LAYLAKLAR QAYTGAN KUNLAR
O‘sha kuni otam hammamizni saharlab uyg‘otdilar. Mazza qilib uxlayotganimiz uchunmi, ko‘zimizni ochishimiz oson bo‘lmadi. Bu orada onam nonushta tayyor bo‘lganligini aytdilar. Sal o‘tmay xonamizga non isi kirib keldi. U na cho‘l giyohlarining, na tog‘ va na bog‘ gullarining isiga o‘xshamas, dil-dilingni yayratib yuboradigan darajada xushbo‘y va yoqimli edi. Onam tandirdan hozirgina uzilgan bir savat nonni dasturxonning bir chetiga keltirib qo‘yganlarini ko‘rib, o‘rnimdan turdim. YUvinib kelib, dasturxon atrofidagilarga qo‘shildim. YOnimdan ukalarim joy oldilar. Singlim shirchoy olib keldi. Otam muattar is taratib turgan nonning bittasini olib, hafsala bilan, taomilga ko‘ra tanovulni o‘zlari boshlab berdilar. Ko‘zlarim yashnab, men ham qo‘limga nasibamni — bir burda nonni oldim.
— Shu kunlarda yurtimizga laylaklar qaytayotgan emish deb eshitdim, — uzoqdan gap boshladilar otam. — Sho‘rolar zamonida Buxoroni tark etgan laylaklarning qaytishi bejiz emas. Ular hurlik va ezgulik timsoli. Laylak juda beozor, pok qush. U bor joyda yurt zamini tinch, osmoni musaffo, odamlari ahil, mehr-oqibatli, ahdu-vafoli bo‘ladi… Laylaklar ozodlik va obodlik darakchisi.
Ular qaytayaptimi, demak, yurtimizga yangi hayot nafasi kirib kelayapti. Buni butun vujudim bilan his etib turibman. Mana ko‘rasizlar, yurtimiz barcha zug‘umlaru barcha illatlardan xalos bo‘lib, tozaradi, yangilanadi. Laylaklarning rangidek oppoq bo‘ladi, oppoq …
— Ilohim, aytganingiz kelsin, — dedilar onam chuqur xo‘rsinib. — Biz ko‘rmasak ham, bolalarimiz ko‘rsin-da, o‘sha dorulomon kunlarni.
— Nima deyapsan, — dedilar otam ishonch bilan, — Xudo xohlasa u yorug‘ kunlarni o‘zimiz ham ko‘ramiz.
Intilganga tole yor deganlaridek, O‘zbekiston sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Xalqimizning asriy orzusi ushaldi. Ko‘zlariyu so‘zlarida istiqlol sururi bo‘y-basti ila barq urib, ko‘ngillarida erk quyoshi porladi. Bugun O‘zbekiston dunyo siyosiy xaritasida tenglar ichra teng mamlakat sifatida ko‘zga yorqin tashlanib turibdi.
Bugungi O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati. O‘z so‘ziga, o‘z ovoziga ega bo‘lgan suveren respublika. Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, insonparvar fuqarolik jamiyati hamda huquqiy demokratik davlat qurish sari sobitqadamlik bilan o‘zi tanlagan yo‘ldan borayotgan go‘zal yurt.
Men mana shu mamlakatning oddiy bir fuqarosi, sifatida g‘urur bilan aytamanki, mustaqillik yillari O‘zbekiston uchun chinakamiga, yangilanish, yaratish va yashnatish davri bo‘ldi. Amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yurtimiz jamolini hayratlanarli darajada o‘zgartirib yubordi. Shahar va qishloqlarimiz, ularning markazlari bir-biridan ko‘rkam, bir-biridan ulug‘vor qiyofaga ega bo‘ldi. Odamlarning o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtiga bo‘lgan mehr-muhabbatiyu sadoqati ta’rifga sig‘maydi. Gapning rosti, bugungi qishloqlarimizning ko‘pchiligi shahardan qolishmaydi.
Bugungi dehqon er egasi. Mustaqil fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qiladigan fermer. Katta rahbar. Xirmon-xirmon g‘allasi va paxtasining daromadidan uy qurayotgan, to‘y qilayotgan, mashina minayotgan, mahallayu maktab obodonchiligiga beminnat himmat ko‘rsatib, yana sayru-sayohatlarga ham borib, dam olib kelayotgan baxtiyor inson.
Ishchi esa xorijiy sheriklari bilan shartnoma tuzib, yangi-yangi bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan bunyodkor, eng yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarda ertangi kun rejalarini tuzayotgan ijodkor. O‘zining halol mehnati bilan baxtli hayot kechirayotgan zamondoshimiz.
Ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida etishib chiqayotgan yuzlab, minglab iste’dodli yoshlar xalqaro bellashuvlarda eng yuqori o‘rinlarga munosib ko‘rilayotganligi o‘zbek yigit-qizlarining g‘alabalari hali dunyoni ko‘p bora hayratga solishidan dalolat berib turibdi.
Eng muhimi, qaysi bir jabhaga nigoh tashlamang, odam larning shukronalik bilan yashayotganliklarini, yaratish va yashnatishning tashabbuskorlari bo‘layotganliklarini ko‘rib, dil-dildan quvonasiz. O‘zingiz ham ana shu safda bo‘lishga shoshilasiz. Vatanimning yanada obod, yanada qudratli, yanada chiroyli bo‘lishida o‘z hissamni qo‘shay deysiz!
Yigirma to‘rt yil… Bir insonning navqiron yoshi. Ana shu yigirma to‘rt yil sharq gavhari deb atalmish Buxoro va buxoroliklar uchun ham beqiyos o‘zgarishlar, yangilanishlar, bunyodkorlik, olamshumul zafarlar davri sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib joy oldi. Mustaqillik deb atalmish buyuk ne’mat har xonayu xonadonni, har bir buxorolik qalbini shukuh, nur va haroratga to‘ldirdi. Istiqlolni intiq va intizor bo‘lib kutgan xalq uning shirin havosiyu yoqimli navosi dan bahramand bo‘ldi. Odamlarning ongu shuurlarida yangicha fikrlash, yangicha qarash, davlat – bu men degan tushuncha shakllandi. Insonparvar fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat barpo etish, soddaroq qilib aytganda, Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotga ega bo‘lish kattayu kichikning azmu qaroriga aylandi.
Ming yilliklar davomidagi qirg‘in barot urushlarda necha bor kuli ko‘kka sovurilgan, talon-toroj qilingan, sho‘rolar davrida esa tamoman xarobaga aylantirilgan Buxoro yodgorliklari ham ich-ichidan bo‘zlagancha mustaqillikni intizor bo‘lib kutardi.
Faoliyatining ilk kunlaridanoq milliy qadriyatlarimizni tiklashga jiddiy e’tibor qaratgan Islom Karimovning jahondagi etti sharif shaharning biri hisoblangan Buxoroning tarixiy qiyofasini qayta tiklash, ming-ming yillik obidalarga hayot ato etish to‘g‘risida bong urishi bu yurt ahli ko‘nglini tog‘dek yuksaltirib yubordi. Bu ezgu maqsad barcha-barchani buyuk bunyodkorlikka chorladi. YUrtimizning mashhur qadimshunos olimlari, me’mor-ustalariyu quruvchilari Buxoroni asl Buxoroga aylantirishga bel bog‘ladilar. Har bir sa’y-harakat, har bir tashabbus, har bir echim Islom Karimov nigohidan o‘tib turdi. Uning tor ko‘chalarni kengaytirish, keng va ravon yo‘llar barpo etish, zamonaviy sanoat korxonalari, ta’lim, madaniy-maishiy binolar, sport inshootlari bunyod etish, ayniqsa, ziyoratgohlarni obodonlashtirishda mehr bilan yondashish haqidagi qimmatli maslahatlari buxoroliklar kuchiga – kuch, g‘ayratiga – g‘ayrat qo‘shdi.
Shaharning qoq belidagi Masjidi Kalon majmuasi va uning atrofidagi yodgorliklar xuddi yangi qurilgandek bo‘ldi. Bir yo‘la o‘n ming odamni bag‘riga oladigan bu tarixiy obida mo‘min-musulmonlarning muborak maskaniga aylandi. Qorovulbozorda esa loyiha qiymati 550 million AQSh dollariga teng bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qad rostladi. Xorijiy hamkorlar ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bu korxona mamlakatimizning neft mustaqilligiga erishishida beqiyos ahamiyat kasb etdi.
Bir vaqtlar Buxoro aeroportidan shahar markaziga aylanma yo‘llar orqali kirib borilar edi. Bugun xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan bu maskandan shaharga bir qadam. Boshi berk tor ko‘chalar o‘rnida ravon asfalt yo‘llar, ikki yon tomonida milliy va zamonaviy me’morchilik an’analari asosida tiklangan binolar bo‘y ko‘rsatib turibdi. Bu yo‘llar sizni turli asrlarda bunyod etilgan va mustaqillik yillarida qayta tug‘ilgan tarixiy obidalarga, qutlug‘ qadamjolarga, yangi bog‘larga, ma’rifat, madaniyat, fan, ta’lim, sport maskanlariga olib boradi. Buxoro haqida xo‘p va ko‘p gapirish mumkin. Agar, Hoja Bahouddin Naqshband va uning piru ustozlari — Abduxoliq o‘ijduvoniy, Hoja Orif Revgariy, Hoja Mahmud Fag‘naviy, Hoja Ali Rometaniy, Muhammad Somosiy, Sayyid Mir Kulol singari ulug‘ avliyolar qo‘nim topgan joylarning obod qilinganligini, “Ko‘hna va boqiy Buxoro” madaniy markazi yaratilganligini aytadigan bo‘lsak, Buxoro mustaqillik sharofati bilan kundan-kunga chiroy ochib, yashnab borayotganligini tasavvur qilish qiyin emas. Umuman, bu qadim zaminda amalga oshirilgan va olib borilayotgan barcha xayrli ishlarning tashabbuskori YUrtboshimiz ekanligini faxru iftixor bilan aytmoq biz buxoroliklar uchun ham qarz, ham farzdir.
Etti sharif shaharning biri Eng qadimiy, eng ulug‘ piri.
O‘n sakkiz ming olamning siri,
Buxoro bu, Buxoro bu, Buxoro!
Mag‘ribdan to Mashriqqa qadar,
Nur taratib, aylab munavvar,
Muqaddas deb nom olgan shahar,
Buxoro bu, Buxoro bu, Buxoro!
Narshaxiy bobom ta’rif etgan,
Dong‘i butun dunyoga ketgan,
Kelib ko‘rgan murodga etgan,
Buxoro bu, Buxoro bu, Buxoro!
Nuriddin OCHILOV