilda qariyb 15 ming nomdagi kitob naşr etilgani, umumiy bosma adadi 60 million nusxadan oşgani ham axborot va naşriyot sohasidagi jarayonlar kölamining baland ekanligini ifodalaydi.
Şu bilan birga, axborot oqimining kengayişi uning işonçliligi masalasini ham keskinlaştirmoqda. Dezinformatsiya bir mamlakat doirasida qolib ketmaydi, qisqa fursatda turli auditoriyalarga tarqaladi. Bunday vaziyatda jurnalistning masʼuliyati, manbalarni tekşiriş, fakt va taxminni farqlaş, xabarni xolis yoritiş tamoyillari alohida ahamiyat kasb etadi. Forumda yolğon axborotga qarşi hamkorlikda kuraşiş va faktçeking böyiça umumiy yondaşuvlarni şakllantiriş masalalariga eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas.
Yalpi majlisda hamkorlikning törtta ustuvor yönalişi belgilandi. Bular — jurnalistlar örtasida kasbiy tajriba almaşiş va malaka oşiriş, dezinformatsiyaga qarşi birgalikda kuraşiş, sunʼiy intellekt hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, tahririyatlar, jurnalistlar va blogerlar örtasida bevosita aloqalarni kengaytirişdan iborat.
Mazkur yönalişlar doirasida muntazam stajirovkalar taşkil etiş, qöşma jurnalistika maktablari va taʼlim platformalarini yaratiş, faktlarni tekşiriş böyiça umumiy standartlarni işlab çiqiş hamda tezkor axborot almaşinuvini yölga qöyiş taklif etildi. Bu taşabbuslarning ahamiyati şundaki, ular forumdagi fikr almaşinuvini aniq kasbiy hamkorlik şakllariga aylantiriş imkonini beradi.
Forum dasturidan örin olgan törtta mavzuli sessiya ham ikki mamlakat media sohasi oldida turgan vazifalarni qamrab oladi. Ulardan biri turizm, sport va gumanitar almaşinuvlarda ommaviy axborot vositalarining örniga bağişlangan. Unda media orqali mamlakatlarning sayyohlik salohiyati, madaniy hayoti va insonlar örtasidagi aloqalarni kengroq yoritiş masalalari körib çiqildi.
“Raqamli davrda media kelajagi” sessiyasida esa kontent işlab çiqariş va tarqatişning yangi usullari, sunʼiy intellekt imkoniyatlari hamda media taşkilotlarining texnologik özgarişlarga moslaşuvi muhokama qilinmoqda. “Yandex”, “Uzinfocom”, NTV va “Kommersant” kabi taşkilotlar vakillarining iştiroki mavzuning amaliy ahamiyatini oşirdi.
Yana bir sessiya auditoriyaning axborot isteʼmoli özgarişlariga bağişlandi. Anʼanaviy naşrlar va televideniye bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqlar, videoxizmatlar va turli mediaplatformalarning taʼsiri ortib borayotgani jurnalistlardan yangi formatlar va yondaşuvlarni talab qilmoqda. Bu jarayonda kontentning tezkorligi bilan birga uning mazmuni, işonçliligi va auditoriya ehtiyojiga mosligi ham muhim mezon bölib qolmoqda.
“Milliy madaniy kod media makonida: anʼanaviy qadriyatlar va kelajak nigohining uyğunligi” mavzusidagi sessiyada esa tarix, sanʼat, madaniy meros va milliy anʼanalarni media vositasida tarğib etiş masalalari körib çiqildi. Xususan, qöşma hujjatli va badiiy filmlar, animatsion asarlar hamda maxsus medialoyihalar yaratiş imkoniyatlari muhokama qilinişi rejalaştirilgan. Bunday taşabbuslar ikki mamlakat tomoşabinlariga bir-birining madaniyati va tarixini yanada çuqurroq tanitişga xizmat qilişi mumkin.
Forumning ikkinçi kuniga möljallangan dasturida ham amaliy maşğulotlar va kasbiy muloqotga alohida eʼtibor qaratildi. Kiberxavfsizlik va bolalarni kibermakonda himoya qiliş böyiça seminar, mediataʼlimga bağişlangan uçraşuvlar, şuningdek, “New Media Workshop” doirasida mahorat darslari taşkil etilişi bejiz emas. Maşğulotlarda soxta axborot va generativ kontentni tekşiriş, ijtimoiy tarmoqlardagi media taʼsirini tahlil qiliş, auditoriya faolligini örganiş hamda hujjatli hikoyaçilik masalalari yoritildi. “B2B” uçraşuvlari esa media taşkilotlari örtasida bevosita aloqalar örnatiş va hamkorlik loyihalarini muhokama qiliş imkonini berdi.
Şunday qilib, III Özbekiston – Rossiya mediaforumi kun tartibiga bir-birini töldiruvçi bir neça muhim vazifani olib çiqdi: işonçli axborot almaşinuvi, jurnalistlar malakasini oşiriş, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, milliy madaniyatni tarğib etiş va qöşma mediamahsulotlar yaratiş. Ularning har biri alohida yönaliş bölib körinsa-da, barçasini bitta maqsad — professional, masʼuliyatli va raqobatbardoş media muhitini rivojlantiriş ğoyasi birlaştirdi.
Forumning natijasi, şubhasiz, unda bildirilgan takliflarning keyingi bosqiçda qay darajada amalga oşirilişi bilan belgilanadi. Stajirovkalar, qöşma taʼlim loyihalari, faktçeking hamkorligi va mediamahsulotlar yaratiş böyiça kelişuvlar amaliy tus olsa, Toşkentdagi muloqot ikki mamlakat jurnalistikasi uçun uzoq muddatli hamkorlikka zamin yaratadi.
Farangiz ABRUYEVA,
“Hurriyat” muxbiri.
